Dorivor osimliklarning ekalogik guruhlari.
O‘simlikning namlikka (suvga) bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ekologik guruhlari. O‘simlik uchun suvning ahamiyati nihoyatda kattadir. O‘simliklarda suvni asosan tuproqdan atmosfyera yog‘inlari sifatida (yomg‘ir, qor, shudring, tuman, do‘l, qirov ko‘rinishlari) hamda yerosti suvlardan o‘zlashtiradi.
Quruqlikda yashaydagan o‘simliklar ma’lum darajadagi namlik sharoitiga moslanishiga ko‘ra uchta ekologik guruhga ajratiladi:
Gigrofitlar.
Mezofitlar.
Ksyerofitlar.
Gidrofitlar - tanasining bir qismi suvdan tashqarida, qolgan qismi suv qavatida joylashgan bo‘ladi. Bu guruhga suv nilufarlari, gichchak, sagittariya, suv ayiqtovoni, o‘qbarg va boshqa suvda o‘suvchi gulli o‘simliklar kiradi.
Gidrofitlar suzib yuruvchi yuzasining katta va vegetativ organlarining shilimshiq bo‘lishi, mexanik to‘qimasining sust rivojlanganligi, havo bo‘shliqlarining mavjudligi, qoplag‘ich to‘qimasining sust rivojlanganligi, suv qatlamida yashaydigan turlarida og‘izchalarning bo‘lmasligi, suzuvchi barglarining ustki tomonida ko‘p sonda og‘izchalar joylashganligi, ildiz tizimining kuchsiz rivojlanganligi hamda vegetativ ko‘payishning ustun turishi kabi moslanish xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Gidrofitlar - suv muxiti barcha gidrofitlarning vegetativ organlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu xolni nilufar bargini tuzilishida yaqqol ko‘rish mumkin. Barg ikkala tomondan ham epidyerma bilan qoplangan. Ustki epidyerma xujayralari orasida barg ogizchalari joylashgan bo‘lib, ularning yorug‘i doim ochik turadi va ular orqali xavo yullariga xavo kiradi. Bargning pastki epidyermasi o‘ziga xos tugmachasimon kalin devorli xujayralar atrofida yersimon joylashgan va og‘izchalarga ega bo‘lmaydi. Barg ustki epidyermasi ostida 7-9 kator ustunchasimon xujayralar joylashgan bo‘lib, ular-ning ichida mayda xloroplastlar ko‘pdan -ko‘p joylashgan.
Dorivor o‘simliklarga abiotik, biotik, antropogen va agroekologik omillarning ta’siri
Reja
1. Abiotik omillar. O‘simliklarga har oratning ta’siri.
2.O‘simliklar tempyeraturasining atrof-muxit tempyeraturasiga bog‘liqligi
3. Yorug‘lik va uning organizmlar uchun ahamiyati
4. Atmosfyera, uning tarkibi va organizm uchun ahamiyati
5. O‘simliklar xayotida suvning ahamiyati.Tuprovdagi suv va uning har akatlanishi
6. Tuproq (edafik) va orografik omillar
7. Tuproqning tuz rejimiga o‘simliklarning reaksiyasi. Makro va mikro elementlarning o‘simliklar uchun ahamiyati
8. Biotik omillar: O‘simliklarning o‘simliklarga ta’siri. O‘simliklarga antropogen omillarning ta’siri
Tirik organizmlarga ta’sir etuvchi muhitning har qanday bo‘laklari ekologik omillar deyiladi. Muhit-quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat.
Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud bo‘lib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur bo‘lgan elementlar yoki omillardan yorug‘lik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1933 yilda D.N.Kashkarov muhit omillarini 3 guruh (iqlim, edafik va biotik) ga bo‘ladi. Keyinchalik 1950 yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruhlarga ajratib o‘rganishni taklif qiladi.
Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga bo‘linadi:
1. Abiotik omillar- anorganik tabiat sharoitining yoki o‘lik tabiatning yig‘indisi. Bo’larga harorat, yorug‘lik, namlik, suv, tuproq, relef kiradi.
2. Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik orga-nizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga ta’siri) kiradi. Biotik omillar fitog’en va zoogen omillarga bo‘linadi. Fitog’en omillar deganda yuksak va tuban o‘simliklarning organizmga ta’siri e’tiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning ta’siri nazarda tutiladi.
3. Antropogen omillar-bu inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan omillar, ya’ni odamlarning o‘simlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzilishiga ko‘rsatgan ta’siridir. Tirik organizmlarga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu omillarning ayrim organizmlarga ko‘rsatgan ta’siri natijasi esa xilma-xildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi - optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi maksimum va eng qo‘yi darajasi minimum bo‘ladi. Bu omillarning birortasi o‘z vaqtida bo‘lmasa yoki etishmasa organizmlarning normal o‘sishi va rivojlanishi tugal o‘tmaydi. Demak, ekologik omillarning har biri organizm uchun zarur bo‘lib, ularning birini ikkinchisi almashtira olmaydi. Shu sababli ekologik omillar organizm hayotida bir xil ahamiyatga egadir. Chunonchi, o‘simliklar hayotidan misol keltirsak, g‘o‘zani o‘stirish va parvarish qilishda o‘g‘it byermasdan faqat suv byerish bilan g‘o‘zani to‘la rivojlantirib bo‘lmaydi. Yoki buning aksi ham xuddi shunday natijalarga olib keladi. Organizmning hayot faoliyatini susaytiruvchi omilga cheklovchi omil deyiladi. Organizmlarga ta’sir qiluvchi omillarning bittasi cheklovchi omil bo‘lishi mumkin. Chunonchi, hayvonlar va o‘simliklarning shimol tomonga qarab tarqalishi issiqlikning etishmasligi natijasida janubga tarqalishi esa, namlikning etishmasligi tufayli kechadi. Demak, organizmlarning shimolga tarqalishida cheklovchi omil bo‘lib harorat hisoblansa, aksincha, janub tomonga tarqalishida esa cheklovchi omil bu namlikdir. Omilning faqatgina yetishmasligigina emas, balki ortiqchaligi ham cheklovchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |