13-rasm. Yevrotent
“Yevrotent” ning gabarit o‘lchamlari:
Uzunligi: 13,6 m
Kengligi: 2,45 m
Balandligi: 2,45 m
Hajmi: 82 m3
yuk ko‘tarish imkoniyati: 20 — 22 tonna
Yarimpritseplarning ko‘p sondagi modifikatsiyalari mavjud, ular orasida hajmi 76-78 m3bo‘lgan uzunligi kamroq bo‘lgan (12,5-13 m) bo‘lgan yarimpritseplar va standart yoki ko‘proq uzunlikka, kenglikka va balandlikka ega bo‘lgan (13,6 - 15 m; 2,5; 2,7 m) yarimpritseplar uchraydi.
Yarimpritsepning tuzilishi tentni yig‘ishtirib qo‘yish va shu orqali yukni yon tomondan yoki tepasidan yuklash(tushirish)ga imkon beradi. Bundan tashqari, tentsiz yarim pritsep undan 35 sm dan 50 sm gacha bo‘lgan baland bortli ochiq maydoncha sifatida foydalanishga imkon beradi.
14-rasm. Yevro og’ir yuk mashinasi
Iste’mol xususiyatlari bo‘yicha 40 futli dengiz konteyneri o‘rnatilgan avtomobil tentli yoki izotermik kuzovga ega bo‘lgan 20 tonnalik avtomobilga (yevrotent) yaqindir.
40 futli dengiz konteynerlarining turlicha turlari mavjud. Ulardan ko‘proq foydalaniladigan turlari quyida keltirilgan:
Oddiy 40 fut. konteyner
40 fut. termokonteyner (izotermik furgonga o‘xshash)
40 fut. refkonteyner (ichki qurilgan sovutuvchi qurilmaga ega bo‘lgan
izotermik furgon)
Tent tomli 40 fut. konteyner
Mahkamlash ustunlariga ega bo‘lgan 40 fut. maydoncha
40 futli konteynerning gabarit o‘lchamlari:
Uzunligi: 12,0 m
Kengligi: 2,4 m
Balandligi: 2,4 m
Hajmi: 68 m3
Yuk ko‘tarush imkoniyati: 20-28 tonna
10-15 tonna yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega bo‘lgan avtomobil yuk bo‘lmasining taxminiy xususiyatlari:
Uzunligi: 5,0 — 8,0 m
Kengligi: 2,4 — 2,5 m
Balandligi: 1,8 — 3,0 m
Hajmi: 25 — 60 m3
yuk ko‘tarush imkoniyati: 5 — 15 tonna
Parametrlardagi jiddiy tarqoqlik yuk bo‘lmalari variantlarining ko‘p sondaligi bilan izohlanadi.
Bu sinfga kiruvchi yuk mashinalaridan shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda juda keng foydalaniladi. Odatda kabina uxlash uchun o‘rin bilan jihozlangan bo‘ladi va ekspeditor uchun o‘rin ko‘zda tutiladi. Standart komplektatsiyada mashina mahkamlash tasmalari bilan jihozlanadi (6 tagacha). Yuk bo‘lmasi yuklash/tushirishning turli variantlariga moslashtirilgan (yuqoriga, yonga). Import qilingan yuk mashinalarining modellari pnevmoilgak bilan jihozlanishi mumkin, bu esa yurishning tekisligini sezilarli darajada yaxshilaydi va shaklini oson yo‘qotuvchi yuklarning yaxshi saqlanishini ta’minlaydi. Mashinalar lift bilan jihozlanishi mumkin.
“Termofurgon” tipidagi yuk bo‘lmasining farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyati bo‘lib tashqi harorat -10Sdan +20Sgacha bo‘lgan sharoitlarda yukni yuklash amalga oshirilgan haroratni uzoq vaqt davomida (10-20 soat) saqlab turish imkoniyati hisoblanadi. Bundan tashqari ayrim modellarda yuk bo‘lmasini isitish imkoniyati mavjud, bu esa ichki haroratni uzoqroq muddatga va tashqi harorat pastroq bo‘lgan hollarda saqlab qolishga imkon beradi. Yuk bo‘lmasining borti oq tunuka bilan qoplangan penoplastdan tayyorlangan. Yuk bo‘lmasining eshiklari zichagichlar bilan jihozlangan hamda ventilyatsion tirqishlar mavjud. Odatda yuk bo‘lmasi yukni yuklash/tushirishni osonlashtiruvchi qo‘shimcha yon eshik mavjud bo‘ladi.
Import qilingan yuk mashinalarining modellari pnevmoilgak bilan jihozlanishi mumkin, bu esa yurishning tekisligini sezilarli darajada yaxshilaydi va shaklini oson yo‘qotuvchi yuklarning yaxshi saqlanishini ta’minlaydi. Mashinalar lift bilan jihozlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |