Inson – Hazrat!
Inson – Kabir!
Sifat bilan: Havo issiq. Kun bo‘yi yugurib-yelib charchagan odamlar va otlar halizamon chanqab suv qidirish muqarrar.
Aybi katta. Uni shunday qoldirib bo‘lmaydi.
Son bilan: Xonzoda begim yigirma besh yoshda. Ayni uzatiladigan paytlari.
Kitob ikki yuzu o‘ttiz betlik ekan. Juda qiziqarli.
Olmosh bilan: Bahor senikidir, Yugur entikib.
Gap shu. Ashrafjon shunday dedi-da, o‘rnidan turib ketdi, so‘ng anchagacha to‘g‘on atrofida aylanib yurdi.
Ravish bilan: Bugun yursak, ertaga yaxshi yo‘llarga chiqamiz. Loxo‘r yaqin.
Ikki tarkibli egali yig‘iq sodda gaplarning egasi. Turli xildagi so‘z turkumlari bilan ifodalanib, faqat bosh kelishikda keladi. Ega vazifasida, ko‘pincha, otlar va ot xarakteridagi olmoshlar, jumladan, turli so‘zlar bog‘lanmasi, gapga teng sintaktik butunliklar ham kela oladi. Masalan: Onaxonni qidirib yotoqxonaga borish – uyat! Mehnatsiz turmush – o‘g‘irlik!.
Ikki tarkibli egali yoyiq sodda gaplar [EQIIWPmYO]. Ikki tarkibli egali yoyiq sodda gaplar tarkibida ikkinchi darajali bo‘laklarning ham ishtirok etishi bilan ikki tarkibli egali yig‘iq gaplardan farq qiladi. Shuning uchun ikki tarkibli egali yoyiq gaplar bu bir jihatdan yoyiq bir tarkibli gaplar va egali ikki tarkibli gaplarning qurilish xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Masalan: 1) Egilgan boshni qilich kesmaydi. 2) Nahotki, shu paxtalar yovvoyi navning nasli? 3) Mastona yanga bexosdan gandirakladi.
Yuqoridagi bir tarkibli yig‘iq - [IWPm I], bir tarkibli yoyiq - [IWPm YO], ikki tarkibli egali yig‘iq- [EQ IIWPm Y] gap qoliplarining nutqda voqelanishini ko‘rib o‘tdik va bunda birinchi qolip hosilalarini ko‘rayotgan paytda asosiy diqqat e’tiborni atov vositasi [W] va kesimlikning ([Pm]) ifodalanishiga, turlariga, ko‘rinishlariga, ikkinchi qolip hosilalarini ko‘rayotganda diqqatni ikkinchi darajali bo‘laklarning turlariga, uchinchi qolipni ko‘rayotganda – egaga qaratdik. Buning sababi shundaki, [W]ning, [Pm ]ning xususiyatlari bu gaplarda takrorlanadi va har bir yangi qolipda shu qolip uchun yangi bo‘lgan hodisani tahlil etildi. Ajratilgan gaplarning qolgan uch qolipida tom ma’noda tamoman yangi narsa yo‘q. Zeroki, yoyiq [EQIIWPm YO] gap – bu egali yig‘iq [EQ IIWPm Y] gap qolipining bir tarkibli yoyiq [IWPm YO] gap qolipi bilan birikishining hosilasidir. Ya’ni:
[IWPm YO]Q [EQ IIWPm Y]q [EQ IIWPm YO]
Ikki tarkibli gaplarning egasiz ko‘rinishlari esa [EQ IIWPm Y] va [EQ IIWPm YO] gap qoliplaridan nutqiy sharoit talablariga ko‘ra eganing tushirilib qolishidan iborat. Egani tushirib qoldirish holatlari sof nutqiy hodisa bo‘lganligi uchun ularni qat’iy qoidalashtirish mumkin emas. Ular nutq sharoiti bilan, ya’ni har bir gap qo‘llanilgan sharoit bilan bog‘liq bo‘lib, har bir gap, har bir holat uchun xususiydir va uslubiyat hodisalari bilan bog‘liqdir.
Shuning uchun qolgan uch turdagi qolip hosilalarini biz qisqacha shunday qolipning hosilalari borligini qayd etish maqsadidagina ko‘rib o‘tdik. Ularning uslubiy vazifalari bir jihatdan o‘zbek tilshunosligida ancha mukammal o‘rganilgan. Yangi yo‘nalishda esa bu masala tamoman yangi tadqiqotlarning manbai bo‘lmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |