Muhammadyoqub ostonaqulov budjet hisobi



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/88
Sana26.02.2022
Hajmi8,86 Mb.
#466573
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88
Bog'liq
Budjet hisobi (M.Ostonaqulov)

2.1. Budjet ilaromiuüari hisobi
O zbekiston Rcspublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonuniga 
muvofiq davlat budjeti daromadlari shakllantiriladi.

zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliq va toMovlar amal 
qiladi:
1) um um davlat soliqlari;
2) m ahalliy soliqlar va yigMmlar.
2 8
www.ziyouz.com kutubxonasi


Umumdavlat soliqlari tegishli budjetlar o ‘rtasida h ar yili budjct 
to‘g ‘risidagi qonunda belgilanadigan m e’yor bo'yicha taqsimlanadi.
Qoraqa1pog‘iston Respublikasida mahalliy soliqlar va yig‘imlar 
0 ‘zbckiston Respublikasining Soliq kodcksi, 0 ‘zbekiston Rcspub- 
likasining boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Davlat budjctiga kclib tushgan umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, 
bojlari va boshqa majburiy to ‘lovlar 0 ‘zbckiston Respublikasi banklari 
tomonidan qabul qilinadi va belgilangan tartibda 23402 «Respublika 
budjeti mablag'lari» hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
Davlat budjctining 23402 «Respublika budjeti m ablag‘lari» hisob- 
varag‘iga kelib tushgan soliq va boshqa to‘lovlar hisobidan belgilangan 
tartibda va miqdorda Respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respub­
likasi budjetiga va mahalliy budjctlarga ajratma qilinadi.
Davlat budjeti daromadlari hisobvarag‘iga kclib tushgan mablag'laming 
kirim qilinganligi to‘g‘risida hisobvaraqdan ko‘chirma va ilovalar banklar 
tomonidan o‘matilgan tartibda soliq organlariga bcriladi.
Jarima solish huquqiga ega b o ‘lgan organlar tom onidan yuridik va 
jism oniy shaxslarga solingan jarim a summalari banklar tomonidan qabul 
qilinadi.
Banklar tomonidan qabul qilingan jarima summalari qonunchilikda 
belgilangan tartibda va jarim a soluvchi organlar bilan tuzilgan shart- 
nomaga asosan tegishli hisobvaraqlarga o ‘tkazib bcriladi. Bunda Davlat 
budjctiga o ‘tkaziladigan jarim a summalari Davlat budjeti daromadlar 
tasnifining «Yig‘imlar va boshqa soliq boMmagan daromadlar» bo‘li- 
midagi tegishli shartli hisobvaraqlarga kirim qilinadi.
Davlat budjetiga tushuvchi daromadlar, quyidagi ikkinchi tartibli 
schyotlari bo‘lgan, 04 passiv birinchi tartibli schyotda hisobga olinadi:
040 - «Budjct daromadlari» subschyoti;
041 - «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti;
042 - «Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga o ‘tkazilgan sum-
malar» subschyoti;
043 - «Mahalliy budjetga yuqori budjetning prognoz qilingan k o ‘r-
satkichlarining ortig‘i bilan bajarilishidan kclib tushgan 
daromadlar» subschyoti;
www.ziyouz.com kutubxonasi


045 - «Maqsadli sxemalar b o ‘yicha mablag‘lar tushumi» sub- 
schyoti.
040-«Budjct daromadlari» subschyotida Qoraqalpog‘iston Respub- 
likasi va m ahalliy budjctlarning bank muassasalaridagi hisobvaraqlariga 
kelib tushgan ulaming barcha daromadlari va vaqtincha mahalliy budjet 
darom adlariga o ‘tkazilgan sum m alar hamda budjet daromadlariga 
ortiqcha kelib tushgan summalami qaytarishga doir opcratsiyalar hisobga 
olinadi. Bundan tashqari, daromadlarda maqsadli moliyalashtirish 
shakllari b o ‘yieha kelib tushgan daromadlar va amaldagi qonunlarga 
muvofiq kelib tushgan boshqa tushum lar aks ettiriladi. Mahalliy budjet 
daromadlari hisobini moliya organining buxgalteriya xizmati budjet 
tasnifining barcha b o ‘limlari b o ‘yicha olib boradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi M arkaziy banki va tijorat banklari 
m uassasalarining ulaming bajarilganligi haqidagi belgisi bo‘lgan to‘lov 
hujjatlarining nusxalari, mahalliy moliya organilariga yuboriladigan 
umumdavlat soliqlari va daromadlaridan mahalliy budjetlar ajratmalar 
vedomosti mahalliy budjet hisobvarag‘idan ko‘chirmalar bilan birga 
hamda tijorat banklari va 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
m uassasalarining hisobotlari, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan 
shakllar va boshqalar budjet daromadlarini buxgalteriya hisobida qayd 
qilish uchun xizmat qiladi.
0 ‘zbekiston Respulikasi bank muassasalaridan ko‘chirma olin- 
gandan so ‘ng moliya organining buxgalteriya xizmati ko'chirmaga 
ilova qilingan hujjatlami sinchiklab tekshirib chiqishi kerak. Mazkur 
budjet b o ‘yicha tushgan summ alam i o‘tkazilishi to‘g‘riligini aniqlash 
va tushgan summaning budjet tasnifining qaysi bo‘linmasiga kiritilishini 
aniqlashi lozim. Kunlik tekshirilgan hujjatlar daromadlar turlari b o ‘yicha 
guruhlanadi va budjet tasnifining har bir bo‘linmasi bo‘yicha umumiy 
summalari avval bir kunda m ahalliy budjet mablag‘iarining asosiy 
hisobvarag‘iga tushgan darom adlar to ‘g‘risidagi m a’lumotnomaga, 
so‘ngra «Daromadlar» kitobiga (5-shakl) yoziladi. Davlat soliq 
organining hisob bo‘limiga k o ‘chirmaga ilova qilingan hujjatlami 
berish darom adlar to‘g ‘risidagi m a ’lumotnomaga ulaming m a’lumotlari 
yozilganidan so‘ng amalga oshiriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Daromadlar to ‘g ‘risidagi m a’lumotnoma tuzilgunga qadar ham da 
ushbu hujjatni olganligi to‘g‘risida Davlat soliq organining hisob 
bo‘yicha xodimining imzosisiz ilovalarni berish qat’iy man ctiladi. 
Oyning oxirgi kuni bo‘yicha to‘lov hujjatlari soliq organiga ulami bank 
muassasasidan olingan kuniyoq beriladi. M azkur budjet daromadlariga 
tushgan summalarga taalluq 1 igiga yctarli asoslar bo‘lmaganda yoki 
tushgan summa daromadlar tasnifining qaysi b o ‘linmasiga o‘tkazilishini 
aniqlashning imkoni bo‘lmasa, bu sum m alar aniqlanmagan tushum lar 
subschyotiga yoziladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida bank muassasalarining 
oylik hisobotiga muvofiq rcspublika budjetiga kelib tushgan darom adlar 
summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 1 0 - « R e s p u b l i k a b u d je ti m a b l a g ‘l a r i d e p o z i t h i s o b v a r a g 'i » s u b -
s c h y o ti;
K r e d it 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d la r i» s u b s c h y o t i .
Qoraqalpog‘iston Respublikasi M oliya vazirligi va mahalliy m o­
liya organlarida, bank muassasalari k o ‘chirmalari asosida m ahalliy 
budjctlarga tushgan daromadlar sum m asiga quyidagi buxgalteriya 
provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 1 1 - « M a h a l l iy b u d je t m a b la g M a ri d e p o z i t h i s o b v a r a g 'i » s u b s c h y o t i ;
K re d it 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d la r i» s u b s c h y o t i .
Budjetda to ‘lovlarni hisobga olish va ularni qaytarish tartibi 
0 ‘zbekiston Respublikasi Soliq K odeksiga muvofiq belgilanadi. 
Yuridik va jism oniy shaxslarning budjetga ortiqcha to ‘langan 
summalarining qaytarilishi b o ‘yicha yozgan arizalari soliq o rganiga 
kelib tushadi. Soliq organi toMovchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridagi 
m a’lumotlar asosida k o ‘rsatilgan t o i o v b o ‘yicha to ‘lovchida ortiq ch a 
to ‘Iangan sum m aning mavjudligi to ‘g ‘risida xulosa beradi va 
ko‘rsatilgan summani budjetdan q aytarish yoki uni kelgusi to ‘lo v lar 
hisobiga o ‘tkazish to ‘g ‘risida qaror qabul qilish uchun to ‘lovchining 
arizasi bilan birga moliya organiga yuboriladi. Soliq o rganid a 
shaxsiy hisobvaraq yuritilm aydigan to ‘lovlar va soliqlar b o ‘y ic h a
xulosa m oliya organi tomonidan, shaxsiy hisobvaraq yuritilm aydigan 
to‘lovlar va soliqlam i to lo v c h i tom onidan to ‘lab qo‘yilganligini 
tasdiqlovchi to ‘lov hujjatlari asosida beriladi.
31
www.ziyouz.com kutubxonasi


Moliya organi ortiqcha tushgan daromadlami to‘lovchilarga qayta- 
rilishini amalga oshiradi. M oliya organi rahbari tomonidan tasdiqlangan 
amaldagi tartibga muvofiq qaytarishyoki bevosita moliya organi tasarrufida 
b o ‘lgan daromadlar bo‘yicha summalami hisobga olish bo‘yicha 
xulosalami ijro etish uchun moliya organi bosh buxgalteriga beriladi. 
Budjct daromadlariga ortiqcha o ‘tkazilgan summalaming qaytarilishi 
uchun to‘lov topshiriqnomasini, moliya organining buxgalteriya 
xizmati hujjatlami to ‘g ‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirganidan so‘ng 
tayyorlaydi. Fuqarolaming soliqlar va yig‘imlarga o‘tkazgan ortiqcha 
summalarini qaytarish 0 ‘zbekiston Rcspublikasi bank muassasalarida bu 
fuqarolar tomonidan maxsus ochilgan shaxsiy hisobvaraqlariga ortiqcha 
to‘langan summalami o ‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Moliya organining buxgalteriya xizmati daromadlaming qaytarilishi 
haqidagi xulosani 3 nusxada oladi. Xulosalar ulam ing kclish tartibiga 
qarab raqamlanadi. Tcgishli mahalliy budjct daromadlaridan qaytarilishi 
haqidagi xulosaning birinchi nusxasi moliya organining buxgalteriya 
xizmatida qoladi va memorial-ordcrga ilova qilinadi. Xulosaning ikkinchi 
nusxasi, toMov topshiriqnomalari bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi 
bank muassasalariga beriladi. Xulosaning uchinchi nusxasi toMov 
topshiriqnomasining raqami, sanasi va summasini ko‘rsatilgan holda, 
to ‘lovchilami shaxsiy hisobvaraqlariga yozish va o ‘matilgan tartibda 
saqlash uchun ulami bergan soliq organlariga qaytariladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy 
moliya organlarida, m ahalliy budjct daromadlariga ortiqcha tushgan 
va mahalliy moliya organlari tomonidan to‘lovchilarga qaytarilgan 
summalarga, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d l a r i » s u b s c h y o ti;
K r e d it 0 1 1 - « M a h a l l i y b u d j e t n ia b la g M a ri d e p o z i t h i s o b v a r a g ‘i» s u b s c h y o ti.
Daromadlami qaytarish budjct daromadlari tasnifining hisobga 
o ‘tkazilgan bo'linm asi bo ‘yicha, agar m c’yoriy hujjatlar bilan boshqa 
tartib nazarda tutilmagan b o ‘lsa, amalga oshiriladi. 0 ‘tgan yili ortiqcha 
tushgan va bekor qilinishi natijasida joriy yilda tushishi ko‘zda 
tutilmagan hamda boqim anda hosil bo‘lishi va to ‘lovchilarda mablag‘ 
yo‘qligi natijasida jo riy yilda kelib tushmagan summalar bo‘yicha 
budjctga to‘lovlar, 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tasnifining
32
www.ziyouz.com kutubxonasi


12-«Yig‘imlar va har xil nosoliq darom adlar» b o ‘limining 25-«Boshqa 
tushumlar» paragrafi bo‘yicha qaytariladi.
Moliya organi buxgalteriya xizmati to ‘lovlaming har bir turi 
bo‘yicha tugagan oyda tushgan va qaytarilgan daromadlar haqidagi 
m a’lumotlami har oy tegishli soliq organlari bilan solishtirib boradi. 
Tushgan va qaytarilgan to‘lovlar haqidagi m a ’lumotlami solishtirishda 
aniqlangan tafovutlar bartaraf etiladi. M oliya organlari tom onidan 
hisobga olinadigan davlat soliqlari va darom adlaridan Qoraqalpog‘iston 
Rcspublikasi respublika budjcti va m ahalliy budjetlarga ajratiladigan 
summalar, 0 ‘zbekiston Respublikasi bank muassasalarining tegishli 
m a’lumotlari bilan bir xil bo‘lishi kerak. Bank muassasalarining 
davlat soliqlari va daromadlarini budjetlar o ‘rtasida taqsimlayotganda 
yo‘l qo‘ygan xatolari aniqlansa, u holda m oliya organi uni to ‘g ‘rilash 
bo‘yicha choralar ko‘rishi kerak.
Qoraqalpog‘iston Rcspublikasi budjeti v a mahalliy budjetlami ijro 
etuvehi moliya organlari, budjetga toMovlar o ‘tkazilishini bajarganligi 
bo‘yicha bank hujjatlarining nusxasi asosida daromadlaming kundalik 
hisobini olib boradilar. To‘lovlar pochtali o ‘tkazm alar va to‘lovchilam ing 
bevosita toMovlari shaklida kelishi ham m umkin.
043-«Budjetlarga yuqori budjetning prognoz qilingan k o ‘rsat- 
kichlarining ortig‘i bilan bajarilishidan kelib tushgan daromadlar» 
subschyotida mahalliy budjetlarga yuqori budjetning prognoz qilingan 
ko‘rsatkichlarining ortig‘i bilan bajarilishidan kelib tushgan m ablag‘lar 
hisobga olib boriladi.
045-«Maqsadli sxemalar bo‘yicha m ablag‘lar tushumi» subschyotida 
maqsadli sxemalar bo‘yicha hisob-kitoblam i amalga oshirish uchun 
kelib tushgan m ablag‘lar hisobi olib boriladi. 045-«Maqsadli sxem alar 
bo‘yicha m ablag‘lar tushumi» subschyotining kreditiga m aqsadli 
sxemalar bo‘yicha hisob-kitoblami amalga oshirish uchun kelib tushgan 
pul mablag‘lari summalari olib boriladi, 045-«Maqsadli sxem alar 
bo‘yicha m ablag‘lar tushumi» subschyotining debetiga esa m oliya 
yilining oxirida yakuniy aylanmalar sifatida 025-«Maqsadli sxem alar 
bo‘yicha mablagMaming sarflanishi» subschyotining kreditidan hisobdan 
chiqarilgan m ablag‘lar summalari qayd qilinadi.

-

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish