Dorivor o’simliklar ekosistemasi Vitaminli dorivor o‘simliklar bioekologiyasi.
Reja:
1. Vitaminlar haqidagi ta’limotning rivojlanish tarixi. Vitaminlarning o‘simlik olamida tarqalishi va ahamiyati
2. Vitaminlarni klassifikatsiyasi.
3. Tarkibida vitaminlar saqlovchi dorivor o’simlik va mahsulotlar.
Vitaminlar haqidagi ta’limotning rivojlanish tarixi.
XX asrning boshlariga qadar ayrim olimlarning fikricha tirik organizmning normal hayoti uchun ovqat tarkibidagi oqsillar, yog‘lar, karbonsuvlar, minyeral moddalar va suv yetarli deb hisoblangan. Lekin keyingi ko‘plab tekshiruvlarning natijalari organizmning sog‘lom yashashi, o‘sishi va mehnatga qobiliyatli bo‘lishi uchun oziqaviy mahsulot tarkibida yuqorida aytilgan moddalardan tashqari yana qandaydir qo‘shimcha moddalar ham bo‘lishi zarurligi aniqlangan.
Bunday muhim xulosaning chiqarilishida rus olimi N.I.Luninning 1880 yillardagi ilmiy kashfiyotlari katta ahamiyatga ega. N.I.Lunin sichqonlar ustida tajriba o‘tkazib, bir guruhini tabiiy sut va ikkinchi guruhini esa sut tarkibida uchraydigan oziqaviy moddalar: yog‘, karbonsuv, oqsil, minyeral tuzlar aralashmasi, ya’ni sun’iy sut bilan boqib, ularning yashashini kuzatgan. Bu vaqtda tabiiy sut bilan boqilgan sichqonlar kasallanmay, ikkinchi guruhdagi sichqonlar esa o‘sishdan to‘xtab, bir oydan keyin birin-ketin kasallanib, o‘la boshlagan.
N.I.Lunin o‘z ilmiy ishlarining natijalari asosida quyidagi xulosaga keldi: “...tabiiy oziqa, masalan, sut tarkibida nomlari yuqorida ko‘rsatilgan moddalardan tashqari, hayvon organizmining normal hayoti uchun oz miqdorda bo‘lsa-da qandaydir noma’lum moddalar bo‘lishi kyerak”. http://www.apteka-ifk.ru/art/100008877/
N.I.Luninning ilmiy xulosalarini keyinchalik rus olimi K.A. Sosnin o‘zining ilmiy kashfiyotlarida yana bir tasdiqlagan. Yaponiyalik olim Takaki 1882 yili 9 oy davomida dengiz va okeanlarda xizmat yuzasidan suzib yo’rgan ikkita kema a’zolari ustidan kuzatish olib borib, yashil o‘simlikli mahsulotlarda organizm uchun kyerakli moddalar bo‘lishligini aytgan. (Bauman V.K 2001)
1885 yilda rus olimi I. V. Pashutin esa singa (laviya) va skorbud kasali yashil o‘simlik mahsulotlari etishmagan paytlarda paydo bo‘lishini aytib o‘tgan. 1882 yilda rus olimi M.V. Savelev shabko‘rlik kasalligining asosiy sabablaridan biri inson yog‘li oziqni kam iste’mol qilishi tufayli ekanligini aytib o‘tgan, chunki shabko‘rlik kasalligiga hozirgi vaqtda vitamin A deb qaralib kelinayotgan vitamin sababchi bo‘lib, bu vitamin boshqa ba’zi to‘qima va organlardan ko‘ra yog to‘qimalarida ko‘proq miqdorda bo‘ladi. (Bauman V.K 2001)
Gollandiyalik vrach Eykman 1897 yilda ko‘pincha tozalangan (oqlangan) guruch bilan ovqatlanib yo’rgan tovuqlarda byeri-byeri kasalligining belgilari paydo bo‘la boshlaganligini kuzatgan. Shu kasallangan tovuqlarning ovqatiga guruch kepagidan qo‘shib byerilganda ularning tuzalib ketganligi aniqlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |