4- Mavzu. Introduksiya qilingan dorivor o'simliklar.
Amarant Amaranthus
Amarant Amaranthus, amarantdoshlar Amaranthaceae oilasiga kiradi. Boyi 23 metr keladigan bir yillik ot osimlik. Poyasining yogonligi 810 santimetr, bargi choziq va ellipssimon bolib, poyaga uzun bandi bilan ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, korimsiz bolib, yirik yarim metrgacha boradigan supurgisimon gul toplamini hosil qiladi. Urugi mayda sharsimon qongir yoki sariq rangda bolib, 1000 donasining vazni 0,40,6 gramm keladi. Bir tup osimlik 0,5 kilogrammgacha urug berishi mumkin
Joka (Lipa) Tilia L. Joka daraxti Jokadoshlar Tiliaseae oilasiga mansub bolib, boyi 25 m gacha yetadigan daraxt. Joka turlari Ozbekistonga introduksiya qilingan, ormonchilik va kokalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. Tibbiyotda jokaning quyidagi Yuraksimon mayda bargli joka Tilia sordata Mill. va yirik bargli joka Tilia Platyphyllos Scop. turlaridan olinadigan gullari ishlatiladi. Jokaning barglari otkir uchli, arrasimon qirrali bolib, uzun bandi yordamida shoxlarida ketma-ket ornashgan. Xushbuy, sariq rangli, besh bolakli gullari 2-5 (keng bargli jokada) yoki 5-11 (yuraksimon jokada) tadan yarim soyabon gul toplamiga joylashgan. Mevasi tukli, besh qirrali yoki sharsimon, maydaroq (yuraksimon jokada) yongoqcha. Joka iyun - iyul oylarida gullaydi, mevasi avgust - sentyabrda yetiladi. Joka turlari MDHbning Yevropa qismi, Kavkaz, Qrim va Garbiy Sibirdagi ormonlarda osadi, bazan katta maydonlarda jokazorlarni (masalan Boshqirdistonda) tashkil qiladi. Joka turlari manzarali daraxt sifatida istirohat boglarida, kochalarda va boglarda ostiriladi. Jokadan shifobaxsh asal olinadi. Tibbiyotda gullari qollaniladi. Ularni gullagan vaqtida guloldi bargi bilan birga qirqib olib yigiladi va soya joyda quritiladi. Guli tarkibida 0,05 % efir moyi, tiliatsin va gespyeridin (flavonoid) glikozidlari, trityerpen saponinlar, C vitamini, karotin, shilliq, oshlovchi va boshqa biologik faol moddalar bor. Guli va uning damlamasi tyerlatuvchi yigmalar-choylar tarkibiga kiradi. U shamollash kasalliklarida tyerlatuvchi dori sifatida hamda tomoq ogriganda ogiz va tomoqni chayish uchun ishlatiladi. Joka turlarining gulidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida shamollash kasalliklarida tyerlatuvchi, qon oqishini toxtatuvchi vosita sifatida ham qollaniladi. Damlamasi yana yotalni, turli asab kasalliklarini va bosh ogrigini davolashda ishlatiladi. Issiq damlamasi bilan tomoq ogriganda tomoq chayiladi.
Zaytun, Yevropa zaytuni Olea europaea L. Zaytun daraxti Zaytundoshlar Oleaceae oilasiga mansub bolib, balandligi 3-7 m gacha yetadigan doim yashil daraxt. Barglari nishtarsimon yoki choziq shaklda, qalin, tekis qirrali, ustki tomoni toq yashil, pastki tomoni kulrang bolib, poyasi bilan shoxlarida qisqa bandi bilan qarama-qarshi ornashgan. Mayda, korimsiz gullari shingilga yoki kam shoxli govakka toplangan. Mevasi tuxumsimon yoki sharsimon danakli xol meva. Zaytun may - iyun oylarida gullaydi, mevasi sentyabr - dekabrda pishadi. Bu qimmatli daraxt Orta Yyer dengizi atroflarida, Qrim, Kavkaz va Markaziy Osiyoning janubiy subtropik mintaqalarida ostiriladi. Zaytun eng qadimgi madaniylashtirilgan daraxt turi xisoblanadi. Mevasidan olinadigan moyi qimmatli xom-ashyo hisoblanadi. Mevalari toliq yetilganda extiyotlik bilan yigib olinadi va moy olish uchun zavodlarga yuboriladi. Mevasida 70%, urugida 30% zaytun moyi boladi. Moy emulsiyasi buyrak, ot pufagi va ot yollari, jigar, qovuq va siydik yollarida paydo bolgan toshlarni tushirishda hamda meda-ichak kasalliklarida qollaniladi. Moyidan yana bazi dori moddalarning yeritmalari va surtmalarini tayyorlash uchun foydalaniladi. Bundan tashqari, moyi yumshoq surgi tasiriga ega. U «Olimentin», «Sistenal», «Enatin», «Rovatin», «Rovaxol» kabi kompleks preparatlar tarkibiga kiradi. Zaytun moyi xazmi engil shifobaxsh bolib, oziq-ovqat maqsadlarida keng ishlatiladi va undan texnikada ham foydalaniladi.
Oddiy anjir Ficus carica L. Bu mevali osimlik Tutdoshlar Moraseae oilasiga mansub bolib, boyi 8 m gacha yetadigan buta yoki kichik daraxt. Barglari yirik umumiy korinishi yumaloq-tuxumsimon yoki tuxumsimon, uch- besh bolakli bolib, uzun bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket joylashgan. Mayda, korimsiz gullari noksimon, uchi teshik topgulning ichiga ornashgan. Mevasi noksimon yoki yassi sariq yoki toq qizil-qongir rangli, syershira top meva. Anjir yovvoyi holda Tojikiston, Turkmaniston janubidagi quruq subtropik xududda va Kavkaz subtropiklarida uchraydi. Anjir Ozbekistonda, Qozogiston, Rossiyaning Krasnodar olkasi, Kavkaz va Qrimda madaniy holda koplab navlari ostiriladi, ularni sovuqdan saqlash uchun qishga komiladi. Tibbiyotda anjirning bargi va mevasi ishlatiladi. Mevasi tarkibida 20,3% gacha (quritilganida 75%) qandlar, vitamin B va C, karotin, organik (oksalat, limon, olma, sirka) kislotalar, fitsin, amilaza va proteinaza fyermentlari va boshqa biologik faol moddalar, bargida furokumarinlar (psoralen, byergapten va boshqalar) bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |