Муаммо ва ечимлар республика илмий-амалий конференция материаллари инновационные подходы в повышении



Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/127
Sana20.04.2022
Hajmi6,57 Mb.
#566254
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   127
Bog'liq
конференция китоб-2019 168-bet

 
MANNABOV J.T., Samarqand viloyati XTXQTMOHM oʻqituvchisi 
Ta’lim berishda savodxonlik, bilimdonlikni o‘stirishga qaratilgan yondashuv yangi 
konseptual yo‘nalishga aylandi va u ham xalqaro darajada, ham alohida mamlakatlar miqyosida 
ko‘p sonli bahs­munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu yo‘nalish ta’lim tizimini to‘g‘ridan­
to‘g‘ri bilim berish hamda kompetentlik­mahoratlarni shakllantirish tarzidan kompetensiyalar 
(maxsus bilimlar)ni egallash uchun sharoit yaratish usuliga bosqichma­bosqich o‘tkazish zaruratini 
anglatadi.
Mavjud bilimlarini o‘zgaruvchan sharoitlarda ham qo‘llashga qodir, kompetentligi butun umr 
davomida mustaqil ravishda o‘z saviyasini muntazam oshirishning uddasidan chiqa olishida 
ko‘rinadigan bilimdon insonlarni voyaga yetkazish zaruratidir [39].
Internet texnologiyalari sohasida o‘qituvchining kasbiy texnologik kompetentliligini 
takomillashtirish muammosiga yuzlanish uchun ayrim birinchi navbatdagi tushunchalarga to‘xtalish 
zarur: “o‘qituvchining kasbiy texnologik kompetentliligi” tushunchasi mohiyatini aniqlashtirish, 
o‘qituvchining kasbiy texnologik kompetentliligiva uning strukturasi mazmunini ta’riflash va 
asoslab berish. Pedagogikaga oid adabiyotlarda biz tadqiq etayotgan muammoga doir materiallar 
hajmi yetarlicha katta. Ular bir biridan o‘qituvchi kasbiy texnologik kompetentlilik tushunchasi, 
shunga muvofiq, uning mazmuni va strukturasi talqinining rang­barangligi bilan ajralib turadi. Biz 
buni quyida batafsil ko‘rib chiqamiz.
Birinchi 
navbatda, 
“kompetentlilik” 
hamda 
“kompetensiya” 
kabi 
boshlang‘ich 
tushunchalarning qanday ma’no anglatishini bilib olamiz. Psixologiya­pedagogikaga doir 
adabiyotlarda “kompetentlik” tushunchasi keng muomalaga kirganiga hali uncha ko‘p bo‘lmadi. 
“Kompetentli ta’lim” ta’rifi muayyan ta’lim jarayoni yutug‘i sifatida o‘tgan asrning oltmishinchi 
yillarida AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniyada paydo bo‘ldi, yigirmanchi asrning saksoninchi 
yillari oxirida esa ilmiy­metodik adabiyotlarda maxsus yo‘nalish – ta’limda kompetentli yondashuv 
atamasi paydo bo‘ldi. “Kompetensiya” kategoriyasining ilmiy apparatga joriy etilishi, 
“kompetensiya – kompetentlik” tushunchalarini bir­biridan farqlash uchun zamin yaratilishi ham 
o‘tgan asrning oltmishinchi yillarida boshlandi. Xorij tillaridan o‘zlashgan so‘zlarning zamonaviy 
lug‘ati, Merriam Vebster – Kollegium lug‘ati [244], Longmanning zamonaviy ingliz tili lug‘ati, 
xorijiy til sifatida nemis tilining Katta lug‘ati, S.I.Ojegov lug‘ati [155] – ta’kidlash joizki, ularning 
aksariyatida ma’lum tushunchalar quyidagicha talqin etiladi: 
­
"kompetentlilik": xabardorlik, avtoritetlik, yetarli mahorat, adekvat malaka, sifat, holat 
sifatida; 
­
"kompetentli": muayyan sohada, biror­bir masalada tajribali, har qanday masalani yechishga 
qodir degan ma’noda; 
­
"kompetensiya": vakolatlar, masalalar doirasi ma’nosida, ma’lum mansabdor shaxsning 
bilimlarga, tajribaga egaligida namoyon bo‘ladi.
Kompetentlik tushunchasiga mufassal izohni birinchi marta D.Raven o‘zining “Zamonaviy 
jamiyatda kompetentlik” deb nomlangan asarida beradi. Muallifning qayd etishicha, “kompetentlik” 
tushunchasi ko‘p sonli komponentlarni o‘z ichiga oladi. Ularning aksariyati esa nisbatan bir­biridan 
mustaqil, ayro holdadir. Buning ustiga, u ayrim komponentlarni kognitiv jabhaga, boshqalarini esa 
emosional jabhaga kiritadi. Shu bilan bir vaqtda, olim ushbu komponentlar samarali xulq­atvor 
tarkibiy qismi sifatida o‘zaro o‘rin almashishi mumkin, deya hisoblaydi. Shuning uchun 
kompetentlik turlari – bu motivasiyalashgan qobiliyatlarning mohiyatidir.
S.M.Vishnyakova “Kasbiy ta’lim” lug‘atida kompetentlikka shunday ta’rif beradi: 
­ "kompetentlilik (lotincha competens so‘zidan olingan bo‘lib, lozim bo‘lgan, qobiliyatli 
ma’nosini beradi) ­ muayyan ijtimoiy­kasbiy maqomdagi shaxslar bilimi, ko‘nikmasi va 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
39 
tajribasining ular tomonidan bajariladigan vazifalarga va hal etiladigan muammolar 
murakkabligining real darajasiga mos kelishi chorasi; 
­ kompetensiya:(lotincha competentia so‘zidan olingan bo‘lib, huquqiy jihatdan tegishlilik, 
mansublik ma’nosini beradi) – 1) aniq bir davlat organining vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari 
doirasi; 2) ushbu mansabdor shaxs bilim, tajriba egallagan masalalar doirasi”.
A.K.Marochnaya kompetentlilikni psixologiya nuqtai nazaridan tadqiq etgan. U 
kompetentlilikni mustaqil va muvofiq tarzda harakatlanish, mehnat funksiyalarini bajarish ko‘nikma 
va mahoratlarini kasb ettirish imkonini beruvchi psixik sifatlar va psixik holatlar birikmasi sifatida 
ta’riflaydi.
Boshqa bir qancha tadqiqotchilar ­ kompetentlik bu avval orttirilgan bilimlar asosida ish tutish 
qobiliyati (mahorati)dir. Kompetentlilik universal ko‘nikmalarga asoslangan mustaqil faoliyat 
yuritish tajribasini ko‘zda tutadi. Ularning ta’kidlashicha, kompetensiyalar haqidagi tasavvur 
“baholash” va “malaka” tushunchasini o‘zgartirib yuboradi, negaki individda mavjud bo‘lgan biror 
nimaning ichki tashkil topishi emas, balki uni qo‘llash imkoniyati muhimlik kasb etadi.
Xulosa o‘rnida aytishimiz joizki, ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir pedagog 
internet texnologiyalari sohasida yuqori darajada kompetentlikka ega bo‘lishga majbur. Pedagog 
mazkur texnologiyalardan o‘quv jarayonini optimallashtirishda, ta’lim oluvchilarda shaxsiy 
kompyuterdan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishda va o‘quv vazifalarini muvaffaqiyatli 
bajarishda faol foydalanishi lozim. 
O‘QITUVCHINING KASBIY MAHORATINI OSHIRISH − DOLZARB MASALA 

Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish