Men kitobni o‘qidim, U xatni yozdi, Biz qushlarni ko‘rdik, Siz bu gapni aytdingiz... – [Eolmoshbosh kelishik–Tottushum kelishigi–Kfe’laniq nisbat] yoki Ukam tarvuzni so‘ydi, Dehqon urug‘ni ekdi, O‘qituvchi kitobni o‘qidi... kabi sodda yoyiq gaplar [Еotbosh kelishik–Tottushum kelishigi–Kfe’laniq nisbat] qurilishini umumlashtirish asosida [Eot/olmoshbosh kelishik–Tot/olmoshtushum kelishigi–Kfe’laniq nisbat] qolipi hosil qilinganmi yoki shu, ya’ni [Eot/olmoshbosh kelishik–Tot/olmoshtushum kelishigi–Kfe’laniq nisbat] qolipi asosida Salim kitobni o‘qidi tipidagi gaplar hosil qilinganmi degan masalani oydinlashtirish lozim. Agar qolip asosida gaplar hosil qilingan bo‘lsa, bu qoliplar til birliklari bo‘lib, o‘zbek tili jamiyati a’zolari ongida tayyor butunliklar sifatida yashaydi va tilning qurilish (struktur) birliklari hisoblanadi. Aksincha, mohiyatan nutqiy hodisalar bo‘lgan Salim kitobni o‘qidi, Men non yedim... kabi gaplarning umumiy tomonlarini birlashtirish asosida [Eot/olmoshbosh kelishik–Tot/olmoshtushum kelishigi–Kfe’laniq nisbat] qolipi hosil qilingan bo‘lsa, bu qolip lisoniy birlik emas, balki nutqdagi murakkab, ya’ni bir necha tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan nutqiy hosilalarning umumiy chizmasi, tarhidir. Boshqacha aytganda, qoliplar gaplar asosida hosil qilinganmi yoki gaplar qolip asosida tuzilganmi degan savolga javob berish lozim. Buning uchun bir necha gaplarni va ularning qolipini qiyoslab ko‘ramiz:
№
|
Gaplar
|
Qoliplar
|
1
|
Salim/u kitobni o‘qidi
|
[Eot/olmoshbosh kelishik–Tottushum kelishigi–Kfe’laniq nisbat]
|
2
|
Salim/u akasidan qo‘rqadi
|
[Eot/olmoshbosh kelishik–Tot/olmoshshiqish kelishigi–Kfe’laniq nisbat]
|
3
|
Salim/u maktabga boradi.
|
[Eot/olmoshbosh kelishik–Hotjo‘nalish kelishigi–Kfe’laniq nisbat]
|
4
|
Salim/u maktabdan uyga qaytadi.
|
[Eot/olmoshbosh kelishik– Hotshiqish kelishigi – Hotjo‘nalish kelishigi–Kfe’laniq nisbat]
|
5
|
Salim/u qizardi
|
[Eot/olmosh bosh kelishik– Kfe’laniq nisbat]
|
6
|
Moskvaga boriladi
|
[Hotjo‘nalish kelishigi –Kfe’lmajhul nisbat]
|
7
|
Bu kitobni o‘qisa bo‘ladi
|
[A olmosh – Tottushum kelishigi – Kfe’laniq nisbat]
|
8
|
Otam-tajribali o‘qituvchi
|
[Eotbosh kelishik –A–Kot]
|
9
|
Bu gul juda chiroyli edi
|
[A olmosh –Eotbosh kelishik – Ksifat] ?
|
Qoliplarni o‘zaro qiyoslash ko‘rsatadiki, barcha gaplar uchun umumiy va zaruriy bo‘lgan tarkibiy qism qaysi so‘z turkumi va uning qanday shaklidan qat’i nazar, to‘liq shakllangan (tasdiq/ inkor, mayl/zamon, shaxs/son ma’no va ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan) fe’l yoki ot bilan ifodalangan kesimdir.
Qoliplarning boshqa tarkibiy qismlari o‘zgaruvchan, u yoki bu tarkibiy qism bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Bu fikr nafaqat aniqlovchi, to‘ldiruvchi, holga, balki egaga ham tegishli. 1–, 2–, 3–, 4–, 5–, 8–, 9– gaplarda ot yoki olmosh bilan ifodalangan ega mavjud bo‘lsa, 6–, 7– gaplarda ega umuman yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Vaholanki, Xiyobonga mana bu yo‘ldan boriladi tipli gaplar o‘zbek nutqida bemalol ishlatiladi. 1–, 2– gaplar (Salim kitobni o‘qidi. Salim akasidan qo‘rqadi) ni o‘zaro solishtirsh asosida 1– gapda vositasiz to‘ldiruvchining, 2– gapda vositali to‘ldiruvchining kelishi gapda kesim vazifasida kelgan o‘qimoq va qo‘rqmoq fe’llarining boshqaruvi, lug‘aviy ma’nosi bilan bog‘liq ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. 3–, 4–, 5–, 6– gaplarda to‘ldiruvchi yoki hollarning bo‘la olishi/olmasligi ham kesim vazifasida kelgan fe’llarning lug‘aviy ma’nosi, ularning sintaktik va semantik valentliklari bilan bog‘liq. O‘qimoq fe’li o‘z lug‘aviy ma’nosi asosida kitobni so‘zi bilan birikishni talab etsa, bordi so‘zi qayerga, qayerdan kabi so‘roqli hollar bilan birikishni talab qiladi. 1–, 2–, 3–, 4 – gaplarning kesimida kelgan o‘qimoq, qo‘rqmoq, bormoq, qaytmoq fe’llari hosil qilgan qurilmalarni qizarmoq fe’li hosil qilgan qurilma bilan solishtirganda u yana ham aniq, ravshan bo‘ladi. Qizarmoq fe’li o‘z lug‘aviy ma’nosi talabiga ko‘ra hech qanday to‘ldiruvchi bilan birikib kelolmaydi va faqat kim, qachon, qayerda, nima sababdan... so‘roqlariga javob bo‘lgan bo‘laklar bilan birika oladi. Bu qizarmoq so‘zining gapning kesimi vazifasida kelishi bilan emas, balki so‘zning lug‘aviy ma’nosi bilan bog‘liq va qizarmoq so‘zi gapda qanday vazifada kelmasin, shu kengaytiruvchilarga ega bo‘la oladi. Chunonchi, Qiz uning uyqusizligidan qizargan ko‘zlariga qaradi .
To‘ldiruvchi va hollarning gapda mavjudligi kesim vazifasida kelgan so‘zning sintaktik vazifasi bilan emas, balki lug‘aviy ma’nosi bilan bog‘liq ekanligi 1–, 7– misollarni 8–, 9– gaplar bilan solishtirganda yorqinroq namoyon bo‘ladi. 8–, 9– gaplarda ham kesim mavjud, lekin to‘ldiruvchilarning bo‘lishi noaniq. Chunki bu gaplarning kesimi ot va sifat turkumiga mansub so‘zlar bilan ifodalangan bo‘lib, ot va sifatlarning to‘ldiruvchilar bilan birikishi cheklangan, ular aniqlovchilarni talab qiladi. Bu misollarni qiyoslashdan muhim xulosa chiqadi: gap tarkibida u yoki bu turdagi to‘ldiruvchi, hol va aniqlovchilarning bo‘lish-bo‘lmasligi gap kesimining qanday so‘z bilan ifodalanganligi va bu so‘zning lug‘aviy ma’nosi bilan bog‘liqdir.
Bundan gapning qanday bo‘laklarga, ya’ni to‘ldiruvchi va holga ega bo‘lishi, aniqrog‘i, qanday qolip hosil qilib, gapda kesim bo‘lib kelishi kesim vazifasida kelgan so‘zning lug‘aviy ma’nosiga – semantik valentligiga bog‘liqligi kelib chiqadi. Demak, yuqorida ko‘rib o‘tilgan qoliplar tildagi gap qoliplari emas, balki nutq birliklari bo‘lgan, nutq hosilalari bo‘lgan gaplarning tipik ko‘rinishlari, qurilish tarhlaridir. Gaplar yuqorida ko‘rsatilgan qoliplar asosida emas, balki qoliplar nutqiy hosilalarning abstraksiyasi, mavhum ko‘rinishi sifatida hosil qilingan. Ko‘rilgan qoliplar birlamchi, gaplar ikkilamchi emas, balki, aksincha, nutqiy hosilalar (gaplar) struktur sintaksisda gap qoliplari deb yuritiladigan umumlashmalarga nisbatan birlamchidir.
Lisoniy birlik hech qachon nutq birligiga nisbatan ikkilamchi bo‘lolmaydi. Zero nutq lisonning voqelanishi, yuzaga chiqishidir. Shuning uchun lisoniy birlik nutqda turli ko‘rinishda chiqadi va ular nutqiy ko‘rinishlarning umumlashmasi bo‘lishi mumkin emas. Bu esa yuqorida ko‘rilgan qoliplarning ham lisoniy birlik bo‘lolmasligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |