Mundarija kirish bob. Emotsiya haqida umumiy tushuncha


BOB HISSIYOT VA EMOTSIONAL HOLATLARNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI



Download 49,54 Kb.
bet4/8
Sana12.07.2022
Hajmi49,54 Kb.
#778908
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
EMOTSIYA

2.BOB HISSIYOT VA EMOTSIONAL HOLATLARNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI
2.1 Hissiyotning nerv-fiziologik asosi.
Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar qatori, miya faoliyatining natijasi yoki mahsuli bo’lib hisoblanadi. Emotsional holatlarning yuzaga kelishiga tabiatda va jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlar, munosabatlar, aloqalar, taasurotlar asosiy sababchidir.O’zgarishlar o’z navbatida birinchidan, shaxs hayoti va faoliyati jadallashishi yoki pasayishiga, ikkinchidan, insondagi ayrim ehtiyojlarning paydo bo’lishiga yoki yo’qolishiga, uchinchidan, odam ichki organlari funksiyalari beqarorlashuviga olib keldi. His-tuyg’ular uchun eng xususiyatli fiziologik jarayonlar negizi sifatida shartsiz va shartli reflekslar xizmat qiladi va ularning muayyan tizimi bosh miya katta yarim sharlari po’stida yuzaga keladi hamda shu joyda mustahkamlanadi. Murakkab shartsiz reflekslar esa yarimsharlarning po’stloqosti bo’shliqlari. miya stvoliga tegishli ko’rish do’ngliklari, nerv qo’zg’alishlarini miyaning yuqori bo’limlaridan miyaning vegetativ tizimiga o’tkazib beruvchi markazlari orqali amalga oshiriladi. Shaxsda his-tuyg’ularning kechishi hamisha miyyapo’sti bilan po’stloqosti markazlarining birlikdagi faoliyati natijasida ro’yobga chiqadi.
Shaxs ruhiy olamida uni qurshab turgan tevarak-atrofda sodir bo’layotgan o’zgarishlar uchun qanchalik qadr-qiymat, yuksak ahamiyat kasb etsa, hissiy holatlarning mazmuni shunchalik purma’no bo’ladi. Buning ta’sirida yuzaga keladigan muvaqqat bog’lanishlar tizimining qayta qurilishi qo’zg’alish jarayonini hosil qiladi. Mazkur jarayon miya katta yarim sharlari po’stida tarqalib, so’ng po’stloqosti markazlarini qamrab oladi. Katta yarim sharlar po’stidan pastda turuvchi miya bo’limlarida organizm fiziologik faoliyatining turli markazlari joylashgan, xususan: nafas olish, ovqat hazm qilish va hokozo. Shu sababli po’stloqosti markazlarining qo’zg’alishi ba’zi ichki a’zolar faoliyatining kuchayishiga olib keladi. Jumladan nafas olish ritmikasining o’zgarishi, yurak faoliyatining buzulishi, organizmni qon bilan ta’minlash izdan chiqishi va boshqalar.
Ilmiy manbaalarda ta’kidlanishicha miya katta yarim sharlarining po’sti mo’tadil sharoitida po’stloqosti markazlariga boshqaruv va tormozlov yo’sinda ta’sir ko’rsatadi hamda hissiyotning tashqarida ifodalanishiga yo’l qo’ymaydi. Miya po’sti kuchli darajada qo’zg’alsa, uning ta’sirida boshqaruvchanlik funksiyasi buziladi. Shaxs qattiq charchasa yoki kuchli mast bo’lsa, irradiatsiya oqibatida po’stloqosti markazlari ham qo’zg’aladi, natijada harakatni nazorat qilish yo’qoladi.
Miya faoliyatining elektrofiziologik tadqiqotlari emotsiyalarning paydo bo’lishiga gipotalamolimbik tizimi va retikulyar formatsiyaning roli ko’rsatib o’tilgan. Ma’lumotlarda keltirilishicha, emotsional holatlarning fiziologik mohiyati katta yarim sharlar po’stining va po’stloqosti tizimi markazlarining funksiyasigina emas, balki, ular miya mexanizmlari faoliyatini faollashtiruvchi retikulyar formatsiyaning, miyaning, talamusning, gipotalamusning, yarimsharlar po’stlog’i orasidagi limbik sistemaning funksiyalaridir.

Download 49,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish