Davlat budjeti daromadlarining tasnifi
deganda qonun hujjatlariga
muvofiq davlat budjeti daromadlarining turlari va manbalari bo‘yicha
guruhlashtirish tushuniladi.
Davlat budjeti xarajatlarining vazifa
jihatidan tasnifi
deganda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa budjet tashkilotlari tomonidan
ijro ctiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarini
guruhlashtirish tushuniladi.
Davlat budjeti xarajatlarining tashkiliy
tasnifi
deganda budjctdan ajratiladigan m ablaglar ulami bevosita
oluvchilar o ‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi
subyektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarini
guruhlashtirish tushuniladi.
Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy
tasnifi
deganda to ‘lovlaming iqtisodiy vazifasi va turlari b o ‘yicha
davlat budjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi.
Davlat budjeti
taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi
deganda Davlat budjeti
taqchilligini m oliyalashtirish manbalarini moliyalashtirishning ichki va
tashqi manbalari bo ‘yicha guruhlashtirish tushuniladi.
Budjet taqchilligi
deganda m uayyan davrda budjet xarajatlarining budjet daromadlaridan
ortiq boMganligi tushuniladi.
4 .
D A V L A T B U D J E T I I J R O S I N I N G B U X G A L T E R IY A
H I S O B I N I O L I B B O R IS H D A Q A T N A S H U V C H I O R G A N L A R
Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi mamlakatdagi mavjud
bo‘lgan budjet tuzilm asi asosida amalga oshiriladi. Mamlakatning davlat
budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi bevosita moliya organlari, bank
muassasalari va budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mamlakatning davlat budjeti ijrosining hisobi ustidan umumiy
uslubiy rahbarlik 0 ‘zbckiston Respublikasi M oliya vazirligiga yuk-
latilgan. Moliya organlarining budjet ijrosining buxgaltcriya hisobini
olib borishdagi funksiyalari keyingi bobda yoritiladi.
Mamlakat davlat budjetining kassa ijrosi bank muassasalariga
yuklatilgan. Ular respublika budjetining kassa daromadlari va kassa
xarajatlarini hamda mahalliy budjetlar m ablag‘larining hisobini olib
boradi, respublika budjetining kassa ijrosi bo‘yicha hisobotlami tuzadi,
respublika budjeti daromadlari va xarajatlarining analitik hisobini olib
boradi.
Budjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosining buxgalteriya
hisobini amalga oshiradi va bu smetalar ijrosi to ‘g ‘risida hisobotlami
tuzadi.
S avol va to p s h iriq la r
1. «Budjet hisobi» fanining predmeti va usuliarini a ytib bering.
2. «Budjet hisobi» fanining obyektlari nimalardan iborat b o la di?
3. Budjetning hisoblangan daromadlarini tushuntirib bering.
4. Budjetning kassa darom adlarini tushuntirib bering.
5. Budjetning kassa xarajatlarini tushuntirib bering.
6. Budjetning haqiqiy xarajatlarini tushuntirib bering.
7. Davlat budjeti darom adlarining tasnifini tushuntirib bering.
8. Davlat budjeti xarajatlarining tasniflarini tushuntrib bering.
9. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish m anbalari tasnifini tushuntirib
bering.
10. Budjet taqchilligi deganda nima tushuniladi?
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |