Муаммо ва ечимлар республика илмий-амалий конференция материаллари инновационные подходы в повышении



Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/127
Sana20.04.2022
Hajmi6,57 Mb.
#566254
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127
Bog'liq
конференция китоб-2019 168-bet


 
 
MAMAYUNUSOVA M., Andijon viloyati Asaka tumani 4-maktab o‘qituvchisi 
Mustaqillikning dastlabki davrlaridanoq mamlakatimizda tinchlik hamda iqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlash bilan bir qatorda o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol shaxs sifatida 
shakllantirish ham davlat ahamyatiga molik asosiy masala qilib belgilab qo‘yildi. Bu vazifalarni 
izchil amalga oshirishda birinchi navbatda umumiy o‘rta ta’lim tizimi muhim ahamyat kasb etadi. 
Endilikda fan, texnika va innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi natijasida o‘quv­tarbiya 
jarayonida interfaol usullardan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, 
e‘tibor kundan­kunga kuchayib bormoqda. Ta’lim tizimida zamonaviy texnologiya qo‘llanilgan 
mashg‘ulotlar egallanayotgan bilimlarni o‘quvchilar tomonidan o‘zlari qidirib topishlari, mustaqil 
o‘rganib, ularni tahlil qilishlari, o‘z bilimlarini baholashlari, to‘g‘ri xulosalar chiqarishga qaratilgan. 
O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va 
tarbiyalanishiga, shuningdek, erkin fikrlab sinfdoshlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash va harakat 
qilishlariga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini 
bajaradi. Bunday o‘quv­tarbiya jarayonida o‘quvchi asosiy ishtirokchiga aylanadi. Pedagog­
olimlarning ko‘p yillar davomida ta’lim tizimini yanada samaraliligi va natijaliligini oshirishga doir 
olib borgan ishlari zamirida o‘sib kelayotgan kelajak vorislari hisoblanmish yosh avlodni yanada 
komil insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan. Ya’ni har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va uni 
tasavvur etish uchun o‘qituvchi bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi kerak. Barkamol 
avlodni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashda umumiy o‘rta ta’lim tizimini zamonaviy pedagog 
kadrlar bilan ta’minlash davr talabi bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy pedagog kasbiy, shaxsiy, 
umummadaniy, maxsus va boshqa kompetensiyalarni egallagan bo‘lishi hamda o‘z ona tilisini 
chuqur bilishi zarur. Chunki tilning, avvalambor, pedagog tomonidan qanday maqsadlarda 
qo‘llanishi muhim omil sanaladi. Pedagog o‘z kasbiy mahoratlarini oshirishi uchun asosiy e’tiborini 
o‘z ona tilisiga bo‘lgan munosabati, uni qo‘llashdagi maqsadlari, ya’ni turli nutqiy aktlardagi 
ishtiroki, nutqiy akt jarayonida fonetik uslubiy vositalardan (ovoz, ohang, tembr, diksiya, ritm, ton) 
maqsad va niyatlarini qay yo‘sinda ifodalashiga qaratishi lozim. Fonetik vositalar ko‘rish, eshitish 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
40 
va talaffuz orqali zohir bo‘ladi. O‘qish, og‘zaki va yozma nutq jarayonlarini puxta bilishi 
kompetentlilikning asosini tashkil etadi. Shuning uchun nutqiy harakat birlamchidir. Demak, 
to‘g‘ri nutqni egallash til qonunlarini o‘zlashtirishni taqozo etadi. Mavjud ilmiy materiallarga 
asoslanib shuni aytish mumkinki, nutqning o‘ziga xos tabiatini anglash pedagogga o‘quvchilar va 
atrofdagilar bilan to‘g‘ri, o‘rinli muloqotni tashkil etishga, og‘zaki va yozma matnlarni yanada 
yaxshiroq o‘qishga yordam beradi hamda savodxonlikni oshirishning eng muhim shartlaridan biri 
hisoblanadi. Nutqning o‘ziga xos tabiatiga doir masalalar tarixi tilning to‘g‘ri me’yorlari, yaxshi 
uslub me’yorlari haqidagi olimlar ta’limotiga borib taqaladi. Qadimgi Yunon, qadimgi Rimda 
chiroyli so‘zlash va notiqlik san’ati, nutqning ifodali vositalari haqidagi fan boshqa fanlar orasida 
asosiy yutuqlarga erishdi. Chunki ular uqtirishning, tushuntirishning asosiy vositalari deb qaraldi. 
“Ritorikaning vazifasi u yoki bu fikrlarni uyg‘otishdir”.
Hammamizga ma’lumki, til – insoniyat va uning madaniyati, tarixi haqidagi daliliy hujjat. 
U­millatning beqiyos davlati va tirikligi. Til orqali bilim, ilm, tajriba, madaniyat, uquv va malaka 
belgilanadi. Tilga e’tibor – elga e’tibor deb bejiz aytilmagan. Chunki inson hayotidagi yaxshi 
amallar, hurmat­e’tibor, ro‘shnolik, baraka til tufayli amalga oshadi. Buningaksi ham til tufayli 
sodir bo‘ladi. Til va uning tarixini puxta o‘rganish, ilmiy asoslab berish − davr talabi. 
Negakita’limiy va tarbiyaviy muammolar yechimi shu talablar negizida o‘z aksini topadi.
Pedagogning zamonaviyligini belgilovchi asosiy omil uning tiliga, o‘znutqiga bo‘lgan ijobiy 
munosabatidir. Tilga bo‘lgan hurmat­e’tibor uning o‘zoilasi, jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi, mehnat 
faoliyatining samaradorligini oshiradi. Pedagog o‘z ehtiyojlari va tasavvurlari, taassurotlari va 
dunyoqarashi negizida harakat qiladi, ya’ni u o‘z nutqining rang­barang bo‘lishi uchun tilning 
turli fonetik vositalaridanturli uslublarda mohirona foydalanadi. Bu esa nutqning u xoh yozma, xoh 
og‘zaki bo‘lsin, mazmunan pishiq, uslubiy ravon, shaklan hissiybo‘lishida juda ahamiyatlidir. 
Muloqot jarayonida olingan, to‘plangan bilimlar pedagog xulqini, fe’l­atvorini boshqarishga 
yordam beradi. Pedagog yuqori madaniyat egasi, yetuk mutaxassis, o‘z kasbining mohir ustasi 
kabilarga, albatta, til orqali erishadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, uning o‘zi ijtimoiy 
jihatdan mukammal shakllangan, mustaqil fikrlaydigan, nutq va muloqot madaniyati yuksak rivoj 
topgan, har tomonlama savodxon shaxs bo‘lishi davr talabidir. 
ЎҚИТУВЧИНИНГ КАСБИЙ КОМПЕТЕНТЛИГИ – ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ 
ЖАРАЁНИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ОМИЛИДИР 

Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish