Kuz. Bir chekkada, maysa ustida dasturxon yozilgan.
Tong. Birin-ketin yulduzlar so‘nadi.
Mujda! Bosh Vazir o‘ymoqdekkina og‘zini yalab kinoyali kulimsiradi.
Borishga to‘g‘ri keldi; Tiqib bo‘ladi. Yesa bo‘ladi kabi fe’l markazli yig‘iq gaplar ham neytral ma’noda qo‘llanilgan.
Harakat nomlariga kerak, zarur, shart, darkor, mumkin, lozim kabi so‘zlar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan fe’l markazli yig‘iq gaplar, odatda, qat’iylik: qat’iy ishonch, talab, istak kabi ma’nolarni ifodalaydi: Ketish kerak. Shu qadrdon, dunyodagi yaxshi odamlarning eng yaxshisini tashlab ketish kerak. ... Xudo saqlasin-e! ... Uxlash kerak.
Modal ma’nolar, ayniqsa, yig‘iq gaplar kirish konstruksiyalar bilan murakkablashganda, kengayganda yaqqol ko‘zga tashlanadi va gumon, taxmin, ishonch, taajjub, tasdiq, inkor va boshqa ma’nolarni hosil qiladi. Masalan: 1. ... Albatta, olish kerak. 2. Qodir: .... Axir, bu jinoyat-ku!
Komilov: Shubhasiz... jinoyat kabi gaplarda qat’iylik ma’nosi ifodalangan bo‘lsa: 1) ... Ha, ona Bayit. Ota-bobolarimiz yotgan qabriston shunday deb ataladi. 2) Ha, darhaqiqat, Bahor! tipidagi gaplarda aytilayotgan fikrga tasdiq ma’nosi kuchaytirilgan.
Quyidagi gaplar bir tarkibli yoyiq gaplarga misol bo‘ladi. Ular bir tarkibli yig‘iq gaplarning (ikkinchi darajali bo‘laklar bilan) yoyilgan ko‘rinishidir. Ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida turli so‘z turkumi bilan ifodalangan birliklar keladi: 1. –Bo‘lsang-chi! Hali zamon kun yoyilib ketadi. Dalaga chiqish kerak. (kelasi zamon, aniqlik maylida). 2. Kecha dunyoning qirg‘inli tuni ekan (o‘tgan zamon, aniqlik maylida). 3. Adabini berish kerak edi. YO ko‘pchilik orasida xo‘rlab so‘kamizmi? (o‘tgan zamon, aniqlik maylida). 4. Soatli grafikdan to‘g‘ri foydalanilsin. (kelasi zamon, buyruq maylida).
Bir tarkibli yoyiq gaplar uchun ham nutqda murakkablashshi hodisasi xos. Bunday gaplar nutqda undalma, kirish qurilma, ravishdoshli oborot va boshqa bo‘lak bilan kengayadi. Masalan:
Undalmalar bilan murakkablashgan Bir tarkibli yoyiq gaplar: 1) Uylanish kerak, inim. Yoshlik ham g‘animat (So‘zlashuvdan). 2) Hamisha ustuvor bo‘l, barqaror bo‘l hamisha, Ey, ko‘hna Sharqimizning hech so‘nmas mash’ali. Noming kabi mustahkam, poydor bo‘l hamisha.
Ravishdoshli qurilmalar bilan murakkablashgan Bir tarkibli yoyiq gaplar: 1) O‘qtin-o‘qtin shaharga tushib Dumasiga yetib borish kerak. 2) Hammangni qator qo‘yib bitta-bitta peshonangdan otish kerak.
Kirish qurilmalar bilan murakkablashgan Bir tarkibli yoyiq gaplar gaplar: 1) – To‘g‘ri, yo‘q. Demak, oyimlarning ustlaridan hech qayerga shikoyat qilib bo‘lmaydi. 2) Mayli, armaturalarni uchma-uch qilib ulasayam bo‘ladi.
Misollarda qatnashgan murakkablashtiruvchi vositalar so‘zlovchining ifodalanayotgan harakat, holatga munosabatini, nutq qarashli bo‘lgan shaxs yoki predmetlarni ifodalash uchun xizmat qilgan.
Bir tarkibli yoyiq gaplar nutqda ro‘yobga chiqar ekan, unda yana bir ma’no tajallilanadi. Bu modal ma’nodir. Bu ma’no ham nutqdagi gap uchun xos va zarurdir. Bir tarkibli yoyiq gaplar modal ma’nosiga ko‘ra taxmin, ishonch, gumon, neytral, achinish, taajjub kabi sifatlarga ega bo‘lishi mumkin. Essizgina, o‘rim-o‘rim sochlar! Attang, ko‘p o‘qish kerak ekan tipidagi gaplarda achinish ma’nosi “essizgina”, “attang” kabi bo‘laklar bilan berilgan. Mayli, o‘tgan ishga salovat! Menimcha, u yigitga ishonsa bo‘ladi. Demak, oyimlarning ustlaridan hech qayerga shikoyat qilib bo‘lmaydi kabi gaplarda ham turli modal ma’nolar o‘z aksini topgan.
Bir tarkibli yoyiq gaplar ifoda maqsadiga ko‘ra darak, so‘roq, buyruq, undov va hokazo bo‘lishi mumkin (va hokazo deganda buyruq, so‘roq gaplarning ichki turlarini nazarda tutdik).
Bir tarkibli yoyiq darak gaplar: 1.Dunyoda hamma narsa unutiladi, - dedi u yangroq ovozda. Ammo lekin farzand dog‘ini unutib bo‘lmaydi. 2. Qozonda go‘sht. Stol ustida esa samovar qaynardi. 3. Bir haftada ming soat progul. 4. Kun qizigan paytlar. Ishlar qaynagan.
Bir tarkibli yoyiq so‘roq gaplar: 1. Ibn Sino bir sapchib tushdi.
Rangi quv o‘chib:
-Qora o‘lat?
-Ha, odamlar shunday deydilar...
2. Bozorga qanday borsa bo‘ladi? 3. Kel endi, o‘zingni bos, Abubakr. Baqirish-chaqirishdan nima foyda? (ritorik so‘roq gap)
Bir tarkibli yoyiq buyruq gaplar: 1.Unday ham bo‘lish kerak edi! 2. Qo‘ng‘iroqni chalish kerak.
Bir tarkibli yoyiq undov gaplar: 1.SHo‘rlik Iffat! Shu vaziyatda “ha” deyilsa ham, “yo‘q” deyilsa ham, baribir dardiga dard qo‘shiladi.
Bir tarkibli yoyiq gaplarning inversiyali turi ham adabiyotda uchraydi. Masalan: -Endi sen ishingdan qolma. Ruxsat senga.
Bu gapda kesimning birinchi o‘rinda, to‘ldiruvchining keyin qo‘llanganligini ko‘rib turibmiz. Inversiya hodisasi tilshunosligimizda batafsil o‘rganilgan. Bu sohada I.Mirzayev, S.Solixo‘jayeva, M.Turopova, K.Hayitmetov va boshqa qator olimlarning ishlari ma’lum. Yuqorida keltirilgan gapga o‘xshash inversiyali gaplarning boshqa turlari ham tilimizda qo‘llaniladi. Ammo bu narsa alohida, batafsil o‘rganiladigan tadqiqot mavzuidir. Tilimizda bunday hodisalarga duch kelganligimiz uchun ularni qayd qilib o‘tish joiz deb topildi. Yoxud bir tarkibli yoyiq gaplarda [W] ning kengaytiruvchi bo‘laklari uyushib kelishi mumkin. Masalan: Chiroyli, oppoq yosh yigit (Gazetadan). Yalang‘och, sarg‘aygan, kimsasiz o‘rmon...
Do'stlaringiz bilan baham: |