Loyihani amalga oshirishda o‘quvchilarning o‘rni
O‘quvchilarning ta’limdagi o‘rni ham o‘zgaradi: ular jarayonning faol ishtirokchilari bo‘lib xizmat qiladi. Ishchi guruhlardagi faoliyat ularga jamoada ishlashni o‘rganishga yordam beradi. Shu bilan birga, bunday konstruktiv tanqidiy fikrlashning shakllanishi mavjud bo‘lib, unda oddiy "yomon" ta’lim shaklida o‘rganish qiyin. O‘quvchilar axborotga o‘z nuqtai nazarlarini ishlab chiqadilar. Maktab o‘quvchilari maqsadga erishish uchun yo‘llar va tadbirlarni tanlashda erkindir, hech kim ularga qanday va nima qilish kerakligini aytmaydi.
Hatto muvaffaqiyatsiz amalga oshirilgan loyiha ham ijobiy pedagogik ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini tahlil qilish bosqichida, so‘ngra himoya qilish o‘qituvchi va talabalar dizaynerlar tomonidan tanlangan mantiqni, muvaffaqiyatsizliklar sabablarini, faoliyatning oqibatlarini va boshqalarni batafsil tahlil qiladi. Xatolar tushunchasi qayta ishlashga turtki beradi, yangi bilimga shaxsiy qiziqish uyg‘otadi, chunki u "muvaffaqiyatsizlik" holatini yaratgan noto‘g‘ri ma’lumotdir. Bunday aks ettirish bu dunyoda o‘z atrofidagi dunyoni yetarli darajada baholashga imkon beradi[2].
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” – Toshkent: 2015.
2. Леонтьев В.В. Новейшая энциклопедия персонального компьютера.- М.: Олма - Пресс, 2014
3. Могилев Л.В., Пак Н.И., Хеннер Е.К. Информатика: Учебное пособие для студентов педагогических вузов- М.: Издательский центр “Академия”, 2010
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KASB-HUNARGA YO`NALTIRISHNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK JIHATLARI
Iqtidorli talaba: Ergashova Mohiniso
Ilmiy rahbar: Ermatova G.P.
Jamiyatimiz ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligi biz tarbiyalayotgan yosh avlodning aqliy-axloqiy salohiyati hamda kasbiy barqarorligi va mahorati yuksak darajada rivojlanganligiga bog`liq.
Bizga ma`lumki, shaxs komoloti jarayonida kasbga qiziqish, kasb–hunar egallash bilan birgalikda kechadigan bir umr davom etadigan murakkab jarayondir. Ana shu jarayonni biz maktabgacha ta`lim muassasalari va oiladan boshlashimiz kelajakda vatanimiz ravnaqi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashimizga zamin hozirlaydi.
Yoshlarimizni kasbiy qiziqish va kasb–hunar haqidagi tasavvurlarini shakllantirish haqida mutafakkir olimlarimiz ham o`z asarlarida bir qancha qimmatli fikrlarni bildirganlar. Masalan, Davoniy bolalarning kasb-hunar egallashida pedagog-tarbiyachi ularning qobiliyatini qaysi kasb bilan qiziqishini juda yaxshi bilishi, bola ma’lum bir kasb-hunar yoki ilm bilan shug`ullanishga intilsa, uni har tomonlama qo`llab-quvvatlashi va bu ilm yoki kasbni egallash uchun kerakli shart- sharoitni yaratib berish lozimligi haqida fikrlar bildirgan. Uning fikricha har bir kishining, hamma kasbni egallashga qobiliyati bo`lmaydi, balki odamning muayyan kasbga qobiliyati bo`lishini ta`kidlagan.20
Darhaqiqat, maktabgacha yoshdagi bolalarda kasbiy qiziqish elementlarini shakllantirish jarayonida ularning aqliy qobiliyatlari, jismoniy imkoniyatlari u bu sohaga bo`lgan layoqatlari, qiziqish va intilishlari hisobga olinishi zarur. Bu jarayon maktabgacha ta`lim muassasalarida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`lim muassasasi ta`lim-tarbiya jarayonining asosiy hujjatlaridan biri bo`lgan “Bolajon” takomillashtirilgan tayanch dasturining atrof-muhitni o`rganish va anglash yo`nalishida kattalar mehnati bilan tanishtirish jarayonidan boshlanadi. Bunda 2-3 yoshli bolalarga tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi mehnati jonli suhbatlar bilan tanishtirish orqali kattalar mehnatiga qiziqish uyg’otish, kattalar mehnatini qadrlash, hurmat qilish hissini tarbiyalash orqali bolalarda kasbga bo`lgan ilk tassavvurlar shakllantiriladi21.
3-4 yosh guruhlarida esa endi bu bir oz kengaytiriladi. Bunda tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisidan tashqari maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari oshpaz, qorovul, hamshira, farrosh mehnati haqidagi tasavvurlari boyitiladi. Masalan: tarbiyachi yordamchisi mehnati bilan tanishtirishda uning xonani tozalashi, idishlarni, derazalarni yuvishi, sochiqlarni almashtirishi, ovqat keltirishi shuning uchun bizning guruh xonasi ozoda, idishlarimiz toza, sochiqlarimiz oppoq, va biz o`z vaqtida ovqatlanishimiz haqida tanishtiriladi. Oshpaz mehnati bilan esa oshpaz bizning ovqatlarimizni pishirilishi, turli xil shirinliklar, pishiriqlar, ichimliklar tayyorlashi bilan tanishtiriladi.Bundan tashqari bolalar tarbiyachining yengil ishlariga stol tuzatish, qoshiqlar, kichik sochiqlarni, non idishlarni qo’yishga, mashg’ulotlar uchun kerakli materiallarni tarqatish va ularni yig’ishtirish o’yinchoqlarni o’ynab bo’lgandan so’ng yig’ishtirishga o’rgatib borish jarayonida ham mehnat qilish ko`nikmalari bilan kasbga qiziqish ham uyg`otiladi.Qolgan yosh guruhlarida esa bu jarayonlar yanada kengaytirib boriladi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan kelib chiqib biz shu jarayon bilan shug`ullanadigan insonlarga quyidagilarni tavsiya qilamiz:
Bolalarni qiziqishlariga e`tibor qarating;
Uni qanday faoliyat bilan shug`ullanishini kuzating;
O`yin jarayonida qanday rollarni ijro qilishi yoqtiradi;
Kasblar bilan tanishtirilganda qaysi kasb haqida ko`proq savollar beradi;
Mashg`ulotlar jarayonida videofilm, slaydlardan foydalaning;
Kattalar mehnati bilan tanishtirish jarayonida ekskursiyalar tashkil eting;
Kasb egalari bilan iloji boricha suhbatlar uyushtiring;
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, maktabgacha yoshdagi bolalarni kasbiy qiziqishlarini uyg`tish va kattalar mehnati, kasblar haqida tassavvir elementlarini shakllantirish kelajakda ularni ma`lum bir kasbga mehr-muhabbatni shakllantiriladi va bunung natijasida ilk yoshlik davridan aniq kasb egasi bo`lish haqida qa`tiy maqsad qilish ko`nikmalari hosil qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |