Mundarija: Kirish. Asosiy qism



Download 312,54 Kb.
bet3/11
Sana16.06.2022
Hajmi312,54 Kb.
#677752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5462971080777930399

Xalqaro savdo-tovar va xizmatlarni xalqaro almashuv shakli. Xalqaro savdo o’zining rivojlanish bosqichlariga ega bo’lib, har bir bosqich o’z tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadi:
- tashqi savdo aloqalarning lokal darajada shakllanish bosqichi - (VI-XIII asrlar) O’rta yer dengizidan Sharqqa tomon xalqaro savdo yo’llarning vujudga kelishi;
- tashqi savdo aloqalarining mintaqaviy darajada shakllanish bosqichi - (XII-XV asrlar) tashqi savdo aloqalarining O’rta yer, Boltiq va Shimoliy dengizlarida kontsentratsiyalshuvi;
- tashqi savdo aloqalarining globallashuvining boshlanish bosqichi - (XV-XVII asrlar) Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli xalqaro savdo yo’llarining Atlantika, Hind va Tinch okeanlariga ko’chishi;
- tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi – (XVIII-XIX asrlar) sanoat to’ntarishi, G’arbiy Yevropa va AQSH iqtisodiyotining industrlashtirish jarayoni bilan bog’liq;
- tashqi savdo aloqalarning militizatsiyalashuv bosqichi (XIX oxiri – XX asr boshi) Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bilan bog’liq;
- integratsion bloklar va birlashmalarning tashqi savdo munosabatlariga faol ta’sir etish bosqichi – (XX asrning o’rtasi va ikkinchi qismi);
- tashqi savdo aloqalari globallashuv jarayonlarining zamonaviy bosqichining shakllanishi va jahon bozorining vujudga kelishi;

Xalqaro savdoning zamonaviy xususiyatlari:



  • Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta’sirida mahsulot hamda xizmatlar savdosi hajmining keskin ortishi;

  • Xalqaro savdo rivojlanayotgan mamlakatlar salmog’ining qisqarishi;

  • Ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta’sirida jahon eksportining tovar tarkibidagi ilm-fan sigimkorligi yuqori bo’lgan mahsulot va xizmatlar ulushining ortishi;

  • Tashqi savdo aylanmasining jon boshiga baholangan qiymatining notekis taqsimlanishi;

  • Yangi tarmoq va ishlab chiqarishning vujudga kelishi;

  • Qator mamlakatlarning ayrim mahsulotlar importiga bog’liqligini ortishi;

  • Tashqi bozorda ortiqcha mahsulotni sotish kabi soda shaklining turli mamlakat korxonalari o’rtasidagi hamkorlik aloqalari asosida avvaldan kelishilgan mahsulotni yetkazib berish shakliga o’tilishi

Xalqaro savdoning hududiy tarkibi – bu savdoning tarkibini aniqlovchi tovar mutanosibliklari majmui va aloqalar majmui bo’lib, bu tarkib xalqaro savdoning quyidagi xususiyatlari va rivojlanish yo’nalishlarini ajratish imkonini beradi:

  • Alohida mamlakatlarning savdo oqimlarni ajratish;

  • Bir guruh mamlakatlar o’rtasidagi savdo oqimlarini ajratish;

  • Mintaqalar o’rtasidagi savdo oqimlarini ajratish;

  • Xalqaro savdoning asosiy ulushi oqimlarining rivojlangan mamlakatlar guruhida yig’ilganligi;

  • Jahoning yirik savdo imperiyalari bo’lib AQSH, Germaniya va Yaponiya hisoblanadi;

  • AQSH eksportining faollashuvi;

  • Yaponiya eksportining o’sishi (birinchi navbatda, boshqa Osiyo mamlakatlariga);

  • Janubiy Osiyo mamlakatlarida xalqaro savdoning faol rivojlanishi (ko’proq Pokiston va Hindiston hisobiga);

  • Sharqiy Osiyo va qisman Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro savdosining ustun darajada rivojlanishi (Yaponiyadan tashqari)

  • Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari tashqi savdosining sekin rivojlanishi;

Xalqaro savdoning zamonaviy hududiy tarkibidagi o’zgarishlar tendensiyasi quyidagilar orqali ifodalanadi:

  • Xalqaro savdoda bozor iqtisodiyotiga ega rivojlangan mamlakatlar ulushining saqlanib qolishi;

  • Xalqaro savdo asosiy qismining rivojlangan mamlakatlar guruhi ichida mujassamlashuvi;

  • Rivojlanayotgan mamlakatlar ulushining ortishi;

  • Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar o’rtasida savdo aloqalari hajmining ortishi;

  • O’tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarning xalqaro savdodagi pozitsiyasining zaifligi (rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 3,5%, rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 2,5%);

Demak, zamonaviy xalqaro savdoning asosiy omillari quyidagilardan iborat:

  • Milliy iqtisodiyotlarning ochiqligi;

  • Milliy iqtisodiyotlar ishlab chiqarish salohiyatining o’sishi;

  • Xalqaro savdoning hududiy va tovar o’zgarishi;

  • Xalqaro savdo mexanizmlarining murakkablashuvi;

  • Xizmatlar sohasining rivojlanishi;

  • Intelektual va ilmiy-texnik faoliyatning moddiylashgan va moddiylashmagan shaklida rivojlanishi.

Tаshqi iqtisodiy fаoliyatning аsosiy printsiplаri quyidаgilаrdаn iborаt:

  • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining erkinligi vа iqtisodiy mustаqilligi;

  • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining tengligi;

  • sаvdo-iqtisodiy munosаbаtlаrni аmаlgа oshirishdа kаmsitishlаrgа yo‘l qo‘yilmаsligi;

  • tаshqi iqtisodiy fаoliyatni аmаlgа oshirishdаn o‘zаro mаnfааtdorlik;

  • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining huquqlаri vа qonuniy mаnfааtlаri dаvlаt tomonidаn himoya qilinishi.

Tаshqi iqtisodiy fаoliyatning аsosiy yo‘nаlishlаri quyidаgilаrdir:

  • xаlqаro iqtisodiy vа moliyaviy hаmkorlik;

  • tаshqi sаvdo fаoliyati;

  • chet el investitsiyalаrini jаlb qilish;

  • O‘zbekiston Respublikаsidаn tаshqаridаgi investitsiya fаoliyati.

Xаlqаro iqtisodiy vа moliyaviy hаmkorlik ishlаb chiqаrish, moliya, bаnk vа sug‘urtа fаoliyati, tа’lim vа kаdrlаrni tаyyorlаsh, turizm, sog‘liqni sаqlаsh, ilmiy-texnikаviy, mаdаniy, ekologiya, gumаnitаr vа boshqа sohаlаrdа qonun hujjаtlаridа belgilаngаn tаrtibdа O‘zbekiston Respublikаsi tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining xorijiy dаvlаtlаrning yuridik vа jismoniy shаxslаri, shuningdek xаlqаro tаshkilotlаr bilаn o‘zаro foydаli аloqаlаrni o‘rnаtishi vа kengаytirishgа qаrаtilgаn tаshqi iqtisodiy fаoliyatni аmаlgа oshirishdir.
Tаshqi sаvdo fаoliyati xаlqаro tovаrlаr, ishlаr (xizmаtlаr) sаvdosi sohаsidаgi tаdbirkorlik fаoliyatidir.
Tаshqi sаvdo fаoliyati tovаrlаrni, ishlаrni (xizmаtlаrni) eksport vа import qilish yo‘li bilаn аmаlgа oshirilаdi.


Download 312,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish