Toshkent moliya instituti Moliya fakulteti “Moliya” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs MM-55 i akademguruhi talabasi Yandashova Parizoda Avaz qiziga “Registon Stipendiyasi” tanloviga qatnashish uchun berilgan TAQDIMNOMA
Yandashova Parizoda Avaz qizi 2019-yilning Toshkent Moliya Institutining Moliya fakultetiga to’lov-kontrakt asosida qabul qilindi.
Yandashova Parizoda Avaz qizi o’qish davomida faol qatnashib, institutda o’tkazilgan turli tadbirlarda o’zining notiqligi, bilimliligi va harakatchanligi bilan hurmat qozongan.
Yandashova Parizoda Avaz qiziilmiy izlanishlar olib borib, mahalliy va xorijiy jurnallarda o‘zining 20 ga yaqin o’zbek, rus, ingliz tillarida ilmiy maqola va tezislariga ega.
Yandashova Parizoda Avaz qizi institut talabalari o’rtasida tashkil etilgan turli tadbirlar, konferensiyalarda qatnashish barobarida, ularni tashkillashtirishda ham o’z tashabbus va takliflarini taqdim etadi. U intellektual qobiliyati, yuksak iqtidori va o’quv fanlarini o’zlashtirishda mas’uliyat bilan yondashuvi bilan o’zini namoyon qilib kelmoqda.
Yandashova Parizoda Avaz qizi o’qishi davomida quyidagi yutuqlarga erishgan: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufidagi “Yoshlar – yuqori marralar” platformasi a’zosi.
TMI 30-yilligiga bag‘ishlangan institut iqtidorli talabalar o‘rtasida “Moliya bank tizimida ilm-fan, ta’limning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirishda Toshkent Moliya Institutining o’rni” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy- amaliy anjumanida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
2019-2020 o’quv yillarida tashkil etilgan ingliz tili fan olimpiadasida faol ishtiroki uchun sertfikat bilan taqdirlangan.
2019 yil “Buvijonim kiygan liboslar” qizlar davrasi ko‘rik tanlovida jamoaviy qatnashib 2-o‘rin sovrindori bo‘lgan.
2020-2021 o’quv yili uchun tashkil etilgan olimpiadada ingliz tili fan olimpiadasida faol ishtiroki uchun sertfikat bilan taqdirlangan.
2021-2022 yil uchun tashkil etilgan olimpiadada “Moliyaviy tahlil” fanidan faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritib, “Eng yaxshi tahlilchi” nominatsiyasiga sazovor bo’lgan.
2021 yilning 14-noyabrida Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada maktabi tomonidan talabalar o’rtasida o’tkazilgan olimpiadada ingliz tili fanidan muvaffaqiyatli ishtiroki uchun taqdirlangan.
Xotin-qizlar tadbirkorlik markazida tashkil etilgan o’quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagani uchun O’zbekiston Respublikasi Tijorat banklari kreditlaridan imtiyozli ravishda 7% ko’rinishida foydalanish huquqiga ega bo’lgan.
“Iqtisodiyot taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish” vazirligi tomonidan o’tkazilgan “Zakovat” intellektual o’yinida faxrli jamoaviy 2-o’rinni qo’lga kiritdi.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Toshkent yoshlarni sevadi” Yoshlar forumi doirasida o’tkazilgan Tashkent Youth Model United Nations (TYMUN) muvaffaqiyatli ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
“Yoshlar Ovozi” gazetasining 2021-yil 29-dekabrdagi 48-soni (16454)da Yandashova Parizoda haqida maqola nashr etilgan.
“Qizlar ovozi” maktabining uchinchi mavsumida ishtirok etib, 5 kunlik trening – seminarni yakunlagani uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
“O’zbekiston Yoshlar Forumi – 2021” doirasida tashkil etilgan “Qizlar ovozi” Respublika ijtimoiy loyihalar tanlovida “Biznes va Tadbirkorlik” jamoasiga sardorlik qilib faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritib, hukumat tomonidan loyiha moliyalashtirilishi uchun grant yutib olgan.
“Result” o’quv markazi tomonidan o’tkazilgan “Who is that SpeaKING?” tanlovida faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritib, o’quv markazda 50% chegirma asosida o’qish uchun imtiyoz yutib olgan.
2021- yilning 27-iyunidan 3-iyuliga qadar Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan tashkil etilgan “Ibrat Language Camp” tillar oromgohi 1-avlod ishtirokchisi.