1 laboratoriya ishi. Arduino ide dasturiy muhitlarida loyiha yaratish



Download 481,08 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.07.2021
Hajmi481,08 Kb.
#106122
Bog'liq
1 laboratoriya nazariya.



1 – laboratoriya ishi. Arduino IDE dasturiy muhitlarida loyiha yaratish 

Arduino  -  bu  unchalik  katta  bo'lmagan  plata  bo'lib  o'zining  protsessori 

(mikrokontrolleri) va xotirasiga ega bo'lgan qurilma hisoblanadi. 

Arduino platasining birinchi shakli 2005 yil IVREA Italiya instituti tomonidan 

tayyorlangan. 

Plataning 

yutuqlaridan 

biri 


mikrokontroller 

yordamida 

aktivlashtirish (actuator) qurilmalari va datchik (sensor) larga ulanish soddaligidir. 

Bu  esa  turli  shakldagi  soda  robotlarni  yaratish  imkoniyatini  beradi.  Arduino 

tizimining g‘oyasi ―O‘zing bajar‖ (Do it yourself).  

Arduino  —  elektronik  loyihalarini  yaratish  uchun  foydalaniladigan  open 

source platformasi hisoblanadi. Arduino kompyuter kodini fizik qurilmalarga yozib 

olish  uchun  ishlatiladigan  elektron  mikrokontrollerdan  va  dasturiy  ta‘minot 

yoki 

IDE


 (Integrated Development Environment) komponentidan iborat. 

Arduino  ning ko'plab  turlari  mavjud  bo'lib  bularga  misol  qilib: Arduino  Yun, 

Arduino Uno, Arduino Duemilanove, Arduino Diecimila, Arduino Nano, Arduino 

Mega,  Mega  2560,  Mega  ADK,  Arduino  Leonardo,  Arduino  Micro  va  h.k  larni 

olishimiz  mumkin.  Arduino  robototexnika  va  elektronikiga  qiziquvchi  va 

izlanuvchi yoshlarga juda qo'l keladi chunki bu qurilmada kichik va katta bo'lgan 

dastur,  algoritmlar  yaratgan  holda  xar  hil  qurilmalar,  robotlar  va  boshqa  qiziq 

amaliyotlarni  bajarsa  bo'ladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  Arduino  dasturiy  va 

texnik  qismlarni  birlashtirib  beruvchi  qurilmadir.  Yuqorida  keltirib  o'tganimizdek 

Arduino ning juda ko'p turlari mavjud bo'lib, Arduinoni o'rganishni boshlovchilar 

asosan  Arduinoning  Uno  yoki  Nano  turidan  foydalanishni  boshlashadi. 

Arduinoning  Uno  va  Nano  turini  yaxshilab  o'rganib  bo'lgan  yoshlar  endi 

Arduinoning bu turiga  qoniqmay  Arduinoning  Mega  yoki  Mega  2560 turini  sotib 

olishga  oshiqishadi.  Chunki,  endi  Arduino  Uno,  Nano  turining  xarakteristikasi 

(texnik  ko'rsatkichlari)  bizning  robototexnik  uchun  pastlik  qiladi!  Ayrim 

robototexniklar  esa  Arduino  Uno  bilan  tanishib  chiqib  uni  imkoniyatlaridan 

foydalanib  bo'lgandan  so'ng,  Arduinoning  Mega  turini  sotib  olib  o'tirmay  o'zlari 

yasab  tayyorlab  ko'rishga  harakat  qilishadi.  To'g'rida  chunki  endi  ular 

dasturchi,robototexnik 

bemalol 


mikrokontrollerga 

dastur 


yozib 

uni 


mikrokontrollerga  yuklay  oladi.  Arduino  Uno  ning  boshqa  turlaridan  farqi 

protsessori,mikrokontrolleri,raqamli  va  analog  chiqishlarning  ko'p  yoki  kamligi 

bilan  farqlanadi.  Arduinodan  foydalanayotgan  kishi  unga  har  xil  elektr 

komponentalar  va  modullarni  ulash  imkoniyatiga  ega  bo'ladi,masalan:led 

chiroqlar,datchiklar,rele  modullari  tarmoq  (Wi-fi,Bluetooth,Ethernet)  modullari, 

sensorlar,  motorlar,  magnit  eshik  qulflari  va  elektr  energiyasi  bilan  ishlaydigan 

barcha  narsalar.  Yuqorida  aytilgandek  Arduino  texnik  va  dasturiy  qismni 

birlashtirib beruvchi qurilma.Demak dastur tuzish kerak ! Qanday dastur tuzamiz? 

Qaysi  dasturlash  tili  orqali?  Arduino  uchun  dasturlar  odatiy  C  ++  da  yoziladi, 

kontaktlarda  I  /  O  (Input-kirish,Output-chiqish)  ni  boshqarish  uchun  oddiy  va 




tushunarli algoritmlar va dasturlar tuziladi. Agar siz allaqachon C ++ ni bilsangiz - 

Arduino  va  dunyo  eshiklari  siz  uchun  ochiq.  Agar  siz  dasturlash  uchun  yangi 

bo'lsangiz  bu  muammo  emas  osonlikcha  o'rganishingiz  mumkin, bu  oson.Bundan 

tashqari  Arduino  ni  o'rganish  va  dasturlar  yozish  uchun  Windows,  Mac  OS  va 

Linux 

operatsion 



tizimlarida 

ishlovchi 

Arduino 

IDE 


(Arduino 

dasturi,kompilyatori)  mavjud  va  siz  undan  mutlaqo  bepul  foydalanishingiz 

mumkin.  Arduino  IDE  dasturida  algoritmlar  va  dasturlar  yaratish  juda  oson  va 

ishlash  qulay.  Arduino  IDE  da  tayyor  amaliyotlar  (loyihalar)  ham  mavjud  siz 

o'rganishingiz uchun"Uno" so'zi italyanchada bir degan ma'noni anglatadi. Bu bejis 

emas,  Arduino  Uno  yaratuvchilari  bu  yangi  kontroller  Arduino  kontrollerlar 

oilasida  yangi  burilish  va  yangi  flagman  yaratishga  harakat  qilishgan  va  buni 

uddalaganlar.  Sababi,  Arduino  Uno  Arduino  kontrollerlar  oilasidagi  boshqa 

"aka"lariga  nisbatan  ancha  ixcham,  qulay,  tez,  oddiy  va  albatta  arzonroq 

hisoblanadi. 

Arduino  Uno  -  bu  kontroller  ATmega328  mikrokontrolleri  asosida  yaratilgan 

bo'lib,  platforma  14  ta  raqamli  kirish/chiqish,(ulardan  6  tasi  KIM(Широтно-

Импульсная модуляция) sifatida foydalanish mumkin), 6 analog kirish, 16MGsli 

kvarsli  generator,  USB  porti,  kuchlanish  porti,  ICSP  porti  va  qayta  yuklash 

tugmasidan iborat. 

 

Arduino Uno haqida qisqacha: 



Mikrokontroller 

ATmega328 

Ishlash kuchlanishi 

5 V 


Kirish 

kuchlanishi(tavsiya etilgani) 

7-12 V 

Kirish 


kuchlanishi(eng 

6-20 V 



yuqori) 

Raqamli kirish/chiqish 

14 

ta(ulardan 



6tasi 

KIM(Широтно-

Импульсная 

модуляция)  

sifatida foydalanish mumkin) 

Analog kirish 

6 ta 

Kirish/chiqish 



orqali 

o'zgarmas tok 

40 mA 

3.3  V  kiritish  uchun 



o'zgarmas tok 

50 mA 


Flesh xotira 

32 KB(ATmega328) undan 0.5 KB yuklovchi 

sifatida foydalaniladi 

Tezkor xotira 

2 KB(ATmega328) 

EEPROM 


1 KB(ATmega328) 

Chastota 

16 MGs 

Bundan  tashqari,  Arduino  Uno  qurilmasi  unga  ulangan  USB  yoki  tashqi 

manbadan kuchlanish olishi mumkin. Bunda, agar manba bir nechta bo'lsa, ulardan 

biri avtomatik tanlanadi. 

Arduino Uno kontrolleri asosi ATmega328 mikrokontrolleridan tashkil topgan. 

Bu  mikrokontroller  32  kB  flesh  xotiraga,  undan  0.5  kB  qismi  yuklovchi  uchun 

ajratilgan, bundan tashqari 2 kB tezkor xotiraga va 1 kB EEPROMga ega. 

14  ta  raqamli  chiqishning  har  biri  yoki  kirish  yoki  chiqish  uchun  sozlash 

mumkin. 

Bunda pinMode(), digitalWrite() va digitalRead() funksiyalaridan 

foydalaniladi. Bunda har bitta chiqish joyi 20-50 kOm qarshilikka va 40 mAgacha 

tok kuchi o'tkazishi mumkin. 

Yuqorida  aytilganidek,  bu  kontroller  juda  ixcham  o'lchamlarga  ega  bo'lib, 

uning  tomonlari  6.9  va  5.3  smga  teng.  Bu  esa  o'z  navbatida  uni  yanada  qiziqarli 

qiladi. 



 

 

Arduino Uno kontrolleriga Arduino dasturi yordamida dastur yaratiladi.  



1. Windows uchun Arduino IDE dasturini ishga tushirish 

1 – qadam. 

Arduino IDE dasturini ishga tushiring 



 

 

2 – qadam. 



Arduino platasini kompyuterga ulang: 

1. Arduino  platasini  kompyuterning  qaysidir  COM  portiga  USB  kabel  orqali 

ulang.  Ushbu  platformani  Инструменты  –  Плата  bo‘limidan  Arduino  Unoni 

tanlab qo‘yamiz. 

 



 

 

2. Инструменты  –  Порт  ga  kirib  qaysi  COM  portga  ulagan  bo‘lsak  o‘shani 



belgilab qo‘yamiz. 

 



 

 

1-Amaliy mashg‘ulot. 



1 - topshiriq. Arduino platasi yordamida svetodiod yoqilsin. 

Birinchi amaliy mashg‘ulotni boshlash uchun avval ―Arduino sketcheni‖ ishga 

tushiramiz. 

 

bu  yerda  setup  ()  –  bu  tayyorlash  bo‗lsa,  loop  ()  –  bajarish.  Ikkala  funksiya 



dastur  ishlashi uchun talab etiladi. 


Setup  funksiyasidan  oldin  –  dasturning  eng  boshida  odatda  barcha 

o‗zgaruvchilar e‗lon qilinadi. Setup – dastur bajaradigan birinchi funksiyasidir va u 

bir  marta  bajariladi,  chunki  u  portlarning  ishlash  rejimini  o‗rnatish  (pin  Model) 

yoki  ketma  ket  ulanishi  initsializatsiya  qilish  uchun  ishlatiladi.  Keyingi  loop 

funksiya  doimo  bajariladigan  koddan  iborat  bo‗ladi,  kirishlar  o‗qiladi,  chiqishlar 

uzib ulanadi va x.k.z. Bu funksiya Arduino barcha dastur yadroli bo‗ladi va asosiy 

ishni bajaradi. 

Setup () 

Setup () funksiyasi dastur boshlanishida bir marta chaqiriladi. Undan chiqishlar 

rejimlarini  o‗rnatish  yoki  ketma  ket  ulanishni  initsializatsiya  qilish  uchun 

foydalaniladi. U dasturga, xatto xech narsa bo‗lmaganda xam kiritilishi kerak. 

Void setup ()  

{  

Pin Mode (pin, OUITPUT); // ‗pin‗ chiqish sifatida o‗rnatadi.  



Setup  ()  funksiyasi  chaqirilganidan  so‗ng  boshqarish  loop  ()  funksiyasiga 

o‗tadi.  U  o‗zining  nomi  nimani  anglatsa,  o‗sha  aniqlik  bilan  bajaradi  –  uzluksiz 

ravishda  dasturga  Arduino  platasini  boshqarish,  javob  berish  va  nimalarnidir 

o‗zgartirishga imkon bergan holda bajariladi. 

Void loop ()  

{  

digitalWrite (pin, HIGH); //‗pin‗ ni ulash  



delay (1000) //sekundli to‗xtalish  

digitalWrite (pin, LOW); //‗pin‗ ni uzish  

delay (1000); //sekundli to‗xtalish  

Keyin quyidagi kodni kiritamiz: 




 

Bu yerda: 

"  {  }  "  -    bu  belgi  dasturdagi  boshqaruvchilar(operatorlar)  ishining  qayerdan 

boshlanib va qayerda tugashini belgilashda qo'llaniladi 

"pinMode"  -  inglizcha  so'z  bo'lib,  "  pin  "  -  oyoq  (  bu  yerda  tirqish, 

kovakcha(разъём)) ma'nosida, " Mode " – inglizchada usul ,yo‘l  degan ma‘noda 

kelib, bu yerda kirish yoki chiqish yo‘lini o‘rnatish ma'nosida kelgan. Bu kodni  

  "OUTPUT"  -  inglizchada  "chiqishni  o'rnatish"  ma'nosida  keladi. 

 

Yuqoridagi  dasturimizda  biz  pin(oyoq  yoki  razyem)lardan  birini 



kushlanish(signali)  chiqadigan  holatga  sozladik  va  uni  13-pin  ekanligini  e‘lon 

qildik.   

" ; " - bu belgi ya'ni "nuqta-vergul" belgisi dasturlash tilida buyrug' tugaganini 

bildiradi, shuning uchun bu belgi buyrug'(kod) oxiriga yoziladi. 

   Svetodiodni raqamli(digital) pinlar yordamida boshqaramiz. Shuning uchun 

keyingi kod shu so'z bilan boshlanadi. 

"digitalWrite"    inglizcha  so'z  bo'lib,  "digital"  -  raqamli,  "write"  -  yozish 

ma'nosida keladi. 

 



Arduinoni  USB  kabel(  "USB  kabel"-  ikki  qurilma  o'rtasida  bo'glovchi 

vazifasini bajaradi) yordamida kompyuterga ulaymiz.  

Agar dasturlash amaliyoti to'g'ri bo'lsa svetodiod yonadi. 

Endi svetodiodni o‘chirish uchun quyidagicha o‘zgartirish kiritamiz: 

 

Agar dasturlash amaliyoti to'g'ri bo'lsa svetodiod yonib o‘chadi. 



 

 



Topshiriqlar: 

Arduino  platasiga  sakkizta  svetodiod  ulang.  Variant  asosida  svetiodlarni 

boshqaring: 

Variant 


Topshiriq 

Variant 


Topshiriq 

1, 11 


Sakkizta svetodiodli qatorda 

bitta svetodiodli yuruvchi 

olovning chapdan o‘ngga 

yugurib yurishi. 

6, 16 

Markazdan chetga qarab 



yuruvchi olov. 

2, 12 


Sakkizta svetodiodli qatorda 

bitta svetodiodli yuruvchi 

olovning o‘ngdan chapga 

yugurib yurishi. 

7, 17 

Ikki chetdan markazga qarab 



yuruvchi olov 

3, 13 


Sakkizta svetodiodli qatorda 

bitta svetodiodli yuruvchi 

olovning chapdan o‘ngga va 

o‘ngdan chapga yugurib 

yurishi. 

8, 18 


1-svetodioda bir marta 

o‘chib yonadi, 2-svetodiod 

ikki marta o‘chib yonadi, 3-

svetodiod uch marta o‘chib 

yonadi ........ 8-sida sakkiz 

marta o‘chib yonadi. 

4, 14 

Sakkizta svetodiodli qatorda 



ikkita svetodiodli yuruvchi 

olovning chapdan o‘ngga 

yugurib yurishi. 

9, 19 


Sakkizta svetodiodli qatorda 

ikkita svetodiodli yuruvchi 

olovning chapdan o‘ngga va 

o‘ngdan chapga yugurib 

yurishi. 

5, 15 


Sakkizta svetodiodli qatorda 

ikkita svetodiodli yuruvchi 

olovning o‘ngdan chapga 

yugurib yurishi. 

10, 20 

Svetodiodlarning davriy 

ketma-ket yonishi va 

o‘chishini tashkil qilish. 



 

Download 481,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish