O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI – SHAVKAT MIRZIYOYEV
Karimov .I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch . Toshkent , ‘’Ma’naviyat ‘’. 2008 . 59 – b
Ko’hna Sharq qadimdan ilm va ma’rifat o’chog’i bo’lgan . Ma’rifatga intilish ota – bobolarimizning amoli hisoblangan . Og’zaki adabiyot bilan bir qatorda yozma badiiy na’munalarida insonning axloqiy fazilatlari , komillik sari intilishlar ulug’langan . Azal- azaldan xalq ijod ahliga juda katta hurmat va ishonch bilan qarashi sizlarga ma’lum.
Toshkent shahrida adiblar xiyoboni bunyod etilayotgani , u yerda adabiyotimizning buyuk namoyondalariga bag’ishlab yodgorlik majmualari o’rnatilayotgani , shuningdek, Namangan viloyatida ulkan ma’rifatparvar Ibrat domla , Jizzax shahrida atoqli ijodkorlar Hamid Olimjon , Zulfiya va Sharof Rashidov , Xorazm viloyatida otashnafas hofiz Komiljon Otaniyozov , Nukus shahrida Ibrohim Yusupov , Qashqadaryo , Farg’ona va Andijonda esa Erkin Vohidov , Abdulla Oripov , Muhammad Yusuf xotiralarini abadiylashtirish ishlari olib borilayotganini qayd etish lozim.Bu ishlarning mantiqiy davomi sifatida yosh shoir va adiblar , aktyor, rassom va qo’shiqchilarning iste’dodini yuzaga chiqarish , ularga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish borasida ham qator tadbirlar amalga oshirilmoqda . Birgina misol tariqasida , 2010-yildan buyon Yozuvchilar uyushmasining ‘’Ijod fondi’’ tomonidan ‘’Birinchi kitobim ‘’ seriyasida 1 miliard 300 million so’m mablag’ sarflanib , 73 nomda , jami 1 million 220 ming nusxada yosh ijodkorlar kitoblari nashr etildi va ular respublikamizning barcha ta’lim muassasalariga bepul yetkazib berilmoqda .
Zero, biz adabiyotimizni asrab-avaylasak , bebaho xazinalarimizni ham keyingi avlodlarimizga yetkaza olamiz.2
I – BOB .O’RXUN-ENASOY YODGORLIKLARI – QADIMGI TURKIY ADABIYOT NAMUNASI
Turkiy adabiyot namunalari qadim tarixga ega bo’lib , qadimgi yozma ijod namunalarining esa toshbitiklarga bitilgan ayrim nusxalari saqlanib qolgan . O’rxun – enasoy yozma yodgorliklarining topilish tarixi bu yodgorliklar yuzasidan XVII- XIX asrlarda bo’lib, o’tgan munozaralar , bu yodgorliklarning o’qilish tarixi to’g’risida jahon turkiyshunoslari , jumladan , o’zbek olimlari ham qator fikr – mulohazalar bildirganlar. Biz bu o’rinda qadimgi turkiy yodgorliklarining yaratilishiga sabab bo’lgan tarixiy sharoit va madaniy muhitga to’xtalib o’tish joiz.
Ma’lumki, turk xoqonligi barpo bo’lmasdan oldingi Markaziy Osiyoning ijtimoiy – siyosiy tarixi jujanlar tarixi bilan ham bog’liq . Lekin ungacha ham turkiy qavmlar Markaziy Osiyoning turli hududlarida xonliklarga uyushgan , siyosiy jihatdan esa tarqoq holda yasshardilar. Bu qavmlarni jujanlar temir qurollar yasashga , turmushda kerak bo’ladigan ashyolar yasashga majbur qiladilar . Jujan xonlari turkiy qavmlarni ‘’temirchi qullarim ‘’ deb haqoratlardilar. Jujanlar asoratidan qutulish uchun 535 – yili boshlangan harakat 545- yilga kelib kuchaydi. Turkiy qavmlar g’arbiy To’ba sulolasi bilan hamkorlikda jujanlarga qarshi kurshga otlandilar. Lekin jujanlar bilan urush boshlash uchun bir bahona kerak edi.Ashin urug’ining yo’lboshchisi Bumin jujanlar xoni Aynahayning qiziga sovchi jo’natdi . Buminning xatti- harakati Aynag’ayga haqorat bo’lib tuyildi va Buminning elchilari orqali unga haqoratomuz javob berdi . Buminga aynan shu javob kerak edi . Bumin vaqtni qo’ldan boy bermay , jangga otlandi . Tez orada Bumin Aynag’ayni tor- mor qildi . Bu voqea 551 - yilda yuz bergan edi.
Bumin jujanlar asoratidan qutulganidan keyin Turk xoqonligiga asos soldi . Turk xoqonligi juda katta hududni –Shimoliy Mo’g’ilistondan tortib , Amudaryogacha bo’lgan joylarni o’z ichiga olgan edi. Shuncha katta davlatni markazdan turib boshqarish qiyin edi. Shu boisdan Bumin xoqon Istamini yabg’u unvoni bilan Turk xoqonligining g’arbiy qismini – O’rta Osiyo qismini boshqarish uchun jo’natdi .[ Yabg’u – so’zi harbiy unvonni bildiradi , bu unvon Kushon imperiyasidan davom etib kelgan bo’lib , turkiylar oq xunlar sulolasidan o’zlashtirganlar . YABG’U – g’arbiy turk xoqonligida oliy unvonning nomi bo’lib , ko’pincha yabg’u qag’an tarzida ham qo’llanadi . Bundan ma’lum bo’ladiki , yabg’u – xoqonga tengdir.] O’zi esa xoqonlikning sharqiy qismini boshqarish uchun Qoraqurum shahrida maskan topadi .
Turk degan nom turk xoqonligi davrida ilgari ham turkiy tilde so’zlashadigan , irqiy va urf – odat jihatdan bir- biriga o’xshash yoki yaqin turkiy hamda turkiylashgan [ masalan , qitaniylar ] qavmlarning siyosiy birlashmasini bildiradi . Turk xoqonligi davrida bu jarayon o’z rasmiy maqomiga ega bo’ldi . Shuningdek, qadimgi turk davrida turkiy qavmlar yagona nom bilan ko’k turklar deb yuritiladigan bo’ldi .Ko’k turk –ilohiy turk deganidir . Turkiy qavmlar yaratgan mifga ko’ra , ular osmonni –ota , yerni esa ona deb tasavvur qilganlar . Shu bois o’zlarini ham osmon bolalari deb aytardilar va ko’k turk degan mifalogik nom ularning rasmiy nomiga aylanib qoldi . Garchi turk yoki turkiy degan nom milodiy V asrlarda qo’llana boshlagan bo’lsa ham , hamma qavmlar va xalqlarning kelib chiqishi kabi , etnik jarayonning shu davrdan boshlanganini ko’rsatmaydi , balki turkiy qavmlar qadim zamonlardan beri bor va ularning qavm sifatida mavjudligini ashyoviy dalillar –arxeologik yodgorliklar tasdiqlaydi. O’rta Osiyo , Oltoy , Qozog’iston kabi tarixi qadim o’lkalardan topilgan .
Bumin xoqon 552- yili olamdan o’tdi.Ota vafotidan keyin , qadimgi turk xoqonligi qonunlariga binoan, to’ng’ich o’g’il Qoraxon taxtga o’tirdi .Lekin oradan bir yil o’tar – o’tmas , Qoraxon ham olamdan o’tdi. Uning vafotidan so’ng ,o’rtancha o’g’il Mug’an Turk xoqonligi taxtiga o’tirdi.
Mug’an xoqon o’tgan barcha turk xoqonlari orasida o’zining g’ayratli , aqlli , hushyor va harbiy sohada ham , diplamatiya sohasida ham tadbirli xoqon ekani bilan alohida ajralib turardi . Shu sababli u dunyoga mashhur xoqon bo’lib dong taratdi.Mug’an xoqon taxtda o’tirgan yillar [ 554- 574 ] Ko’k turk xoqonligi qudratli bir pallaga kirdi .
Mug’an xoqon sharqdagi manchjur , mo’g’ul qavmlarini , quriyaliklarni bo’ysundirgandan keyin , g’arbdagi oq xunlarni itoat ettirish harakatiga tushadi .U 554 - yili Eron sosoniyari sulolasi shahanshohi Xusrav Anushervonga elchi jo’natdi. Borgab elchilar Eron bilan T urk xoqonligining oq xunlarga qarshi ittifoqini tuzish to’g’risidagi bitimni imzoladilar.Bu ittifiqni kafolatlash uchun Istami yabg’u qizi Asna bekni Xusrav Anushervonga nikohlab berdi .Bu paytda Eron sosoniylar sulolasi oq xunlarga qaram edi .Eron shohi bu qaramlikdan qutulish uchun ham ittifoq tuzishga darrov rozi bo’ladi. 557- yildan boshlab oq xunlarga qarshi rasman urush boshlandi . Mug’an xoqon besh yil ichida oq xunlar sulolasini yo’q qildi .Istami yabg’u 565 – yilgacha oq xunlarning qolgan kuchlarini yo’qotdi va sulolasining hududini ko’k turk xoqonligiga qo’shib oldi.
Istami xoqon Turk xoqonligi bilan Eron o’rtasidagi sovuq munosabatlarga barham berish , oldingiday hamkorlikni va yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini davom ettirish umidida Eronga yaqin ayonlaridan Maniax boshchiligida elchilar jo’natadi. Ammo Eron ularga yaxshi munosabatda bo’lmaydi , shu sababli elchilar Istami xoqon oldiga umudsizlanib qaytib keladi. Sharqiy Rum tarixchisi Menandrning xabar berishicha , ikkinchi marta Eronga borgan xoqonlik elchilari og’ir baxtsizlikka uchradilar . Xusrav Anushervon elchilarga ziyofat berdi, oldindan uyushtirilgan suiqasd bo’yicha ularning ovqatlariga zahar soldirib o’ldirdi. Elchilardan uch – to’rt kishigina omon qilgan , xolos . Xusrav Anushervon suiqasdning oshkor bo’lishidan qo’rqib : ‘’ Turk xoqonligi elchilari sovuq yurtda tug’ilib o’sganlar , Eronning jarima issiq havosiga ko’nika olmay , nobud bo’ldilar ‘’, deb gap tarqatgan .
Ko’k turk xoqonligi elchilari Eronga ikki marta borganlaridan keyin ham natija bo’lmagach , Istami yabg’u 568- yili Maniax boshchiligida Sharqiy Rum imperatori Yustin II ning huzuriga –Kostantinopolga elchilar jo’natdi . Elchilar yuklatilgan vazifalarni bajardilar . Ya’ni ular Turk xoqonligi bilan Sharqiy Rum o’rtasida savdo munosabatlarini o’rnatish vazifasi ko’ngildagiday amalga oshirildi .
Istami yabg’u kelgan elchilarni qabul qilib , jiddiy masalalar ustida suhbatlashdi. Shunday qilib ular masalalar yuzasidan kelishib oldilar , bitimnoma ham tuzildi . Bitimnoma Eronga qarshi harbiy ittifoq asosiy kechiktirib bo’lmaydigan vazifa qilib belgilandi. Shundan boshlab uzoqqa cho’zilgan urushlar boshlanib ketdi. Turk xoqonligi Sharqiy Rum bilan ittifoqlashib olgandan keyin Eronga hujum qildi. Istami yabg’u 569- yiliXurosonga bostirib kirib , Eron qo’shinlarini tor- mor qildi. SHundan so’ng Eron Turk xoqonligi bilan sulh tuzishga majbur bo’ldi
567- yili Mug’an xoqon va Istami yabg’u vafot etdi. Ulardan keyin taxtga o’tirgan Tapar xoqon , Ishabra xoqonlar hukmronligi paytida Turk xoqonligi va Eron o’rtasida bir marta urush bo’ldi .Eron sarkardasi Bahrom chubin uch yuz ming kishilik turk qo’shinlarini –Chur bahg’a xoqon qo’mondonligidagi lashkarni Hirot bilan Balx orasida tor- mor qildi. O’sha urushda Chur bag’a xoqon halok bo’ldi.Bahrom chubin Buxoro yaqinidagi Poykent shahriga bostirib kelib , Chur bag’a xoqonning o’g’li Barmudo tiginni asir qlib oldi. Bu safargi urushda Eron g’arb tomondan hujum qilgan Sharqiy Rum qo’shinlarini ham Kavkaz atrofida tor- mor qildi . Turk xoqonligi qo’shinlari bilan Sharqiy Rum lashkari mag’lub bo’lgan bo’lsada , Eron xalqaro savdo yo’liga bo’lgan hukmronlikni qaytadan qo’lga kiritolmadi .
Albatta , g’arbiy Turk xoqonligining dunyo xaritasidagi o’rni , jahon tarixida egallagan mavqei shu bilan chegaralanmaydi .Ayniqsa , Xitoy bilan bo’lgan munosabatlari Turk xoqonligi tarixida muhim iz qoldirdi . Xususan , qadimgi turkiy yozma yodgorliklar faqat turkiy qavmlarning ijtimoiy – siyosiy hayoti to’g’risida badiiy lavhalar bo’lishi bilan birga , bu qavmlarning dunyoqarashi , tafakkuri , maishiy hayoti , qahramonliklari , urushlar , hayoti manzarasi hamdir . Bu jarayonlarning barchasi yozma yodgorliklarda o’z ifodasini topgan . Unda Turk xoqonligi davridagi ishlar , elchilik , bitimlar to’g’risida ham ma’lumotlar uchraydi . Mana shunday davr holatidan qadimgi bitiktoshlar so’zlaydi , shuning uchun ham yuqoridagi ma’lumotlat bekorga keltirilmadi .
Urxun –Enasoy yozma yodgorliklari deb nom olgan qadimiy xazina , mana shu tarixdan voqif qiluvchi adabiyotimizning bebado gavharidir . Mazkur obidalarning topilish tarixi O’rxun va Enasoy daryolarining havzalari bilan bog’liq .Garchi bunday qadimiy obidalar keyinchalik Sibir va Mo’g’ulistonning boshqa joylaridan , Sharqiy Turkiston , O’rta Osiyo , Kavkaz , Volgabo’yi , hatto Sharqiy Yevropadan topilgan bo’lsa ham tarixda bu nom muqim o’rnashib qoldi . Bu hududlarda qadimdan yashagan xalq va elatlar , qazishma ishlarining olib borilishi kutilgan natijalarni berdi va bu bitiktoshlar olimlar tomonidan topin o’rganildi .
O’rxun - Enasoy yozma yodgorliklari qadimgi turkiy adabiyotning alohida bir qatlami va yo’nalishi sifatida turkiyshunoslikda kam o’rganilgan .Bu yodgorliklarni tizimli ravishda ilk yozma adabiyotning namunasi sifatida o’rganishni boshlab bergan olim rossiyalik olim I.V .Steblevadir. Qadimgi turkiy yozma yodgorliklarini o’zbekchaga tabdil qilish , tadqiqot ishlari olib borishda O’zbekistonda ham ma’lum ishlar amalga oshirilgan.
Qadimgi yozma yodgorliklar bevosita eposlar zaminida o’sib chiqqan adabiyot ekani bilan diqqatga sazovordir. Shuningdek , tarixiy voqealarning xalq og’zaki ijodi ruhida bayon qilishi yozma adabiyotning o’ziga xos turi yaratilishiga ham asos bo’lgan . O’rxun – Enasoy obidalari ‘’ toshbitiklar ‘’ deb ham yuritiladi . Buning sababi ko’pgina yodgorliklarning qabr toshlariga o’yib yozilganidir. Bu bitiklar turli toshlar , ba’zi birlari saroy devorlariga yozib qoldirilgan . Shu orqali biz qadim tarixdan boxabar bo’lamiz va bu yodgorliklarning ahamiyati nechog’lik muhim ahamiyatga ega ekanligini anglaymiz .
Do'stlaringiz bilan baham: |