2.1. Emotsiyaning nerv-fiziologik asoslari
Emotsional holatlar uchun po’stloqosti tushunchalarining tarkibiga kiruvchi markazlar ham muhim ahamiyatga ega,ya’ni miya katta yarim sharlarining oq moddasi bilan birlashuvi kulrang modda yig’indisi. Agarda miya katta yarimsharlari po’stlog’i harakatlarini birlashtirib, sezgilarni va say-harakatlarni nozik ifoda qilib tursa, miya formatsiyalari tashqi hamda ichki muhitda sodir bo’ladigan o’zgarishlarga organizmning javob reaksiyalarini boshqaradi. Ma’lumotlarga qaraganda, miya katta yarim sharlari po’stlog’i shikastlansa, tashqi olamdan hmda ichki organlardan keladigan qo’zg’ovchilarning nozik tahlil qilinishi zaiflansa, ham emotsional holatlar saqlanib qolaveradi. Masalan hayvonlar limbik tizimga, do’ngosti qismiga, ko’rish tepaliklariga yo’nalgan elektr qo’zg’atuvchilarga retikulyar formatsiyaning qo’zg’alishlariga xursandlik yoki diqqinafaslik, darg’azablik yoki qo’rqoqlik, lazzatlanish yoki azoblanish, rohatlanish yoki ko’ngilxijillik sifatida javob reaksiyasi hosil bo’ladi.
Psixofiziolog ma’limotlariga qaraganda, miyaning muayyan joylaridan elektrodlar yordamida biotoklarni yozib olishishning ko’rsatishicha, sut emizuvchilarning gipotalamuslarida ham rohatlanish, ham azoblanish markazlari mavjud ekan. Tajribada rohatlanish markazi qo’zg’atilganda yoqimli hislar uyg’ongan, elektr toki bilan azoblanish markazi qo’zg’atilganda esa hayvonlar qaltirab, o’zini har tomonga tashlagan. Keyinchalik sut emizuvchilar azoblantiruvchi emotsiyadan qochishga harakat qilganlar. Yuqorida ta’kidlanganidek, ijobiy va salbiy his tuyg’ularning shunga o’xshash markazlari bosh miyaning boshqa bo’limlarida joylashganligiga qaramay, shartli ravishdagi rohatlanish va azoblanish markazlari ham mavjuddir. Emotsiyalar bir-biriga yaqin masofada faoliyat ko’rsatadilar. Tajribada juft markazlardan birida elektrod bilan hosil qilingan qo’zg’alish ehtiyojdan kelib chiqqan holda salbiy yoki ijobiy emotsiyadan faqat bittasini vujudga keltirgan, xolos. Ba’zida yondosh joylashgan markazlarda qo’zg’alish tarqalgan bo’lsa, u holda ambivalent yoki ikkiyoqlama reaksiya ro’yobga chiqadi. Shartli ravishda bog’langan markazlar bir-biriga yaqin joylashishiga qaramay, har xil tuzulishga ega ekanligi aniqlangan. Ma’lumotlarning ko’rsatishicha, azoblanish markazlari miyaning turli bo’limlariga joylashsada, lekin ular yagona tizim bilan boshqariladi. Salbiy emotsiyalardan farqli o’laroq, ijobiy his-tuyg’ular va rohatlanish markazlari bir-birlari bilan jips aloqaga ega emas. ta’kidlab o’tilgan mulohazalar emotsiyalar juft va qarama-qarshi xususiyatga ega ekanligidan dalolat bermoqda. Shuning uchun har qaysi emotsiya qarama-qarshi turkumiga ega deb qat’iy ishonch bilan aytish mumkin, jumladan, sevgi-nafrat, yoqimli-yoqimsiz, xotirjamlik-bezovtalanish va boshqa shu kabi hisyotlardir. I.P.Pavlov, Ch.Sherrington, P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn, E.N.Sokolov va boshqalarning tadqiqotlarida ko’rsatilishicha tahlil qilingan markazlarning qo’zg’atilishi shartli reflekslari hosil qilinishini mustahkamlovchi omil hisoblanadi. Buning natijasida elektr qo’zg’ovchi yordami bilan miya katta yarimsharlarining po’stida bilish jarayonlari va xatti-harakatlar stereotiplarining negizini tashkil qiluvchi muvaqqat bog’lanishlar tashkil qilinadi. Shartli reflekslarning so’nishi, tormozlanishi, po’stloqning tanlash tizimi miya stvolining uzunasi bo’yicha tepalikosti va po’stloqosti nerv tugunlaridagi markazlarning faoliyatiga bog’liqdir. I.Pavlov o’sha davrdayoq dinamik stereotipni hosil qilgandan keyin oily nerv faoliyatida uni buzulish salbiy hissiyotlar kechirish uchun negiz bo’ladi, dinamik stereotipni oldindan tayyorlab, so’ng uni o’zgarishi ijobiy his-tuyg’ularni paydo qiladi, deb qat’iy ishontirgan edi.
Ma’lumotlarning ko’rsatishicha, miyaning tepalik osti qismi ya’ni gipotalamusdagi markazlar rohatlanish yoki azoblanish vaziyatlari ko’p marta takrorlansa ham hech o’zgarmasligi mumkin, lekin miya katta yarimsharlari po’stloqosti nerv tugunchalari bo’ylab yoyilgan markazlar qo’zg’atilishi natijasida emotsional reaksiyalar kuchsizlanishi, hatto, so’nishi ha kuzatiladi. Bu voqelik shu bilan izohlanadiki, aqliy faoliyat va axloqiy kechinmalar emotsional tusi o’zining o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Binobarin, organizmning birlamchi ehtiyojlari yuzasidan signal beruvchi emotsional reaksiyalar takroran qanoatlantirilgandan keyin ham so’nmaydi. Shuningdek organik jarohat tufayli og’riq kamaymaydi, muayyan reaksiyalar o’zgarmaguncha jismoniy mashqdan maroqlanish shaxs ko’ngliga tegmaydi. Buning uchun albatta salbiy, ijobiy aralash signallar insonning hayoti va faoliyatida o’z ahamiyatini yo’qotishi kerak.
Turli markazlarni qo’zg’atganda yuzaga keladigan rohatlanish yoki azoblanish emotsiyalarining sifatiga, darajasiga, barqarorligiga asoslangan holatda har bir sharoitda hissiy ifodalangan shartli reflektor aloqalar bir marta mustahkamlanganda hosil bo’lishini, boshqa vaziyatda mustahkamlanish uchun ko’p urinishga qaramay aloqani tiklash mushkul ish ekanligini izohlash mumkin. Bu o’rinda shaxsning barqaror emotsional yo’nalganligi, mayllar mustahkamligi ruhiy hodisasini, uning turmush tarzini, hayotiy ideallarini tushuntirish mumkin. Masalan, mayxo’r yoki narkoman uchun rohatlanish bilan bog’liq xatti-harakat birlamchi bo’lganligi tufayli turli ijtimoiy voqealar uni bu yo’ldan to’ztatib qololmaydi, lekin muvaqqat holat vujudga kelishi mumkin, biroq, tezda tabiiy ehtiyojga mutelik qilib, ”tarki odat-amrimahol” yo’sinida ish tutaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |