Mundarija kirish I – bob. O’RXUN- ENASOY YODGORLIKLARI QADIMGI TURKIY ADABIYOT NAMUNASI II- bob. O’rxun – enasoy yodgorligining tuzilish tarkibi II. O’rxun –enasoy yodgorligidagi g’ovaviy-badiiy xususiyatlar II


I I . 2 . O’RXUN – ENASOY YODGORLIKLARIDAGI MASALALAR



Download 126,06 Kb.
bet6/11
Sana29.01.2023
Hajmi126,06 Kb.
#904879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
qqqqqqqqqqqqq

I I . 2 . O’RXUN – ENASOY YODGORLIKLARIDAGI MASALALAR

O’rxun - Enasoy yodgorliklari – qadimgi turkiy adabiyot namunasi bo’lib , ularda xilma -xil masalalar , jarayonlar , kechinmalarga guvoh bo’lish mumkin . Yodgorliklarni o’rgangan olimlar har tomonlama tadqiq qilishgan , ya’ni undagi ma’no va mazmunning tarbiyaviyligi , o’tmishda yashab o’tgan buyuk sarkarda hamda xoqonlarning yurt uchun kurashgani , dushmanlarga qarshi birgalikda mardonavor olishganini sharhlab , har tomonlama o’rganishga harakat qilishgan . Taqdiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik , tarixiylik , izchillik va obyektlik usullaridan keng foydalanilgan . N . Rahmonov O’xun – Enasoy yodgorliklarining turkiy eposlardan o’sib chiqqan asar ekanligini aytib , yodgorlikni o’rganish asosida o’zbek xalqi tarixini o’rganishni uzoq asrlardan boshlash kerakligini ta’kidlaydi . Turk xoqonligi madaniyatini o’rganib , shahzodalar Kul tigin , Bilga xoqon va maslahatchisi To’nyuquqning qahramonliklari , vatanparvarligi , xalq taqdirini o’zinikidan ustun qo’yish xislatlarini bizga uzoq o’tmishdan qolgan meros ekanligiga e’tibor qaratadi . Turkiy - run yozuvida bitilgan bitiklar O’zbekiston hududidan ham anchagina topilganini , ularning ma’nolarini asarlarida ko’rsatib berdi . Umuman , olimning O’xun –Enasoy yodgorliklari tadqiqiga bag’ishlab yozilgan asarlarini quyidagicha o’rganish mumkin : O’rxun - Enasoy yodgorliklarining badiiyatini o’rganishga bag’ishlab yozilgan asarlar : ‘’ Toshga bitilgan kitoblar ‘’, ‘’ Inson ruhining sadosi ‘’ , ‘’ Bitiglar olamida ‘’, ‘’ Ko’hna bitigtoshlar ‘’ , ‘’ O’zbekistonning ko’hna turkiy - run yozuvlari ‘’ , ‘’ O’zbek mumtoz adabiyotining namunalari ‘’, ‘’ O’zbek adabiyotini davrlashtirish masalalari ‘’ kabi kitoblarida yodgorliklarning ma’nosi , mazmuni , adabiy tomonlari o’rganilgan . Jumladan , B . To’xliyev bilan hammualliflikda yozgan ‘’ O’bekistonning ko’hna turkiy – run yozuvlari ‘’( 2006) kitobi O’rxun – Enasoy yodgorliklarining mantiqiy davomi sifatida O’zbrkistondan topilgan topilmalar haqida ma’lumot beradi .


Q. Sodiqov yodgorliklarning tilini , tarixini va falsafiy qarashalrini o’rganib , ilmiy tadqiqotlar yaratish bilan bir qatorda O’rxun – Enasoy yodgorliklarini o’zbekchaga tabdil qildi . O’zbekistondan topilgan bitiklarga asoslanib , O’zbekistonda ko’hna turkiy run yozuvlarining makoni bo’lgan degan xulosaga keldi .Yodgorliklar tli , uslubiyati , dialektikasi , fonetikasi va morfologiyasini o’rgandi . O’rxun – Enasoy obidalari birinchi navbatda tarixni yoritadi . Xususan , etnik tarix bilan tutashadi . Turkiy qabilalar o’rtasidagi farqlar , asosan , ularning tillari orqali aniqlanadi . Demak , qabilalar tarixini yoritishda ham yodgorliklarning ahamiyati ham katta . Yozuvning kelib chiqishi , alifbolarning har xilligi , boshqa yozuvlarning turkiy – run yozuviga ta’siri kabi masalalarga ham obidalar matnini o’rganish orqali javob topish mumkin . Bu sohada ishlagan har bir olimlar yodgorliklardagi turli masalarni yoritib , asarlar yozganlar ,majmualar yaratilgan . Shunday ekan , O’rxun – Enasoy yodgorliklarining tadqiqotiga bag’ishlab yozilgan asarlarni quyidagi guruhlarga bo’lib o’rgansak , maqsadga muvofiq bo’ladi :
1. O’rxun – Enasoy yodgorliklarining tilini o’rganishga bag’ishlangan asarlar : ‘’ Eski uyg’ur yozuvi ‘’ , ‘’Qadimgi turkiy yozuvlar ‘’ va ‘’Qadimgi turkiy til ‘’fanlaridan dars matnlari , ‘’ Ilk o’rta asrlar turkiy matnlari nomlarining izohli lug’ati ‘’, ‘’Turkiy yozma yodgorliklar tili : adabiy tilning yuzga kelishi va tiklanishi ‘’, ‘’ Ko’k turk bitiklari va ularning tarixiy talqini ‘’ nomli kitoblar , ‘’Yozma yodgorliklarda ayrim undoshlarning taraqqiyot masalasi ‘’, ‘’ Kultigin , Bilga xoqon bitiklaridan o’rin olgan ‘’ xoqon ‘’ so’zining boshlanmalari va yodnomaalrining matn tuzilishi haqida ‘’, ‘’ Kul tigin va Bilga xoqon bitiglarining matiniy – qiyosiy tahlili ‘’ , ‘’ O’zbekistonda topilgan ko’k turk harfli matnlar ‘’ , ‘’ Turk –moniy diniy jamoalarida yaratilgan yozma manbalar ‘’ , ‘’ Tilshunoslikning dolzarb masalalari ‘’ nomli maqolalar , O’rxun – Enasoy yodgorliklarining tilini o’tganishga bag’ishlangan . Jumladan , ‘’Turkiy yozma yodgorlik tili : adabiy tilning yuzga kelishi va tiklanishi ‘’( 2006) tadqiqotlarda eng ko’hna va o’rta asrlarda yaratilgan turkiy yodgorliklar asosida o’zbek adabiy tilining shakllanishi , mumtoz adabiy tilning yuzga kelishi , uning o’ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi .
2. O’rxun – Enasoy yodgorliklari tarixini o’rganishga doir asarlar : ‘’ O;zbek adabiy tili tarixidan ‘’ , ‘’ Uyg’ur yozuvi tarixidan ‘’ , ‘’ Ko’k turk bitiklari : matn va uning tarixiy talqini ‘’ , Yozuv tarixi va kitobat san’ati ‘’, ‘’O’zbek tili tarixi ‘’ , ‘’Turkiy til tarixi ‘’ , ‘’ O’zbek tilining yozma uslublari tarixidan ‘’ nomli kitoblari va ‘’Kul tigin va Bilga xoqon bitiklari: tarixiy manbaning matn tuzilishi ‘’ nomli maqolalari O’rxun – Enasoy yodgorliklarining tarixiy tomonlarini o’rganishga bag’ishlangan . Masalan , ‘’ Ko’k turk bitiklari : matn va uning tarixiy talqini ‘’ (2004) kitobida ko’k turk obidalari bilan yuritilayotgan bitiklar tarixiy matniy jihatdan tahlil etiladi . Bu bitiklar asosida ko’k turk davri tarixnavisligining o’ziga xos jihatlari , matn tuzish prinsiplari haqida bahs yuritiladi .
3 . O’rxun – Enasoy yodgorliklarining tadqiqiga bag’ishlangan falsafiy asarlar : ‘’ Qadimgi turkiy xalqlarning diniy- falsafiy qarashlari ‘’, ‘’Sharq falsafasi ‘’ ( Qadimgi turkiy xalqlarning diniy – falsafiy qarashlari ‘’ , ‘’ Sharq falsafasi ‘’ ( Qadimgi turkiy xalqlarning diniy – falsafiy qarashlari ) ,’’ Eski turkiy falsafasi ‘ nomli kitoblarida va ‘’ Qadimgi turklarning olam va uning tuzilishi to’g’risidagi ko’zqarashlari ‘’nomli maqolasi yozma yodgorliklarni falsafiy jihatdan o’rganadi .
O’z navbatida , bu guruhni yana ikkiga bo’linadi :
O’rxun – Enasoy yodgorliklarining folkloristikasi :
‘’ Turkiy yozma adabiyot va og’zaki epik an’analar munosabatiga doir ‘’ maqola , ‘’ O’rxun –Enasoy yozma yodgorliklari va turkiy eposlar munosabati ‘’ doktorlik ishi ( 1991) , Turkiy xalqlar sehrli ertahlarida evrilish ( metamorfoza ) va uning mifalogik syujetlar bilan munosabati ‘’ O’zbek folklorshunosligining dolzarb masalalari ‘’to’plamida , ‘ Folklorizm va mifologizatsiya – qadimgi turkiy adabiyot asosi ‘ ‘kabi ilmiy asarlarda yodgorliklardagi folklore namunalari o’rganilgan .

  1. O’rxun- Enasoy yodgorliklarining nazariyasi :

‘’ Kul tigin yodnomasi poetikasi ‘’ ( O’lmas obidalar tarkibida ) , ‘’ Qadimiy hikmatlar ‘’ , ‘’ Kul tigin yodnomasida alliteratsiya ‘’ , ‘’Kul tigin yodnomasida adabiy etiket ‘’ , ‘’Kul tigin yodnomasida badiiy san’atlar ‘’ kabi ilmiy asarlar yodgorliklardagi nasriy va she’riy san’at turlari namunalarini o’rganadi. Shundan ma’lum bo’ladiki , yodgorliklarni o’rgangan Q . Sodiqov o’z asarlarida yodgorliklarning til xususiyatlarini va tarixiy , falsafiy tomonlarini yoritgan bo’lsa , N . Rahmonov esa ularni ko’proq nazariy va badiiy jihatdan yoritib beradi


.O’rxun – Enasoy yodgorlarini o’rganishga A. Fitrat , O .Sharafiddinov , N . Mallayev , A. Qayumov , A. Rustamov , G’. Abdurahmonov , E. Umarov , T . Salimov , B . To’xliyev , N . Rahmonov , Q. Sodiqov kabi o’zbek olimlari ham o’zlarining munosib hissalrini qo’shganlar . Jumladan , bu yodgorlikning topilish tarixi N . Mallayevning ‘’ O’zbek adabiyoti tarixi ‘’ , B . To’xliyev ‘’O’zbek adabiyoti ‘’ , A . Qayumovning ‘’ Qadimiyat obidalari ‘’asarlarida yoritilgan . H. Zarif , M . Saidov , B . Sarimsoqov , M . Jo’rayev , S . Turdimov , A . Musaqulov , J . Eshonqulovlar o’z asarlarida bu borada u yoki bu darajada to’xtalib o’tganlar . Lekin bu umumturkiy ma’naviy merosimizni o’rganishda Qosimjon Sodiqov hamda Nasimxon Rahmonov xizmatlari beqiyos hisoblanadi . Biz buni yuqorida ko’rib o’tdik . O’rxun – Enasoy obidalari birinchi navbatda tarixni yoritadi . Xususan , etnik tarix bilan tutashadi . Turkiy qabilalar o’rtasidagi farqlar , asosan , ularning tillari orqali aniqlanadi . Demak , qabilalar tarixini yoritishda ham yodgorliklarning ahamiyati katta . Yozuvning kelib chiqishi , alifbolarning har xilligi , boshqa yozuvlarning turkiy –run yozuviga ta’siri kabi masalalarga ham obidalar matnini o’rganish orqali javob topish mumkin . Olimlar olib borgan tadqiqotlari asosida , bu bitiklarning yozuvlari va undagi matnlarning o’qilishi turlicha bo’lgan ya’ni har bir tadqiqotchi o’z bilim doirasidan kelib chiqib , izoh talab qiladigan so’zlarni matn ma’nosidan kelib chiqib tarjima qilishgan hamda o’rganishgan . Obidalardagi belgi va transkiripsiya to’la o’rganilib mana shundan keyin asarlar va maqolar yozila boshlangan . O’zbek olimlaridan tashqari , jahon olimlari , xususan , rus , turk , nemis , xitoy va boshqa xalq vakillari ham bu obidalarni o’rganishga kirishgan , o’z asarlarida turli ma’no hamda ifodaalarni yozib , ularga izohlar ham berishgan . Bilamizki , bu jarayon oddiy yoki oson kechadigan ish emas . Shuning uchun ham , qadim tarixga ega bo’lgan va qadimdan o’rganilib kelinayapti .
Bu sohada samarali ishlarni amalga oshirgan bir qator olimlar o’rganish jarayonida turli tomondan , yo til xususiyatlari , yozuv tomondan , yo adabiyot tomonidan , uning badiiylik , san’atlar , poetikasi jihatidan o’rganishgan . Shuning natijasida , turli masalarga bag’ishlangan bir –biridan ajoyib asarlar yaratildi .
O’zbek olimlari har tomondan o’rganilgan va tadqiq etilgan kitoblar yuzga keldi , ularni biz yuqorida keltirib tanishtirib o’tdik . Qadim tarixga ega bo’lgan va katta davrni o’z ichuiga olgan bu bebaho qadimiyat tuli xalq va millatni bir –biriga mushtarak bog’laydi . O’rxun – Enasoy bitiklari xotiralar , qabr toshlariga o’yib yozilgan tarix va marsiyalardan , turli xil hijjat , tamg’a , pul namunalaridan iborat bo’lib , V- VII asrlarning juda qimmatli yodgorligi sanaladi . Oltoydan Mo’g’ilistonga qadar cho’zilgan bepoyon hududda yashagan mazkur xalqlar va qabilalar tomonidan yaratilgan ‘’ To’nyuquq ‘’ , ‘’ Uyuq – arxon ‘’ , ‘’ Borliq ‘’ , ‘’Tuva ‘’ va boshqalar ham Kultegin va Bilga xoqon yodgorliklari singari katta ilmiy va badiiy ahamiyatga egadir .
Ularning matnlarida turkiy xalq va qavmlaridan qirg’iz , uyg’ur , o’g’uz kabilarning nomlari tilga olinadi . Olimlarning fikricha , mazkur yodgorliklarning tili bir – biridan birmuncha farq qiladi . O’sha tafovutli belgilarga tayanib , ba’zi yodgorliklarning hozirgi qaysi turkiy tilning qadimgi ko’rinishi ekanligi xususida taxmin qilish mumkin .V . V . Radlov , V . Tomson , S. E .Malov kabi olimlar Enesey bo’yidagi ko’pchilik yodgorliklarni qirg’iz tiliga mansub deb hisoblaydilar . Biroq barcha yodgorliklar haqida haqida birday fikr yuritib bo’lmaydi . Jumladan , O’rxun – Enasoy yodgorliklarida qirg’iz , uyg’ur tuva , Turkman , o’zbek va boshqa turkiy tillarga xos leksik boylik hamda Grammatik shakallar ko’zga tashlanadi . Shunga ko’ra , bu yodgorliklarni turkiy tillarning mushtarak madaniy merosi sifatida o’rganish va talqin - u targ’ib qilish maqsadga muvofiqdir . O’rxun – Enasoy bitiktoshlarida til va yozuv yodgorligi bo’lishi bilan bir qatorda tarixiy va adabiy manba maqomida muayyan badiiy – ilmiy qimmatga ham molikdir .Chunki ularda V – VIII asrlardagi ijtimoiy – iqtisodiy hayot , turkiy xalqllar va qabilalarning urf- odatlari , e’tiqodi , qarashlari , badiiy ijodi namunalari o’z ifodasini topgan . Bitiktoshlarda she’riy misralarning uchrashi , turli tarixiy voqealar ifodasida badiiy uslubdan foydalanganligi muhim ahamiyat kasb etadi . Xususan , qabr toshlaridagi marsiyalarning badiiylik darajasining birmuncha yuksak ekanligi qiziqish uyg’otadi .
Ular orqali vafot etgan kishining qiyofasi manzaralarini ko’z o’ngimizda gavdalantirishimiz va motam tutuvchining murakkab ruhiy holati bilan tanishishimiz mumkin . Tadqiqotchilarning fikricha , bitiktoshlardagi marsiyalar mazmuni , mohiyati badiiyati jihatidan ‘’ Devonu lug’otut – turk ‘’dagi marsiyalarga ancha yaqin turadi . Bitiktoshlar janr jihatdan she’riy , marsiya , mif va turli rivoyatlarni o’zida jamlagan . Bunda biz nasr va nazmning turli jihatlarini ko’rishimiz mumkin bo’ladi . Yodgorliklar turli tillarga tarjima qilingan . Bulardan tashqari Kul tigin bitiktoshida ham , Bilga xoqon bitiktoshida ham xitoy tilida yozilgan matn bor . Bu xitoycha matnni fransuz tiliga Shlegel , nemis tiliga Jorj fon Gabeles , ingliz tiliga Parker tarjima qilganlar . Bu tarjimalarga dunyo turkiyshunoslari murojaat etadilar .
Har bir bitiktosh o’z davridab hikoya qiladi .Unda ilgari surilgan masalarga bag’ishlanga bir qancha ishlar amalga oshirilgan . Bitiktoshklar matnini sinchkovlik bilan kuzatadigan bo’lsak , unda yurt osoyishtali uchun kurash , birlashish , yovga qarshi chiqish va g’alabaga erishish kabilar eng muhim va asosni tashkil qiluvchi qism ekanligini anglaymiz . Bundan tashqari urf – odatlar , xalqlarning yashash tarzi va hayot kechirishi , boshqa elatlar bilan savdo- sotiq masalalari , elchilik bitimlari , hudud geografiyasi kabi ma’lumotlar ham mavjud . Yodnomalarning matnlari tahlil qilinganda adabiy tahlilga tushadigan bir qancha holatlarni ko’rishimiz mumkin . To’nyuquq bitiktoshi misolida ko’radigan bo’lsak , syujetning ucu elementi – voqea, vaziyat va kolliziyaning mavjudligi To’nyuquq bitiktoshi badiiy asar sifatida o’rganishga imkon beradi . VOQEA – Turk xoqonligini markazlashgan davlatga aylantirish uchun olib sa’y – harakatlar , VAZIYAT – xoqonlik ichidagi va xoqonlikning tashqarisidagi ijtimoiy – siyosiy harakatlar , KOLLIZIYA – xoqonlikning dushman qabilalr va sulolalar bilan to’qnashuvi , Turk xoqonligining Tan sulolasi va boshqa qabilalar bilan olib borgan jang-u jadallaridir . To’yuquq voqealar markazida turadi , barcha voqealar vaziyat To’nyuquqqa bog’liq ravishda yuz beradi . Kolliziya esa to’quz o’g’uz xalqi bilan o’g’uz , tabg’ach , xitoy xalqlari o’rtasidagi dushmanlashuv va kurashdir . Syujetning har uchala elementi To’nyuquq bitiktoshida ham , boshqa bitiktoshlarda ham takrorlanadi . Zotan , bitiktoshlarning asosoiy mavzui ham vatanni himoya qilish , jang lavhalari , qahramonlarni sharaflashdan iborat .
Albatta , To’nyuquq bitiktoshining badiiy asarga xos yana bir xususiyati – xalq maqollari va matallarining keltirilganidir . To’nyuquq biron voqea yoki vaziyatni baholaydi , unga munosabatini bildiradi .Masalan , Turk xoqonligi tang vaziyatda qolganda , To’nyuqu Eltarish xoqonga shunday maslahat beradi : ‘’ Tabg’ach , o’g’uz , Xitoy – bu uchovi qamal qilsa , qamalda qolajakmiz . Unda vujudning ichi - toshini , molu jonini topshirganday bo’lamiz . Yupqa yig’in tor – mor qilishga oson emish , ingichka yig’in uzishga oson emish . Yupqa qalin bo’lsa , tor- mor qiladigan bahodir emish . Ingichka yo’g’on bo’lsa , uzadigan bahodir emish ‘’ ( To’n ., 12 -13 ) . Vaziyatni baholashda To’nyuquq mazkur hikmatlardan unumli foydalanish orqali bevosita Turk xoqonligining imkoniyatini ko’rsatadi va imkoniyatdan o’z vaqtida foydalanishga xoqonni da’vat qiladi . To’nyuquq bitiktoshi , birinchi navbatda , To’nyuquqning ijodi , bir asar sifatida o’qilishi lozim . Bitiktoshning maqsadi To’nyuquqning olib borgan janglari yoki uning xoqonlikdagi xizmatalrini xronologik tarzda bayon qilishdan iborat edi . To’nyuquq bitiktoshidagi ma’lum bir voqealar munosabati bilan detallar tafsilotiga alohida urg’u berish holatlari , tabiat manzarasiu tasviri uchraydi . Muallif To’nyuquq voqealarning aniqligini yetkazish va tarixiylik tamoyilini saqlash maqsadida ham bunday tafsilotlarga ko’proq o’rin bergan . Eng asosiy masala yurt birligini va ozodligini saqlab qolish , qo’shni elat va millatalr bilan tinch hamda totuv hayot kechirish , vatan birligini saqlab qolish uchun olib borilgan kurashalar tasviri keltirilgan .
Turkiy xalqlarning badiiy ijodi moziyning juda qadimiy qatlamlariga tutashadi . Eramizdan oldingi davrlardanoq yunon tarixchilari ajdodlarimiz orasida mavjud bo’lgan namunlari : ertak , rivoyat va afsonalar haqida ayrim ma’lumotlarni yozib qoldirishgan . Shunigdek , eramizdan oldingi Xitoy tarixchilari ham turkiylarning o’ziga xos qo’shiq va dostonlari bo’lganini manbalarda qayd etishgan . Shu o’rinda qadimgi davrlarda yashab ijod etgan ayrim nomlarini eslab ham o’tdik .Turli – tuman tarixiy ma’lumotlarga tayanib O’rta Osiyoni eposlar beshigi deb nomlash mumkin . Yozma yodgorliklar ham , umuman olganda, katta va muhim axborotni yetkazib beruvchi manbadir . Bitiglarga , umuman , yozma adabiyotga vatan , ona –yurt erkinligi , uni yovdan saqlash xalqini , unig tinchligi yo’lida kurash g’oyasining kiritiluviadabiyotimiz tarixidagi katta voqeadir .
Bitigga tikilib turib , xayol sursangiz xayol olis o’tmishga parvoz qiladi . Bir zamonlar bu yer xoqonlikning gavjum maskanlaridan edi . Hayot qaynagan va aholi turmush kechirgan paytlarda hukm surgan siyosat o’ziga xos hamda hammaga birdek bo’lgan . Yana shuni aytib o’tish joizki , har bir hududdan har xil nomdagi boshqa kichik bitiklar ham topilgan , lekin ularning hammasi ham o’rganilib , ommaga e’lon qilinmagan . Bu bitiklar ‘’ Ungin ‘’, ‘’Moyun chur ‘’ borki , ular O’rxun bitiglariga kiradi . Enisey bitiklari hozirgi Tuva , Xkasiya hudidan topilgan . Bu bitiglar turli shakldagi turli shakldagi yumaloq , to’g’ri burchakli granit toshlarga bitilgan . Ayrimlari qoyalarga , metallarga, oltin va kumush idishlarga yozilgan . Hozirgacha hammasi bo’lib 250 ga yaqin bitigtoshlar topilgan . Enisey bitiglari ‘’ Eletmish bilga xoqon yodnomasi ‘’ , ‘’ Uyuq Tarlak yodnomasi ‘’ , ‘’ Uyuq Turan yodnomasi ‘’ , ‘’Begra yodnomasi ‘’, ‘’ Chakul yodnomasi ‘’ kabi yodgorliklardan iborat . Ularda ham mardlik , qahramonlik , dushmanga qarshi kurash tasvirlangan .
Bu yodgorliklarni nasr namunasi deb qarovchi olimlarimiz bo’lganidek , Stebleva ularni turkiy xalqlar she’riy ijodining namunalari sifatida beradi . Bitiglarda ‘’ Edguti eshid , qatug’du tungla’’ ‘’ Yaxshi eshit , qattiq tingla ‘’ , Ichra oshso’z , tashra jonso’z ‘’ , ‘’ Ichda oshsiz , toshida to’nsiz ‘’ kabi maqolga o’xshash jumlalar mavjud .Yodgorliklarning tili quyidagicha :

Download 126,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish