SAGDULLAYEV P.K., A.Navoiy nomidagi TDO‘TAU katta o‘qituvchisi
Keyingi yillar metodik adabiyotlarida ta’limtarbiya berish jarayonida yangi pedagogik
texnologiyalardan, interfaol usullardan foydalanish borasida ko‘plab izlanishlar ilgari surilmoqda.
1
Президент Ш.Мирзиёевнинг «Конституция –эркин ва фаровон ҳаётимиз, мамлакатимизни янада тараққий
эттиришнинг мустаҳкам пойдеворидир» номли маърузасидан
2
Ш.Қ.Мардонов, В.Х.Ходжаев ва бошқалар “Ўқитувчилар малакасини оширишнинг инновационқадриятли
йўналишлари” Тошкент: “Фан ва технологиялар Марказининг босмахонаси” 2013 й.
3
И.Каримов.“Юксак маънавиятенгилмас куч” Т: “Маънавият” 2008й.
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
53
Odatda yangi pedagogik texnologiyalar deyilganda ta’lim jarayoniga kirib kelayotgan biror metodik
sistemaning lingvodidaktik va metodik asoslari tushuniladi. Masalan, o‘quv jarayonini loyihalab
(proyekt
metodi),
muammoli
tashkil
qilib
(muammoli
ta’lim),
programmalashtirib,
individuallashtirib tashkil qilish, o‘quv faoliyatni kommunikativ topshiriqlar orqali uyushtirish kabi
yangi pedagogik texnologiyalar ham o‘quvchilarning o‘quv faolligini oshirishni bosh maqsad qilib
belgilaydi. Bu esa ta’limda kompetensiyaviy yondashuvning qanchalik ahamiyatga ega ekanligini
ko‘rsatadi. Chunki kompetensiya bu olingan bilim, ko‘nikma va malakalarning kundalik hayotda
qo‘llay bilish qobiliyatining namoyon bo‘lishidir. Ushbu yondashuv ayniqsa, chet tillarni o‘qitishda
muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarning chet tilida o‘zaro muloqotga kirishuv faolligini
shakllantirish masalasi metodikada o‘quvchilarning bilishga qiziqishlarini shakllantirish, o‘qitish
jarayonini motivlashtirish, juft bo‘lib ishlash, guruh bo‘lib ishlash orqali o‘quvchilarning o‘quv
faoliyatini tashkil qilish, yangi materialni o‘zlashtirishda o‘quvchilarning o‘quv hamkorligini
tashkil qilish singari ko‘plab metod va usullarda ishlab chiqilgani ma’lum. Ammo bu boradagi ko‘p
yillik amaliy tajriba va eksperimentlar kutilgan natijalarga olib kelmaganligi, o‘quvchilar hamon
xorijiy tillarda gaplasha olmayotganligi ma’lum bo‘lyapti. Dars olib borishning eski usuli
o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan ta’lim hisoblanib, bunda ta’limtarbiya markazida o‘qituvchi shaxsi
turadi. Bu dars mashg‘ulotlarini olib borishning avtoritar ko‘rinishi hisoblanadi. Chet tili misolida
oladigan bo‘lsak, bu ta’lim berish usulida o‘qituvchi nazariy ma’lumotlarni beradi, berilayotgan
bilim esa faqat kitobiy bilim hisoblanib, uni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyati umuman mavjud
bo‘lmaydi. Shuning hisobiga o‘quvchilar olingan bilimni faqatgina sinfda qo‘llaydi undan
tashqarida esa bu bilimni umuman ishlatmagani sababli, haqiqiy xorijiy til muhitiga tushib qolganda
unda juda ham ko‘plab muammolar paydo bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida chet til o‘rgatishda yillar
davomida saqlanib kelayotgan grammatikaga asoslangan tarjima metodining nechog‘lik samarasiz
ekanligini yaqqol ko‘rsatib qo‘ydi. Chet tilni o‘rganishda nutq faoliyati turlarining barchasidan
foydalanish zarur. Grammatikaga asoslangan tarjima metodida faqatgina retseptiv nutq birliklariga
e’tibor qaratilgan. O‘qish, tarjima va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish kabi nutqiy faoliyat birliklariga
asoslangan holda dars mashg‘ulotlari olib borilgan. Bu esa o‘z navbatida haqiqiy til sohibi bilan
muloqotga kirishilganda ko‘p noqulayliklarni keltirib chiqargan. Til sohiblari bilan yetarli darajada
muloqotga kirishilmagani xorijiy tilni tinglab tushunishda, undan foydalanishda muammolarga
sabab bo‘lgan. Chunki biz nutq faoliyati birliklarining produktiv turlaridan foydalanmaganmiz.
Yetarli darajada chet tilida suhbat va muloqotga kirishilmagan.
Agarda biz ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan holda dars
mashg‘ulotlari olib borganimizda, nutq faoliyati birliklarining ham retseptiv ham produktiv
turlarining barchasidan foydalanganimizda, olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik
faoliyatda ham qo‘llaganimizda, amaliyotga asoslangan holda chet tilni o‘rgatganimizda bugungi
kun farzandlarimiz xorijiy tilda eminerkin so‘zlashayotgan bo‘lardi.
Xulosa qilib aytganda, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan holda dars mashg‘ulotlari
olib borilganda nimalarga erishamiz degan savolga quyidagicha javob berish mumkin:
1.
O‘quvchilar muloqotga kirishadilar. O‘zaro fikr va axborotlar almashinuvi amalga
oshiriladi.
2.
Turli xil vaziyatlarga moslashuvchanlik qobiliyati shakllanib, qiyin vaziyatlarda ham
to‘g‘ri yechim topa olish qobiliyati paydo bo‘ladi.
3.
Muloqotga kirishildimi, albatta, hamkorlik paydo bo‘ladi. Demakki, muammoga yechimni
birgalikda, hamkorlikda topish qobiliyati paydo bo‘ladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan jihatlarning barchasi esa ta’limda kompetensiyaviy yondashuvning
asosida paydo bo‘ladigan va mehnat bozoriga qadam qo‘ygan yosh bitiruvchi kadrda shakllangan
bo‘lishi shart bo‘lgan xislatlar majmuidir.
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
54
ELEKTRON RESURSLAR, ULARNING TURLARI VA O‘QUVCHILAR BILIMINI
OSHIRISHDAGI AHAMIYATI
Do'stlaringiz bilan baham: |