16-bilet «Psixologik yosh» kategoriyasi va L. S. Vigotskiy ishlarida bolalar rivojlanishini davrlashtirish muammosi



Download 164,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana01.02.2022
Hajmi164,81 Kb.
#420902
  1   2   3
Bog'liq
Yosh psixologiya fanidan oraliq nazorat ishi 16-bilet



16-bilet 
1.«
Psixologik yosh» kategoriyasi va L.S.Vigotskiy ishlarida bolalar 
rivojlanishini davrlashtirish muammosi.
Inson psixik rivojlanishi bosqichliligi haqidagi tasavvur uzluksizlik, asta-sekin 
mukammallashuv va yutuqlar (natijalar) yig'indisi g„oyasiga qarama-qarshi turadi. 
U o„z aksini jahon psixologiyasida bir necha o„n yilliklardan beri, rivojlanish 
jarayonining turli tomonlarini sintezlovchi va uning mexanizmlariga tayanuvchi 
yagona davrlashtirishni («psixik rivojlanish xaritasi») qidiruvida topadi. 
L.S.Vigotskiy rivojlanishning yoshga bog„liq davrlashtirish muammosini «barcha 
bolalar psixologiyasi uchun markaz» va «amaliyotning barcha savollariga kalit» 
deb atagan. U vaqtda mavjud bo'lgan davrlashtirish chizmasini tahlil qilib
L.S.Vigotskiy ularni tuzishning uch usulini ajratgan: 1. Bola psixikasini 
rivojlanishi bilan har tomonlama bog„liq bo„lgan, boshqa jarayonlarni zinama-zina 
qurish asosida bolalikni davrlashtirish. Misol uchun, biogenetik tamoyilga muvofiq 
ibtidoiy bosqich, hayvon psixikasi bosqichlari ajratiladi; 2. Bolalikni ajratishda 
asos qilib, shartli mezon sifatida rivojlanishning biror-bir belgisi yoki jihati 
(tomoni) olinadi (masalan, P.P. Blonskiyning davrlashtirishida dentitsiya — 
tishlarning chiqishi va almashinishi; Z.Freyd ta‟limotida jinsiy rivojlanish). 3. A. 
Gazell ishlaridagi kabi rivojlanish jarayonining o„ziga xos xususiyatlarini 
fenomenologik izohlashga va qonuniyatlarni ajratishga urinish amalga oshiriladi. 
L.S.Vigotskiy bola rivojlanish jarayonining mazmun-mohiyatini qamrab oluvchi, 
haqiqiy ilmiy-psixologik davrlashtirish tuzilishi kerak bo'lgan tamoyillarni taklif 
qilgan. Davrlarni ajratish mezoni rivojlanishga nisbatan ichki bo'lishi kerak. 
«Faqatgina rivojlanishni o'zining ichki o'zgarishlari, uning kechish jarayonidagi 
burilishlar va o'zgarishlargina bola shaxsining shakllanishini asosiy davrlarini 
aniqlash uchun ishonchli asos bo„la oladi». Mezon obyektiv bo'lib, yosh 
chegaralari doirasi erkin va shartli qo'yilishi kerak emas. Mezonni qandaydir bir 
belgiga ko'chirib bo'lmaydi, chunki rivojlanish jarayonida belgining muhimligi va 
ko'rsatkichlari 193 yoshdan yoshga o„tishda o„zgaradi. L.S.Vigotskiy yosh 
davrlarida taraqqiy etuvchi psixik rivojlanish hodisasiga nisbatan asosiy yangi 
yondashuvni ishlab chiqib, yosh davrlar psixologiyasining asosini qo„ydi. Odatda 
psixologiyada o„rganiladigan alohida psixik jarayonlar va (idrok, diqqat, tafakkur) 
funksiyalarning yoshga bog„Iiq xususiyatlarini o„rganish o„rniga L.S.Vigotskiy 
birinchi o'ringa «psixologik yosh» tushunchasini qo'yishni va bola rivojlanishi 
taxlilining «birligi» sifatida rivojlanishining yoshga oid davrlarini talqin qilishni 
taklif qilgan. 1932—1934-yillarda yozilgan «Yosh davriga oid bolgan muammo» 
asarida, L.S.Vigotskiy ushbu fikrni quyidagicha izohlagan: «Yosh davrlari yaxlit 
dinamik tuzilishini rivojlanishning har bir qism sohalarini roli va solishtirma 
og„irligini aniqlaydigan tarkibni o„zida aks ettiradi». L.S.Vigotskiyga ko„ra, har bir 


psixologik yosh, har bir yosh davrining boshlanishida shakllanuvchi, 
rivojlanishning ijtimoiy holati bilan tavsiflanadi. Rivojlanishning ijtimoiy holati — 
bu «mutloq alohida, ushbu yosh uchun o„ziga xos, bola va uni o„rab turgan voqelik 
o„rtasidagi yagona va qaytarilmaydigan, eng avvalo ijtimoiy munosabatlardir» 
L.S.Vigotskiy muhitni absolut (absolut-idealistik falsafada — borliqning abadiy, 
o„zgarmas, bemakon ibtidosi — ruh) ko„rsatkichlarda emas, balki, bolaning o„zini 
kechinmalari bilan bogliqlikda, muhitni bolaga munosabatidan kelib chiqib, talqin 
qilish kerakligini ta‟kidlagan. «Rivojlanishning ijtimoiy holati» tushunchasi tashqi 
muhit va bolaning ichki dunyosini o„zaro aloqasini betakror o„ziga xosligini, ya‟ni 
ijtimoiy muhit va motivatsion ehtiyoj sohalarini ifodalaydi. Bundan tashqari, 
psixologik yosh yangi tuzilishlar bilan ham tavsiflanadi. Yoshga oid yangi 
tuzilishlar — bu yoshga bog„liq rivojlanish natijasi, mahsuli va bir vaqtning o„zida 
keyingi rivojlanish zaminidir.
2.

Download 164,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish