4. O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining rivojlanish istiqbollari.
O’zbekiston Respublikasi hozirda neytral tashqi iqtisodiy siyosat rejimiga o’tishga qadamma qadam o’tib bormoqda. Bu esa davlatimiz sezilarli darajadi rivojlanib borishiga ko’maklashuvchi omillardan biridir. Mamlakatimiz jahon bozorida yuqori o’ringa ega bolsihi va mahsulotlarimizga jahon bozorida bo’lga n talab oshishi uchun o’z eksportimizdagi mahsulotlar sifatini oshirish yanada ko’proq qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan mahsulot va hizmatlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish maqsadga muvofiqdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun xorijiy investitsiyalar ham katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli hozirgacha malakatimiz tomonidan ko’p miqdordagi horijiy investitsiyalar jalb qilindi va o’zlashtirildi. Xorijiy investitsiyalarning asosiy o’zlashgan qismi neft-gaz sanoati (27,3%), kommunikatsiya va axborotlashtirish (12,6%), energetika (10,6%), transport ta’minlovi (9,6%), avtomobil yo`llarini rivojlantirishga (7,9%), kichik biznes subyektlarini rivojlantirish bo’yicha kredit yo’nalishi (7,8%), yengil sanoatga (5,2%), va boshqalarga to`gri keldi.
Hisobot davrida Investitsiya dasturi doirasida respublikamiz iqtisodiga 10 dan ortiq xorijiy davlatlar jumladan, XXR, Rossiya, Germaniya, Janubiy Korea, Yaponiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Malayziya va boshqa shu kabi davlatlar investitsiyalari
jalb qilindi.
Joriy yilning 9 oyi yakunlari bilan eksport faoliyatiga 835 korxona jalb etildi. 246 ta yangi maxsulot turlari eksporti amalga oshirildi. Shu bilan birga, milliy mahsulotlarning eksport geografiyasi 52 ta yangi chet el bozorlariga kengaydi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Savdo sanoat palatasi bilan birgalikda respublika tadbirkorlari, kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini 71 ta chet el ko'rgazma va yarmarkalaridagi ishtiroki ta'minlandi.
R asm #1 2017-yil Yanvar-Aprel bo’yicha O’zbekistonning eksport ko’rsatkichlari
|
Rasm #2 2017-yil Yanvar-Aprel bo’yicha O’zbekistonning import ko’rsatkichlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-9-iyun kunlari Ostona shahrida o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining cammitida ishtirok etdi.
Sammit 9-iyun kuni Ostona shahrining Mustaqillik saroyida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi majlisi bilan boshlandi. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev raisligida o‘tgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi.
Davlat rahbarlari ShHTning so‘nggi sammitida kelishilgan masalalar – Tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy, gumanitar hamda transport sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga doir keng ko‘lamli masalalarni ko‘rib chiqdilar.
ShHTning 2025-yilgacha rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror, ShHTga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini rivojlantirish dasturi va boshqa hujjatlar ijrosiga e’tibor qaratildi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari Afg‘onistondagi vaziyatni tezroq barqarorlashtirish butun mintaqamizda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. O‘zbekiston Afg‘onistonda tinch va osoyishta hayotni tiklash bo‘yicha afg‘on xalqi va xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘zbekiston ShHTga a’zo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash tarafdoridir. Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida keng ko‘lamli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga biz alohida ahamiyat qaratamiz.
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lining qurilishi mamlakatlarimizning jahon bozoriga qisqa yo‘llar orqali chiqish imkoniyatlarini kengaytirishda alohida ahamiyatga ega. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ShHT davlatlari temir yo‘l sohasi rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini tashkil qilish zarurligini ta’kidladi.
Prezidentlar siyosiy muloqotni yanada faollashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama etib, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashdilar.
Prezidentimiz mazkur uchrashuv Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining 2016-yil mamlakatimizga amalga oshirgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qilish va hamkorlikning istiqbollarini belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.
Narendra Modi O‘zbekiston Hindistonni ShHTga a’zolikka qabul qilish to‘g‘risidagi taklifni qat’iy qo‘llab-quvvatlab kelgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Ushbu tarixiy voqea o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida mintaqaviy munosabatlarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishini qayd etdi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar bundan keyin ham izchil rivojlanib borishiga ishonch bildirdi. O‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilar ekan, 2016-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 15 foiz o‘sib, 366 million AQSh dollarini tashkil qilgani ta’kidlandi. Biroq bu ko‘rsatkich ikki davlat salohiyati va imkoniyatlarini to‘liq aks ettirmaydi. O‘zbekiston bilan Hindiston o‘zaro savdo hajmini oshirish va tarkibini diversifikatsiya qilish uchun ulkan salohiyatga ega.
“Navoiy" erkin iqtisodiy zonasida "Minda" kompaniyasi bilan avtomobillar butlovchi qismlarini ishlab chiqarish, "Novafarm" va "Ultra Xels Kear" kompaniyalari bilan Surxondaryo viloyatida dori-darmon va Toshkent viloyatida ineksiya preparatlari ishlab chiqaradigan zamonaviy korxonalar tashkil etilgani ikki davlat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikka yorqin misoldir.
Birgalikda dasturiy mahsulotlar yaratish va telekommunikatsiya uskunalari, meva-sabzavot, pilla va charmni chuqur qayta ishlash, eksport uchun tayyor mahsulotlar, avtomobil ehtiyot qismlari, elektrotexnika mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va o‘simliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqarish kabi sohalarda istiqbolli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
5. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi.
Tashqi savdo respublikamiz iqtisodiy faoliyatining asosiy qismi bo`lib
xizmat qilmoqda. Ushbu sohada davom ettirilayotgan islohotlar mahalliy va
xalqaro bozorlarni mahsulot va xizmatlar bilan ta`minlash imkonini bermoqda.
Bugungi kunda O`zbekiston xalqaro hamjamiyatda o`z ovoziga ega bo`lib, nufuzli
xalqaro tashkilotlar a`zosi hisoblanadi. Dunyoning yetakchi sanoati rivojlangan
davlatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar
o`rnatilmoqda.
Boshqa davlatlar bilan erishilgan savdo munosabatlari respublikamizda
ishlab chiqarilayotgan mahsulot eksportini oshishiga, o`z navbatida uni
dunyoning rivojlangan davlatlar qatoriga qo`shilish imkoniyatini bermoqda.
Ushbu yo`nalishda amalga oshirilgan islohotlar natijasida 2019 yilning
yanvar-avgust oylarida respulikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 28 433,3
mln. AQSh dollarini tashkil etib, 7 911,3 mln. AQSh dollariga yoki o`tgan yilning
mos davriga nisbatan 38,6 % ga oshgan. Ushbu ko`rsatkichdan eksport hajmi
12 463,0 mln. AQSh dollariga (o`sish sur`ati – 46,7 %) va import hajmi esa
15 970,3 mln. AQSh dollariga (o`sish sur`ati – 32,8 %) yetdi. Hisobot davrida
3 507,3 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo aylanmasi qayd etildi.
O`zbekiston jahonning 181 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini
amalga oshirib kelmoqda. Respublika tashqi savdo aylanmasining dunyo
davlatlari qatoriga nisbatan salmoqli hissasi Xitoyda (18,4%), Rossiya
Federatsiyasida (14,5 %), Qozog`istonda (8,1 %), Koreya Respublikasida
(6,5 %), Turkiyada (5,7 %), Germaniyada (2,3 %) va Qirg`izistonda (2,0 %) qayd
etilgan.
Tashqi savdo aylanmasining tarkibiy dinamikasida ijobiy siljishlar
kuzatilmoqda. O`tgan yilning mos davri bilan solishtirganda tashqi savdo
aylanmasida eksportning ulushi 2,4 foizga ortgan.
MDH davlatlari bilan ananaviy savdo munosabatlari tufayli va tashqi
savdoni har tomonlama qo`llab quvvatlanishi natijasida MDHga a`zo davlatlar
bilan o`zaro savdoning O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2019
yilning yanvar-avgust oylarida 33,2 %ni (9 433,7 mln. AQSh dollari) tashkil etib,
o`tgan yilning tegishli davriga nisbatan 118,9 % o`sishni qayd etdi.
Shu bilan birga, boshqa xorijiy hamkor-davlatlar bilan ham joriy savdo
munosabatlari rivojlanishda davom etmoqda. Boshqa xorijiy davlatlarning tashqi
savdo aylanmasidagi ulushi 66,8 % ga yetib (18 999,6 mln. AQSh dollari) o`tgan
yilning mos davridagi tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 150,9 % ga oshgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo`yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan besh davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Qirg`iziston (388,1 mln.
AQSh dollari), Afg`oniston (359,9 mln. AQSh dollari), Tojikiston (88,6 mln. AQSh
dollari), Fransiya (35,4 mln. AQSh dollari) va Eron (8,6 mln. AQSh dollari).
Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
O`zbekiston Respublikasining ayrim hamkor davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi dinamikasi
Davlatlar
|
2018-yil
yanvar-avgust
|
2019-yil
yanvar-avgust
|
Xitoy
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |