Muhammadyoqub ostonaqulov budjet hisobi



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/88
Sana26.02.2022
Hajmi8,86 Mb.
#466573
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   88
Bog'liq
Budjet hisobi (M.Ostonaqulov)

2.5. Umumdavlat soliqlari va daromadlaridan m ahalliy
budjetlarga ajratmaiar hisobi
Davlat budjetiga kclib tushgan soliq va boshqa to ‘lovlar hisobidan 
Rcspublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga hamda 
mahalliy budjetlarga o‘rnatilgan miqdorda ajratma qilinadi.
Davlat budjeti daromadlari hisobiga kelib tushgan kunlik soliq va 
boshqa to‘lovlar hisobidan Respublika budjetiga, Q oraqalpog‘iston 
Respublikasi budjetiga va m ahalliy budjetlarga ajratm aiar banklar 
tomonidan dasturiy ta’minot asosida belgilangan foiz m iqdorida amalga 
oshiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda, mahalliy budjetga ajratm aiar qo‘l 
yordamida amalga oshirilishi mumkin. Davlat budjeti daromadlari 
hisobidan Rcspublika budjetiga, Qoraqalpog‘ iston Respublikasi budjetiga 
va mahalliy budjetlarga ajratmaiar b o ‘yicha buxgalteriya o ‘tkazmalari 
memorial orderlar bilan rasmiylashtiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va m ahailiy budjetlarga 
kunlik ajratmaiar to‘g ‘risidagi vedomost moliya organlariga hamda 
budjet hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga davlat soliq organlariga 
beriladi.
Davlat budjeti daromadlari hisobidan Respublika budjetiga, Qora- 
qalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmaiar 
alohida har bir soliq va boshqa to'lovlar bo‘yicha, ulam ing shaxsiy 
hisobvaraqlaridan ajratma qilinadi.
Umumdavlat soliqlari va daromadlaridan m ahalliy budjetlarga 
ajratmaiar respublika budjeti hisobiga o'tkaziladi va bu budjetning 
xarajatlari ko‘rinishida ifodalanadi.
Mahalliy budjetlarga umumdavlat soliqlari va daromadlaridan 
yuqori budjet tomonidan tasdiqlagan foizlar asosida ajratm aiar qilinadi, 
moliya organiga bank muassasalari tomonidan tuziladigan ajratmaiar
37
www.ziyouz.com kutubxonasi


vedomosti beriladi. Bu vedom ostga asosan 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligida qilingan ajratm alar summasiga quyidagi buxgalteriya 
provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 2 0 - « B u d j e t x a r a j a t l a r i » s u b s c h y o t i ;
K r e d i t 0 1 0 - « R e s p u b l i k a b u d j e t i
m a b l a g ‘la r i d e p o z it h i s o b v a r a g ‘i» s u b ­
s c h y o ti.
M ahalliy budjctlami ijro etuvchi moliya organiarida bu summalar 
darom adga olinadi va bu operatsiya quyidagi buxgalteriya provodkasi 
tuziladi:
D e b e t 0 1 1 - « M a h a l l iy b u d j e t m a b l a g ‘la ri d e p o z i t h i s o b v a r a g ‘i» s u b s c h y o ti;
K r e d i t 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d l a r i » s u b s c h y o ti.
M ahalliy budjet daromadlariga yil mobaynida ortiqcha ajratmalar 
summalari tushganda, ular «Daromadlar» kitobida alohida qator bilan 
ajratiladi. A gar yil oxirida mahalliy budjetning «Mahalliy budjet 
m ablag‘lari depozit hisobvarag‘i»da mablag‘ yo‘q!igi uchun respublika 
budjetiga qaytarilmagan, mahalliy budjetda umumdavlat soliqlari va 
darom adlaridan ortiqcha olingan ajratmalar qolsa, bu summalar moliya 
organi tomonidan hisobdan chiqarilishi kerak. Bu operatsiya uchun 
mahalliy m oliya organiarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d l a r i » s u b s c h y o ti;
K r e d i t 0 4 2 - « V a q t i n c h a m a h a l l i y b u d j e t d a r o m a d la r ig a o 't k a z i l g a n s u m m a la r »
s u b s c h y o ti.
K elgusi yili m ahalliy budjetning «M ahalliy budjet m ablag‘lari 
depozit h iso bvarag‘i»dagi b irin chi tushumlaridan bank muassasasi 
m ahalliy budjetni ortiqcha olgan ajratmalarini olib qo'yadi va 
resp u b lika budjeti darom adlarini asliga keltirish uchun ularni 
qaytaradi.
M ahalliy budjetlar daromadlari hisobvarag‘iga tushuvchi, umum­
davlat soliqlari va daromadlaridan ajratmalar hisobi, mahalliy sharoit- 
larga b o g ‘liq holda o‘matiluvchi shakllar bo‘yicha hududiy moliya 
organlari tomonidan tizimsiz olib boriladi. Umumdavlat soliqlari va 
darom adlaridan ajratmalar bu shaklda har bir quyi budjet bo'yicha 
hamda m azkur budjetning quyidagi ko‘rsatkichlariga binoan: soliq yoki 
darom adning nomi; ajratma uchun o'matilgan foiz; ajratilgan summa, 
hisobga olinadi. Shaklga yozuvlar bank muassasalaridan mahalliy
www.ziyouz.com kutubxonasi


budjetlarga ajratmalar vedomosti olingandan keyin amalga oshiriladi. 
Yozuv qilinishidan oldin hududiy m oliya organining buxgaltcriya 
xizmati, vedomostda kofrsatilgan ajratm alar summasini, tasdiqlangan 
budjet bo‘yicha o ‘matilgan foizlarga mos kelishini tekshiradi. H ar bir 
oyning tugashi bilan mazkur shakl b o ‘yicha oy uchun va yil boshidan 
buyon yakuniy jam langan summalar hisoblab chiqiladi. Har bir budjet 
bo‘yicha umumdavlat soliqlari va darom adlaridan ajratmalar sum m asi, 
har oyda quyi budjetlar ijrosi haqidagi oylik hisobotlar bilan taqqoslanib 
boriladi. Bundan tashqari, umumdavlat soliqlari va daromadlaridan 
butun hududiy budjet bo‘yicha tushgan va qilingan ajratmalar sum m asi, 
bank muassasalarining oylik hisobotlari m a’lumotlari bilan o ‘zaro 
solishtiriladi.
3 . M O L I Y A O R G A N L A R I D A B U D J E T N I N G
P U L M A B L A G ‘L A R I H I S O B I
Davlat budjetining pul mablag‘lari bank muassasalarida budjetning 
pul mablag‘lari hisobvaraqlarida saqlanadi va moliya organlari tom o- 
nidan birinchi tartibli 01-«Pul m ablag‘Iari» birinchi tartibli subschyo- 
tida hisobga olinadi. Bu schyotning debeti b o ‘yicha budjetning pul 
mablag‘larining tushumlari qayd qilinsa, bu schyotning kreditida esa 
budjetning pul m ablag‘larini sarflanishi qayd qilinadi.
Birinchi tartibli 01-«Pul m ablag‘lari» schyoti, quyidagi bir n ccha 
ikkinchi tartibli schyotlarga (subschyotlarga) ega:
010 - «Respublika budjeti 
m ablag‘lari 
depozit hisobvarag‘i»
subschyoti;
011 - «Mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag‘i» subschyoti;
013 - « 0 ‘zbekiston Respublikasi bank muassasalaridagi kapital
qo‘yilmalar va boshqa tadbirlam i moliyalashtirish uchun 
budjet mablag‘lari hisobvarag‘i» subschyoti;
014 - «Mahalliy budjetlaming budjet mablag‘lari bo'yicha budjet
mablag‘!ari oluvehilaming depozit hisobvaraqlari» subschyoti;
015 - «Maqsadli sxemalar bo 'yicha hisob-kitoblami olib borish
uchun moliya organining bankdagi maxsus hisobvarag‘i» 
subschyoti.
www.ziyouz.com kutubxonasi


R espublika b u d jetin in g bankdagi m a b la g la r i hisobi
Respublika budjeti daromadlariga quyidagi m ablagiar kirim 
qilinadi:
1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar;
2) davlat moliyaviy aktivlari va boshqa aktivlami joylashtirish, 
foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
3) qonun hujjatlariga muvofiq mcros olish, hadya etish huquqi 
bo‘yicha davlat mulkiga o ‘tgan pul mablag‘lari;
4) yuridik va jism oniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan 
kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
5) rezident yuridik shaxslarga va chct el davlatlariga bcrilgan budjet 
ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar;
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Bundan tashqari 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
23402 «Respublika budjeti m ablag‘lari» depozit hisobvarag‘iga quyi­
dagi mablag‘lar kirim qilinishi mumkin:
1) 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ajratilgan 
qisqa muddatli kreditlar;
2) davlat qisqa m uddatli obligatsiyalarini sotishdan kelib tushgan 
m ablag‘Iar;
3) davlat maqsadli fondlaridan ajratilgan mablagMar;
4) Moliya vazirligining boshqa depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lar.
Respublika budjctiga Davlat budjetidan ajratma qilingan va boshqa
kelib tushgan m ablag‘larni kirim qilinishini ta’minlash maqsadida 
0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi uchun Markaziy bankToshkent 
shahar va hududiy Bosh boshqarmalari hisob-kitob kassa markazlarida 
0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligiga 23402 «Respublika budjeti 
mablagMari» asosiy va tranzit hisobvaraqlari ochiladi. Markaziy bankning 
hududiy Bosh boshqarm alari hisob-kitob kassa markazlarida ochilgan 
23402 tranzit hisobvaraqlaridagi mablag'lar 0 ‘zbekiston Respublikasi 
M oliya vazirligining 23402 «Respublika budjeti m ablag‘lari» asosiy 
depozit hisobvarag‘iga o ‘tkazib beriladi.
4 0
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 010-«Respublikabudjeti 
mablag‘lari depozit hisobvarag‘i» subschyotida bank muassasalaridagi 
respublika budjetining mablag‘lari hisobga olinadi. Bu subschyotda 
operatsiyalar bir oyda bir marotaba O ‘zbekiston Respublikasi M arkaziy 
bankining oylik hisobotlari va boshqa hujjatlar asosida, kapital 
qo‘yilmalami moliyalashtirishga o'tkazilgan m ablag‘lar, qisqa m uddatli 
budjet ssudalari va boshqa budjetlar bilan o ‘zaro hisob-kitob bo ‘yicha 
summalaming o ‘tkazilishi va tushumi b o ‘yicha bir turli operatsiyalar 
bo‘yicha jam i summalarda hisobga olinadi.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlam i moliyalashtirish 
uchun Respublika budjeti daromadlari hisobidan qilinadigan to 'lo v lar 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilingan 
to‘lov topshiriqnomalariga asosan M arkaziy bankning Toshkent 
shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida ochilgan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 23402 «Respublika 
budjeti m ablag‘lari» depozit hisobvarag‘idagi qoldiq doirasida am alga 
oshiriladi.
Xo'jalik hisobidagi tashkilotlarga Respublika budjetidan ajratilgan 
mablag'lar, ulaming 23405 «Nobudjet muassasalarga Respublika budjeti 
hisobidan ajratilgan mablag‘lar» hisobvaraqlariga kirim qilinadi. Xo‘jalik 
hisobidagi tashkilotlarga Respublika budjeti hisobidan ajratilgan mablag‘lar 
hisobidan ish haqi, O ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
ro‘yxatga olingan xarajatlar smetasi hamda xodimlar ro‘yxati (shtatlar) 
jadvali o‘miga tuzilgan kalkulatsiya asosida belgilangan muddatlarda 
beriladi. Xo‘jalik hisobidagi tashkilotlaming 23405 «Nobudjet muassasalarga 
Respublika budjeti hisobidan ajratilgan m ablag‘lar» hisobvaraqlaridan 
amalga oshiriladigan boshqa xarajatlar, ushbu kalkulatsiyada ko'rsatilgan 
maqsadlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
M ahalliy b u djet m a b la g ‘la r i hisobi
0 ‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan mahalliy budjet 
mablag‘larining hisobini yuritish uchun Q oraqalpog‘iston Respublikasi 
Moliya vazirligiga23432 «Mahalliy budjet m ablag‘lari—Qoraqalpog‘iston
41
www.ziyouz.com kutubxonasi


Respublikasi», Toshkent shahar hamda viloyat moliya boshqarmalariga 
23430 «Mahalliy budjet mablagMari-Viloyat» va tuman (shahar) moliya 
organlariga 23426 
«M ahalliy budjet m ablag‘lari—Tuman/shahar» 
hisobvaraqlari ochiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjet hisobida, 
moliya yilining oxiriga qolgan m ablaglarning qoldigM yangi yil hisobiga 
qoldiq bo‘lib o ‘tkaziladi.
011-«Mahalliy budjet mablagMari depozit hisobvaragM» subschyo- 
tida Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vazirligida va mahalliy 
moliya organlarida QoraqalpogMston Respublikasi davlat budjeti va 
mahalliy budjetlaming bank muassasalarida saqlanadigan pul mablag‘lari 
hisobga olinadi. H ar bir mahalliy budjet uchun bank muassasalarida 
alohida «Mahalliy budjet mablag‘lari» depozit hisobvarag‘i ochiladi. 
Har kuni mahalliy m oliya organi, bank muassasalaridan mahalliy 
budjet mablagMari hisobvarag‘idan ko‘chirma va tegishli hujjatlami 
oladi va ular asosida m ahalliy moliya organida 01 l-«M ahalliy budjet 
mablagMari depozit hisobvarag‘i» subschyotiga bu operatsiyalar bo‘yicha 
buxgalteriya yozuvlari qilinadi.

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish