Muhammadyoqub ostonaqulov budjet hisobi



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/88
Sana26.02.2022
Hajmi8,86 Mb.
#466573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
Budjet hisobi (M.Ostonaqulov)

- Z a k . 2 U
17
www.ziyouz.com kutubxonasi


Moliya organlarida q o ‘llaniladigan buxgalteriya hujjatlariga yozuvlar 
yozuv qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Ikki yoki undan ko‘proq 
nusxalarda tuziladigan buxgalteriya hujjatlari, yozuv mashinkasi 
b o ‘lmaganda, nusxa ko‘chiradigan qog‘oz ostida sharikli ruchka pastasi 
bilan to‘ldiriladi. Buxgalteriya hujjatlaridagi bo‘sh qatorlar chizib 
chiqiladi. Buxgalteriya hujjatlarida qirish va izohlanmagan tuzatishlar 
qilishga y o ‘l qo‘yilmaydi. Buxgalteriya hujjatlaridagi xatolarni, noto‘g ‘ri 
yozilgan matnni yoki summani ustidan chizib va chizilganning ustiga 
to ‘g ‘ri matnni yoki summani yozish yo‘li bilan to ‘g ‘rilanadi. Ustidan 
ingichka chiziq keyinchalik avval yozilganlami o ‘qish mumkin bo‘lishi 
uchun chiziladi. Buxgalteriya hujjatidagi xatoni tuzatish «tuzatilgan» 
degan yozuv bilan izohlanishi va tuzatilgan sana ko‘rsatilgan holda 
hujjatni avval imzolagan shaxslaming imzolari bilan tuzatilganligi 
tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Kassa va bank hujjatlarida tuzatishlar 
qilishga y o ‘l qo'yilm aydi. Bu talablarga javob bermaydigan hujjatlar 
haqiqiy cmas, deb hisoblanadi.
Moliya organi buxgalteriya xizmatiga kelib tushgan boshlang‘ich 
hujjatlar, albatta, shakl b o ‘yicha (barcha rckvizitlar va imzolaming borligi) 
hamda m azm uni bo ‘yicha (hujjatlashtirilayotgan operatsiyalaming 
qonuniyligi, ayrim olingan ko ‘rsatkichlaming mantiqan o ‘zaro bogMiqligi) 
tekshirib 
chiqiladi. 
Hujjatlardagi 
ma’lumotlaming 
ishonchliligiga, 
boshlang‘ich hujjatlaming o ‘z vaqtida va sifatli tuzilganligiga ushbu 
hujjatlami tuzgan va imzolagan shaxslar javob beradilar. Buxgalteriya 
hisobiga qabul qilingan hujjatlar har kunlik barcha operatsiyalar bo‘yicha 
274-shakldagi umumiy memorial-order rasmiylashtiriladi.
Tckshirilgan va buxgalteriya hisobiga olish uchun qabul qilingan 
hujjatlar operatsiyalaming am alga oshirilgan sanasi bo‘yicha xrono- 
logik tartibda tartiblashtiriladi va tcgishli memorial-ordcrlar bilan 
rasmiylashtiriladi.
Mcmorial-orderlar operatsiyalar amalga oshirilishi bilan, ammo 
hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kcchikmasdan tuziladi va bosh 
buxgaltcr tomonidan imzolanadi.
M emorial orderlar hisobga olish registrlariga yozilishidan avval 
birinchi sonidan boshlab ketm a-ket tartibda, har oy uchun alohida- 
alohida raqamlab chiqiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Har bir hisobot oyi tugagandan so‘ng barcha mcmorial-orderlar, 
ularga tegishli hujjatlar birgalikda xronologik tartibda yig‘ilgan va 
kitob qilingan boMishi kerak. Hujjatlar uncha ko‘p boklmagan taqdirda 
ulaming uch oyligini birga qo‘shib kitob qilish mumkin. Kitobning 
muqovasiga: moliya organining nomi; kitobning nomi va tartib raqami; 
hisobot yili (yil va oy); memorial-ordcrlaming boshlang‘ich va oxirgi 
raqami; kitobdagi varaqlar soni yozib q o ‘yiladi.
Hujjatlaming saqlanishi, ulaming rasmiylashtirilishi va arxivga bcrili- 
shini bosh buxgalter ta’minlaydi. Hujjatlar, ular arxivga topshirilgunga 
qadar, maxsus xonalarda yoki yopiladigan shkaflarda bosh buxgalter 
tomonidan tayinlangan shaxsningjavobgarligida saqlanishi kerak. M oliya 
organining buxgalteriya arxivida buxgalteriya hujjatlarining kitoblari 
bclgilangan muddat davomida saqlanadi. Buxgalteriya hujjatlarining 
kitoblarini buxgalteriya arxivida saqlash muddati tugagandan so ‘ng 
bclgilangan tartibda tegishli davlat arxiviga topshiriladi. Buxgalteriya 
hujjatlarining kitoblari arxivga topshirilganligiga dalil boMadigan 
hujjatlar buxgalteriyada doimiy saqlanadi.
U yoki bu sabablarga muvofiq buxgalteriya hujjatlari yo‘qolsa 
yoki o‘g ‘irlansa, u holda moliya organi rahbari bu holatni tegishli 
dalolatnoma bilan rasmiylashtirishi va yozm a tarzda moliya organi 
joylashgan hududdagi huquqni muxofaza qilish organlariga va yuqori 
moliya organiga xabar bcrishi kerak.
Moliya organida maktab ta’limi fondi budjetining ijro ctilishi bo‘yicha 
buxgalteriya opcratsiyalarini yozib borish uchun asos bo‘lib quyidagi, 
bclgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar xizmat qiladi:
1) budjetdan tashqari maktab ta’limi fondi daromadlari va xarajat- 
larining parametrlari;
2) moliyalashtirish miqdorlari o‘zgarganligi to ‘g ‘risida m a’lumotno- 
ma-xabamoma (17-mtj shakl);
3) farmoyish (5-mtj shakl);
4) o ‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xabarnom a (1 1-mtj shakl);
5) maktab ta’limi fondi maxsus hisobvaraqlaridagi m ablag‘lar 
harakati to‘g‘risida m a’lumotnoma;
6) maktab ta’limi fondi mablag‘!ari b o ‘yicha xarajatlar smetasi 
bajarilishi to‘g ‘risida oylik va choraklik hisobotlar;
www.ziyouz.com kutubxonasi


7) 0 ‘zbekiston Rcspublikasi Markaziy banki va tijorat banklari 
muassasalarining m aktab ta ’limi fondi m ablag‘lari hisobidan kapital 
qo‘yilmalar va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha hisobotlari;
8) memorial ordcr (274-shakl);
9) 0 ‘zbckiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarining mak­
tab ta’limi fondi m ablag‘lari maxsus hisobvarag‘idan ko‘chirmalari, 
0 ‘zbekiston Rcspublikasi Markaziy banki muassasalarining maktab 
ta’limi fondi hisobvaraqlaridagi mablag'lar qoldiqlari to‘g‘risidagi 
hisobotlari;
10) maktab ta’limi fondi mablagMarining ijro etilishi bilan bog‘liq 
boshqa hujjatlar.
5. D A V L A T B U D J E T I I J R O S I N I I I I S O B G A O L IS H D A
Q O ‘L L A N I L A D I G A N B U X G A L T E R IY A R E G I S T R L A R I
Davlat budjcti ijrosi bilan bog‘liq opcratsiyalar buxgaltcriya 
rcgistrlariga m cmorial-ordcrlar va hujjatlar asosida yoziladi.
Qoraqalpog‘iston Rcspublikasi davlat budjcti va mahalliy budjctlar 
ijrosining buxgaltcriya hisobini olib borish uchun Qoraqalpog‘iston 
Rcspublikasi Moliya vazirligida va mahalliy moliya organlarida quyidagi 
buxgaltcriya rcgistrlari qo'llaniladi:
1) «Bosh-jurnal» kitobi (1-f-shakl);
2) «Budjct mablagMari oluvchilarning budjct mablag‘lari bo‘yicha 
talab qilib olgunga qadar asosiy dcpozit hisobvaraqlari va kassa 
xarajatlari» kitobi (3-f-shakl);
3) «Boshqa budjctlar bilan hisob-kitoblar» kitobi (4-f-shakl);
4) «Daromadlar» kitobi (5-f-shakl).
Budjct ijrosi buxgaltcriya hisobini olib borishda hisoblash tcx- 
nikasini qoMlash 0 ‘zbckiston Rcspublikasi Moliya vazirligini avtomat- 
lashtirilgan hisoblash markazi tomonidan markazlashtirilgan tartibda 
ishlab chiqilgan dasturlar asosida amalga oshiriladi.
Yangi yilning buxgaltcriya kitoblari har bir moliya organida joriy 
yilning 31 dckabridan kcchikinasdan tayyorlanadi. Har bir kitobda, unga 
yozuvlar qilishdan avval uning barcha varaqlari raqamlanadi. Kitobning 
oxirgi varag‘ining orqasiga moliya organi bosh buxgalteri tomonidan
«Mazkur kitobda hamm asi boMib___ta varaq raqamlangan», deb yozib
20
www.ziyouz.com kutubxonasi


qo'yiladi. Har bir kitobga: moliya organining nomi, kitobning nomi va 
hisobot yili yozib q o ‘yiladi. Barcha kitoblarda (bosh-jurnal kitobidan 
tashqari) unda ochilgan subschotlaming mundarijasi, «Daromadlar» 
kitobida e sa-b u d jct tasnifining tcgishli budjetga tushadigan daro- 
madlaming bo‘linmaIarini nomlari yoziladi.
6. D A V L A T B U D J E T I I J R O S I N I N G H I S O B I B O 'Y I C H A
Y A G O N A S C H Y O T L A R R O ‘Y X A T I V A B A L A N S 1
Barcha moliya organlari budjet ijrosining buxgaltcriya hisobini 
ikki yoqlama yozish tizimi va 0 ‘zbekiston Rcspublikasi M oliya 
vazirligi tomonidan tasdiqlangan y o ‘riqnom asiga muvofiq yagona 
schyotlar ro‘yxati bo‘yicha yuritadi. 0 ‘zbckiston Rcspublikasi M oliya 
vazirligi tomonidan tasdiqlangan moliya organlaridagi budjet ijrosining 
buxgaltcriya hisobi b o ‘yichayo‘riqnomada schyotlar ro‘yxati va schyotlar 
korrcspondcnsiyasi bclgilanadi, ayrim opcratsiyalami hisobga olish 
tartibi aniqlanadi, budjet ijrosining buxgaltcriya hisobi uchun m oliya 
organlari tomonidan q o ‘llaniladigan registrlar va hujjatlarning shakllari 
kcltiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi tomonidan budjet 
ijrosining joriy buxgaltcriya hisobi uchun barcha moliya organlariga 
yagona schyotlar ro‘yxati (rejasi) belgilangan. 

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish