Muhammadyoqub ostonaqulov budjet hisobi



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/88
Sana26.02.2022
Hajmi8,86 Mb.
#466573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
Budjet hisobi (M.Ostonaqulov)

qabul qilish-topshirish dalolatnomasi
tuziladi.
Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi buxgalteriya hujjatlarining 
yig‘majildlarini qabul qiluvchi va topshiruvchining javobgarliklarini 
ajratish uchun tuziladi. Shu bilan birga, uning maqsadi buxgalteriya 
hujjatlarining yig‘majildlarini qabul qilish-topshirish vaqtida buxgalteriya 
hisobining boshlang‘ich hujjatlari, hisobotlar va, birinchi navbatda, pul 
mablagMari buxgalteriya hisobining holatini ko ‘rsatish hamda hisobni 
tashkil qilish va moliyaviy nazoratni yaxshilash uchun zarur chora- 
tadbirlami ishlab chiqish uchun kerakli b o ‘ladigan m a’lumotlami 
yig‘ishdir. Buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini bosh buxgalter(qabul 
qiluvchi va topshiruvchi)lar tomonidan qabul qilish-topshirish moliya 
organi rahbarining buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi. Buyruqda 
buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini qabul qilish-topshirish muddatlari 
ko‘rsatiladi.
Agar, aw algi bosh buxgalter vafot etganligi yoki boshqa buxgalteriya 
hujjatlari yig‘majildlarini topshirishda qatnashishi mumkin bo‘lmagan 
sabablar bo‘yicha lavozimidan ozod qilingan b o ‘lsa, u holda yangi 
tayinlangan bosh buxgalter buxgalteriya hujjatlari y ig ‘majildlarini qabul 
qilishi odatdagi qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzish yo‘li bilan 
amalga oshirilaveradi. Buxgalteriya hujjatlarining y ig ‘majildlarini qabul 
qilish-topshirish oldidan kassaning holati tekshiriladi.
Kassani tekshirish dalolatnomasi buxgalteriya hujjatlari yig ‘- 
majildlarini topshirayotgan tomonidan va qabul qilib oluvchi tom o­
nidan imzolanadi va buxgalteriya hujjatlari y ig ‘majildlarini qabul 
qilish-topshirish dalolatnomasiga ilova qilinadi. Kassani tekshirish 
dalolatnomasi imzolangandan so‘ng buxgalteriya hujjatlari yig‘ma- 
jildlarini topshirayotgan bosh buxgalter, 
buxgalteriyaga rahbar- 
lik qilishdan chetlatiladi. Bir vaqtning o ‘zida yangi tayinlangan bosh 
buxgalteming to‘lov topshiriqnomalariga, cheklarga va boshqa bank 
hujjatlariga imzo qo‘yish huquqi rasmiylashtiriladi. Bu imzo qo‘yish 
huquqi rasmiylashtirilgunga qadar bank hujjatlariga aw algi bosh
www.ziyouz.com kutubxonasi


buxgalter yangi tayinlangan bosh buxgalter nazorati ostida imzo 
qo‘yaveradi. Bundan buyon buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini 
qabul qilayotgan bosh buxgalter buxgalteriya hisobi va hisobotining 
holatini tekshirish bilan birga buxgalteriyaning joriy ishiga rahbarlik 
qiladi. Buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini topshirish buxgalteriya 
tomonidan oxirgi marta topshirilgan balans asosida amalga oshiriladi. 
Qabul qilish-topshirish dalolatnomasida qaysi sana holatiga buxgalteriya 
hujjatlari yig‘majildlarini topshirish amalga oshirilganligi ko‘rsatilgan 
boMishi kerak. Buxgalteriya hisobi va hisobotining holati to‘la 
tekshirilgandan so ‘ng qabul qiluvchi va topshiruvchi tomonidan 
imzolanadigan buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini qabul qilish- 
topshirish dalolatnom asi tuziladi.
Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi hujjatlar bilan asoslangan 
bo‘lishi kerak, am m o buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini qabul qilish- 
topshirish taftish usullari bilan amalga oshirilishi mumkin emas. Qabul 
qilish-topshirish dalolatnomasida hisob, hisobot va arxivning holati aks 
ettirilgan bo‘lishi kerak. Agar buxgalteriya hujjatlari yig'majildlarini 
topshirish jarayonida suiste’mol qilish hollari aniqlansa, u holda 
buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini qabul qilib oluvchi shaxs, moliya 
organi rahbaridan hujjatli taftish tayinlanishini talab qilish huquqiga ega 
bo‘ladi. Ammo, bu buxgalteriya hujjatlari yig‘majildlarini qabul qilish- 
topshirishni to ‘xtatishga sabab bo‘lishi mumkin emas. Topshirayotgan 
qabul qilish-topshirish dalolatnomasining biror-bir joyiga rozi bo‘lmagan 
hollarda, u qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga imzo chekishda 
tcgishli dalil-isbotli izohlar qilishga haqlidir. Qabul qilish-topshirish 
dalolatnomasi uch nusxada tuziladi, uning birinchi nusxasi moliya 
organi rahbariga tasdiqlash uchun beriladi, ikkinchi nusxasi buxgalteriya 
hujjatlari yig‘majildlarini topshirayotganda qoladi va uchinchi nusxasi 
esa yuqori m oliya organiga yuboriladi.
Bosh buxgalterga uning hisob va hisobot bo‘yicha majburiyatlarini 
ijro qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan topshiriqlar berish mumkin emas. Bosh 
buxgalterga pul m ablag‘lari va moddiy qiymatliklar uchun bevosita moddiy 
javobgarlik yuklatish mumkin emas. Unga banklar va boshqa tashkilotlardan 
bevosita pul m ablag‘larini olish man qilinadi. Amaldagi qonunlarga yoki
www.ziyouz.com kutubxonasi


buxgaltcriya hisobi va hisobotini yuritish bo'yicha belgilangan tartibga 
to‘g‘ri kelmaydigan farmoyish olinganda bosh buxgalter bu haqda yuqori 
moliya organi rahbariga xabar qilishga majburdir.
Bosh buxgalterga yuklatilgan majburiyatlarai am alga oshirish uchun 
unga buxgalteriya hisobi va nazorat uchun barcha kerakli hujjatlar: 
budjet daromadlari va xarajatlari yillik ro‘yxatining choraklarga 
bo‘lingan yoyilmasi yoki ro‘yxatdan ko‘chirma, buyruqlar, farmoyishlar, 
moliyalashtirish hajmini o‘zgartirish haqidagi m a’lumotnomalar-bildi- 
rishnomalar va boshqa hujjatlar va budjet ijrosi bilan b o g ‘liq hujjatlar 
o ‘z vaqtida berilishi kerak.
Budjet daromadlari vaxarajatlariningchoraklarbo‘yichataqsim langan 
yillik yoyilmasi va moliyalashtirish rejasi ular tuzilgandan so ‘ng 3 kun 
mobaynida buxgaltcriyaga berilishi kcrak. Budjet bo‘limi (inspeksiyasi) 
aybi bilan mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi va 
yillik moliyalashtirish rejasini taqdim qilish kechiksa, u holda budjetdan 
moliyalashtirish amalga oshirilmaydi va m oliyalashtirish amalga 
oshirilmaganligi uchun javobgarlik budjet bo‘Iimiga (inspeksiyasiga) 
yuklatiladi. Maktab ta’limi sho‘basi xodimining aybi bilan maktab 
ta’limi fondi budjcti daromadlari va xarajatlarining parametrlarini 
taqdim qilish kechiksa, u holda moliyalashtirish am alga oshirilmaydi 
va 
moliyalashtirish 
amalga 
oshirilmaganligi 
uchun javobgarlik 
maktab ta’limi sho‘basi xodimiga yuklatiladi (maktab ta ’limi sho‘basi 
boMmaganda esa maktab ta’lim i fondi budjeti ijrosining hisobiga doir 
ishlar yuklatilgan budjet bo'lim i (inspeksiyasi) xodimiga yuklatiladi).
Bosh buxgaltcming buxgalteriya hujjatlarini rasm iylashtirish tartibi 
bo‘yicha bergan farmoyishlari moliya organining barcha xodimlari 
uchun majburiy hisoblanadi.
Moliya organi buxgalteriya xizm atida ishlovchi har bir xodim o ‘z 
majburiyatlarini aniq bilishi va ulam ing bajarilishiga javobgar ekanligini 
his qilishi uchun bosh buxgalter tomonidan buxgalteriya xizmatining 
barcha xodimlari uchun xizmat vazifalarini belgilanadi va m oliya organi 
rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Mahalliy moliya organi buxgalteriya xizmati tegishli budjetlaming 
ijrosini buxgalteriya hisobini olib boradi va quyi m oliya organlarida,
www.ziyouz.com kutubxonasi


shuningdek, bu budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlaridagi 
buxgalteriya hisobiga rahbarlikni amalga oshiradi.
M oliya organi buxgalteriya xizmati funksiyasiga muayyan moliya 
organi xarajatlar smetasi ijrosining buxgalteriya hisobini olib borish ham 
kiradi. M ahalliy moliya organlarini saqlash xarajatlari smetasi ijrosining 
buxgalteriya hisobi mahalliy budjet ijrosining buxgalteriya hisobidan 
alohida va budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda olib boriladi.
M oliya organlari muayyan m a’muriy-hududiy birlik doirasida 
um um an barcha boshqa budjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil 
qiladi. U lar o ‘zi ijro etayotgan budjet ijrosi to‘g‘risida oylik, chorak 
va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzadi va budjet ijrosi natijaiarini 
aniqlaydi.
4 . M O L I Y A O R G A N L A R I D A Q O ‘L L A N I L A D I G A N
B U X G A L T E R I Y A H U J J A T L A R I
M oliya organi buxgalteriya xizmatida hisobga olinayotgan budjet 
ijrosi b o ‘yicha barcha operatsiyalar hujjatlar bilan belgilangan tartibda 
rasm iylashtirilgan boMishi kerak. Pul mablag‘larini o ‘tkazish bo‘yicha 
buxgalteriya hujjatlari, hisob-kitob tavsifidagi va ssudalar b o ‘yicha 
hujjatlar m oliya organining rahbari yoki uning o‘rinbosari va bosh 
buxgalteri tomonidan imzo chekiladi, Bosh buxgalter ta’tilda, kasal, 
xizm at safarida yoki boshqa sabab bilan bo‘lmaganda uning o ‘rinbosari 
tom onidan imzo qo‘yiladi. Bu imzolarsiz buxgalteriya hujjatlari qonuniy 
kuchga ega emas, deb hisoblanadi. Tegishli ko‘rsatkich(rekvizit)lari 
to ‘ldirilm agan hujjatlarga imzo chekish man qilinadi.
M oliya organida mahalliy budjet ijrosi bo‘yicha operatsiyalami 
buxgalteriya yozuvlari uchun asos b o ‘lib tegishli ravishda rasmiylash­
tirilgan quyidagi hujjatlar xizm at qiladi:
1) moliyalashtirish rejasi;
2) moliyalashtirish miqdorlari o ‘zgarganligi to ‘g‘risida m a’lumot- 
nom a-bitdirishnoma (17-shakl);
3) m ahalliy budjet m ablag‘lari depozit hisobvarag‘iga kelib tushgan 
darom adlar to ‘g ‘risida m a’lumotnoma (3-shakl);
4) tayinlash sertifikatlari (5-shakl va 12-shakl);
16
www.ziyouz.com kutubxonasi


5) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha bildirishnoma (1 1-shakl);
6) daromadlami qaytarish to ‘g ‘risidagi xulosa (2 1-shakl);
7) budjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilarga mahalliy budjetdan 
mablag‘lar o ‘tkazib berish uchun to ‘lov topshiriqnomalari;
8) budjet bo‘yicha xarajatlar smetalari ijrosi to‘g‘risida davriy va 
yillik hisobot;
9) budjet mablag‘lari hisobidan kapital qo‘yilmalar va boshqa 
tadbirlami moliyalashtirish bo‘yicha tijorat banklari va 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki m uassasalarining hisobotlari;
10) memorial order (274-shakl);
11) 0 ‘zbekiston Respublikasi M arkaziy banki m uassasalarining 
mahalliy budjet mablag‘larining asosiy depozit hisobvarag‘idan 
ko‘chirmalari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank m uassasalarining 
mahalliy budjetlar mablagMarining asosiy depozit hisobvaraqlaridagi 
mablag‘lar qoldig‘i to‘g‘risidagi hisobotlari;
12) budjet ijrosi bilan bog‘liq b o ‘lgan boshqa hujjatlar.
M ahalliy b u djet mablagM ari depozit h isobvarag ‘iga kelib
tushgan d a ro m a d la r to ‘g‘risid a m a ’lum otnom a (3-shakl)
Muayyan mahalliy budjetga xizm at qiluvchi bank muassasasi 
ushbu mahalliy budjet mablagMari hisobvarag‘i bo‘yicha har kuni 
o‘z ko‘chirmasini unga ilova qilib barcha boshlang‘ich (dastlabki) 
hujjatlami mazkur moliya organiga bcradi. Xizmat ko‘rsatuvchi bank 
muassasasi tomonidan bu bcrilgan hujjatlar asosida moliya organining 
buxgalteriya xizmati har kuni «M ahalliy budjet mablagMari depozit 
hisobvarag‘iga kelib tushgan darom adlar to‘g‘risida m a’lumotnoma»ni 
(3-shakl) tuzadi. M a’lumotnomada budjet tasnifining b o ‘limi, bobi, 
paragrafi, daromadlaming nomi, hujjatlar soni va to‘lovning har bir turi 
bo‘yicha summasi ko‘rsatiladi. Kun ichida budjet ijrosi bo‘yicha barcha 
operatsiyalarga tuziladigan memorial orderda daromadlaming um umiy 
summasiga tegishli schyotlar korrcspondensiyasi kcltiriladi. M ahalliy 
budjet hisobvarag‘igakelib tushgan darom adlar to‘g ‘risidam a’lumotnoma 
memorial order, mahalliy budjet mablagMari hisobvarag‘idan k o ‘chirm a 
va boshqa hujjatlar bilan birga moliya organining buxgalteriya 
xizmatining hujjatlar yig‘majildlariga tikib saqlanadi.


Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish