Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


Ikki tarkibli egasiz yig‘iq sodda gaplar [E-IIWPmY]



Download 1,48 Mb.
bet46/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Ikki tarkibli egasiz yig‘iq sodda gaplar [E-IIWPmY]. Ikki tarkibli egasiz sodda gaplar[E-IIWPm] tarkibida ega ifodalanmagan bo‘ladi, u kesimning shaklidan aniq bilinib turadi. Bunday gaplar o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi:
a) ikki tarkibli egasiz yig‘iq gaplar [E-IIWPmY];
b) ikki tarkibli egasiz yoyiq gaplar [E-IIWPmYO].
O‘zbek tilshunosligida gapning bu turlari “shaxsi aniq”, “shaxsi noaniq”, “shaxsi umumlashgan” bir tarkibli gaplar atamasi ostida anchagina mufassal o‘rganilgan. Bu turdagi gaplar tavsifi maktab darsliklari va akademik grammatikalar, A.Muxtorov, I.Rasulov, A.Safoyev, A.Sulaymonov, B.O‘rinboyev, A.Hazratqulovlarning monografiyalari va o‘nlab maqolalarida muhokama mavzui bo‘lgan.
Ikki tarkibli egasiz yig‘iq gaplar xuddi bir tarkibli yig‘iq gaplardek faqat bir so‘z shaklida qo‘llaniladi va shu xususiyati bilan ularga o‘xshaydi. Ammo [IWPmY] gaplarda shaxs umuman anglashilmaydi. [E-IIWPmY] gaplarda esa shaxs aniq-noaniq-umumlashgan bo‘lishi mumkin va bu narsa kesim vazifasida turgan so‘zning kesimlik qo‘shimchalari qismidan yaqqol sezilib turadi. Masalan: 1. –Men tushunaman. Ishonaman. Ammo... 2. – Ahmoqsan! Bular qallig‘ingni tortib olib, Avazning qo‘yniga solmoqchi-yu, sen, yolg‘on “agitatsiya”ga laqqa tushasan! 3. –Mayli, kelishsin! Balki olib qolishar!
Keltirilgan 1-2 gaplarda shaxs aniq, 3-gapda noaniq ifodalangan.1
[E-IIWPmY] gaplarning shaxsi umumlashgan turi deyarli uchramaydi, desak xato qilmaymiz. Shaxsi umumlashgan gaplar ko‘proq [E-IIWPmYO] gaplar uchun xosdir.
[E-IIWPmY] gaplarning [W] qismi biz yuqorida ko‘rib o‘tgan bo‘limlardagi gaplar kabi fe’l va ot (keng ma’noda) so‘z turkumlari bilan ifodalanadi:
Ot bilan: 1. – Talabasan. Burching. Bilganingni qil... 2. Raisman. Sizlar a’zo.
Sifat bilan: 1.– Soddasan-da, uka. Bitta meni shunday deb o‘ylaysanmi? 2. G‘ofir, chiq! Beodob! Nomahramsan.
Olmosh bilan: 1. Sovchi kim? Menman. 2 Otam komissar edilar, o‘ttiz sakkizinchi yilda hibs qilishgan – xalq dushmani deb. Tanho o‘zimman.
Fe’l bilan: 1. –Yashang! Qandingizni uring. Bopladingiz. (Gazetadan). 2. Qaytishdi. Er-xotin har qaysisi o‘z o‘yi bilan bo‘lgani uchun uyga kelguncha churq etmadi.
[Pm] qismi ham, odatdagidek, yig‘ma, yoyma, analitik formada bo‘ladi:

  1. Nochorman! SHo‘rim qursin!

  2. ... Ha, ha, xunuksan!

  3. Qisqasi, baxtiyorsizlar.

  4. Uydagilar men bilan ovora bo‘lishib, sendan xabar ham olisholmadi.. Xafamisan!

  5. So‘z beraman. Faqat... Sen oldin.

  6. Qo‘y, qizim, xafa bo‘lma.

Yuqoridagi misollarning 1-2-gaplar kesimida [Pm ] yig‘ma, 3-4-gaplarda yoyma, 5-6-gaplarda esa analitik tarzda ifodalangan.
[E-IIWPmY] gaplarda zamon, mayl ko‘rsatkichlarining barchasini uchratish mumkin. Ya’ni bunday gaplarning har uchala zamonda ham, har uchala maylda ham qo‘llanilganligini ko‘rish mumkin. Misol uchun: 1. Hamma gazeta, radio va televideniye sizning ixtiyoringizda! Yozing! Gapiring! (hozirgi zamon, buyruq-istak mayli) 2. ... Ha, ha, xunuksan! (hozirgi-kelasi zamon, aniqlik mayli) 3.–Qisqasi, baxtiyorsizlar (hozirgi-kelasi zamon, aniqlik mayli). 4. Saida samanni darrov mindi. Jo‘nashdi (o‘tgan zamon, aniqlik mayli).
[E-IIWPmY] gaplar ot bilan ifodalanganda ko‘proq hozirgi-kelasi zamon, aniqlik maylini, fe’l bilan ifodalanganda esa barcha zamon, mayl ma’nolarini bera oladi. Bu turdagi gaplar ham nutqda murakkablashishi mumkin: 1. Kula-kula o‘libmiz. Buni Kifoyaxonning o‘zi boplab aytadi. 2. Nachora, ixtiyoring. Nima qilmoqchi bo‘layotganingni o‘zing ham tushunmasang kerak. Birinchi gap ravishdosh bilan, ikkinchisi kirish so‘z bilan murakkablashgan.
[E-IIWPmY] gaplar nutqda ro‘yobga chiqar ekan, turli modal ma’nolarni ham ifodalaydi va ifoda maqsadiga ko‘ra darak, so‘roq, buyruq, undov gaplar bo‘lib shakllanadi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish