3916,3
|
5240,1
|
Export
|
1722,8
|
2011,8
|
Import
|
2193,5
|
3228,3
|
Savdo
|
-470,7
|
-1216,4
|
Rossiya
|
3741,3
|
4127,7
|
Export
|
1362,0
|
1596,8
|
Import
|
2379,3
|
2530,9
|
Savdo
|
-1017,3
|
-934,0
|
Qozog’iston
|
1906,6
|
2307,8
|
Export
|
925,0
|
969,6
|
Import
|
981,6
|
1338,3
|
EKSPORT
Mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish bo`yicha hukumat tomonidan
olib borilayotgan siyosat muayyan natijalarga erishishga imkon berdi. Jumladan,
hisobot davrida tovarlar va xizmatlar eksportida ishtirok etgan korxonalar soni
o`tgan yilning shu davriga nisbatan 952 taga ko`payib, ularning umumiy soni
4 840 tani tashkil etdi.
Hisobot davrida tovarlar va xizmatlar eksporti bilan shug`ullanuvchi xo`jalik
yurituvchi subyektlarning eksport hajmi 12 463,0 mln. AQSh dollarini tashkil etdi
(o`tgan yilning shu davriga nisbatan o`sish sur`ati 46,7 % ga teng). Eksport
tarkibida tovarlar 82,4 % ulushga ega bo`lib, bular asosan energiya manbalari va
neft mahsulotlari (15,6 %), to`qimachilik va to`qimachilik buyumlari (8,4 %), oziq-ovqat mahsulotlari (8,2 %), rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar
(5,1 %) hamda kimyo mahsulotlari va buyumlari (4,8 %) hissasiga tog`ri kelmoqda.
Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti
8 518,9 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 22,8 % ga o`sdi.
2019-yilning yanvar-avgust oylarida eksport qilingan tovarlar va xizmatlar
tarkibining tahlili shuni ko`rsatmoqdaki, tovarlar va xizmatlar tarkibida o`tgan
yilning shu davriga nisbatan sezilarli o`zgarishlar qayd etilmadi, biroq shuni
ta`kidlash joizki, o`tgan yilning mos davriga nisbatan, kimyo mahsulotlari va
buyumlaridan tashqari tovar va xizmatlar tarkibi turlarini eksport qilish
hajmlarining o`sishi kuzatildi.
So`nggi uch yil davomida eksport tarkibi dinamikasida diversifikatsiya
kuzatildi. Jumladan, energiya manbalari va neft mahsulotlari ulushi 3,1 foiz
punktga oshib, 15,6 % ni, oziq-ovqat mahsulotlari - 2,0 % ga, qora metallar va
ulardan tayyorlangan buyumlar - 0,3 % punktga oshdi. Eksport tarkibi boshqa
turlari ulushining pasayishi eksport tarkibida oltin hamda energiya manbalari va
neft mahsulotlari ulushining sezilarli darajada o`sishi bilan izohlanadi.
Paxta tolasi eksporti ulushining pasayishi uning mamlakatimizda qayta
ishlanishini ortishi va shu asosda tayyor to`qimachilik mahsulotlarini keyinchalik
eksport qilish maqsadida ishlab chiqarilishi bilan izohlanadi.
Eksportning eng katta ulushi tabiiy gaz (umumiy tovarlar eksporti hajmidagi
ulushi 17,2 %), to`qimachilik mahsulotlari (10,2 %), mis va mis buyumlari (4,5 %),
meva va rezavorlar (4,3 %) hissasiga to`g`ri keladi.
So`nggi uch yil ichida MDH mamlakatlariga eksport hajmi oshdi, ularning
umumiy eksport hajmidagi ulushi 2017 yildagi 32,1 % dan 2019 yilda 32,8 %
gacha ortdi. Mos ravishda, boshqa xorijiy mamlakatlarning umumiy eksportdagi
ulushi 67,2 % tashkil etdi.
Eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy (eksport
umumiy hajmining 16,1 %), Rossiya (12,8 %), Qozog`iston (7,8 %), Turkiya
(6,2 %), Qirg`iziston (3,9 %), Afg`oniston (2,9 %) va Tojikiston (1,6 %) hissasiga
to`g`ri keladi.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida tovarlar va xizmatlar eksporti bo`yicha
yettita asosiy hamkor davlatlardan biri bo`lgan Tojikiston eksport ulushi bo`yicha
Eron Islom Respublikasini ortda qoldirib o`z o`rniga ega bo`ldi. Shu bilan birga,
Qirg`iziston yildan yilga Afg`oniston bilan bir qatorda o`z mavqeini
mustahkamlamoqda. Hamkor mamlakatlarning tovarlar va xizmatlar eksporti bo`yicha jug`rofiyasi o`tgan yilning shu davriga nisbatan 145 davlatdan 166 davlatgacha o`sdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |