Magnoliyasimonlar ajdodi (sinfi) — Magnoliopsida, Dicotylcdoncs
Bu ajdodning muhim va o'ziga xos xususiyati murtagining ikki urug'pallali bo'lishidir. Ammo kamdan-kam hollarda urug'pallalar 1 ta yoki 3-4 ta bo'lishi ham mumkin. Barglari bandli, ba’zan o'troq; asosan patsimon, to'rsimon, panjasimon, ba’zi hollardagina parallel yoki yoysimon (chinnigul, zubturum) tomirlangan. Poyada kambiy halqasi mavjud. Shu sababdan ikkilamchi yo'g'onlashishga ega. Po'stlog'i va o'zagi aniq shakllangan. Murtak ildizidan bosh ildiz hosil bo'ladi va u o'q ildiz sifatida o'simlik umrining oxirigacha saqlanadi. Vakillari o't va qisman daraxtlar. Gullari aksariyat 5 qismda 4 a’zoli (jag'-jag', kurttana, zubturum) bo'lib, ba’zi turlaridagina 3 a’zoli (magnoliya, lavr, otquloq, rovoch va boshqalar), changlari asosan 3 egatchali, ba’zan bir egatchali (sodda oilalar vakillarida). Keyingi klassifikatsiyalarga binoan (A.Taxtadjyan, 1987) Magnoliyasimonlar ajdodi (sinfi) 8 ta kichik ajdod, 429 ta oila, 10.000 ga yaqin turkum va 190.000 dan ko'proq turlarni birlashtiradi. Shu jumladan, Markaziy Osiyoda 125 ta oilaga mansub 8130 tur, O'zbekistonda esa 138 ta oila, 1023 ta turkumga birlashgan 4500 ga yaqin turlar bor.
Magnoliyakabilar kichik ajdodi (sinf!) — Magnoliidac
Vakillarining ko'pchiligi daraxt o'simliklar, parenxima to'qimalarida efir moylari ajratuvchi hujayralari borligi bilan xarakterlanadi. Ayrimlarining yog'ochlik qismida o'tkazuvchi naylari yo'q. Gullari ikki jinsli, ayrim turlarida bir jinsli. Gul qismlari gulo'rniga asosan spiral, ba’zan yarim spiral yoki doira hosil qilib o'rnashgan, changlari 1—2 (5—6) egatchali. Ginetsey (urug'chi) asosan apokarp, ayrimlarida sinkarp yoki parakarp. Urug'laridagi murtagi juda mayda, endosperm yaxshi rivojlangan. Magnoliyakabilar gulli o'simliklarning ancha qadimiy guruhlarini o'z ichiga oladi, ammo ko'pchilik turlarida ham qadimiylik
II bob.Tolnamolar qabilasi (Salicales) haqida umumiy ma’lumotlar
2.1. Tolnamolar qabilasi
Qabila, daraxt, buta ba’zan butachalarni o’z ichiga oladi. Barglari oddiy, butun, yon bargchali, navbatlashib joylashgan. Gullari kuchalasimon, to’p gullarda joylashgan, bir jinsli, tojbargsiz. Mevasi - ikki-to’rt xonali ko’sak, urug’lari mayda,ukparli. Toldoshlar va Yulg’undoshlarning umumiy ajdoddan kelib chiqqan deb qaraladi. Qabilaga bitta Toldoshlar (Salicaceae) oilasi kiradi.
Gullari hamma vaqt bir jinsli, gulqo'rg'onsiz yoki reduksiyalangan. Tollarning changlanishi asosan hasharotlar yordamida o‘tadi. Guli xushbo‘y, nektarlarga ega.
Tollarda changchilar soni 2 ta, teraklarda 6—40 tagacha, urug‘chisi 2 ta, mevabargning qo'shilib o‘sishidan hosil bo'lgan. Teraklar (Populus) turkumi vakillari esa shamol vositasida changlanadi, gullarida nektar bo'lmaydi, changlar shamolda tarqalishga moslashgan. Gullari kuchalasimon to'pgullarga to'plangan. Mevasi ikki pallali ko'sakcha, urug'ida endosperm bo'lmaydi, oq tuklardan iborat uchmasi bor. Bu oilaning tollar va teraklar turkumi keng tarqalgan.
Qabilaga faqat toldoshlar (Sallicaceae) oilasi mansub bo’lib uning 3 ta turkumi (Salix populous, Chosenia) va 400 dan ortiq turi ma’lum. Oila vakillari asosan shimoliy yarim sharning sovuq va o’rta iqlimli mintaqalarida tarqalgan ularning ko’p qismi daraxt, barglari ketma-ket joylashgan, oddiy, butun, yonbargchali. Gullari boshoq yoki kuchala to’p gulda joylashgan, bir jinsli, ikki uyli, shamol yoki xashorot yordamida changlanadi. Gulqo’rg’oni rivojlanmagan. Changhilari 2-3-5 tadan ba’zan 20 tagacha yetadi. Urug’chisi bitta mevabargchali, tugunchasi ustki. Mevasi ko’sakcha.
Do'stlaringiz bilan baham: |