3.2 Odam va hayvon emotsiyalari
Shaxsning emotsional holatlari va kechinmalarining psixologlar va fiziologlar tomonida eksperimental tarzda tadqiqot qilinishiga qaraganda, yuksak darajada tashkil topgan hayvonlar emotsiyalarining fiziologik mexanizmlaridan insonniki juda katta tafovut qilmaydi. Lekin muammo hissiyotning mazmuni, sifati, shakli ifodalanishi nuqtai nazaridan tahlil qilinganda inson bilan hayvon emotsiysi orasida keskin farq mavjudligi namoyon bo’ladi. Tabiatshunos va insonshunos olimlar hayvonlarda emotsional reaksiyalar, holatlar mavjudligini tan olsalar-da, biroq ularda murakkab hissiyot, yuksak his-tuyg’ular borligiga shubha bilan qaraydilar yoki inkor qiladilar. Bu fikrga to’liq qo’shilish mumkin, chunki insonlarda shunday his-tuyg’ular borki, bunday his-tuyg’ular hayvonda bo’lishi mumkin emas, vaholanki g’azablanish, qo’rqish, jinsiy mayl, xursandlik, g’amginlik har ikkalasida uchraydi, ammo ular sifat va mazmun jihatdan bir-birlaridan keskin tafovutlanadi. Inson emotsiyalari ijtimoiy hayot shart-sharoitlariga moslashtirgan ongli zotga taalluqli tabiat va jamiyatga nisbatan munosabatlarida namoyon bo’ladi, maqsadga muvofiqlashtirish hamda boshqarish xususiyatiga ega.
Ochlik hissi, jinsiy mayllar va boshqa instinktlar sohalardagi emotsiyalar hayvon bilan insonda o’xshash bo’lsa-da, lekin ularning ifodalanishida farqlanish mavjud. Bularning barchasi instinktiv harakat bo’lishi bilan birga insoniylashishdan iborat uzoq evolutsion, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan, murakkab qiyinchiliklarni yengib o’tish evaziga mazkur ko’rsatkichga erishgan.
Inson hissiyotining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari mavjud bo’lib, ulardan eng asosiysi sababiy bog’lanishlarga egalikdir. Xuddi shu bois inson hissiyotlarining biologik va fiziologik tahlili, ularning tub mazmunini ochib bermaydi, shuningdek, hissiyotlar inson shaxsining ongli va ongsiz xatti-harakatlarini amalga oshiruvchi kuchga, ya’ni motivga o’sib o’tish yo’llarini izohlab berishga qodir emas. Ma’lumki emotsiyalarning “ insoniylashuvi ” hissiyotlar ichidan kechishi mazmuni va sifatlari jihatidan hayvonlarniki bilan qiyoslanganda o’zining rangba-rangligi, murakkabligi bilan shaxsniki ustuvor. Insonlarning mehnat, ma’naviyat, siyosat, oila, ishlab chiqarish bilan o’zaro munosabatlari, shuningdek, tabiat bilan odamlar orasidagi, shu bilan birga shaxslararo munosabatlar bir qator insoniy hissiyotlarning va ularni ifodalash, tatbiq etish vositalarini vujudga keltiradi. Shaxs yuz ifodalari, boshini tebratish bilan xo’rsinish orqali o’zgalarga hamdardlik tuyg’usini bildiradi. Bolalarga odob bilan javob berishni, suhbatdoshiga iliq, samimiy jilmayishni, qariya va nogironlarga hurmat bilan joy bo’shatishni, kichkintoylarda mehribonlikni shakllantirish lozim. Shaxs o’z his-tuyg’ularini o’zi boshqaradi, ularni me’yoriy jihatlar, ijtimoiy turmush qoidalari, etnik rasm-rusumlar, odatlar, an’analar nuqtai nazaridan goh ma’qullaydi, goh qoralaydi. Shu bilan birga insonlar kuchli va jo’shqin emotsiyalari kechishida tashqi xotirjamlikni saqlay oladilar. Ularning ba’zilari o’z hissiyotlarini berkitish uchun befarq tutadilar, salbiy emotsiyalarni ifodalashga intiladilar. Shaxs o’zining mimika va pantomimikalarini boshqarish imkoniyatiga ega, lekin, organlardagi tabiiy o’zgarishlarni ushlab turish mumkin emas. Masalan, nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ko’z yoshlarini ushlab turish, rangni qizartirish oqartirish va hokozo. Emotsiyalar tashqi ifodada mimika, imo-ishora, vajohat, qad-qomat o’zgarishi, tashqi sekretsiya bezlarning faollashuvi, nutq va xatt-harakatlar xususiyatlarining o’zgarishida namoyon bo’ladi.
XULOSA
Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsning subektiv kechinmalarining aks ettirilishidir. Shaxs tirik mavjudot bo’lishi bilan birga jamiyat a’zosi hamdir, shuningdek, individual inson sifatida tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlarini xolisona aks ettiradi, inikos qiladi. Aks ettirish jarayoni favqulodda o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsni ehtiyojini qondirish imkoniyatiga egalikni; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko’rsatadigan obektlarga subekt sifatida qatnashishni; v) uni harakat qildiruvchi, bilishga intiltiruvchi munosabatlarini va hokozo. Subektiv munosabatlarning inson miyasida his-tuyg’ular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyot va emotsiyani yuzaga keltiradi. Hissiyot-yaqqol voqelikning ehtiyojlar subekti bo’lmish shaxs miyasida obektlarga nisbatan, uning uchun qadrli, ahamiyatli bo’lgan munosabatlarining aks ettirilishidir. Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, hissiyot dinamikasi har xil kechishi, uning xususiyati, yo’nalishi biroz o’zgarishi mumkin. Chunki hissiyot bir yo’nalishda kuchayib boorish bilan bir qatorda uning susayishi, hatto so’nib qolishi ham mumkin.
Agarda hissiyot obektining mazmuni, ma’nosi shaxsda qiziqish uyg’ota olmasa, bunday holda emotsion to’yinish yuzaga keladi, oldin qiziq tuyulgan narsa keyinchalik zerikarli, yoqimsiz, noxush kechinmalar hosil qila boshlaydi. Shaxs bir necha bora surunkasiga axborot, qo’shiq, hangoma eshitavergach unda hayajonlanish, rohatlanish, kayfiyat ko’tarilishi paydo bo’lmaydi, aksincha, insonda zerikish hissi uyg’onadi, ularni eshitish esa jahlni chiqaradi.
Hissiyot va emotsiyani qanchalik o’rganib boravergan sari, uning biz bilmagan yangi qirralari ochilib boraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |