Mundarija kirish I – bob. O’RXUN- ENASOY YODGORLIKLARI QADIMGI TURKIY ADABIYOT NAMUNASI II- bob. O’rxun – enasoy yodgorligining tuzilish tarkibi II. O’rxun –enasoy yodgorligidagi g’ovaviy-badiiy xususiyatlar II



Download 126,06 Kb.
bet5/11
Sana29.01.2023
Hajmi126,06 Kb.
#904879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
qqqqqqqqqqqqq

O’ngra qitaynig’ o’lurtachi terman ,
Bani o’g’uzug’ o’lurtachi -o’q terman .
Soz’ takrori ham yodgorlikda ko’p uchraydi :
Tabg’ach qag’an yag’imiz erti ,
O’n o’q qag’ani yag’imiz erti.
Undagi o’ziga xos tasvir usullaridan yana biri voqea hodisaalrga muayyan yondashish bilan izohlanadi . Ko’pincha bir necha voqea hodisalar yoki ular bilan bog’liq detallar ketma - ket sanaladi :
‘’ Turk budun o’lti , alqinti , yo’q bo’ldi ‘’. Bu yerdagi ketma - ket sanoq voqea zamiridagi dahshatli musibatni , kuchli fojiani juda yorqin namoyon etadi . Yoki :
‘’Tabg’ach , bardayin teg . Qitani , o’ngdalayin teg . Ban yirdantayin tegayin ‘’. ( Tabg’ach sen o’ngdan hujum qil ! Qitan , sen oldindan hujuk qil ! Men chapdan hujum qilayin !) .
Bu o’g’uzlar orasidan kelgan kuzatuvchi nutqidan parcha . U o’g’uzlar fikrini ifodalamoqda . Bu yerdagi sanoq dushman tomonidan solinayotgan xavf - xatar doirasining nechog’li kattaligini tasavvur etishga imkon beradi . Bularning hammasi To’nyuquq bitiktoshining yuksak vatanparvarlik ruhi bilan sug’orilgan qadimiy nodir badiiy asar ekanligini yan bir marta tasdiqlab turadi. So’zlar takrori yodgorlikdagi asosiy tasvir vositalaridan biridir . Ammo ular matnda g’alizlik tug’dirmagan , aksincha , muallif fikrining ta;kidlanishiga , alohida urg’u bilan ko’rinishiga yordam bergan . Bularning barchasi yodgorlikning juda katta ma’rifiy hamda badiiy -estetik ahamiyatga ega ekanligini ko’rsati turadi .
Bitik oxirlagan sayin yozuvchining ko’zlagan maqsadi ochiq – oydin ko’zga tashlana boradi ; xoqonlik tarixidagi yutuqlarning boshida xoqoqn bilan bir safda To’nyuquq ham turganiga alohida urg’u beriladi . Bitigda aytilishicha , Eltrish xoqon allomasi bilan bo’lgani uchun , bahodiri bilan bo’lgani uchun qo’shni ellerga cherik tortib , mamlakatni kengaytirdi zafar qozondi . ‘’ Eltarish xoqonga , turk Bo’g’u xoqonga , turk Bilga xoqonga tun uxlamayin , Kunduz o’tirmayin , qizil qonimni tugatib , qora terim yugurturib , mehnatimni , kuchimni berdim ‘’ ( qizil qanim tukati , qara terim yugurti , isig – kuchig bertim ), deya urg’ulaydi muallif .
Alohida ta’kidlanishicha , Eltarish xoqon va To’nyuquq yelkama – yelka turib zafar quchmaganlarida ulus ozodlikka erishmagan , saltanat tiklanmagan bo’lardi . ‘’ Eltarish xoqon zafar qozonmaganida , uning bilan mening o’zim zafar qozonmaganimda , yurt ham , xalq ham yo’q bo’lardi . Xoqon zafar qozongani uchun , mening hushyorligim , zafar qozonganim uchun , el ham el bo’ldi xalq ham xalq bo’ldi ‘’, deyiladi bitigda . Ushbu qaytariqlarning o’ziga yarasha badiiy – estetik vazifasi bor : undan murod ana shu tarixiy haqiqatga o’quvchi e’tiborini jiddiyroq qaratish , asarning g’oyaviy ta’sirini oshirish hisoblanadi.


Ikkinchi turk xoqonligi davrida yashab ijod etgan tarixnavis , ko’k turk yozma adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Yo’llug’ tigindir . Ko’k turk obidalarini nashr ettirgan olimlar transkripsiyada uning otini Yo’lig’ ; Yo’lug’ ; Yo’llug’ ; Yulug’ shakllarida beradilar . Bitiklarda uning oti ikki xil yozilgan . Bu ism tarkibidagi yo’llug’ -‘’ yo’li oydin ; yo’li yorug’ ‘’, tigin esa shahzoda anglamidadir . Tarixnavis va adib Yo’llug’ tiginning ikki bitigi ma’lum : ikkovi ham Ikkinchi turk xoqonligining asoschisi Eltarishning o’g’illari xotirasiga tiklangan mangutoshlarda . Biri Eltarishning kichik o’g’li , sarkarda Kul Tigin , ikkinchi katta o’g’li Bilga xoqon bitigidir . Mangutoshlar Mo’g’ulistonning Kosho Saydam vodiysidan topilgan .
Bilga xoqon bitigida Yo’llug’ tigin xoqonni ‘’ otam xoqon ‘’ ( qangim qag’an ) deya tilga olgan : Qangim qag’an it yil o’nunch ay alti o’tquzqa ucha bardi ( Otam xoqon it yili o’ninchi oyning yigirma oltisida o’ldi ) . Yoki boshqa bir o’rinda Qangim turk Bilga qag’an o’luntuqinga ( Otam qudratli Bilga xoqon taxtda o’tirganda ) degan jumlani ham o’qiymiz .
Qizig’i shundaki , Kul tigin bitigida Yo’llug’ tigin o’zini Kul tigin atisi deb ta’kidlaydi : bitigning so’ngi satrlarida Kul tigin atisi Yo’llug’ tigin bitidim , deb yozgan . Bu so’zni otasi Bilga xoqonga o’rnatilgan bitigda ham qo’llagan : qag’an atisi yo’llug’ tigin . Mazkur bititiglarda ati so’zini olimlar ‘’nevara ‘’ yoki ‘’jiyan’’ deb tarjima qiladilar . Holbuki , muallif matnda Bilga xoqonni ‘’otam xoqn ‘’ deya atagani nazarda tutilsa , u biryo’la ham Kul tiginning , ham Bilga xoqonning jiyani bo’la olmaydi . Shuning uchun ham bitiglarda ati so’zi ‘’ jigar , qadrdon ‘’ deb tushunilgani ma’qul . O’zbeklarda ‘’ yaqin kishi ‘’ni , ‘’qadrdon ‘’ni jigar deyiladi . Bitiglarda ati so’zi ham shu ma’noda kechgan .
Bitikning so’nggi satrlarida Kul tigin qo’y yilida , o’n yettinchi kuni vafot etdi , To’qqizinchi oyning yigirma yettisida azasini o’tkazdik , binosini , naqshini , bitiktoshini maymun yilida , yettinchi oyning yigirma yettinchisida butunlay tugatdik . Kul tiginning qabr toshidagi buncha naqshni Tuyg’un Altabar keltirdi .
Shuncha bitik bituvchi Kul tiginning jiyani Yo’llug’ tiginningdir .Yigirma kun o’tirib bu toshga , bu devorga hammasini men Yo’llug’ tigin bitdim . Panohtalab o’g’loningizga , tayanuvchingizga qiyinchilikda tarbiyat qilar edingiz . Uchib ketdingiz ( vafot ettingiz ) . Tangri yashatuvchidir , mana shu jumlalar keltirilgan .


Yo’llug’ tigin amakisi Kul tiginga atab yozilgan bitigni otasi Bilga xoqonnning topshirig’i bo’yicha bitgan . Harqalay , bitig matnini xoqonning o’zi aytib turga bo’lsa kerak . Oradan ikki yil o’tgach ,Bilga xoqon ham o’ldi . Yo’llug’ tigin endi otasi xotirasiga atab bitik yozishga kirishdi . U amakisiga atalgan avvalgi bitikdan xoqonning el – ulusga aytgan so’zlarini , murojaatini olib , keying bitigga ham kiritdi . Shuning uchu ham ikkala bitigning katta bir bo;lagi bir xil , ular xoqon tilidan beriladi . Lekin keying bitik bitilayotganda xoqonning so’zlari ancha tahrir qilingan .
Diqqatga loyiq yeri shundaki , ikkala yodnomada matnning asosiy qismi muallif Yo’llug’ tigin tilidan emas , uning otasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi . Boisi , bitiklarda turk xoqonning o’z eliga murojaati , chaqirig’i bitilgan . Xoqon butun turk ulusini , kelajak avlodni o’z so’zlariga quloq tutmoqqa undaydi : ‘’ So’zimni tugal eshitgin , keynimdagi ini , jiyanim, o’g’illarim , ittifoq ,urug’im , xalqim , o’ngdagi shadapit beklar , so’ldagi tarxonlar , buyruq beklar , o’ttiz …. To’qqiz o’g’uz beklari , xalqi bu so’zlarimni yaxshilab eshit , diqqat bilan tingla ‘’. Matn bo’ylab bu chaqiriq kuchli tus oladi . Xoqon turk ulusini birlashishga , tinvh – totuvlikka , otalar zahmati ila qo’lga kiritilgan ozodlikni asrab , o’z elini saqlashga chaqiradi .
O’tmishni eslatib undan saboq o’rganish , yov hiylalaridan hushyor bo’lishga undaydi . Ulug’ yo’lboshchi eliga qarata : ‘’ Bu xoqoningdan , bu beklaringdan , yeringdan , suvingdan ayrilmasang , turk xalqi , o’zing ezgulik ko’rajaksan ‘’, deya xitob qiladi Bitiglarning bosh g’oyasi ham ana shular bilan belgilanadi . Bilga xoqonning butun turkiy xalqqa murojaati , o’z navbatida , o’sha kezlar turkiy qavmlar orasida umumiy adabiy til amal qilganidan dalolat beradi .
Shu o’rinda yana bir mulohazani aytish o’rinli : Urxun bitiglari , xususan , Kul tigin va Bilga xoqon yodnomalarining tuzilishi o’ta murakkab . Ularning tuzilishi va uslubi qadimgi turk monumental matn tuzish an’anasini yuksak darajada takomil topganidan belgi berib turadi . Matning bayon shakliga kelsak , asosan ,nasrda . Biroq ora -orada she’riy o’rinlar ham bor .Muhim tarixiy voqealarning kulminatsion nuqtalari , qahramonlar faoliyatining ta’rifi ayrim tasvirlar she’rda . Shuningdek , matn orasida marsiya ham bor . Bu jihatdan bitiglarning tuzilishi xalq dostonlariga o’xshab ketadi . Kul tigin va Bilga xoqon yodnomalari xoqon va ulug ‘ sarkardalar xotirasiga o’rnatilgan oddiy bitiglar emas . U ulug’ yo’lboshchining butub hayoti davomida turkiy ulusga , kelajak o’g’il - qizlarga murojaati , o’gitlari , sabog’I edi . Ushbu qabrtoshlar tiklangan manzilni ulus muqaddas bilib , u yerni ziyorat qilgan , ulug’ xoqon , milliy qahramonlarga o’z hurmatini bildirgan . Bitiklarni o’qib , ulardan saboq olgan .
Shu o’rinda yana bir ma’lumotni aytib o’tish joiz . Qadimgi bitiktoshlarni bitgan , ularni yozib qoldirgan bir qancha adiblar bor . Ayrimlarining nomlarini keltirib o’tishni lozim topdim , masalan bizgacha o’sha davrda yashab ijod etgan Aprinchur tigin , Kul Tarxon , Singku Seli Tutung , Pratya - Shiri , Asig Tutung , Chusuya Tutung , Klim Keysi , Chuchu , Yo’llug’ tiginlarning nomlari yetib kelgan . Yuqorida tilga olingan mashhur bitiktoshlardan tashqari yan bir nechtalari bor va topib o’rganilgan . Shulardan biri Moyun chur bitiktoshidir .
Bu bitiktoshni 1909 - yili G . I . Ramstedt topgan . Moyan chur - uyg’ur xoni , 745 –yili oxirgi Turk xoqonligini hukmdori O’mish teginni mag’lub qildi . Bitiktosh shunisi bilan diqatga sazovorki , uyg’ur xoniga uyg’ur - turk yozuvida emas . Balki turkiy - run yozuvidagi bitiktosh o’rnatilgan . Moyan chur hajm jihatdan Kuli chur bitiktoshidan kattaroq bo’lib , bitiktoshning shimol tomoni 12 satrdan , sharq tomoni ham 12 satrdan , janub tomoni esa 15 satrdan , g’arb tomoni 10 satrdan iborat . Bitiktosh juda ko’p zararlangan . Moyan chur bitiktoshni , xuddi To’nyuquq bitiktoshi kabi , Moyan chur tomonidan hikoya qilinadi . Bitiktosh Turk xoqonligining hududi , mavqei va qudratli davlat bo’lganini hikoya qilish bilan boshlanadi . Qipchoq qavmining ellik yil hukmronlik qilgani haqida shu bitiktoshda ilk bor so’z yuritiladi : ‘’turk qipchoq qavmi ullik yil o’tirdi turk xalqi ustidan , yigirma olti yoshimda ( xoqon otamga shad unvonini) berdi ‘’.
Moyan chur otasi Kul dono xoqon bilan birga turk xoqonligi qo’shinini itoat ettirganini hikoya qilar ekan , uch qarluq xalqi baribir , Moyun churga itoat etmasdan , g’arbiy turk xoqonligiga qo’shilib ketgani haqida xabar beradi . Moyan chur bitiktoshining qimmati shundaki , unda Turk xoqonligi tugagandan keying turkiy qavmlarning uyg’ur xonligiga qo’shilishi , ayrim qabilalarning isyoni , 757 – yilgacha bo’lgan turkiy qabilalar bilan Moyan chur lashkari o’rtasidagi kurash voqealari bayon qilinadi . Bitiktosh ko’p zararlangani uchun izchillik yo’qolgan .

Keyingi biz tilga oladigan bitiktoshlardan biri bu - Kuli chur bitiktoshidir . Bu yodgorlikni 1912 - yili Mo’g’ulistonning Ixe – Xushotu degan manzilidan V . L. Kotvich topgan . U mazkur yodgorlikning tarixiy ahamiyatini batafsil bayon qilgan . Kuli chur Beshbaliq shahrida to’rtta jangda kurash olib bordi . Bilga xoqon yodgorligida ham Kuli chur tardush beklarini boshlab Bilga xoqonga 716 – yili taslim bo’lib keladi ( o’n uchinchi satrda )


Kili chur bitiktoshi hajman katta emas , bitiktoshning g’arb tomoni o’n ikki satrdan , sharq tomoni o’n uch satrdan va janub tomoni esa to’rt satrdan iborat . Bitiktosh ko’p zararlangan , shu bois voqealarning mantiqiy izchilligi buzilgan . Bitiktoshning boshidanoq To’nyuquq ismi uchraydi . Kuli chur Eltarish xoqon davrida anchagina mashhur bo’lgan ko’rinadi . Bitiktoshning g’arb tomoni uchinchi satrda ‘’ Kuli chur Eltarish xoqon davrida keksayib , yaxshi mangulik ko’rdi , ulug’ K uli chur sakson yil yashab vafot etdi ‘’. Kuli chur bitiktoshining uzuq – yuliq saqlangan jumlalaridan shu narsa ayon bo’ladiki , u mohir jangchi va lashkarboshi bo’lgan . U minib yurgan va minib jangga kirgan ot , jang kiyimlariga alohida e’tibor berilgan . Janglarda qahramonliklar ko’rsatib , shuhrat qozongan , inson sifatida yaxshi do’st , fazilatlarga boy inson bo’lgan . U tardush xalqining hukmdori bo’lgan . Qarluq xalqi bilan jang qilgan , xuddi Kul tigin minib kirgan otlar qanday tasvirlanga bo’lsa , Kuli churning jangovar otlari ham shu tarzda tasvirlangan . Ammo bitiktosh muallifi noaniq .
Har bir bitiktosh g’oyavi y va badiiylik jihatdan xilma- xil tushunchalarni anglatadi . Ularda ilgari surilgan ma’no tarixdan xabardor bo’lishga , da’vat va chaqiriqqa undaydi . Bitiglar yozilish jihatdan va shakliga ko’ra boshqa janrlarga xos belgilarni o’zida namoyon etadi . Ulardan ko’plab ma’no va maqsadalrni uqib olish mumkin . Katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan bitiktoshlar vatanparvarlikni , dovyuraklikni , jasurlikni talab etadi va shu niyatda olg’a yurishga undaydi . Vatanimiz tarixida shunday dolzarb tushunchalar izohlangan va aks etgan yozma yodgorliklarning borligi , ularni toppish va o’rganish katta tajriba hamda sabr - toqatni talab etadi . O’rxun – Enasoy yozma yodgorliklari qadimgi turkiy adabiyotning alohida bir qatlami va yo’nalishi sifatida turkiyshunoslikda kam o’rganilgan Bu yodgorliklarni tizimli ravishda ilk yozma adabiyotning namunasi sifatida o’rganishni boshlab bergan olim rossiyalik olim I . V . Steblevadir . Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar bevosita eposlar zaminida o’sib chiqqan adabiyot ekani bilan diqqatga sazovordir. Shuningdek , tarixiy voqealarning xalq og’zaki ijodi ruhida bayon qilinishi yozma adabiyotning o’ziga xos turi yaratilishiga asos bo’lgan .
Masalan , Kul tigin bitiktoshidagi tarixiy voqealar va eposlarga xos syujetlar , badiiy tasvir vositalari yagona tizimni hosil qilgan . Mazkur bitiktoshdagi ko’tarinki ruhni o’z vaqtida V . Tomson , P. Melioranskiy , P. Faylov kabi mashhur turkiyshunos olimlar payqagan edilar . Jumladan , P . Melioranskiy bundan yuz yillar oldin yozgan Kul tigin bitiktoshiga bag’ishlangan magistrlik dissertatsiyasida mazkur yodnomaning o’ziga xos bayon qilish texnikasi ham ayni turkiy eposlar xususiyatini gavdalantiradi . Bayonning uch qismi -boshlanma , mazmun taraqqiyoti va tugallanma bu yodnomadagi hikoyaning izchilligini ta’minlaydi . Bayonning bu qismlari turkiy xalqlar og’zaki va yozma adabiyotining eng qadimiy ko’rinishiga xosdir . Har uch qismning mazkur yodgorlikdagi amal qilish jarayoni haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun Kul tigin yodnomasining dastlabki satrlariga murojaat qilaylik :
Uza kok tangri asra yag’iz yar qilintuqa akin ara kisi og’li qilinmis . Kisi og’linta uza achum apam Bomin qag’an , Istami qag’an olarmis. Oluripan turk bodunin alin torusin tuta birmis , itu birmis , ya’ni yuqorida ko’k osmon , ostda qora er yaratilganda , ikkovining o’rtasida inson bolalari yaratilgan . Inson bolalari ustidan Bo’min xoqon o’tirganalr , o’tirib , turk xalqining davlatini , qonun – qoidalarini ushlab turgan , rioya qilib turgan . Shu parchaning o’zida boshlanma , mazmun taraqqiyoti va tugallanma bor . Yer - u osmonning hamda insoniyatning yaratilishi - boshlanma , Bo’min va Istami xoqonning faoliyati - mazmun taraqqiyoti , qonun- qoidalarga rioya qilishlari esa tugallanmadir. Bitiktosh matnining boshidan oxirigacha bu uch qismdan iborat parchalar davom etaveradi.
Kul tigin bitiktoshi ikki qismdan -kichik bitig va ulug bitigdan iborat . Kichik bitigni ulug’ bitigning debochasi deb aytish mumkin . Kul tigin ulug’ bitigi mifalogik syujet bilan boshlanadi . Osmon hamda yerning yaratilishi va ikkovining o’rtasida inson bolalariningbpaydo bo’lishi mazkur mifalogik syujetning asosidir . So’ngra mifalogik syujet zaminida tarixiy shaxslar va tarixiy voqealar singdiriladi – Bo’min xoqon va Istami xoqonning taxtga o’tirishi va davlar boshqaruvi hikoya qilinadi .
Kul tigin bitiktoshining diqqatga sazovor tomonlaridan biri -xoqonlarning ideallashgan obraziga asos solishdir . Epos qahramonlari odatda , mard , jasur , dono , qahramon va hokazo ijobiy sifatlarga ega bo’ladi . Masalan , Xorazm dostonlari turkumiga kiruvchi ‘’ Go’ro’g’lining dunyoga kelishi ‘’ dostonida bosh qahramonga dostonchi ta’rif bermasa ham , har bir harakatida mardlik va bahodirlik ,(Abdulla qalandarning gunohidan o’tishi , yigitlarini Go’ro’g’li talon – taroj qilishdan qaytargani va yigitlri arazlab ketib qolgani ) , qahramonlik ( otasi Odilbekning yigitlaridan Safar mahramning yigitlarini va o’zini yengishi )namoyon bo’lib turadi , dostonchi ta’rif bilan emas , balki tasvir orqali bu kabi lavhalarda qahramonning qiyofasini chizib beradi.
Qadimgi yozma yodgorliklarda olam haqidagi tasavvurlar , xalqlarning turli kuchlarga ishonishi va sig’inishi , miflar ham uchraydi va keltirib ham o’tilgan . Tarixiy haqiqatlarga yaratilga yoki to’qib chiqarilgan , insonlarning atrof – muhitdagi kuzatishlari asosida hosil qilingan miflar hamda rivoyatlardan misol va namunalar keltirilgan . Mif – ibtidoiy insonning fikrlash darjasini ko’rsatuvchi omil. Turkiy miflar ham bir qancha jarayon va xususiyatlarni bosib o’tgan .Qadimgi turkiy miflarning manbai o’rxun – enasoy yozma yodgorliklari va qadimgi xitoy yilnomalarida , ayrim fors , arab va boshqa manbalarda saqlanib qolgan . Qadimgi turkiy yozma yodgorliklardan Kul tigin bitiktoshining birinchi misrasida olamning va insoniyatning paydo bo’lishi haqidagi mif mavjud . Qadimgi turkiylar yerni – ona , osmonni – ona deb tasavvur qilganlar . Kul tiginda keltirilgan mif Bilga xoqon bitiktoshida ham takrorlanadi .Yodgorlikning boshlanmasidagi mif turkiy eposlarning boshlanmasida ham uchraydi .Kul tigin bitiktoshi boshlanmasi qadimgi turkiy qavmlarning tarixiy voqealardan oldingi mifalogik tasavvurlari va ishonch e’tiqodlarining manzarasini yaratadi .
Moyan chur bitiktoshining boshlanmasi Kul tigin va Bilga xoqon bitiktoshlariniki singari mif bilan boshlanadi : ‘’ Tangirida bo’lmish , il itmish Bilga qag’an – Tangridan bo’lgan , davlatni barpo etgan dono xoqon . Kul tigin , Bilga xoqon va Moyan chur bitiktoshlarining boshlanmasida afsonaviy epic ruhning borligi sabab shuki , epic zamonning asosini mif tashkil qiladi . Muallifning maqsadi ilk davrdagi turkiy qavmlarning tarixini hikoya qilishdir . Tarixiy voqeaalr va mif bir- birini to’ldiradi .Mifning tarixiy voqealarni tasdiqlashi uchun kiritilishi ayni shu o’rinda o’z ifodasini topadi . Mazkur mif kosmogonik miflarning namunasidir .
Qadimgi turkiylarning kosmogonik mifalogiyasida quyosh va oy timsoli ham alohida ahamiyatga ega . Xususan , tongda chiqayotgan quyosh muqaddas sanalgan . Xoqon qarorgohining darvozasi sharqqa - quyosh chiqadigan tomonga qarab qurilgan . Xitoy yilnomalarida boshqa mudaddas sanalgan samoviy jismlar qatorida ‘’ yeti sayyora ‘’ham eslaanadi . O’rxun bitiktoshlarida yer makon sifatida tasavvur qilingan bo’lib ,to’rt tomon va to’rt burchak bilan chegaralangan : To’rt bulung qo’p yag’I armis –To’rt tomon butunlay dushman ekan ; yoki tomonlar aniqlashtiriladi : O’ngra qitayinda , bariya tabg’achda , quriya qurdanta , yiraya og’uzda , aki uch bing sumuz , kaltachamiz bar mu na ? – Sharqda qitaniyga , janubda tabg’achga , g’arbda qurdanga , shimolda o’guzga ikki uch ming lashkarimiz bilan boraylikmi ?
Urxun bitiktoshlarida Sharqdagi ko’p xalqlarda tarqagan To’fon haqidagi mif singari motivlarga duch kelamiz . ‘’ To’fon haqidagi mif’’ ning motivi insoniyatni to’fon orqali qirib tashlash haqida xudolarning qaroridir . Xudolarning bu qaroriga sabab - insoniyatning gunohkorligidir . Shumerlarda , bobil xalqlarida To’fon haqidagi rivoyat deyarli bir xil . Musoning ‘’ Ibtido ‘’ kitobida To’fon voqeasi ma’lum . Insoniyatni yer yuzidab qirib tashlash ucun faqat suv emas , boshqa vositalar ham bo’lishi mumkin . Masalan , ‘’ Avesto ‘’da qahraton qish sharq mifalogiyasidagi to’fon singari vazifani bajaradi – Xurmuzd yaqinlashib kelayotgan qattiq sovuq yer yuzida jamiki tirik jonzotlarni va o’simliklarni qirib tashlashi haqida Yimani ogohlantiradi . Haqiqatan , Yima bir uy qurib saqlab qolgan nabotot va hayvonot namunalaridan boshqa jamiki jonzotlarni va o’simliklarni sovuq qirib tashlaydi . ‘’Avesto’’da bu qirg’inning sababi nima ? Zardusht aytadiki , Yimaning gunohkorligi tufayli insoniyat abadiy yashash huquqidan mahrum bo’ldi. Xuddi shu singari mifning motivini Kul tigin bitiktoshida ko;rish mumkin . Bilga xoqon turkiy qavmlarga nasihat qilar ekan , davlatning yo’q bo’lib ketishiga ularning o’zlarini sababchi qilib ko’rsatadi , shu bilan birga , Tangri ( xudo va osmon ) ularning qilgan gunohlarini - boshboqdoqlik , xoqonlarning yo’l – yo’rig’iga itoat qilmaganini va o’zboshimchliklari uchun jazolaganiga ham ishora qiladi : Turk o’g’uz baglari boduni asiding ! Uza tangri basmasar , asra yir talinmasar , turk bo’dun , ilingin , to’rungin kim artati ? – Ey turk o’g’uz bek xalqlari , xalqi , eshitinglar ! Yuqorida osmon bosmagan bo’lsa , pastda yer yoilmagan bo’lsa , ey turk xalqi , davlatingni , qonun – qoidalariningni kim yo’q qildi ? Mazkur mif ham turkiy qavmlar qilgan gunohlari evaziga xudolar ( Tangri , yer ) tomonidan jazolangan degan , xulosaga olib keladi . Sharq xalqlaridagi umumiy motiv - insoniyatning gunohlari uchun xudolar tomonidan jazolanishi voqeasi o’zaro ta’sir orqali yuz bergan bo’lishi mumkin .
Irq bitigida kosmogonik mifning bu turdagi ko’rinishi yaxshi saqlanhgan
‘’ Yuqoriga tuman tushdi , pastda chang ko;tarildi . Qush bolasi yurib yo’ldan adashdi , kiyik bolasi yugurib yo;lidan adashdi . Odam bolasi yugurib yo;lidan adashdi . Yana tangri sharofati bilan uchinchi yilda butunlay eson – omon ko’rishdilar , juda xursand bo’lar , sevinar edilar . Shunday bilinglar yaxshidir bu ‘’. Qush bolasining yo’lidan adashuviga , kiyik bolasining yo;lidan adashuviga va insonning yo’lidan adashuviga sabab gunohkorligidir . Bu mif bo’lgani uchun tafsilotlar bayo qilinmagan . Albatta , tandri tomondan jazolanishi aniq . Gunohdan qaytganlari uchun Tangri ularga marhamat qilgan . Tangri ( xudo) – turkiy mifalogiyada keng tarqalgan timsol . U himoyachi , insoniyatni dushmandan , yovuz kuchlardan saqlovchi timsol . Ko’proq ruhiy ma’noga ega bo’lib , yuqori olamni tashkil etadi . Quyidagi parcha shu ma’no va vazifani aniq tavsiflaydi : ‘’Tabg’ach qag’anga yag’i bo’mis , yag’I bo’lip , itinu yaratuni umaduq , yana ichikmis . Buncha isig’ birtukgaru saqinmati . ‘’ Turk bo’dun o’lurayin , urug’siratayin ‘’, tip armis , yo’qadu barir armis . Uza turk tangrisi , turk iduq subi yiri ancha timis : ‘’ turk bo’dun yo’q bo’lmazun ‘’ , tiyin , ‘’ bo’dun bo’lchun , tiyin ‘’ , qangim Iltaris qag’aning , o’gim Ilbilga qatunig ‘ Tangri to’pasinta tutup yo’garu ko’tarmis arinch . Qangim qag’an yiti yigirmi arin tashiqmis , tashra yo’riyur , tiyin , ku asidip baliqdagi tag’iqmis , tag’daqi inmis , tirilip yatmis ar bo’lmas . Tangri kuch bartuk uchun qangim qag’an susi bo’ri tag armis , yag’isi qo’ny tag armis , ilgaru , qurig’aru sulap tirmish …’’- Tabg’ach xoqoniga dushman bo’ldi , dushman bo’lib , quvilib , o’zini tiklashga umid qilib ,yana taslim bo’ldi . Shuncha mehnatini , kuchini sarf etganini andisha qilmay , Tabg’ach xoqoni ‘’ turk xalqini o’ldiaryin , urug’ini qoldirmayin ‘’, der ekan , uni yo’qotib borayotgan ekan . ‘’Turk xalqi yo’q bo’lmasun ‘’ , deb ‘’xalq bo’lsin ‘’ , deb otam Eltarish xoqonni , onam Ilbilga xotunni Tangri tepada turib , yuqori ko’targan ekan . Otam xoqon o’n yeti yigiti bilan toqqa chiqib ketgan ekan , tashqarida yuribdi degan xabarni eshitib , shahardagi toqqa chiqibdi , tog’dagilar pastga tushibdi , yig’ilib , yetmish jangchi bo’libdi . Tangri kuch bergani uchun , otam xoqonning qo’shini bo’riday ekan , dushmanni qo’yday ekan , sharqqa , g’arbga , qo’shin tortgan ekan …
Mazkur parchadagi Tangri so’zi ‘’ xudo ‘’ ma’nosida qo’llangani bois , turk xalqining asirlikdan qutulishi , muvaffaqiyatlari , dushman ustidan g’olib kelgani Tangriga , ya’ni xudoga bo’g’liq qilib qo’yilgan . Turk xalqini tangri , shuningdek , yer – suv o’limdan – yer ostidan qutqarib , yuqoriga – uchinchi qavat olamga ko’tardi , Eltarish xoqon o’n yeti yigitni butun boshli lashkarga aylantirgan ekan , bu ham Tangrining himoyasi ostida bo’ldi . Eltarishning qo’shinini bo’riday va dushmanning lashkarini qo’yday qilgan ham Tangridir . ‘’ Xudo ‘’ ma’nosida qo’llangan Tangri bilan ‘’ osmon ‘’ ma’nosida qo’llangan tangrini mualliflar juda yaxshi farqlaganlar – ko’k so’zi faqat osmon ma’nosidagi tangri so’ziga nisbatan qo’llangan ; ‘’xudo ‘’ ma’nosidagi Tangri so’zi oldidan ‘’ko’k ‘’ so’zi ishlatilmaydi .’’Osmon ‘’ ma’nosidagi tangrigina qadimgi turkiy mifalogiyada ot deb tasavvur qilingan . Muallif Yo’llug’ tigin ham . Qolaversa , jamiki turkiy qavmlar ‘’ xudo ‘’ va ‘’ osmon ‘’ ma’nosidagi tangrilarni yaxshi farqlaganlar , balki Tangrining xudoga aylangani haqida mif bo’lgan bo’lishi mumkin .Zotan , bu bitiktoshlarda ‘’ xudo ‘’ ma’nosidagi tangri ruhiy ma’no ifodalab , u haqdagi mifalogik tasavvur saqlangan , xolos . Tangri haqidagi mifga ishora qiladigan bir dalil bor . Bu – Irq bitigining birinchi hikoyasidagi Tinsi timsolidir .Tinsi – xitoy podshohining unvonidir . Qadimgi turkiy qavmlarning tasavvuriga ko’ra , odam tushida Tinsini ko’rsa , hayotda muvaffaqiyatga erishar ekan .
Tangrining qadimgi turkiy mifalogiyada , himoyachi vazifasidan tashqari , yana jazolovchi vazifasi ham bor : Tangri ancha timis irinch : ‘’qan birtim ‘’. ( Qaningni ) qo’dip ichikding , ichikduk uchun tangri ‘’ ol’’ timis , arinch , turk bodun olti , alqinti , yo’q bo’lti ( To’n ., 2- 3 ) – Tangri shunday degan ekan , shekilli : ‘’ xon berdim ‘’. ( Xoningni ) qo’yib , taslim bo’lding , taslim bo’lganing uchun Tangri ‘’o’l ‘ degan ,shekilli , turk xalqi o’ldi , zaiflashdi , yo’q bo’ldi . O’ z xonidan yuz o’girgan turkiy qavmlarni Tangri qattiq jazoga yo’liqtirdi - o’limga , yo’qolib ketishga mahkum qildi , ularni shu yo’l bilan jazoladi .
Qadimgi turkiy bitiktoshlarning mifalogik tizimida Umay kulti ham bor . Bu kult onalarni va bolalarni himoya qiluvchi iloh . Qadimgi turkiylarda Tangrining umr yo’ldoshi deb tasavvur qilingan . Tangri , Umay , iduq yir sub basa barti arinch ( To’n ., 38) – Tangri , Umay , muqaddas yer- suv mag’lub qilib bergan , shekilli . Mahmud Koshg’ariy ‘’ Devonu lug’otit - turk ‘’asarida Umay haqida to’xtalib , quyidagicha izohlaydi : ‘’ umay - yo’ldosh ; ( Tuqqan xotinlar qornidan chiqadigan narsa ) . Uni bolaning qornidagi hamrohi – yo;ldoshi deyiladi . Shunday maqol ham bor : Umayqa tabinsa , o’g’ul bo’lur - kimki umayga xizmat qilsa , u o’g’il ko’radi , demakdir . Xotinlar yaxshilik kutadilar .’’ Qadimgi davrlardan tortib , XX asrning boshlariga qadar , Umay bolarni asrovchi iloh sifatida xalq orasida yashayvergan . Ayrim turkiy xalqlar mifalogiyasida , masalan , xakas , shor , beltir va boshqa xalqlarda Imay tarzida ham qo’llanadi . Umay / Imay kultining vazifalari ko’p . Shu bois , ayrim olimlarning ,Umay Eron mifalogiyasida Xumoydan kelib chiqqan , degan fikrlari o’zini oqlamaydi . Xumoy qushi soyasini insonga solganda , inson baxtli bo’lar ekan . Umay kulti Sibir xalqlarida keng ma’noda ishlatiladi . Umay bu xalqlarda faqat bolalrni himoya qiluvchigina emas , balki bolalalrning jonini oluvchi sifatida ham talqin qilingan. Miflar turli xalqlarda turlicha bo’ladi , chunki har bir xalq o’z dunyoqarashi va urf – odatlaridan kelib chiqib , o’zlari yashab turgan tevarak – atrof haqida turli , tuman ma’lumot hamda manbalarga ega bo’lishadi . Shu boisdan bir nom bilan ataluvchi miflar boshqa xalq tilida boshqacha ma’noni ifodalashi mumkin .Umuman olganda , qadimgi turkiy miflarning ildizlari juda ko’hna va ishonchli manbalarda saqlangani bilan diqqatga sazovordir . Qolaversa , turkiy miflar o’zlikni anglashning bitta omili , shu bois bu miflar ajdodlarimizning ma’naviy hayotida muhim rol o’ynagani shubhasiz.


Download 126,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish