«oltin asr» deyish mumkin. Xuddi shu davrda jahon eksportida har yili 7 %
o‘sishga erishildi. Ammo 70 – yillar o‘rtasiga kelib bu ko‘rsatkich 5 % gacha
pasaydi. XXI asr boshlarida ro‘y bergan yaqqol pasayishdan keyin xalqaro savdo
yana yuqori turg‘un o‘sish sura’tini namoyish kila boshladi.
Xalqaro savdoning barqarorligi va turg‘un o‘sishiga quyidagi bir qator
omillar ta’sir o‘tkazdi:
xalqaro mehnat taqsimoti taraqqiyoti va ishlab chiqarishning
baynalminallashuvi;
asosiy kapitalning yangilanishi, iqtisodiyotning yangi sohalarini yaratish,
eskilarini rekonstruksiya qilishni tezlatuvchi milliy savdoning o‘sishi;
jahon bozorida transmilliy korporatsiyalar (TMK) faoliyatining
aktivlashishi;
jahon savdosining tariflar va savdo haqidagi Bosh kelishuv tadbirlari
asosida muvofiqlash hamda liberalizatsiyalashtirish;
jahon savdosini liberizatsiya qilish ko‘pchilik mamlakatlarda importni
cheklashni bekor qilish va erkin iqtisodiy hududlar uchun mavjud bojxona
poshlininalarini qaytarishga o‘tishi;
iqtisodiy integratsiya jarayonlarini rivojlantirish, hududiy to‘siqlarni
bartaraf etish;
umumiy bozor va erkin savdo hududlarining vujudga kelishi;
sobiq mustamlaka mamlakatlarning siyosiy mustaqillik olishi.
Ular orasidan tashqi bozor uchun mo‘ljallangan yangi modelli «yangi
industrial mamlakatlar»ning ajralib chikishi.
XX asr ikkinchi yarimidan boshlab tashqi savdo dinamikasida sezilarli
notekislik vujudga keladi. Bu jahon bozorida mamlakatlar o‘rtasidagi kuchlar
munosabatlariga ta’sir qildi. AQShning mustahkam o‘rni bo‘shashdi. Agar 1950
yilda bu mamlakatning jahon eksportidagi ulushi 1/3 ga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2004
yilga kelib 1/8 ga to‘g‘ri kelayapti. O‘z navbatida Germaniyaniki Amerikaniqiga
yaqinlashdi, ba’zi yillarda hatto undan o‘zdi ham. Germaniyadan tashqari eksport
boshqa G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ham o‘sdi. G‘arbiy Yevropa xalqaro
savdoning bosh markaziga aylandi. Uning eksporti AQSH eksportidan 4 marta
ziyoddir.
Keyingi yillarda xalqaro savdo sohasida Yaponiya sezilarli sakrash qildi. U
mashina va uskunalar eksport qilishda birinchi o‘ringa chiqdi. Yaponiya yengil va
yuk avtomashinalari, maishiy ishlab chiqarish texnikasi, elektronika bo‘yicha
barcha mamlakatlarni ortda qoldirdi. Yaponiya eksportining uchdan bir qismi
AQSH ga to‘g‘ri keladi. AQSH ning Yaponiya bilan savdosida defitsiti yiliga 50-
60 mlrd. dollar darajasida turibdi.
AQShning xalqaro savdoda yetakchilik o‘rnining pasayishi ma’lum darajada
ishlab chiqarishda raqobatbardoshligini pasayishi bilan bog‘liq. Yaponiya
raqobatbardoshlikda yetakchilikni egalladi. Shu davrda unga Osiyoning «yangi
industrial mamlakatlar»i – Singapur va Tayvan ko‘shildi.
Mutaxassislarning taxminlaricha, XXI yuz yillik birinchi yillarida AQSH va
Osiyo davlatlari raqobatbardoshlikda poyga quyishdi. 2030 yilga borib, uchta
davlat - AQSH, Yaponiya va Xitoy raqobatbardoshlikda ajralib turadi. Navbatda
Germaniya, Singapur, Janubiy Koreya, Hindiston, Malayziya va boshqalar turibdi.
Hozirgi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar jahon bozoriga asosan xom
ashyo, oziq-ovqat va nisbatan oddiy tayyor mahsulotlar yetkazib beruvchilar bo‘lib
qolayapti. Jahon bozorida xom ashyo va oziq-ovqatlarga talabning kamayishi
sanoati rivojlangan mamlakatlar eksportini kengaytirish imkoniyatlarini
pasayishiga olib keldi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar esa jahon eksportida oziqovqat va xom ashyo (neftdan tashqari) ulushlarini bundan keyin ham ko‘paytiradi.
Jahon eksportida rivojlanayotgan mamlakatlarning bu tovarlar (neftsiz)
eksporti 1960 yildagi 40 % dan XXI asr boshiga kelib 28 % ga qisqardi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning sanoat guruhi tovarlari evaziga o‘z
eksportini ko‘paytirishga urinishi sanoati rivojlangan mamlakatlarning u yoki bu
shakldagi qarshiliklariga duch kelayapti. Shuning bilan birga, ayrim
rivojlanayotgan mamlakatlar, eng avvalo «yangi industrial mamlakatlar», o‘z
eksportlarini jahon bozoriga qayta muvofiqlashtirishda, unda tayyor mahsulotlar,
mashina, asbob va uskunalar, boshqa sanoat mahsulotlari ulushini ko‘paytirishda
sezilarli aloqa qila boshladilar. XXI asr boshlarida rivojlangan mamlakatlar sanoat
eksporti ulushi umumiy jahon hajmining 16 % ni tashkil etdi. Umuman
rivojalanayotgan mamlakatlar («yangi industrial mamlakatlar») eksporti birgalikda
olinganda mamlakatlar guruhlari bo‘yicha ham, tarmoqlar bo‘yicha ham notekis
o‘sayapti. Ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlardan farqli ravishda «Yangi
industrial mamlakatlar», ayniqsa Osiyoning uch «kichik ajdahosi» (Janubiy
Koreya, Tayvan, Singapur) eksportning tez o‘sishini namoyish etmoqda. Ularning
jahon eksportidagi ulushi 10 % ni tashkil qiladi.
Keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida va xalqaro tovar
almashishda Osiyo-Tinch okeani havzasi hissasi ortib bormoqda. Xalqaro savdo
geografik yo‘nalishi asosiy tendensiyalarini harakterlashda shu faktni yoddan
chiqarmaslik kerakki, xalqaro mehnat taqsimoti va taraqqiyotining chuqurlashuvi
rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdoda rivojlanayotgan mamlakatlar
ulushining kamayishiga olib keladi.