3. [WP] – Qish.
Bu qisqarishning maksimal chegarasi buzilsa, u gaplik mohiyatini yo’qotadi.
[WPm] qurilishli yig’iq gaplar. [WPm] qolipi o’zbek nutqida voqyelangan aksariyat gaplarning barchasi uchun umumiy va majburiy bo’lib, u aslida yig’iq gap. Yevropa tillarida, xususan, rus tilida [egaQkesim] ramzi gapning eng kichik qurilish qolipini va bir vaqtning o’zida, yig’iq gapni ifodalasa, shuningdek, bu tillarning turkiy va kesimlik shakli rivojlangan boshqa tillardan ontologik farqini ifodalasa, o’zbek tili gaplarining eng kichik qurilish qolipi bo’lmish [WPm] ramzi gapning bu tildagi eng kichik qurilish qolipini va bir vaqtning o’zida, yig’iq gapning bir turini ifodalab, shuningdek, bu tillarning Yevropa va kesimlik shakli rivojlanmagan boshqa tillardan substansional farqini ko’rsatuvchi barqaror belgisi ham hisoblanadi.
[WPm] qurilishli yig’iq gaplarda W va Pm komponentlari yoyiq gaplardagidan shaklan farqlanmaydi. Pm yig’iq gaplarda turlicha struktur ko’rinishlarga ega.
[WPm] qurilishli yig’iq gaplarda kesimlik kategoriyasi ma’nosi kesimlik qo’shimchalarining faqat o’zi bilan yoki bog’lama va kesimlik qo’shimchalari vositasida ifodalanishi mumkin.
“O’zbek tilining struktural sintaksisi” kitobi mualliflari ta’kidlashganidek, o’zbek tili yig’iq gaplarda kesimlik qo’shimchalarining quyidagi turlari mavjud:
1. [Pm]ning ma’nolari yaxlit ifodalanadi: Bor-ay. Ishla-ylik. Yur-di. Belgilangan qo’shimchalar (-y, -ylik, -di)dan har birida shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl ma’nolari birgalikda umumiy ifodalanmishga egadir. Masalan, Bor-ay gapidagi -ay qo’shimchasi birinchi I shaxs (II shaxs Bor), birlik (ko’plikda Boraylik) kelasi zamon, tasdiq (-may uning inkor shakli), buyruq-istak mayli (bunda –sin, -ng, (masalan, Borsin. Boring) bilan assosiativ munosabatga kirishadi), ma’nolariga ega. Bunday holatni Borsa. Yozsa gaplari Pm voqyelantiruvchilari tarkibidagi shart mayli qo’shimchasida ham ko’rish mumkin. Bunday sinkretik shaklli ma’nolar nol morfemalarda ham mavjud: 1. Bor! 2. Qish.
2. [Pm] tarkibida tasdiq-inkor alohida shakl orqali, modallik, zamon, shaxs-son ma’nolari esa yaxlit ifodalanadi: Bor - ma – di. Kel – di.
3. [Pm] tarkibida shaxs-son ma’nosi alohida shakl orqali, tasdiq-inkor, modallik, zamon ma’nolari yaxlit ifodalanadi: Bor - sa –ng. Kel - sa – ngiz. Bil - di – mi?
4. [Pm] tarkibida tasdiq-inkor, shaxs-son alohida-alohida shakl orqali, modallik va zamon ma’nolari yaxlit ifodalanadi: Bor-ma-di-ngiz.
5. [Pm]ning har bir ma’nosi alohida shakl orqali ifodalanadi: Bor-ma-sa-ydi-ngiz.
6. [Pm] ma’nolarini ifodalashga bog’lama yoki to’liqsiz fe’l xizmat qiladi. Masalan: Ishchi bo’laman. Hamon yodimdadir: gul chog’i erdi (Uyg’., I.Sult.)
7. [Pm] ma’nosini ifodalovchi vositalar harakat tarzi shakllari tarkibida keladi: Baqirib yubordi. Bora ko’rma.1
[WPm] qurilishli yig’iq gaplar kommunikativ niyat va uning ifodalanishi bilan yoyiq, shuningdek, ba’zan yig’iq gaplardan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |