Mundarija kirish bob. Emotsiya haqida umumiy tushuncha


III.BOB.HISSIY KECHINMALARNING SHAKLLARI



Download 49,54 Kb.
bet6/8
Sana12.07.2022
Hajmi49,54 Kb.
#778908
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
EMOTSIYA

III.BOB.HISSIY KECHINMALARNING SHAKLLARI
3.1.Yuksak hislar.
Emotsional ton yoki hissiy tus ba’zi hollarda barcha shaxslarda tug’ma, nasliy xususiyat kasb etishi mumkin. Jumladan, og’riq hissi va boshqa xususiyati kuchli qo’zg’atuvchilar bir davrda aks etgan yoqimsiz hissiy ton bilan ajralib turadi. Masalan, simob bilan boshqa organik moddalar birikmasidan tarqalgan hidlar har qaysi ruhan sog’lom insonlar uchun yoqqimsiz, jirkanch taassurot uyg’otadi. Shuningdek, ba’zi ranglar birikmasi, shilimshiq pardalarning qo’zg’alishi, qamishlarning ishqalanishi, egovning ovozi ham xuddi shunday iz qoldiradi. Shu bilan birga idrok obrazlari va tasavvurlarining aksariyat hissiy tonlari oldingi emotsional jarayonlaridan saqlanib qolgan izlar, turmush tajribaning saboqlari insonda o’xshashligi tufayli “tug’ma” deb baholanishi mumkin. Hissiy ton shaxsning ehtiyojlari atrofdagi narsalar va vaziyatlar qoniqtirish yoki qoniqtirmasligi, faoliyatning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz kechishini yaqqol etishiga xizmat qiladi. Shaxsning psixologik xislatlariga binoan hissiy ton o’ziga xos, idiosinkraziya xususiyatini kasb etadi, bunday toifadagi odam boshqalar uchun befarq tuyulgan narsalarga ham jirkanch munosabatini namoyish qiladi, masalan, duxobaga teginish, baliq, yog’, gul hidlarini yoqtirmaydi. Shuni alohida ta’kidlash o’rinliki, ko’rish, eshitish, hidlash kinestetik sezgilarga hamda idroklarga taalluqli hissiy ton muhim ahamiyatga ega. Masalan xonalar, ish joyi, transport vositalarining rangidan taassurotidan vujudga kelgan yoqimli yoki yoqimsiz hissiy ton mehnat samaradorligiga, xizmatchilarning kayfiyatiga sezilarli darajada ta’sir o’tkazadi.
Affektlar - haddan ziyod tez kechirishi bilan miyada paydo bo’luvchi, shaxsni tez qamrab oluvchi, jiddiy o’zgarishlarni yuzaga keltiruvchi, jarayonlar ustidan irodaviy nazoratlarning buzulishiga yetaklovchi, organizm a’zolari funksiyasini izdan chiqaruvchi emotsional jarayonlarga affektlar deyiladi. Affektlar qisqa muddatli bo’lib, ular favquloddagi yong’inga, yarqiragan portlashga, to’satdan kelgan do’lga, to’fonga, kutilmagan silkinishga o’xshab ketadi. Mobodo emotsiya ruhiy to’lqinlanish deyilsa, unda affekt holatlari turli bosqichlardan tuzilgan bo’lib, ular o’zaro o’rin almashib turadi. Ma’lumki vahimaga, sarosimaga tushib qolgan, o’ta quvongan, kulgi nashidasi bilan band bo’lgan, umidsizlik tuzog’iga ilingan inson turli vaziyatlarda borliqni bir tekis aks ettira olmaydi. Chunki u mazkur sharoitlarda o’z kechinmalarini har xil ifodalaydi, o’zini turli darajada ushlaydi, harakatlarni esa turlicha boshqaradi. Bunda oraliq miya va miya katta yarimsharlari po’stlog’idagi ma’lum markazlarning kuchli qo’zg’alishi va boshqa markazlarning tormozlanishi meyordan chiqib ketishi tufayli, o’zaro o’rin almashinib qoladi. Harakatchanlikning asta-sekin ko’tarilishidan iborat stenik holat astenik holat bilan almashinadi, lekin qayta tiklanishga ulgurmaydi
Affekt holati boshlanishida shaxs insoniy qadriyatlarning barchasidan uzoqlashib, o’z hissiyotining oqibati to’g’risida ham o’ylamaydi, hatto tana o’zgarishlari, ifodali harakatlar unga bo’ysunmay boradi. Kuchli zo’riqish natijasida mayda, kuchsiz harakatlar barham topadi. Tormozlanish miya yarimsharlari po’stini to’la egallay boshlaydi, qo’zg’alish po’stloqosti nerv tugunchalarida, oraliq miyada avj oladi, xolos. Buning natijasida shaxs hissiy kechinmasiga nisbatan o’zida kuchli xohish sezadi. Ma’lumotlarning ko’rsatishicha, ko’pincha hissiyotlar affektiv shaklda o’tishi tajribalarda sinab ko’rilgan. Jumladan, teatr tomoshabinlarda, tantana nashidasini surayotgan olomon orasida, ilmiy kashfiyot lahzasida jo’shqin shodliklar mujassamlashadi.
Affektlar yuzaga kelishining dastlabki bosqichida har bir shaxs o’zini tutishini, o’zini qo’lga olishni uddalash qurbiga ega bo’ladi. Ularning keying bosqichlarida irodaviy nazorat yo’qotiladi, irodasiz xatti-harakatlar amalga oshiriladi. Affektiv holatlar ma’suliyatsizlik, axloqsizlik, mastlik holatlarida sodir bo’ladi, lekin shaxs har bitta xatti-xarakati uchun javobgardir, chunki, u aql-zakovatli insondir. Affektlar o’tib bo’lganidan keyin shaxsning ruhiyatida osoyishtalik, charchash holatlari hukm suradi. Ba’zi hollarda holsizlanish, jamiki narsaga loqayd munosabat, xarakatsizlik, faollik barham topishi, hatto uyquga moyillik yuzaga keladi. Shu bilan birga affektiv shok holati ham sodir bo’ladi, buning oqibatida, organizmning ichki a’zolari funksiyasi buziladi, hatto yurak huruji yuzaga keladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, affektiv qo’zg’alish muayyan davrgacha davom etishi, ba’zan o’qtin-o’qtin kuchayishi yoki susayishi sodir bo’lib turishi mumkin.
Stress bu inglizcha so’z bo’lib, jiddiylik, keskinlik, zo’riqish degan ma’nolarni anglatadi. XX-asrning ikkinchi yarmidan boshlab keskin vaziyat tufayli vujudga keladigan emotsional holatlarni tadqiq etish psixologiya, fiziologiya, tibbiyot fanlarida keng ko’lamda amalga oshirila boshlandi. Stress-og’ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar, ishlar me’yoridan oshib ketib, xavfli vaziyatlar tug’ilganda zaruriy chora- tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo’riqishlardir. Mana shunday sharoitlar va vaziyatlarning biror-bir emotsiya turi ro’yobga chiqaradi. Stress emotsional holatining paydo bo’lishi hamda kechishining psixologik xususiyatlarini aniqlash nafaqat uchuvchilar, kosmonavtlar, dispechcherlar uchun, balki, sudyalar, korxona rahbari, ta’lim tizimi xodimlari uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Psixologiya faniga stress tushunchasini olib kirgan olim kanadalik fiziolog G.Sele sanaladi. U stressni tadqiq qilishda moslashuv alomati masalasiga, uning faoliyatga ijobiy hamda salbiy ta’sir etishiga alohida ahamiyat bergan. Shuningdek, ekstremal vaziyatlardagi, murakkab jarayonlardagi stressing o’ziga xosligi, faoliyatni qayta tashkil qilishgacha olib borishi,shunga o’xshash sharoitlarda shaxs xulqini bashorat etish imkoniyatlari G.Sele tomonidan o’rganilgan.
Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari o’ziga xos tarzda o’zgaradi,unda qo’zg’alishning umumiy reaksiyasi paydo bo’ladi, uning harakatlari tartibsiz ravishda amalga oshiriladi. Stressning kuchayishi esa teskari reaksiyaga olib keladi, natijada tormozlanish, sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila boshlaydi. Lekin stress holatida fiziologik o’zgarishlar tashqi tomonidan qariyb ko’zga tashlanmasligi mumkin. Biroq muammoni yechishdagi qiyinchilik, diqqatni taqsimlashdagi sarosimalik, stressing tashqi ifodasi deb, taxmin qilinsa bo’ladi. Shaxs stress holatida telefon raqamini adshtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, ong faoliyati yengil tormozlanadi, idrok ko’lami torayadi va boshqalar.
Stress holatida shaxsning psixologik xususiyatlari, turmush tarbiyasi, shakllangan malakasi muhim rol o’ynaydi. Keskinlikning oldini olishda oldini olishda shaxsning oily nerv-faoliyati, nerv-sistemasining xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Undagi yuksak his-tuyg’ular stress holatida xatti-harakat buzulishining oldini olishga xizmat qiladi.
Kayfiyat – bu shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional holat “ kayfiyat ” deb ataladi. Shaxsning hayoti va faoliyati davomida shodonlik, hazilkashlik, umidsizlik, jur’atsizlik zerikishlik, qayg’urishlik singari his-tuyg’ular uning ruhiy holatini umumiy tizimiga aylanadi. Ushbu vaziyat ba’zi emotsional taassurotlarning vujudga kelishiga qulay zamin tayyorlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug’diradi. Inson xafa, ma’yus hissiy holat hukmronligida bo’lsa, u holda tengdoshlarining haziliga, keksalarning o’git-nasihatlariga, maslahatlariga quvnoq kayfiyat chog’dagiga nisbatan mazmun, sifat jihatidan boshqacharoq tusda munosabat bildiradi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xalq ta’lim tizimi jamoalarida, rasmiy, real guruhlarida ishchanlik, o’zaro yordam, hamkorlik, hamdardlik, iliq ruhiy muhit yaratish, samimiy muomala maromini shakllantirish ham jismoniy, ham aqliy mehnat samaradorligini oshirishning kafolatidir.
Kayfiyat nihoyatda xilma-xil, uzoq va yaqin manbaalar negizidan vujudga keladi. Uni barqarorlashtirib turadigan asosiy manbaalardan biri shaxslarning ijtimoiy jamiyatda hukmronlik qilayotgan nuqtai-nazarlari, hayotning turli jabhalarida aks etuvchi ta’sirlar,mehnat muvaffaqiyati va ta’lim yutug’i,rahbar va hodim,o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlari,oiladagi shaxslararo muomala maromi,har xil vaziyatlarda paydo bo’lgan turmushdagi qarama-qarshiliklar,shaxsning ehtiyojlari,qiziqishlari, mayllari va ta’blarining qondirilishidan qanoat hosil qilishlik yoki qanoat hosil qilmaslik kafiyatning manbaalari bo’lib hisoblanadi. Shaxsning ma’lum muddat ruhi tushib, noxush, zaif kayfiyatda yurishi uning turmushida muammolar yuzaga kelganligidan, xalovat, tinchlik buzilganidan dalolat beradi. Bunday vaziyatlar namoyon bo’lganida shaxsga oqilona mulohaza mahsulidan kelib chiqqan holda xushtavozelik bilan ijobiy ta’sir o’tkazish, ruhini tetiklashtiruvchi vositalarni qo’llash, kayfiyatini buzib turgan omillarni batamom bartaraf etish maqsadga muvofiq.
Inson kayfiyatining paydo bo’lishiga va o’zgarishiga ta’sir qiluvchi ikkita omilni tahlillash mutlaqo shart. Ularning bittasi obektiv va subektiv xususiyatli vaziyatda tabiiy omillarga taalluqli bo’lgan vaziyat(havoning sovuqligi, yoki issiqligi, bioritmika o’zgarishi), b) shaxslararo munosabatlarning noqulayligi va boshqalar.
Psixologiyada asosiy hissiyotlar atamasi ko’chma ma’noda qo’llanilib kelinmoqda. Tadqiqotlar ichida K.Izartning tasnifi muayyan qiziqish uyg’otadi, lekin his-tuyg’ularning barchasini qamrab olmaydi. K.Izartning talqinicha:

  1. Qiziqish-malaka va ko’nikmalar shakllanishiga,o’qishga moyillik uyg’otadigan bilimlarni egallashga yordam beruvchi ijobiy hissiy holatdir.

  2. Quvonch - qondirilishi dargumon bo’lgan yetakchi ehtiyojning qondirilishi mumkinligi bilan bo’liq ijobiy hissiy holatdir.

  3. Hayratlanish-favqulodda ro’y bergan holatlardan hissiy jihatdan ta’sirlanishning ijobiy yoki salbiy jihatdan ifoda etilmagan belgisidir.

  4. iztirob chekish-hozirgacha qondirilish ehtimoli ozmi yoki ko’pmi mavjud tasavvur qilingan, muhim hayotiy ehtiyojlarning qondirilishi mumkin emasligi to’g’risida ma’lumot olinishiga bog’liq salbiy hissiy holatdir.

  5. G’azablanish-obektiv tarzda kechadigan,shaxs uchun g’oyat muhim ehtiyojni qondirish yo’lida to’siqlarni yengib chiqadigan salbiy hissiy holatdir.

  6. Nafratlanish-obektlarga yaqinlashuv subektning ma’naviy yoki estetik ideallarga zid kelib qolishi oqibatida ro’y beradigan salbiy hissiy holatdir.

  7. Jirkanish-shaxslararo munosabatlarda ro’y beradigan va shaxsning hayotiy nuqtai-nazarlari,qarashlari va xulq-atvoriga nomutanosibli oqibatida hosil bo’ladigan salbiy hissiy holatdir.

  8. qo’rquv-shaxs o’zining xotirjam hayot kechirishiga ziyon yetishi mumkinligi unga real tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mavjud xavf-xatar tog’risidagi xabarni olish bilan paydo bo’ladigan salbiy hissiy holatdir.

Kishilik jamiyati bilan hayvonot olami o’rtasida psixologik tafovutlar yuksak hislarda o’z ifodasini topadi. Yuksak hislar ongli harakatlarni bajarishning obektiv sharoitlari, yo’nalishlari, mazmuni bilan uyg’unlashgan shaxs emotsional holatining barqaror, murakkab tarkibida paydo bo’ladi va kechadi. Ko’plab kechirilayotgan emotsiyalarda, affektlarda, kayfiyatlarda yaqqollashgan umumlashma hislar “ yuksak hislar “ deb ataladi. Ular o’z tarkibiga soda tuzilgan hislarni qamrab oladi, lekin oddiy hislar yig’indisidan iborat emas, chunki yuksak hislar mazmuni, sifati, shakli bilan alohidalikka ega.
Shaxsda topshiriqni bajarish bilan bog’liq javobgarlik hissi har xil ma’noda kechiriladi:

  1. tashvishlanish emotsiyasi;

  2. o’z kuchiga, g’ayratiga, iftixoriga ishonch emotsiyasi tariqasida;

  3. vazifaga jiddiy qaraydigan tengdoshlardan g’azablanish emotsiyasi sifatida;

  4. shart-sharoitlarni hisobga olishga nisbatan shubhalanish sifatida va hokozo.

Tahlildan ko’rinib turibdiki, javobgarlik hissining mohiyati ularning oddiy yig’indisidan iborat emas, balki jamoa a’zolarining ehtiyojiga aylangan voqelikni anglashdir. Masalan, kitob o’qib lazzatlanish bilan kitobni o’qib tugatishning shodlik hissini farqlamoq lozim.
Psixologiya fanida yuksak hislar quyidagi turlarga ajratiladi:

  1. praksik hislar;

  2. intellectual hislar;

  3. axloqiy hislar;

  4. estetik hislar;



Mehnat davomida kechiriladigan hislar praksik hislardir. Praksik so’zi yunoncha “praxis” so’zidan olingan bo’lib, ish, faoliyat, yumush degan ma’nolarni anglatadi. Intellektuall so’zi inglizcha “intellektusgan” so’zidan olingan bo’lib, aql degan ma’noni bildiradi.

Download 49,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish