Iqtisodiyot nazariyasi - kishilarning cheklanmagan ehtiyojlarini to‗laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan foydalanishning eng samarali yo‗llarini izlash sharoitida kishilik jamiyati rivojlanishining qonunlari va qonuniyatlarini o‗rganish bilan shug‗ullanuvchi fandir. Iqtisodiyot nazariyasi fani ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi to‗g‗risidagi fan bo‗lib, uning predmeti ishlab chiqarish munosabatlaridir. Ishlab chiqarish munosabatlari - bu hayotiy ne‘matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish jarayonida kishilar o’rtasida ob‘ektiv yuzaga keladigan munosabatlardir.
Iqtisodiyot nazariyasi - kishilarning cheklanmagan ehtiyojlarini to‗laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan foydalanishning eng samarali yo‗llarini izlash sharoitida kishilik jamiyati rivojlanishining qonunlari va qonuniyatlarini o‗rganish bilan shug‗ullanuvchi fandir. Iqtisodiyot nazariyasi fani ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi to‗g‗risidagi fan bo‗lib, uning predmeti ishlab chiqarish munosabatlaridir. Ishlab chiqarish munosabatlari - bu hayotiy ne‘matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish jarayonida kishilar o‗rtasida ob‘ektiv yuzaga keladigan munosabatlardir.
Iqtisodiy kategoriyalar – bu iqtisodni o’rganishda qo’llaniladigan nazariy tuchunchalar bo’lib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy in‘ikosi, ifoda etilishidir. Kategoriyalar – ilmiy fikrlash marsulidir. Ularni kundalik hayotda uchraydigan tuchunchalardan farqlash zarur. Masalan, kundalik hayotda bozor deganda, ko‗pchilik yig‗ilib savdo qilinadigan joy tushuniladi. Nazariyada esa bozor deganda joy emas, pul yordamida ayirboshlash, ya‘ni kishilar o‗rtasida oldisotdi munosabatlari anglanadi. Nazariyada kategoriyalar guruhlarga bo‗linib o‗rganiladi:
Kategoriyalar
|
|
|
Umumiqtisodiy kategoriyalar
|
Formatsionmaxsus kategoriyalar
|
Davriyohaliq kategoriyalar
|
iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos bo‗lgan, lekin ijtimoiyiqtisodiy tizimga aloqasi bo‗lmagan umuminsoniy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalar.
|
iqtisodiy taraqqiyotning muayyan tarixiy bosqichiga xos bo‗lgan, ijtimoiyiqtisodiy tizimning tabiatiga aloqador, o‗tkinchi munosabatlarni ifodalovchi maxsus kategoriyalar
|
umuminsoniy mazmundagi, lekin bir necha iqtisodiy tizimlar sharoitida amal qiluvchi, uzoq tarixiy davrda saqlanuvchi, ammo o‗tkinchi mazmundagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalar
|
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy rodisalarning belgilari umumlashtirish asosida qonunlarda ta‘riflanadi. Iqtisodiy qonunlar – iqtisodiy jarayonlarning turli muhim tomonlari o‗rtasidagi muhim takrorlanib va
Q o n u n l a r
|
|
|
Umumiqtisodiy qonunlar
|
Formatsionmaxsus qonunlar
|
Davriy oraliq qonunlar
|
Jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida, iqtisodiyotning aniq ijtimoiy shaklidan qat‘i nazar amal qiluvchi qonunlar
|
Maxsus iqtisodiy qonunlar – faqat muayyan ijtimoiyiqtisodiy tizim doirasida amal qiluvchi, shu tizimning o‗ziga xos xususiyatlarini ifoda etuvchi qonunlar
|
Bu turli ijtimoiyiqtisodiy tizimda, ammo ma‘lum davrda amal qiluvchi tizimlarning maxsus tuzumiga aloqasi bo‗lmagani holda, ularni birlashtirib bog‗lab turuvchi munosabatlarga xos qonunlar
|
yuzaga kelib turadigan uzviy iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi sababoqibat, aloqa bog’lanishlaridir
Ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlar - kishilarning yashashi, Mehnat qilishi va ma‘lum iqtisodiy mavqega ega bo‗lishi uchun iste‘mol etilishi zarur mahsulotlar va xizmatlar majmuidir. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs sifatida kamol topishi zarurati hamdir. Uning odatdagi jismoniy ehtiyojdan farqi shuki, uni Mehnat vositasida va tabiat ishtirokida qondiriladi, ya‘ni u ishlab chiqarish faoliyatini talab qiladi. Ehtiyoj, avvalambor, yakka tartibda bo‗ladi, chunki har bir odamning xususiyatiga qarab ehtiyoj farqlanadi. Ehtiyoj odamning jismoniy holati, Mehnati, didi va odatlariga ham bog’liq. Ehtiyoj inson hayotining ajralmas qismidir. Ammo, ehtiyoj inson uchun tug‗ma belgi emas, u nasldannaslga o‗tmaydi ham. U jamiyatda insonning sub‘ektiv xususiyatiga bog‗liq holda yuzaga keladi. Shu sababli kishilarda u yoki bu ne‘matni afzal ko‗rish mavjud. Ehtiyojlar xilmaxilligidan bir odamning ehtiyoji boshqasinikiga o‗xshamaydi, chunki u qat‘iy ravishda yakkalashgan. Ammo ehtiyojda bir qator yirik belgilar borki, ularga qarab ehtiyojni guruhlarga bo‗lish mumkin. Bunga ehtiyojning xarakteri, uning nimaga qaratilishi asos qilib olinadi.
Ijtimoiyiqtisodiy ehtiyojlar uch qismga bo’linadi
Moddiy ehtiyojlar
|
Ijtimoiyma‘naviy ehtiyojlar
|
Mehnat ehtiyoji
|
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo‗lishi bilan yuzaga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojlardir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy bo‗lib, oziqovqat, kiyimkechak, turarjoy, transport, aloqa, gigiena ehtiyojlaridan iborat bo‗ladi. Ularning qondirilishi yashashning birlamchi sharoitidir.
|
Ijtimoiyma‘naviy ehtiyojlar asosan xizmatlar (masalan, o‗qituvchi, vrach, san‘at arbobi xizmati)dan iborat bo‗lib, ular ma‘lum faoliyat shakliga ega, ularning yaqqol moddiy ko‗rinishi yo‗q.
|
Mehnat ehtiyojining mavjudligi faqat Mehnatsiz nozu ne‘matlar yaratib bo‗lmasligidan emas, balki Mehnatsiz inson hayotining bo‗lmasligidan, Mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmasligidandir. Mehnat ehtiyoji insonning o‗zida mujassamlashgan, uning moddiy shakli yo‗q, u ishlashga bo‗lgan ishtiyoqda ifoda etiladi. Mehnat ehtiyoji insonda Mehnat qilish, ijod etish qobiliyati borligidan kelib chiqadi.
|
Ehtiyojlar yuksalishining to’rt jihati
Muayyan ehtiyoj saqlangan holda, uning kengayib, miqdoran ortib borishi.
|
Mutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bo‗lib, uning ichki tarkibi o‗zgarishi.
|
Muayyan ehtiyojlar guruhi doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o‗zgarishi. Bunda ehtiyoj umumiy tarzda saqlanadi, lekin uning aniq ko‗rinishlari va shakllari o‗zgaradi.
|
Bir ehtiyojning ikkinchisi bilan almashtirilishi. Bunday almashuv o‗rinbosar ehtiyojlarning paydo bo‗lishi bilan yuzaga keladi va bunday ehtiyojlar yuksak rivojlangan iqtisodiyotga xos. Bu o‗rinbosarlik mahsulotlarning sifatiga, narxiga va iste‘mol uchun qulayligiga bog‗liq.
|
Yuksalib bohayotgan ehtiyojlarni qondirishning birdanbir vositasi ishlab chiqarishdir. Ammo mahsulot va xizmatlarni yaratishning o‗zi hali ehtiyoj qondirilganini bildirmaydi. Yaratilgan moddiy va nomoddiy ne‘matlar iste‘molga yetib borgandagina bunga erishiladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarning o‗zlari iste‘mol etishlari shart emas, bu ko‗p hollarda yuz bermaydi ham. Shu sababli ular ayrboshlash orqali iste‘molga kelib tushadi, ya‘ni iste‘molchilarga kerakli mahsulotlar ayrboshlanib, ehtiyoj qondiriladi. To‗xtovsiz yuksalib boradigan ehtiyojni qondirish uchun kamyob resurslar oqilona ishlatilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |