MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA OILA BILAN HAMKORLIKNING O`ZIGA XOS TOMONLARI
Iqtidorli talaba:Bobojonova Nazira
Ilmiy rahbar: Ermatova G.P.
Ota-onalar uchun farzandining baxt iqboli, kamolotini ko’rishdan yuksak saodat bo’lmasa kerak.Bu saodatga erishish esa har bir ota-onadan doimiy fidokorlikni, chuqur bilim va malakani talab qiladi.
Bola shaxsining kamoloti oilada shakllanadi. Oilada oilaviy tarbiya muammolari ichida ota-onaning tarbiyachilik madaniyatini oshirish va ularga umumiy tarbiyaga oid bilim berish davrimizning dolzarab masalalaridan biridir. Ikkinchi tomondan esa, u o’z navbatida, bolalarning tarbiyasiga tegishli shakl va uslublarni takomillashtirish yo’laridan biridir.
Ota-onalarning bolalar tarbiyasi haqidagi, ularni turmushga va mehnatga tayyorlash to’g’risidagi ma’suliyatni oshirish zarur. Har bir ota-ona bolalarining tarbiychisi bo’lishi, yangi insonni har tomonlama kamol toptiruvchi barcha holatlarda shart-sharoitlarda ishtirok etishi lozim. Ota-onalarni ta’lim tarbiyaga oid va psixologik bilimlar bilan qurollantirmasdan turib oilaga tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil qilish mushkul bo`ladi.
Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishga maktabgacha ta`lim muassasasini, undan so’ng umumta`lim maktablarini oila bilan aloqasini mustahkam bog’lamay turib, ta’lim-tarbiya sohasidagi ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo’lmaydi. Shu maqsadda ota-onalarni maktabgacha ta`lim muassasasiga jalb etish va ota-onalar bolalarining kun davomidagi faoliyatlarini nazorat qilishi, ular bilan shu jarayonda ishtirok etishi yaxshi samara beradi.
Maktabgacha ta`lim muassasasining oila bilan hamkorlik olib borishi, ota-onalarnig bilish saviyasi, umumiy tarbiyaga oid madaniyati, ijtimoiy intilishlari va talablarini oshirish bolalar tarbiyasiga nisbatan turlicha munosabatlari, shakllangan hayotiy tajribalarni amalda qo’llash va mustahkamlash imkonini beradi.
Guruhlarda o’tkaziladigan ota-onalar yig’ilishlarining o’tkazilishi maktabgacha ta`lim muassasasi va oila hamlorligini ta’minlaydigan eng muhim omillardan hisoblanadi, lekin oila va MTMni yanada birlashtirish, hamkorlik qilish uchun maxsus tashkil etilgan markaz bo’lishi kerak va bunda yosh, tajribaga ega bo’lmagan ota-onalar bilan muntazam va samarali ish olib borish, ota-onalarni MTMga jalb etish, ular uchun jonli, hayotiy mavzularda qiziqarli ma’ruza, suhbatlar va treninglar tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, “Bolangizni bilmoqchi bo’lsangiz”, “Bolangizning o’zlashtirish darajasini bilasizmi?”, “Bolalarimiz odobi haqida shuhbatlashaylik” kabi mavzularda olib boriladigan suhbatlar ota-onalarni farzandlari, ularning kelajagi haqida qayg’urishlariga turtki bo’ladi.
Bunday tadbirlarga bir necha yillik bola tarbiyasiga oid tajribaga ega bo`lgan, faol ota-onalarning ishtirokini ta`minlash va o’z tajribalarini batafsil bayon etishlari ko’plab ota-onalar oldida turgan murakkab vazifalarning ijobiy hal etilishiga olib keladi.Albatta, buning uchun maktabgacha ta`lim muassasasi jamoasi, guruh tarbiyachilari tadbir o’tkazish uchun asosli va puxta tayyorgarlik ko’rishlari, qachon, qanday tartibda treninglar, suhbatlar o’tkazish va undan ko’zlangan maqsad rejalarini mukammal ishlab chiqishlari, to’plangan tajribalarni tahlil qilish, tavsiyalar haqida, faol ota-onalarni jalb etish haqida oldindan rejalashtirib olishlari lozim. Ana shundagina treningdan kutilayotgan natija samarasi ta’minlanadi.
Bunday hamkorlikdagi ishlarda qo’shimcha uslublardan ham foydalanish yaxshi natija beradi. Jumladan, tashkilotchi va ota-onalarning o’zlari o’z hatti-harakatlarini, xulq-odoblarini tanqidiy baholashlari, ma`qullash va muhokama yuritish metodlarini qo’llash nihoyatda muhimdir.
Yuqoridagi ma`suliyatli vazifalarni amalga oshirishda maktabgacha ta`lim muassasasi va oila hamkorligi masalalariga alohida e`ribor qaratib, o`zaro aloqani mustahkamlasak ta`lim-tarbiya o`zining kafolatli natijasini
Do'stlaringiz bilan baham: |