Windows 10 operatsion tizimi parolini tiklash usullari. Quyidagi ko'rsatmalar orqali Microsoft hisob qaydnomasi yoki loakl hisobdan foydalanayotganingizdan qat'i nazar, Windows 10 da, unutilgan parollarni qanday tiklash haqida yoritilgan. Parolni qayta tiklash jarayoni kichik nuanslardan tashqari Windows operatsion tizimining oldingi versiyalarida ham bilan bir xil amalga oshiriladi.
Muhim lekin oddiy eslatmalardan biri shuki siz joriy parolni bilsangiz ammo uni kiritganingizda tizim parolni xato qabul qilsa shuni esdan chiqarmaslik kerakki: Caps Lock tugmasini bosib ko’rish yoki amaldagi klaviatura tilini o’zgartirib ko’rish ko’p holarda foyda berib keladi.
Parolni qayta tiklash afsuski buzg’unchilar uchun ayni muddaodir, aynan shu holatni Windowsning hali oldini olinmagan kamchiligi sifatida keltirish mumkin. Parolni tiklash bo'limida ham hamma narsa aniq ko'rsatilgan video ko'rsatmalari mavjud. Shuningdek qarang: Windows parolini qayta tiklash uchun USB flesh-disk ham kerak bo’ladi.
Windows operatsion tizimida parolni tiklash UNIXni parolini tiklash kabi qiyinchilik tug’dirmaydi. Quyida parollarni tiklashning bir nechta usulini ko’rib chiqamiz:
1-usul(Microsoft hisob qaydnomasi parolini onlayn tarzda tiklash). Agar kompyuterda Microsoft hisob qaydnomasidan foydalanilgan bo’lsa yoki tizimga kira olmaydigan kompyuter Internetga ulangan bo'lsa (yoki ulanish belgisiga bosish orqali qulflangan ekranda ham internetga ulanish mumkin), parolni rasmiy sayt orqali osongina o'rnatish mumkin. Ushbu usulni, parolni boshqa kompyuterdan yoki hatto telefondan ham o'zgartirish amallarni bajarish orqali amalga oshirish mumkin.
Birinchi navbatda, https://account.live.com/resetpassword.aspx sahifasiga o'tiladi va bu yerdan "Parolim esimda yo'q" tanlanadi.
Shundan so'ng, elektron pochta manzilini (shuningdek, bu telefon raqami bo'lishi mumkin) va tasdiqlash belgilarini kiritiladi, so'ngra Microsoft hisob qaydnomasini ochish uchun berilgan ko'rsatmalarga rioya qilish talab qilinadi.
2.3.3-rasm. Parolni almashtirish uchun sabab ko’rsatish bandi.
Foydalanuvchi hisobiga bog'langan e-mailni hamda telefon raqamni kiritilsa jarayon murakkab bo'lmaydi.
2.3.4-rasm. Parolni tiklash jarayoni
Natijada Internet brovser ekranga chiqadi va yangi parolni kiritish mumkin bo’ladi.