Cho'l zonasi dorivor osimliklari
Qorasaqsovul (Haloxylon aphyllum (Minkw.) Lijin.) shoradoshlar oilasidan bolib, boyi 35 m, diametri 6080 sm ga yetadigan daraxt. Uning bir yillik novdachalari juda ham syersuv, bogimli va yashil rangda bolib, barg vazifasini bajaradi. Barglari yoqolib ketgan va mayda tangachalar bilan almashingan. Qorasaksovul aprel-may oylarida kokaradi va gullaydi. Gullari korimsiz, juda mayda boladi.
Chyerkez (Salsola richtyeri Karel.) shoradoshlar oilasidan, boyi 12,5 m keladigan butadir. Poyasi tik shoxlangan. Eski tuplarining postlogi kulrang, yoshlariniki esa oqish bolib, tanasi tuksizdir. Barglari navbatlashib joylashgan, ipsimon, uzunligi 48 sm, asosi enli, uchi otkirdir.
Qorabarak (Halostachys caspica (Pall.) CAM.) shoradoshlar oilasidan, boyi 13,5 m ga yetadigan daraxt yoki butadir. Poyasi kuchli shoxlangan, bir yillik novdalari kulrang, syersuv, tuksiz, silliq, bazan gadir-budur bolishi ham mumkin. Barglari kichik, etli, uchburchak shaklida, otkir qipigi bor. Asosidan bir-biriga tutashgan. Shuning uchun ham poyasida bogimlar hosil bolgan. Qorabarak mart oyida kokaradi. Ildizi oqildiz bolib, tuproq ichiga ancha chuqur kiradi. U iyun iyul oylarida gullaydi. Gullari oq rangli. Gulqorgoni etli. Mevasi iyul sentyabr oylarida pishadi. Mevasi uchburchak shaklida, pishmasdan oldin shishgan holda boladi. Urugi tuxumsimon, boyi 0,75 mm, tuksiz. Urugi yaxshi unadi. Qorabarak, asosan, nam va syersuv shorxok yyerlarda kop osadi. Kokligida uni mollar yaxshi yemaydi. Kuz va qishda (boshqa ot osimliklar qor ostida qolganda) u namlikda yumshaydi va yaxshi yemishli boladi.
Sarsazan (Halocnemum strobilaceum (Pall.) MB.) shoradoshlar oilasidan, boyi 1030 sm ga yetadigan chala buta. Poyasi juda shoxlangan, syersuv, bazan bir tupi 1 m2 joyni egallaydi. U yostiqsimon shaklli bolib, kopincha yyer bagirlab osadi. Yillik shoxchalari silindrsimon, etli, bogimli. Barglari juda ham qisqarib ketgan, qalqonsimon juda kichik tomtoq tangachadan iborat. U mart-aprel oylarida kokaradi.
Anabazis (Anabasis aphylla L.) shoradoshlar oilasidan, boyi 3075 sm ga yetadigan chala butadir. Poyasining eng pastidan bir yillik novdalar hosil boladi. Poyasi yashil, syersuv, silindrsimon. Novdalari bargsiz, barglari yoqolib postloqlarga tangachalarga aylangan. Uning chetlari pardasimon hoshiyali va tomtoqroqdir. Anabazis mart oyida kokaradi. Uning ildizi yogon, oqildizli. U iyun-iyul oylarida gullaydi. Gullari korimsiz, uzunligi 1,52,5 mm ga yetadi, topgullari boshoq shaklida, novdasining uch qismida joylashgan. Mevasi avgust-sentyabr oylarida pishadi. Mevasi 3 ta yaxshi osgan va 2 ta uncha yaxshi osmagan sargish yoki pushti rangli qanotchalardan iborat. Mevasi syersuv bolib, qanotchalarga nisbatan qisqaroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |