Zak. 211
33
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kelib tushgan summ ani mazkur budjctning daromadlariga o ‘tkazish
uchun yetarli asos b o ‘ lm asa yoki kelib tushgan summani budjet tasnifining
qaysi bo‘linmasiga o ‘tkazishning imkoniyati bo ‘lmasa, bunday summa
aniqlanmagan tushum, deb ataladi.
Respublika budjetiga kelib tushgan noaniq summalar hisobi va
aniqlanishi bilan ham da qaysi budjetning daromadiga ulaming tegishliligi
nom a’lum bo‘lgan holatlarda bunday tushumlami aniqlash bilan bank
muassasasi shug‘ullanadi.
Mahalliy budjetlarga kelib tushgan noaniq summalaming hisobini
va ulami aniqlash bilan tegishli mahalliy moliya organlari olib boradi.
Bunday mablag‘lar kelib tushganda tegishli mahalliy moliya organida
quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 1 1 - « M a h a l l i y b u d j e t m a b l a g 'l a r i d e p o z i t h i s o b v a r a g ‘i» s u b s c h y o ti;
K r e d it 041 - « A n i q l a n m a g a n t u s h u m la r » s u b s c h y o ti.
Agar bu summ alar mazkur mahalliy budjet daromadlari emasligi
aniqlansa, u holda bu summalar qaytariladi. Aniqlanmagan tushum
qaytarilganda tegishli mahalliy moliya organida quyidagi buxgalteriya
provodkasi tuziladi:
D e b e t 041 - « A n i q l a n m a g a n t u s h u m la r » s u b s c h y o ti;
K r e d it 011 - « M a h a l l i y b u d j e t m a b l a g ‘lari d e p o z i t h i s o b v a r a g ‘i» s u b s c h y o ti.
Agar aniqlanmagan tushumlar sifatida hisobda turgan summa
mazkur budjet darom adlariga tegishli ekanligi aniqlansa, u holda tegishli
mahalliy moliya organi buxgalteriya xizmatida bu xo‘jalik operatsiyasini
quyidagi buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiriladi:
D e b e t 041 - « A n i q l a n m a g a n t u s h u m la r » s u b s c h y o ti;
K r e d it 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d l a r i » s u b s c h y o ti.
Aniqlanmagan tushumlar mahalliy budjetning hisobvarag‘iga kelib
tushgan kunidan boshlab bir oy mobaynida, dekabr oyida kelib tushganlari
esa 31 dekabrgacha aniqlanilmasa, u holda bu summalar 0 ‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjeti tasnifining 12*«Yig‘imlar va har xil nosoliq
daromadlar» bo‘limining 25-«Boshqa tushumlar» paragrafi bo‘yicha
daromadlarga o‘tkaziiadi. Mahalliy moliya organi buxgalteriya xizmatida bu
xo‘jalik operatsiyasi bo ‘yicha quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
www.ziyouz.com kutubxonasi
D e b e t 0 4 1 ■ « A n i q l a n m a g a n t u s h u m l a r » s u b s c h y o ti;
K r e d it 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d l a r i » s u b s c h y o ti.
2.3. Vaqtincha mahalUy budjet daromadlariga
oHkazilgan sum m alar hisobi
042-«Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga o ‘tkazilgan sum
malar» subschyotiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjetiga
va mahalliy budjetlarga umumdavlat soliqlari va daromadlaridan
ortiqcha ajratilgan summalar b o ‘yicha respublika budjetiga bo‘lgan
majburiyatlar yil oxiridagi yakuniy operatsiyalar yordamida hisobga
olinadi. Yil mobaynida ushbu budjetlarga ortiqcha qilingan ajratmalar
summalari «Daromadlar» kitobining (5-shakl) alohida qatorida 040-
«Budjet daromadlari» subschyotida hisobga olinadi. 0 ‘tgan yil bo‘yicha
umumdavlat soliq va daromadlaridan mahalliy budjetlar tomonidan
olingan ortiqcha ajratmalar bo‘yicha qarzlami to 'lash (qaytarish) uchun
yangi yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi bank m uassasalari tomonidan
mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan
summalar 042-«Vaqtincha mahalliy budjet darom adlariga o‘tkazilgan
summalar» subschyotining debetiga o ‘tkaziladi.
2.4. Darom adiarning analitik hisobi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti va m ahalliy budjetlarga
kelib tushgan daromadlar va aniqlanmagan tushum lar summalarining
analitik hisobi «Daromadlar» kitobida (5-shakl) olib boriladi. Uning
«mundarija» qismida, mazkur budjetga kelib tushadigan daromadiarning
barcha turlari, y a’ni budjet tasnifining bo‘limi, bobi va paragrafi,
daromadning har bir turining to 'liq nomi va kitobda darom adning u yoki
bu turiga berilgan kitob varaqlarining raqami k o ‘rsatiladi.
Davlat budjeti daromadlarining analitik hisobi asosida, bu hisob
qaysi moliya organiga yuklatilganligidan qat’iy nazar, budjet daromadlari
tasnifi yotadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti va m ahalliy budjetlar
daromadlarining analitik hisobini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Moliya vazirligi va mahalliy (viloyat, shahar, tuman) m oliya organlari
3 5
www.ziyouz.com kutubxonasi
amalga oshiradi. Analitik hisob daromadlarning har bir tun bo ‘yicha
alohida-alohida budjet daromadlari tasnifining har bir bo‘limi bo‘yicha
olib boriladi.
M em orial-order va kelib tushgan daromadlar to‘g‘risidagi m a’lumot-
nomalarga asosan bu kitobning «Kredit» ustuniga, har bir daromad turi
uchun belgilangan qatorlar b o ‘yicha yozuvlar qilinadi. Davlat soliqlari
va darom adlaridan ortiqcha ajratilgan summalar ushbu kitobga alohida
qator b o ‘yicha yoziladi. Noto‘g‘ri yoki ortiqcha tushgan daromadlar,
«Debet» ustunida xronologik tartibda yoziladi. Bu yozuvda memorial-
ordeming tartib raqami, daromadlarning bo‘limi, bobi, paragrafi
hamda summ asi ko‘rsatiladi. Oy tugashi bilan ushbu opcratsiyalar bir
xil alom atlarga ega bo‘lgan daromadlarning qaytarilgan summalari
bo‘yicha operatsiyalar debet «Oy bo‘yicha jami» ustunining tegishli
qatorlarida, har bir daromad turi bo'yicha qaytarilgan umumiy
summalar tartiblashtiriladi, so‘ngra joriy oy bo'yicha, yil boshiga va
040-«Budjet daromadlari» subschyoti bo'yicha jam i hisoblab chiqiladi.
Qaytarilayotgan summa mazkur daromad turi bo‘yicha yil boshidan
buyon tushgan tushumlardan oshib ketgan hollarda (masalan, tugagan
yil uchun qayta hisoblashlar bo‘yicha yil boshida qaytarilganda) hosil
bo‘lgan m anfiy qoldiq «Yil boshidan jami» ustuniga qizil siyoh bilan
yoziladi. Aniqlanmagan tushumlar summasi «Daromadlar» kitobiga
(5-shakl) 041-«Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti bo‘yicha yoziladi.
Kitobning bir varag‘idagi qatorlar soni oylik opcratsiyalarni yozish uchun
yetarli bo‘lmasa, u holda olingan daromadlar alohida turlari bo‘yicha
kitobning keyingi varaqlaridan foydalaniladi.
M am lakat respublika budjcti darom adlarining kundalik analitik
hisobini y u ritish bank m uassasalariga yuklatilgan. Bank m uassasalari
budjet
darom adlari
tasnifining
hamma bo ‘linmalari
bo ‘yicha
respublika budjeti darom alarining analitik hisobini olib boradi va har
oyda respu b lika budjetiga tushgan darom adlar haqida hisobotni tuzib,
0 ‘zbekiston R espublikasi M oliya vazirligiga taqdim etadi. 0 ‘zbekiston
R cspublikasi M oliya vazirligida 0 ‘zbekiston Respublikasi M arkaziy
banki h iso b o tig a asosan, tugagan oyning budjet tasnifining hamma
b o ‘linm alari um um iy jam i b o ‘yicha «Daromadlar va xarajatlar hisobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
uchun har oylik vedom ost(yoki kitob)lar»da (5-m f-shakl) tugagan oy
uchun daromadlarni analitik hisobi olib boriladi. «D arom adlar va
xarajatlar hisobi uchun har oylik vedom ost(yoki kitob)lar» (5-mf-
shakl) asosida m cm orial-order tuziladi, so ‘ng «B osh-jurnal» kitobiga
(1-shakl) yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |