Mundarija: Kirish. Asosiy qism



Download 312,54 Kb.
bet1/11
Sana16.06.2022
Hajmi312,54 Kb.
#677752
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5462971080777930399


KURS ISHI


Mavzu: O’zbekiston tashqi savdo geografiyasining sifat jihatdan o’zgarib borishi.

Mundarija:




Kirish.


Asosiy qism:

1. Xalqaro savdoning xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari.


2. Xalqaro savdo aloqalari va savdo siyosati.
3. O’zbekistonning tashqi savdosi.
4. O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining rivojlanish istiqbollari.
5. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi

Xulosa


Foydalanilgan adabiyot


Kirish.

XXI asrning dastlabki yillaridanoq insoniyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida ulkan ijobiy o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Ushbu o’zgarishlar mustaqil respublikamiz hayotining turli jabhalarida, jumladan fan va ilmiy tadqiqotlarni, texnikani rivojlantirish, yangi texnologiyalar yaratish, ishlab chiqarishni tashkil qilish va uni boshharishda yaqqol namoyon bo’lmoqda.


Mustaqilligimizning yigirma yilligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy sohalar bilan birgalikda tashqi savdo sohalarida ham olamshumul yutuqlarga erishildi. Iqtisodiy islohotlarning natijalariga ko’ra, barcha asosiy tashqi iqtisodiy ko’rsatkichlar o’sib va Respublikamizning tashqi iqtisodiy aloqalari kun sayin rivojlanib, kengayib bormoqda.
O’tgan 20 yil mobaynida tashqi savdo aylanmasi 27,1 barobar o’sdi, shu jumladan, eksport hajmi – 29,5 barobar, import – 24,2 barobar oshdi. Bu jarayonda tashqi savdoning ijobiy saldosi 53 barobar ortib , oltin-valyuta zaxiralarining yuqori darajada o’sishi va milliy valyuta barqarorligini ta’minlandi. Eksport va import tarkibi tubdan o’zgardi. O’zbekiston mustaqillikkacha bo’lgan davrdagi chetga xomashyo chiqaradigan va tayyor maxsulotlar, asosan iste’mol tovarlarni olib kiradigan mamlakatdan bugungi kunda tobora qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan tayyor maxsulotlarni eksport qiladigan va ko’proq ishlab chiqarishni texnik hamda texnologik modernizatsiya qilish uchun mo’ljallangan yuqori texnologiyalar asosidagi uskunalarni import qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda. Eksportning tovar tarkibini diversifikatsiya qilish natijasida mamlakatimiz paxta yakkahokimligi oqibati bo’lgan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos bo’ldi.Uning eksportdagi ulushi kamayib, 1990 yildagi 59,7 foizdan 2010 yilda 11,3 foizga tushdi. 1990 yilda eksportning umumiy hajmida xomashyo hisoblanmaydigan tovarlar ulushi 30 foizdan kamroq bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda bu ko’rsatkich 70 foizdan ziyoddir.
So’nggi 10 yil mobaynida yurtimizda avtomabillar eksporti 7,6 barobar, paxta kalavasi – 4.7 barobar, trikotaj matolar – 156 barobar, mieral o’g’itlar – 11,7 barobar, neft maxsulotlari – 6,5 barobar, sement – 6,3 barobar, sabzavot va meva lar eksporti 14,1 barobar o’sdi. Kichik biznes korxonalarining eksport hajmi 10 barobardan ko’proq oshdi.
Mamlakatimiz iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarning tezkor rivojlanishi natijasida import tarkibida oziq-ovqat maxsulotlari ulushi 4,5 barobar qisqardi. Masalan, oxirgi 15 yil ichida bug’doy importi nafaqat to’xtatildi, balki O’zbekiston o’z bug’doy va g’allasidan tayyorlangan unni eksport qila boshladi. Go’sht mahsulotlarini import qilish 5 barobar, sut mahsulotlari 2,6 barobar, qayta ishlangan qishloq xo’jaligi mahsulotlari 3,5 marta, alkogolli va alkoglsiz ichimliklar 16 va boshqa oziq-ovqat maxsulotlari 7 barobardan ko’proq, gilam va yerga to’shaladigan qoplamalar 10 marta,to’qimachilik – trikotaj liboslari 11 marta, poyafzallar importi 11 barobar kamaydi1.
Ushbu kurs ishini yozishdan ko’zlangan asosiy maqsad O’zbekiston Respublikasi Tashqi savdosini o’rganish va tahlil qilish, shuningdek O’zbekiston iqtisodiyotida tashqi savdo ahamiyatini baholashdan iboratdir.Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi ishlar qilinishi zarur:

  • Iqtisodiy maktab ta’limotchilari qarashlarini o’rganish,

  • O’zbekiston Tashqi Savdo Faoliyatini o’rganib chiqish,

  • O’zbekiston tashqi savdo hajmi va tarkibi tahlilini o’rganish,

Va shu bilan birgalikda umumiy Respublikamizda mavjud imkoniyatlardan samarali va oqilona foydalanish, respublikamizning kuch-qudratini, iqtisodiy salohiyatini oshirish, xalqaro mehnat taqsimotida o’z o’rnini egallashi uchun iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarini, import o’rnini bosadigan va eksportga mo’ljallangan mahsulotlar hajmini kengaytirishdek bo’lgan bugungi kunning dolzarb vazifalarini o’rganish.



Download 312,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish