2. Xalqaro savdo aloqalari va savdo siyosati. Jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda rivojlangan va an’anaviy
shakl bu-tashqi (xalqaro) savdo aloqalaridir. Hozirgi kunda xalqaro savdo ulushiga
xalqaro iqtisodiy munosabatlar hajmining beshdan bir (1/5) qismi to‘g‘ri keladi.
Har qanday davlat uchun tashqi savdo rolini baholash qiyin. J. Saksning
ta’rificha, «Har kanday mamlakat iqtisodiyoti tashqi savdoga asoslangan holda
gurkiraydi. Jahon iqtisodiyoti tizimidan uzilib qolgan birorta mamlakat hali
sog‘lom iqtisodiyot yaratishga muvaffaq bo‘lolgani yo‘q».
Halkaro savdo turli mamlakatlarda tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi
xalqaro mehnat taqsimoti asosida vujudga kelgan aloqalar shaklidir. Ularning
o‘zaro iqtisodiy bog‘liqligini aks–milliy savdo siyosati ta’siri ostida tarkibiy
tuzilishlar – ixtisoslashish va sanoat ishlab chiqarishining kooperatsiyalashuvi,
milliy xo‘jalik hamkorlik harakatini kuchaytiradi. Xalqaro savdo, butun
davlatlararo oqimining o‘rtalikdagi harakati natijasida ishlab chiqarish tez sur’atlar
bilan o‘sadi. Tashqi savdo oboroti tadqiqotlariga ko‘ra, dunyo ishlab
chiqarishining har 10 % o‘sishga jahon savdosi hajmining 16 % ko‘payishi to‘g‘ri
keladi. Buning bilan uning taraqqiyotiga kulay imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Ma’lumki, savdoda uzilish bo‘lsa, ishlab chiqarishning rivojlanishi ham susayadi.
«Tashqi savdo» deyilganda u yoki bu mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan
to‘lov orqali olib kelinadigan (import) va to‘lov orqali jo‘natiladigan (eksport)
tovarlar savdosi tushuniladi.
Ko‘p turli tashqi savdo faoliyati tayyor mahsulotlar savdosiga tovar bo‘yicha
ixtisoslashuviga mashinalar va uskunalar, xizmatlar va xom ashyo savdosiga
bo‘linadi.
Xalqaro savdo deb dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi tovar aylanmasi
to‘lovlarining yig‘indisiga aytiladi. Biroq «Xalqaro savdo» tushunchasi tor
ma’noda ham ishlatiladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlar sanoat tovar oboroti,
yoki bu qit’a, mintaqa, tovar oboroti bo‘lishi mumkin. Misol uchun Sharqiy
Yevropa va shu kabilar.
Eksport va import mutanosibligi savdo balansini hosil qiladi. BMT statistika
nashri butun jahon mamlakatlari birgalikdagi eksport qiymatini xalqaro savdo
hajmi dinamikasi bo‘yicha ma’lumotlar sifatida e’lon qiladi.
Tabiiy hol, jahon savdosi taraqqiyotida unga ishtirok etuvchi mamlakat
manfaatiga tayanadi. Xalqaro savdo nazariyasi tashqi savdodan, yoki tashqi savdo
oqimi yo‘nalishidan manfaatdor savdo mamlakatga o‘z ixtisoslashuvini
rivojlantirib mavjud resurslar ishlab chiqarishini oshirish, shu orqali aholi
faravonligini yaxshilashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, xalqaro savdo nazariyasi asoslari XVIII asr oxirlari – XIX asr
boshlarida mashhur iqtisodchilar Adam Smit va David Rikkardo tomonidan
shakllantirilgan.
Adam Smit o‘zining «Xalqlar boyligi sabablari va ularning tabiati to‘g‘risida
tadqiqotlari (1776 y) kitobida mutloq ustunlik nazariyasini shakllantirdi va xalqaro
erkin savdoni rivojlanishidan manfaatdor mamlakatlar undan mustaqil ravishda
eksporter yoki importyorligidan qat’iy nazar albatta yutishini ko‘rsatdi. A.Smit
«almashinish har bir mamlakat uchun foydali ekanligini, har bir mamlakat unda
mutloq ustunlikni topishini» isbotladi. Xalqaro savdoda mutloq ustunlik bumamlakatda ishlab chiqarishda boshqa mamlakatda mumkin bo‘lmagan kam
mehnat sarflab tovar ishlab chiqarishdir.
A.Smit tahlili klassik nazariyaning tayanch nuqtasi sifatida erkin savdo
siyosatining barcha turlariga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ammo biroq, bu mulohazalarni oxirigacha davom ettirib shunday xulosaga
kelish mumkin: agar mamlakat chetdan cheklanayotgan miqdorda, arzon bahoda
istalgan barcha narsasini topsa, uning manfaatlari chetda «hammasi» tusini oladi.
Uning o‘zini sotish uchun biror bir narsa ishlab chiqarayaptimi? hech narsa buni
kafolatlay olmaydi. Ana shunda uni o‘zi sotib oladigan narsalariga umid
bog‘lashdan boshqa iloji qolmaydi. Turgan gap, bunda mutloq-usutunlik nazariyasi
boshi berk ko‘chaga kirib qoladi.
D.Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqqa tortish» (1819 y)
kitobida bu boshi berk ko‘chadan chiqishning klassik nazariyasini olg‘a suradi. U
xalqaro ixtisoslashuv mezonlarini ajrata turib, ikki davlat o‘rtasida qaysi doirada
almashinish maqbulligini ko‘rsatadi. Har bir mamlakat o‘z manfaatidan kelib
chikib ishlab chiqarishda ustunlik beradigan yoki nisbatan kam foyda beradigan
sohaga ixtisoslashishi mumkin. Uning mulohozalari taqqoslama ustunlik
nazariyasida o‘z aksini topadi.
D.Rikardo xalqaro almashinuv barcha mamlakatlar uchun zarur va manfaatli
ekanligini ko‘rsatib berdi. U shunday baho hududi (zonasi)ni aniqladiki, uning
ichida almashinish hamma uchun foydalidir.
Jon Styuart Mill o‘zining «Siyosiy iqtisod asoslari» (1848 y.) ishida almashish
qanday bahoda amalga oshishini ko‘rsatdi. Millning xulosasiga ko‘ra almashish
bahosi talab va ehtiyoj qonuni asosida belgilanadi va har bir mamlakatni
eksportdan oladigan foydasi import to‘lovlarini qoplash imkoniyati darajasida
bo‘ladi. Bu xalqaro qiymat qonuni yoki «Xalqaro qiymat nazariyasi» Millning
katta xizmatidir. Xalqaro qiymat nazariyasi ko‘rsatadiki, mamlakatlar o‘rtasida
tovar almashishini mo‘tadillashtiruvchi baho mavjud. Bu bozor narxi talab va
ehtiyojga bog‘liq.
Burjuaziya siyosiy iqtisodi klassik nazariyasi taraqqiyoti haqida yangi so‘zni
Gotfrid Xaberler aytdi va u nafaqat mehnatni, balki ishlab chiqarishning barcha
omillarini aniqlashtirib berdi.
Hozirgi zamon xalqaro savdo oqimi tuzilishi va yo‘nalishlari haqidagi
tasavvurlarga shved iqtisodchi olimlari Eli Xeksher va Bertil Olin asos soldilar.
Ularning takkoslama ustunlik haqida tushuntirishlaricha u yoki bu mamlakatda
ma’lum mahsulotlarga egalik munosabati ishlab chiqarishni ta’minlanish omillari
darajasiga bog‘liq. E.Xeksher va B.Olin ishlab chiqarish omillari – mehnat, yer,
kapital, shuningdek u yoki bu tovarlarga ichki turli talablar bahoni tenglashtirishi
teoremasini olg‘a surdilar. 1948 yilda amerikalik iqtisodchilar P.Samuelson va
V.Stolper Xeksher – Olin teoremasi isbotini takomillashtirdilar. Ya’ni ishlab
chiqarish omillari bir turligi, texnikalar bir xilligi, xalqaro tovar almshishda
tovarlarni to‘liq safarbarligi va raqobat mamlakatlar o‘rtasida narx omillarini
tenglashtiradi.
Bundan keyingi tashqi savdo nazariyasi taraqqiyoti Amerikalik iqtisodchi
V.Leontevning «Leontevning o‘ziga xos fikrlari» nomli ishida o‘z ifodasini topdi.
O‘ziga xos fikrlar shundan iboratki, Leontev Xeksher-Olin teoremasidan
foydalanib, urushdan keyingi davrda Amerika iqtisodiyoti kapitaldan chiqarish
turlariga ixtisoslashganini ko‘rsatib berdi. Boshqacha aytganda Amerika eksporti
importga qaraganda bir muncha mehnat talab va kam harjroq.
Bu xulosa AQSH iqtisodiyoti haqida avvalgi tavsavvurlarni chippakka
chiqardi. Umumiy xulosaga ko‘ra, u hamisha kapitalni keragidan ortiqligi bilan
harakterlanadi va Xeksher-Olin teoremasiga binoan AQSH kapital talab tovarlarni
import emas, eksport qilishi kutilardi.
V.Leontev kashfiyoti keyingi yillarda keng aks-sado berdi. Turli mamlakatlar
iqtisodchilari «Leontevning o‘ziga xos firklari» mavzusida bahs-munozaralarga
kirishdilar. Natijada tenglashtiruvchi ustunlik nazariyasi yanada rivojlandi. U
texnika progressi va uni taqsimotda notekisligi, iqtisodiy vositalarni fermenli
emasligi, ish haki masalasida va boshqalarda mamlakatlar o‘rtasidagi farqlarni o‘z
ichiga oladi.
G‘arb tadqiqotlarida xalqaro savdo muammolarida shuningdek multiplikator
(ko‘paytiruvchi) tashqi savdo nazariyasi ham keng yoyildi. Bu nazariyaga muvofiq
tashqi savdo (ayniqsa eksportda) milliy daromad o‘sish dinamikasi, bandlik hajmi,
iste’mol va investitsion faollikka samarali ta’sir qiladi.
Har bir mamlakatda multiplikator ma’lum son bog‘liqligiga qarab, ma’lum
koeffitsiyent turida aks etishi va hisoblab chiqilishi mumkin. Boshlang‘ich eksport
buyurtmasi mahsulot ishlab chiqarishni bevosita ko‘paytiradi, turgan gap,
buyurtmani bajaruvchi sohalarda ish haqi ham ko‘payadi. So‘ngra ikkilamchi
iste’mol sarflari harakatga keladi.
XX asr ikkinchi yarimidan boshlab, xalqaro almashishi «portlovchi harakter»
kasb etayotgan sharoitda xalqaro savdo aloqalari yuqori sura’tlarda rivojlanabordi.
1960 yillardan to 2005 yilgacha jahon ichki yalpi mahsuloti hajmi 28 martadan
ortiq, jahon eksporti hajmi esa 42 martaga o‘sdi. G‘arb mutaxassislarining
baholashlaricha, 1960 va 1970 yillar orasidagi davrni jahon savdo taraqqiyotida