3.3. Ta’limiy eksperimentning natijalarini tahlil qilish
Bolalarning mashg‘ulotga qiziqishi, emotsional kayfiyati o‘yin momentlarini kiritish, ko‘rgazmali qurollardan keng foydalanish, turli ob’etlarni faol epezodik va sitemali kuzatish hisobiga qo‘lab-quvvatlanadi. Nutq samarali rivojlanishi uchun nafaqat nutqiy , balki predmet faoliyatni ham aniqlash va boyitish zarur. Bola o‘zi yaxshi bilgan narsa haqida ishonchli va to‘liq hikoya qiladi shaxsiy tajriba va nutqiy material o‘rtasidagi aloqalar o‘rnatish yangini o‘zlashtirishga ko‘maklashadi, boladan xodisa, faktlarni yodga olish. Ma’lum irodaviy sa’y-xarakatlarni talab etadi, bu uning mashg‘ulotlarda faolligini quvvatlaydi. Logopedik mashg‘ulotlar samaradorligini zarur sharti nutqiy mashqlar sitemasi qo‘llanilishi va ularning variativligidir. Nutqiy mashqlar murakkabligi ortib boradigan tartibda shakllantiriladi, ular aniq ifodalangan maqsadga ega bo‘ladi, izchil retseptiv, reproduktiv, produktiv va integrativ harakterga ega bo‘ladi. Logoped bolalar e’tiborini muntazam ravishda o‘rganilayotgan amaliy til qonuniyatlariga qaratib, bu bilan ko‘chish xissini tarbiyalaydi. 3 davrda ta’limning yanada ifodalangan komunikativ yo‘nalganligini hisobga olib, turli nutqiy-fikrlash topshiriqlarini bajarishda eslab qolish va qayta yaratishga mo‘ljallangan nutqiy materialni kiriish lozim.
O‘quv –nutqiy faoliyatni tashkil etishning ikki shakli farqlanadi: maxsus logopedik mashg‘ulotlarda va kun tartibi momentlari paytida, bunda erkin muloqot uchun ko‘proq imkoniyat yaratiladi.
Erkin muloqot jarayonida bolalar faqat atrofdagi voqeali predmet va hodisalarni kuzatish, balki o‘z kuzatishlarini ma’lum emotsional kechinmalar bilan bog‘lashlari muhim. Lug‘at zaxirasini boyitish, faolashtirish imkoniyalari so‘z ma’nolarini, uning mazmuni ma’lum vaziyatga nisbatan tushunishni yanada kengaytirish ishlari bilan uzviy bog‘liq. Bolalarni idrok etilgan predmetlarni ularni nisbatlanish belgilariga ko‘ra guruhlashga o‘rgatishni davom ettirish lozim. Bu o‘z navbatida obrazlar o‘rtasida yanada mustaxkam aloqalar uchun zamin yaratadi.
Ta’limiy tajriba - sinovning mazmuni va metodikasini ishlab chiqishda yengil dizartriyali bolalarda monologik nutqni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-nazariy, metodik va amaliy materiallar inobatga olindi. Tadqiqot ishda maxsus pedagogikadagi zamonaviy yondashuvlar bilan takomillashtirilgan va biz tomondan taklif etilgan “Engil dizartriyali bolalarda monologik nutqni rivojlantirish” dastur asosida tashkil topdi. Yengil dizartriyali bolalarda monologik nutqni rivojlantirish korreksion-pedagogik tizimi samaradorligini aniqlash bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini muayyan tartibda va dastur asosida tashkil etilishi ushbu jarayonning samaradorligini ta’minladi. Ta’limiy tajriba-sinov davomida yangi innovatsion tizim doirasida maxsus maktablarning barcha o‘qituvchilari «Engil dizartriyali bolalarda monologik nutqni rivojlantirish» dasturi bilan tanishtirildi va amaliyotga tatbiq etildi. Yengil dizartriyali bolalarda monologik nutqni rivojlantirish pedagogik tizimning ta’limiy tajriba-sinov dasturi asosida maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tajriba-sinov respondentlari ta’limiy dastur asosita o‘qitildi. Yangi pedagogik tizimning tarkibidagi barcha komponentlarni rivojlantirish dinamikasini ko‘zda tutuvchi maqsadli komponentining o‘ziga xosligiga ko‘ra tajriba va nazorat guruhlaridagi ta’lim natijalarini qiyoslash nazorat qilish ishlari va ta’kidlovchi tajriba-sinov jarayonida qo‘llanilgan diagnostik topshiriqlar asosida berildi.
Mashg‘ulotlarda bolalarni turli tipdagi gaplar tuzishga o‘rgatish davom etadi, logoped bergan na’muna asosida nutqiy mashg‘lar keng qo‘llaniladi. Keyin mustaqil tuzilgan ko‘makchili konstruksiyalar, gaplarni o‘zgartirish harakatdagi shaxsni o‘zgartirish bilan gapni qayta qurish; uyushiq bo‘laklar bilan gapni kengaytirish (yoyish): ayrim elementlrni almashtirish; tayanch so‘zlar bilan gap tuzish, bitta tayanch so‘z bilan gap tuzish, berilgan nutqiy axborot (birikma), predmet yoki syujetli rasm asosida gap tuzish o‘zlashtiriladi. Logopedik mashg‘ulolarga bajarilgan harakatlar seriyasini nutqlashtirish mashqlari kiritiladi. Logoped “Stol yoniga kel, qora va ikkita qiziil qalamni olib, tortmani och va qalamlarni u yerga yashirib qo‘y” kabi topshiriqlar beriladi. Bolalar bu harakatlarni eslab qolishi va tartibi bilan tavsiflashi lozim bunda bolalarni o‘rtog‘ini diqqat bilan tinglash, xato va ayrim chalkashliklarni ta’kidlash va tuzatishga o‘rgatish zarur. Keyinchalik murakkablik elementi bo‘lgan topshiriqlar kiritiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirish metodlaridan biri qayta hikoya qilish sanaladi. Ta’limning 3 davrida 4 ta shunday mashg‘ulot o‘tkaziladi. Bu paytga kelib bolalar ma’lum nutqiy ko‘nikmalarga ega: hikoyani tinglay oladi. Himoya uchun matn tanlashda syujet aniq ifodalanganligi, bayon boshi, o‘rtasi va oxiri belgilanganligi juda muhim. Qayta hikoya qilishga o‘rgatish jarayonida logoped bog‘lanishli va izchil so‘zlash, turli grammatik konstruksiyalarni qo‘llashga o‘rgatadi. Bolalar nutqini faollashtirish, mustaqil jumlalar tuzish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun logoped syujetli rasmlar bo‘yicha hikoya tuzish metodidan fodalanadi (taxminan 5-6 ta mashg‘ulot) ular o‘ziga xos ko‘rgazmali vosita bo‘lib, xodisalar ketma-ketligi, ulrning sabab oqibat munosabatlarini aniqlash, syujetda asosiysini aniqlashga ko‘maklashadi. Shunga qaramay syujetli rasmlar seriyasi bo‘yicha himoya tuzishdan aval tayyorgarlik olib borilishi lozim. Qo‘shimcha savollar yordamida bo‘lg‘usi hikoya mazmuni taxlil qilinadi. Ayni paytda leksik material ustida ish davom etadi. Yangi so‘zlar aniqlashtirilib, turli grammaik shakl va aloqalarda mustaxkamlanadi, talaffuzi ustida ish olib boriladi. Qismlar seriyasi bo‘yicha hikoya tuzishda bolalar makur vaziyatga oid dialoglar tuzishni ham mashq qiladi. Bog‘lanishli himoya stida ishlash metodikasi umumiy tipdagi bolalar bog‘chasi odatiyishidan sifat jixatdan farq qiladi. Bu avvalo nutqiy meterialani berish bosqichliligi, lug‘atni faollashtirish, avval o‘rganilganlarni hammasidan tanlangan mavzuga eng ko‘p mos kelganini tanlash, asosiy fikrni ifodalashga orenterlash va jumlalar aro aloqa o‘rnatishga o‘rgatish. Hikoya ustida ish izqil va bo‘linganligiharakatlarni detal nutqlashtirish, syujetli rasm asosida namoyish etishni talab qiladi. Mashg‘ulot davomida har bir bolaga fikr bildirish imkoniyati yaratiladi, nihoyat logoped bolalarni hikoya tuzish uchun eng yaxshi varianlarni tanlashga olib keladi. Bolalarga bu gaplarni eslab qolish tavsiya qilinadi.
Shunday, alohida epizodlar bosqichma bosqich nutqlashadi va shu kabi o‘zgartirilgan gaplarni nutqiy namuna asosida bolalar xor bo‘lib aytish tavisya etiladi. Bunda mantiqiy urg‘u, tegishli intonatsiya nutq aniqligi va tushunarliligi ishlanadi.
Biz yuqorida dizartriyali bolalar nutqining so‘z boyligini oshirishda logopedik ish tizimini ketma ketligida olib borishni tavsiya etdik. Bu logopedik korrksion ishni bolaning nutqiy va intelektual rivojlanishida uning individual xususiyatlarini xisobga olgan xolda tashkillashtirish ta’limning samarali bo‘lishida muhim axamiyat kasb etadi Yengil dizartriyali bolalarda monologik nutqni rivojlantirish imkoniyatlari turkum topshiriqlar tizimi asosida o‘rganildi. Tajriba-sinov natijasida olingan ma’lumotlar maxsus statistik tahlil etildi.
3.2-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |