Mundarija kirish I – bob. O’RXUN- ENASOY YODGORLIKLARI QADIMGI TURKIY ADABIYOT NAMUNASI II- bob. O’rxun – enasoy yodgorligining tuzilish tarkibi II. O’rxun –enasoy yodgorligidagi g’ovaviy-badiiy xususiyatlar II



Download 126,06 Kb.
bet4/11
Sana29.01.2023
Hajmi126,06 Kb.
#904879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
qqqqqqqqqqqqq

Bilga xoqon bitigini ham N . M . Yadrinsev topgan . U Kul Tigin bitiktoshidan 1 km janubi - g’arbga o’rnatilgan . Uning bo’yi 3 m 45 sm , eni esa 1 m 72 sm , qalinligi 72 sm , bitiktosh ag’darilib , uchga bo’lingan va ayrim satrlari nurab , yozuvlari ham zarar ko’rgan . U 80 satrdan iborat . Bilga xoqon bitiktoshi da Kul Tigin bitiktoshidagi 41 satr takroriy holda kelgan .
Yodgorliklar butun dunyo turkiyshunoslari tomonidan ilmiy jihatdan o’rganilmoqda . V . Tomson va V. Radlovlardan keyin S . E . Malov , S . A . Klyashtoriy , I. V . Steblova , H . Orxun , T . Tekin , Najib Osim , G . Aydarov , o’zbek olimlaridan A . Rustamov , G’ . A bdurahmonov , N . Rahmonov o’rganishgan . Yodgorliklar hozirgi o’zbek tiliga bir necha marotaba tabdil qilingan . Runiy yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas . Ularning qog’ozga , turli buyumlarga ( kumush ko’zachalar , yog’och , teri , oyna , qayish to’qasi ) ga yozilgan namunalari ham bor edi .Masalan , ‘’ Irq bitigi ‘’ ( ‘’Ta’birnoma ‘’ ) qog’ozda yozilgan .
So’zni ‘’ To’nyuquq ‘’ bitiktoshidan boshlaymiz . To’nyuquq - shaxs nomi . Bitiktoshdagi voqealar To’nyuquq tilidan hikoya qilinadi : ‘’Men -dono To’nyuquqman . O’zim Tavg’ach elida voyaga yetdim . Turk xalqi Tavg’ach xalqiga bo’ysunar edi …’’
So’ng ana shu dahshatning -turkiylarning o’z erkini qo’ldan berib qo’yishlarining sababi aytiladi : ‘’Turk xalqi boshboqdoqlikka , o’zibo’larchilikka , beparvolikka yo’l qo’ydi … o’zining xoni bilan bo’lmadi’’. Mustamlaka azobi , o’zga xalq tahqiri yodgorlikda qisqa va lo’nda , ammo nihoyatda ta’sirchan tarzda ifodalanadi:
‘’ … Tabg’achga taslim bo’lganligi uchun tangri , o’l , degan shekilli , turk xalqi o’ldi , yo’q bo’ldi , tugadi . Turk Sir xalqi yerida birorta ham urug’ qolmadi ‘’.
To’nyuquq yeti yuz kishini birlashtirib , ‘’ shad ‘’ degan unvon oladi . Bu turk xoqonligidagi eng oliy darajadagi harbiy unvovlardan biri edi .
To’nyuquq Bo’g’u tarxon hamda Eltarish xoqon bilan mamlakat mustaqilligi , el - yurt faravonligi , yurt osoyishtaligi , chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib bordi . U bu kurashlarning oldingi safida edi . Ammo dushmanlar ham tinch o’tirmadi .Ular kuchlarni birlashtirish payiga tushishdi.
Tasvir davomida vaziyatning keskinlashib borishi , buning natijasida To’nyuquq shaxsiyatidagi kuchli nuqtalarning tobor kengroq ochilishini kuzatish mumkin. Xususan , buyuk sarkardalarga xo bo’lgan dovyuraklik , keskinlik , cho’rtkesarlik , , ayni vaqtda bosiqlik , vazminlik xislatlari ham tasvirda aniq ko’rinib turadi. U katta tajriba egasi sifatida namoyon bo’ladi
To’nyuquq buyuk vatanparvar shaxs timsolidir . Uning o’z vatani , xoqoni , xalqi bilan faxrlanishi , ularning borligidan o’zini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan . Dushmanning turkiylar ustiga hujum uyushtirish haqidagi yovuz niyatini eshitgan To’nyuquqning ‘’ tun uxlagim kelmadi , Kunduz o’tirgim kelmadi ‘’ deyishi uning o’z taqdiri bial naqadar yaxlit holda tasavvur qilishini ko’rsatib turibdi .To’nyuquq iftixoridagi eng asosiy nuqta shunday ifodalanadi : ‘’ Bu turk xalqiga qurolli dushmanni keltirmadim , yalovli otni yugurtirmadim ‘’.
To’nyuquq obidasi vatan haqidagi madhiyadir. U voqeiy yoki badiiy asar bo’lishidan qati’ nazar , unda hayot haqiqati ham , tarixiy haqiqat ham badiiy tarzda o’z aksini topgan . Yodgorliklarda murojaat , undov , hayqiriq , chaqiriq yetakchilik qiladi . To’nyuquq tabiatida tushkunlik , ikkilanish mutlaqo ko’rinmaydi . Uning harakatlarida , so’zlarida o’ziga ham , butun xalqiga ham buyuk ishonch qalqib turadi . Xuddi shu omil uning g’alabalarida asosiy omil bo’ladi .
To’yuquq bitiktoshi kompozitsion jihatdan yetuk asar . Unda o’ziga xos boshlanma , voqealar rivoji , xotima mavjud .Shu kompazitsiyaning o’zida ham katta badiiylik bor . Bu maqsad to’laligicha amalga oshgan . Yodgorlikning til xususiyati ham e’tiborga loyiq . U VII asrdagi adabiy til namunasidir . Asar tilidagi ko’plab so’zlar hozirgi o’zbek tiliga aynan qo’llaniladi . Bu qism so’zlarda ozgina tovush o’zgarishlari yuzga kelgan , yana bir toifa so’zlar esa bugungi iste’moldan chiqib ketgan .
Yodgorlikda o’rni – o’rni bilan so’zlarning ko’chma ma’noda qo’llanishi seziladi . Shuningdek , matal , majoz , maqollardan foydalanish kuchli:
‘’Tabg’ach , O’g’uz , Qitan -bu uchovi qamal qilsa , qamalda qolajakmiz . Unda vujudimizning ich – u tashini , mol - u jonini topshirgan kishiday bo’lamiz . Yupqa yig’in tor - mor qilishga oson emish , ingichka yig’in uzishga oson emish . Yupqa qalin bo’lsa , tor – mor qiladigan bahodir emish , ingichka yo’g’on bo’lsa , uzadigan bahodir emish ‘’. Asarda oltinga ‘’ sariq ‘’ , kumushga ‘’oq ‘’ , tuyaga ‘’egri ‘’singari epitetlar -sifatlashlar qo’llangan .
Undagi asosiy tasvir vositasi alliteratsiyadir . Alliteratsiya - tovushlar ohangdorligi , asosan , bir xil tovushlarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdorlikdir. Unda unli va undosh tovushlar takrorlanishi mumkin.

Download 126,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish