Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


[WPm] ning nutqda voqelanish turlari



Download 1,48 Mb.
bet37/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

[WPm] ning nutqda voqelanish turlari. Gapning eng kichik qolipi, til birligi, imkoniyat va umumiylik sifatida ongda yashovchi [WPm] har qanday ong birligi sifatida bevosita kuzatishga berilmagan, ya’ni [WPm] ni butun xilma-xilligini hech qachon sezgi a’zolari bilan anglay olmaymiz. Faqat ong uni butun murakkabligi bilan qamray oladi. Zero ong [WPm]ni gapning umumiyligi va imkoniyati sifatida umumlashtirar ekan, [WPm]ning tarkibiy qismlari bo‘lgan [W] ning ham, [Pm ]ning ham yuz minglab juz’iy xususiyatlaridan ko‘z yumadi. Chunonchi, [W] vazifasida minglab o‘zbekcha so‘zlardan istalgani kela oladi va har biri alohida xususiylik bo‘lib, qator o‘ziga xosliklarga egadir. Gapning umumiy qolipi shakllantirilganda shu so‘zlarning juz’iy xususiyatiga (ma’nosi, turkumi, uslubi, bo‘yog‘i va h.k.) e’tibor berilmadi va barcha so‘zlar uchun umumiy bo‘lgan bitta xususiyat – nutqda atash, nomlash qobiliyatiga tayanildi. [WPm]ning [W] qismi o‘rnida nafaqat oddiy so‘zlar, balki so‘zlarning xilma-xil birikishidan tuzilgan so‘z birikmalari ham kelishi mumkin va bu so‘z birikmalarining har birida o‘ziga xos xususiyatlar bor. [WPm] qolipida [W] o‘rnini egallay oladigan birliklar sirasiga so‘z birikmalari ham kiritilar ekan, miqdoran cheksiz so‘z birikmalarining har biri uchun xos bo‘lgan juz’iy xususiyatlarni e’tiborga olmay, ularning bitta umumiy xususiyati, qobiliyati – atash, nomlash vazifasini bajara olishiga tayanildi. Bu fikrni [WPm]ning [Pm] qismiga nisbatan ham aytish mumkin. [Pm]ning o‘zbek tilida yuzdan ortiq yuzaga chiqish shakllari mavjud. Har bir shaklning juz’iy xususiyatlarini e’tiborga olmay, barcha shakllar uchun umumiy bo‘lgan tasdiq/inkor, mayl/zamon, shaxs/son ma’nolarining birgalikda ifodalanishiga tayanib, [Pm] bir butunlik sifatida olindi. [W] ham, [Pm] ham nutqda cheksiz ko‘p turda voqelanadi. Ularning barchasini hech qachon qayd etib bo‘lmaydi. Chunki o‘zbek nutqida qo‘llanilgan, qo‘llanilayotgan va kelgusida (o‘zbek tilida gapning yangicha qurilish qolipi rivojlanmaguncha) qo‘llaniladigan barcha gaplarda [WPm] u yoki bu shaklda voqelanadi. [WPm] gapning eng kichik qolipi, til birligi sifatida nutqdagi yozma va og‘zaki, imo-ishora va boshqa shakldagi gaplar sifatida voqelanadi. Lekin fonema va morfemalarning cheksiz nutqiy ifodalanish shakllarini ma’lum bir ko‘rinish xillari, tiplariga, cheksiz xususiy grammatik ma’nolarni oraliq grammatik ma’nolarga birlashtirganimizdek (bunday oraliq birliklar sistemaviy tilshunoslikda allo nomi bilan ataladi: allofon, allomorf va h.), [WPm] ning cheksiz nutqiy voqelanish shakllarini umumiylik bilan, ya’ni [WPm], uning muayyan voqelanishi – nutqdagi muayyan gaplar oralig‘ida turgan [WPm] turlarini, ya’ni “allogap”larini ajratish va sanab o‘tish mumkin.
[WPm] ning nutqda voqelanishida [W] vazifasida chiqa oladigan birliklarning ham, [Pm] o‘rnini egallay oladigan birliklarning ham xususiyatlari hisobga olinishi zarur.
1. [W] ifodalanishi shakllariga ko‘ra dastlab ikki turga bo‘linadi:
a) [W] vazifasida ot, sifat, son, olmosh, ravish turkumiga oid so‘zlar keladi;
b) [W] vazifasida fe’l keladi;
Kesimning ot yoki fe’l bilan ifodalanish xususiyatlari o‘zbek tilshunosligida nutq bosqichida keng o‘rganilgan. Shuning uchun [W]ning ifodalanish shakllariga ko‘ra gap markazi fe’lli yoki otli kabi ikki an’anaviy turga ajratiladi.
2.[Pm] ifodalanishiga ko‘ra 3 turga ega:
2.1.[Pm] ma’nolarining yig‘iq ifodalanishi:
a) fe’l-kesimlarda: Yoz!, Yozgin!, Boray va h.k.
b) ot-kesimlarda: O‘qituvchiman;
2.2.[Pm] ma’nolarining yoyiq ifodalanishi:
a) fe’l [W] li gaplarda: Yozmasaydingiz.
b) ot [W]li gaplarda: O‘qituvchidirman.
2.3.[Pm] ma’nolarining tafsiliy usul bilan ifodalanishi:
a) fe’l [W] li: Olgan bo‘lsangiz; O‘qisa bo‘ladi.
b) ot [W] li: O‘qituvchi esam; Bahor edi.
Demak, [W] nutqda fe’l yoki ot tarzida ifodalanib, yig‘iq, yoyiq yoki analitik tarzda shakllantirilgan bo‘lishi mumkin va mana shu shakllarning birida nutqda yuzaga chiqadi. [WPm] o‘zining yig‘iq ko‘rinishida gapning kesimida o‘z aksini topadi. Shuning uchun gap qolipi [WPm] sifatida talqin qilinganda, kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllangan kesim vazifasidagi so‘z gapning markazi, bosh bo‘lagi sanalishi lozim. Uning eng yig‘iq shakli moddiy jihatdan [Pm] ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan bir so‘zga teng bo‘ladi. Chunonchi, Yoz!, Yozgin!, Keldim, Bahor, O‘qituvchiman, Borish kerak, O‘qisa bo‘ladi.
Yig‘iq sodda gaplarning mohiyati shundan iboratki, bunday gaplar faqat bitta so‘z bilan ifodalangan bo‘lib, bir markazdan iborat bo‘ladi. Shu bir so‘z yoxud bir markazda gapning gap bo‘la olishi uchun zarur va majburiy bo‘lgan barcha elementlar mujassamlangan bo‘ladi.
Yig‘iq gaplar nutq sharoitida fikr almashtirish jarayoni talablariga ko‘ra kengayishi mumkin. Bu kengayish ikki omil hisobida bo‘lishi mumkin:
1.[WPm] ning fikr va hukmga aloqador bo‘lgan tasdiq/inkor, mayl/zamon, shaxs/son ma’nolari, ya’ni [Pm] asosida;
2.Kesimning lug‘aviy ma’nosini ifodalab kelayotgan so‘zning valentligi (ma’noviy kengaytiruvchilari) asosida.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish