IKKINCHI B O ‘LIM'
M O L IY A O R G A N L A R ID A DAVLAT BUDJETI
IJR O SIN IN G BU XG ALT ERIY A HISOBI
I K K I N C H I B O B .
M O L I Y A O R G A N L A R I D A D A V L A T B U D J E T I I J R O S I N I N G
B U X G A L T E R I Y A H I S O B I N I T A S H K 1 L Q I L I S H
1. D A V L A T B U D J E T I I J R O S I N I N G H I S O B I B O ‘Y I C H A M O L I Y A
O R G A N L A R I N I N G V A Z I F A L A R I
Budjet darom adlari va xarajatlari bo‘yicha rejaning bajarilishi
haqida m a’lum otlar bilan ta’minlash moliya organiari budjet hisobining
asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu m a’lumotlar asosida budjet ijrosi
jarayoni ustidan nazorat qilish va tezkor rahbarlik amalga oshiriladi.
Bu maqsadlar uchun moliya organiari budjet daromadlari va xarajatlari,
bank muassasalaridagi budjetning pul mablag‘lari, budjet bo ‘yicha
ochilgan kreditlar va berilgan mablagMar, budjetlar o‘rtasidagi o ‘zaro
hisob-kitoblar, ssudalar va boshqalar hisobini yuritadi.
Moliya organiari, shuningdek, bank muassasalari tomonidan
umumdavlat daromadlari va soliqlarining alohida olingan budjetlar
bo‘yicha to‘g ‘ri taqsimlanishi, budjet bo‘yicha tayinlanishiga qarab
budjet m ablag‘larini tasarruf qiluvchilar tomonidan foydalanilishi
ustidan nazoratni amalga oshiradi ham da budjet mablag‘ larining butligini
ta’minlaydi.
Moliya organiari budjet ijrosi to‘g ‘risidagi oylik, chorak va yillik
hisobotlami tuzadi va budjet ijrosi natijalarini aniqlaydi.
M oliya organiari o ‘zlari ijro
etayotgan budjetlar ijrosining
buxgalteriya hisobini bevosita amalga oshiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi respublika budjeti
ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
1
U s h b u b o ‘lim « Q o r a q a lp o g 'is to n R e s p u b lik a s i, v ilo y a tla r v a T o s h k e n t s h a h a r
b u d je ti ijr o s in in g b u x g a lte r iy a h iso b i b o ‘y i c h a Y o 'r iq n o m a » ( 0 ‘z b e k is to n R e s p u b lik a s i
A d liy a v a z ir lig id a 2 0 0 6 - y il 1 0 -a p re ld a 1 5 6 0 -so n b ila n r o ‘y x a tg a o lin g a n ) a s o s id a
y o ritilg a n .
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi M oliya vazirligi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
Viloyatlar, shaharlar va tumanlar moliya organlari viloyatlar, shaharlar,
tumanlar budjetlari ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
Moliya organlari muayyan m a’muriy-hududiy birlikdagi barcha
boshqa budjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qiladi. M oliya
organlari budjet tashkilotlarining hisob va hisobotlarini tekshiradi va
ularga tegishli ko‘rsatmalar beradi.
Har bir moliya organi o‘zi ijro etayotgan budjetning ijrosi
to‘g‘risidagi hisobotni va muayyan m a’muriy-hududiy birlik budjeti
ijrosi to‘g ‘risidagi yig‘ma hisobotni tuzadi.
Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi bo‘yicha m oliya
organlarining vazifalariga:
1) budjet daromadlari buxgalteriya hisobini yuritish va bank muas-
sasalariga kelib tushgan darom adlam ing budjetlar o ‘rtasida to ‘g ‘ri
taqsimlanishi ustidan nazoratni olib borish;
2) bank muassasalarida saqlanilayotgan budjetning naqd pulían
buxgalteriya hisobini yuritish;
3) budjet ijrosi bilan bog‘liq bo ‘lgan turli operatsiyalar (budjetlar
o ‘rtasidagi o ‘zaro hisob-kitoblar, budjetlarga ssudalar berish va
budjetlardan ssudalar olish bo‘yicha operatsiyalar va boshqalar)
buxgalteriya hisobini yuritish;
4) budjetlarda tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar buxgalteriya
hisobini yuritish;
5) o ‘zlari ijro etayotgan budjetlar ijrosi to ‘g‘risidagi hisobotlam i
tuzish;
6) quyi moliya organlarida va budjet m ablag‘larini tasarruf qiluv-
chilarda buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisobotning tuzilishi va
uslubi ustidan nazorat qilish;
7) buxgalteriya hisobi va hisobotini markazlashtirish va m exaniza-
tsiyalashtirish bo'yicha tadbirlaming amalga oshirilishi ustidan nazorat
qilish kiradi.
Yuqorida ko'rsatilgan vazifalar 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya
vazirligida uning davlat budjeti bosh boshqarmasiga, boshqa m oliya
www.ziyouz.com kutubxonasi
organlarida esa moliya organining bosh buxgalteri boshqaradigan bux-
galteriyaga yuklatilgan.
2 . M O L I Y A T J Z I M I B U X G A L T E R IY A
A P P A R A T I N I N G F U N K S IY A L A R I
Rcspublika budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini 0 ‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi davlat budjeti bosh boshqarmasi Davlat
budjeti ijrosi va hisobi boMimi yuritadi. Mahalliy budjetlar ijrosining
buxgalteriya hisobini tegishli moliya organlarining buxgalteriya
xizmatlari yuritadi.
O ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini davlat budjeti ijrosining
hisobi b o ‘yicha funksiyalari b o ‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1) mamlakatning davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini
tashkil qilish va uning ijrosi to ‘g ‘risida hisobot tuzishga uslubiy
rahbarlikni amalga oshirish;
2) budjet ijrosining buxgalteriya hisobi va budjet ijrosi to‘g‘risida
hisobotlar tuzish bo‘yicha moliya organlari, budjet tashkilotlari va
boshqalar uchun yo‘riqnom alar va uslubiy ko‘rsatmalami ishlab
chiqish;
3) joriy buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini va schyotlar
korrespondensiyalarini, buxgalteriya registrlari va boshlang‘ich hujjatlar
shakllarini, hujjatlar aylanishi tartibini, hisobotlaming hajmlari va
shakllarini belgilash;
4) rcspublika budjeti ijrosini bevosita amalga oshirish;
5) rcspublika budjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;
6) mamlakatning davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish.
Bundan tashqari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat
budjeti bosh boshqarmasi davlat budjeti ijrosi va hisobi bo'lim i mahalliy
m oliya organlarida budjet ijrosining buxgalteriya hisobi tashkil qilinishi
ustidan bevosita rahbarlikni amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar, shaharlar
va tum anlar moliya organlarining funksiyalari quyidagilardan iborat:
1)
o ‘zlari ijro etayotgan budjetlaming hisobini bevosita yuritish va
bu budjetlar ijrosi to ‘g ‘risida hisobotlar tuzish;
10
www.ziyouz.com kutubxonasi
2)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, turnan budjeti
ijrosi to‘g‘risida yig‘m a hisobotlami tuzish.
Mahalliy moliya organlari tegishli budjetlar daromadlarini va
xarajatlarini, ulam ing pul mablag‘larini, fondlarini, ssudalami, budjetlar
o‘rtasidagi hisob-kitoblami, boshqa budjetlarga berilgan va ulardan
olingan mablag‘larni va budjet ijrosi natijalarini hisobga oladi hamda
ular tomonidan moliyalashtirilayotgan budjet tashkilotlarida hisob va
hisobotni tashkil qilinishini tekshiradi.
Mahalliy moliya organlari respublika budjetini kassa ijrosining hisobi
bo‘yicha va moliyalashtirishga doir operatsiyalam i banklar tomonidan
bajarilishini nazorat qiladi.
Mahalliy moliya organlari mahalliy budjetlam ing daromadlari va
xarajatlarini analitik hisobini olib boradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti
va mahalliy budjetlar
ijrosining buxgalteriya hisobi 0 ‘zbekiston
Respublikasi M oliya
vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkcnt
shahar moliya boshqarmalari, shaharlar va tum anlar moliya bo‘limlari
tomonidan olib boriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va
mahalliy budjetlar kassa ijrosi 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki va 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining « 0 ‘zbekiston
Respublikasi davlat budjeti kassa ijrosi bo‘y ich a y o ‘riqnoma»sigamuvofiq
amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti,
viloyatlar, shaharlar va tumanlar budjetlari hisobvaraqlaridagi hamda bu
budjetlardan moliyalashtirilayotgan tashkilotlam ing hisobvaraqlaridagi
budjet mablag‘larining qoldig‘i to‘g ‘risidagi m a ’lumotni « 0 ‘zbekiston
Respublikasi davlat budjeti kassa ijrosi b o ‘yicha yo‘riqnoma»da
belgilangan tartibda va muddatlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi bank
muassasalari tegishli moliya organlariga taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan
kapital qo‘yilmalami moliyalashtirish 0 ‘zbekiston Respublikasi bank
muassasalarida ochilgan hisobvaraqlar orqali bu masala b o ‘yicha
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 0 ‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining amaldagi m e’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga
www.ziyouz.com kutubxonasi
oshiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari va 0 ‘zbekiston
Respublikasi M arkaziy banki muassasalari belgilangan shaklda kapital
qo‘yilmalami m oiiyalashtirish bo‘yicha davriy va yillik hisobotni
belgilangan tartibda va muddatlarda tcgishli moliya organlariga taqdim
etadi.
3 . M O L I Y A O R G A N L A R I B O S H B U X G A L T E R L A R I N I N G
H U Q U Q L A R I V A M A S ’U L I Y A T L A R I
Moliya organlarining bosh buxgalterlari o ‘z ishlarida 0 ‘zbekiston
Respublikasi davlat budjeti ijrosi qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi
m e’yoriy hujjatlarga rioya qiladi. Moliya organlari (Qoraqalpog‘iston
Respublikasi M oliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya
boshqarmalari, shaharlar va tumanlar moliya organlari)ning bosh
buxgalterlari quyi moliya organlarida, budjet mablag‘larini bosh
tasarruf qiluvchilarida va markazlashtirilgan buxgalteriyalarda buxgal-
teriya hisobini yuritishni tashkil qilish tartibi va uslubi, hisobotni tuzish
masalalari bo‘yicha k o ‘rsatmalar beradi va nazorat olib boradi, tegishli
budjetlarda turuvchi budjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosini taftish
qilishda xodimlar qatnashuvini ta’minlaydi. Moliya organi buxgalteriya
xizmati budjet ijrosining va xarajatlar smetalarining hisobi va hisoboti
tashkil qilinishining nazoratini joylarda tekshirish va ko‘zdan kechirish,
topshiriladigan hisobotlarda xatolar aniqlangan hollarda, olinadigan
davriy va yillik hisobotlam i ko‘rib chiqish y o ‘li bilan amalga oshiradi.
Bosh buxgalter lavozimidan ozod qilinganda yangi tayinlangan
bosh buxgalterga (oxirgi shaxs boM maganda-moliya organi rahbarining
buyrug‘i bilan tayinlangan xodimga) buxgalteriya hujjatlarining
yig‘majildlari topshiriladi.
Hududiy m oliya organlarida ishlami topshirish va qabul qilish yuqori
moliya organining bosh buxgalteri ishtirokida amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligida, Toshkent shahar
Bosh moliya boshqarm asida va viloyatlaming moliya boshqarmalarida
bosh buxgalter tom onidan ishlami topshirish va qabul qilish ushbu
moliya organining rahbari ishtirokida, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining vakilini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
12
www.ziyouz.com kutubxonasi
Buxgalteriya
hujjatlarini
qabul
qilish-topshirish
jarayonida
buxgalteriya hisobining holati va hisobot m a’lumotlarining realligi
tekshiriladi va moliya organi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan tegishli
Do'stlaringiz bilan baham: |