0-mpaBwrb B OneDrive °shishi natijasida kelib chiqadigan tovar-moddiy zaxiralarini kamaytirishning har qanday qayta tiklash summasi, xarajat bolib tan olingan TMZIar summasining kamayishi sifatida bunday qayta tiklash ro'y hcrgan davrda tan olinishi lozim.
Ba'zi tovar-moddiy zaxiralarning qiymati boshqa aktivlar schyotlariga olib borilishi mumkin, masalan, o'z kuchi bilan qurilgan asosiy vositaning tarkibiy qismi sifatida. Bunday usul bilan boshqa aktivlarga kiritilgan tovar-moddiy zaxiraning qiymati, ushbu aktivdan foydalanish muddati davomida xarajat sifatida tan olinadi. 4.2. BHXS (IAS) 16 "Asosiy vositalar" BHXS (1AS) 16 "Asosiy vositalar" nomli standartining maqsadi rnoliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar tadbirkorlik subyektining asosiy vositalariga qilgan investitsiyalarini va bunday investitsiyalardagi o`zgarishlar haqidagi malumotlami tushunishi uchun asosiy vositalarni hisobga olish tartibini belgilab berishdan iboratdir. Asosiy vositalarni hisobga olishda asosiy masalalar bo'lib aktivlarni tan olish, ularning balans qiymatini aniqlash va ular bo`yicha eskirish xarajatlarini va qadrsizlanish bo`yicha zararlarni tan olish hisoblanadi. Ushbu Standart asosiy vositalarni hisobga olishda qo'llanilishi lozim, biroq boshqa standartlar asosiy vositalarni o'zgacha hisobga olishni talab etgan yoki ruxsat etgan hollari bundan mustasno. Ushbu Standart quyidagilarga nisbatan (a)MHXS 5 "Sotish uchun moljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat" ga asosan sotish uchun moljallangan deb tasniflanadigan asosiy vositalar; (b)qishloq xo`jaligi faoliyatiga tegishli biologik aktivlar (BHXS 41 "Qishloq xo`jaligi" ga qarang); (d)foydali qazilmalarni qidirish va aniqlashda ushbu foydali qazilmalarning tan olinishi va baholanishi (MHXS 6 "Foydali qazilmalami qidirish va aniqlash" ga qarang); (e)neft, tabiiy gaz va shunga o'xshash qayta tiklanmaydigan resurslar kabi foydali qazilmalarga huquqlar va foydali qazilmalarning zaxiralari. Biroq, ushbu Standart (b)—(g) bandlarda qayd qilingan aktivlarni qazib olish yoki ishlatishda foydalaniladigan asosiy vositalarga nisbatan qo'llaniladi. M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under 'FRS Ernst & Young United States, 2010. pan 2. P.1122-1123. 76 Balms qiymati — bu har qanday jamg'arilgan eskirish va yig`ilgan gadrsizlanish zararlar chegirib tashlanganidan song aktivning tan olinadigan summasidir. Tannarx — bu aktivni uning xaridi yoki qurilishi paytida sotib olish uchun to`langan pul mablag`i yoki pul mablag`i ekvivalentidagi qiymat yoki boshqa turdagi uning evaziga berilgan tovonning haqqoniy qiymati yoki, tegishli hollarda, boshqa MHXSIaming, masalan MHXS 2 "Aksiyaga asoslangan to`lov"ning aniq talablariga muvofiq ushbu aktivning dastlabki tan olinishidagi qiymatdir. Eskirish hisoblanadigan qiymat bu aktivning tugatish qiymati chegirilgandagi tannnarxi yoki tannarx o'rniga aks ettiriladigan boshqa qiymatdir. Eskirish — bu aktivning eskirish hisoblanadigan qiymatini uning foydali xizmat muddati davomida sistematik tarzda xarajatlarga otib borishdir. Tadbirkorlik subycktiga xos qiymat - bu tadbirkorlik subyekti tomonidan aktivdan davomiy foydalanishidan va foydali xizmat muddati oxirida balansdan chiqarishdan yoki majburiyat so`ndirilganida kutiladigan pul oqimlarining kelti-