303
keltirilgan qovushqoqligini ularning ADga
bogʻliqligi.
Polimer
eritmasining
konsentratsiyasi 0,2%.
qovushqoqligini eritma pH-qiymatiga bogʻliqligi. Na-
KMKning ADsi 0,52. 1- Na-KMKning suvli eritmasi; 2-
Na-KMKning tuzli suvdagi eritmasi (eritmadagi NaCI
konsentratsiyasi 0,1 mol/l).
Na-KMKning suvli eritmalari turli pHga ega
muhitlarida ishlatilishi
mumkinligini hisobga olib, ishda ularning qovushqoqligiga muhit pH qiymati ta’siri
ham oʻrganildi (3-rasm). 3-rasmdagi natijalardan koʻrinib turibdiki,
Na-KMK suvli
eritmasining keltirilgan qovushqoqligi eritma pH-qiymati ortishi bilan avval ortadi,
soʻngra esa kamayadi. Eritmalarning keltirilgan qovushqoqligini maksimal qiymatlari
eritma pH-qiymati 8-10 oraligʻida kuzatilishi aniqlandi.
MISNI KRAUN EFIRLARI BILAN QATTIQ FAZALI EKSTRAKSIYASI
Qutlimurоtova N.H., Mirsaidova D.Sh., Oʻrolova Z., Quronboyev D.P.
Mirzo Ulu gʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti, kimyo fakulteti,, Toshkent Е-
mail:dildoramirsaidova3@mail.ru
Sanoatning jadal rivojlanishi bilan mis metalini
rudalar tarkibidan kompleks
qayta ishlab chiqarishga boʻlgan talab kundan - kunga oshib bormoqda. Undan
tashqari
mis ionlari texnogen, oqava va ichimlik suvlar tarkibida ham uchraydi. Er
osti suvlarida xalkopirit, xalkotsit, kovellit va boshqalar rudalar suvda qisman erishi
hisobiga mis ioni miqdori oshishiga sabab boʻladi. Mis metalini kimyoviy usullarda,
suyuq fazada ekstraksiya qilib ajratishning bir qancha usullari mavjud [1-2].
Texnologik eritmalar, chiqindi va tabiiy suvlar tarkibidagi
misni nazorat qilish va
ajratib olish, bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Mis ionini suyuq
ekstragentlar bilan suvli fazada ekstaksiya qilish bir qancha
qiyinchiliklarga olib
keladi. Chunki, mis ioni akvakompleks birikmalar hosil qiladi, suvli fazada koʻp
miqdori qolib ketadi. Undan tashqari suvli fazada ekstarksiya
qilishda har xil
erituvchilar talab etiladi [3-4].
Shuning uchun biz mis ionini aniqlashda kraun efirlaridan foydalanib qattiq
fazada ekstraksiya qilish usulini ishlab chiqdik. Bunda 4,4(1-metil 1-gidroksietinil)-
dibenzo-18 kraun-6, 4,4(1-metil 1-gidroksipropinil)-dibenzo-18 kraun-6, 4,4(1-metil
1-gidroksibutinil)-dibenzo-18 kraun-6, 4,4(1-metil 1-gidroksipentinil)- dibenzo-18
kraun-6, 4,4(1-metil 1-gidroksi-2 feniletinil)-dibenzo-18 kraun-6, 4,4(3-metil 3-
gidroksibutinil)-dibenzo-18 kraun-6, 4,4(3-metil 3-gidroksipentinil)-dibenzo-18
kraun-6, 4,4( 3-gidroksipentinil)-dibenzo-18 kraun-6 efirlariga
mis ionini sorbsiyasi
oʻrganildi. Taqsimlanish koeffisientini topishda konduktometrik usuldan foydalanildi.
Olingan natijalar 1- jadvalda keltirildi.