Муаммо ва ечимлар республика илмий-амалий конференция материаллари инновационные подходы в повышении



Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/127
Sana20.04.2022
Hajmi6,57 Mb.
#566254
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127
Bog'liq
конференция китоб-2019 168-bet

 
NABIYEV F., Namangan VXTXQTMOHM o‘qituvchisi 
PISA xalqaro baholash tizimi tadqiqotlari haqida ko‘proq bilish istagi tug‘iladi. Biz bu 
iboraga ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi "Xalq 
ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora­
tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida duch kelgandik. Mazkur hujjatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro 
tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini tashkil etishga qaror qilinib, uning asosiy vazifalari 
va faoliyat yo‘nalishlari etib ta’lim tizimida o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan 
savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga 
yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish; ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni 
o‘rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va 
simpoziumlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish; umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 
xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasining 
xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy 
taqqoslash belgilandi. 
O‘z navbatida kelgusida mamlakatimiz ta’lim sifatini baholash bo‘yicha quyidagi xalqaro 
tadqiqotlarda ishtirok etishi ko‘zda tutildi: 
­ PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) ­ boshlang‘ich 4­sinf 
o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash; 
­ TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) ­ 4 va 8­sinf 
o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash; 
­ PISA (The Programme for International Student Assessment) ­ 15 yoshli o‘quvchilarning 
o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash; 
­ TALIS (The Teaching and Learning International Survey) ­ umumiy o‘rta ta’lim maktablari 
rahbarlari va o‘qituvchilari bilan so‘rovnoma o‘tkazish orqali maktabda o‘qitish va ta’lim olish 
jarayonlari samaradorligini baholash. 
Qayd etish lozim, mamlakatimiz ta’lim muassasalari PISA xalqaro tadqiqotlarida 2021 yilda 
ilk marotaba ishtirok etadi. 
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ­ dunyo bo‘ylab ta’lim tizimi samaradorligini 15 yoshli 
o‘quvchi­yoshlar 3 yo‘nalishda (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar bo‘yicha) savodxonligiga, 
ularning ijodiy va tanqidiy fikrlashiga, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish qobiliyatlariga baho 
berish va keyinchalik bu ko‘nikmalarni hosil qilishga undashdan iborat.
2018 yilda PISA dasturida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a’zo 35 
mamlakat, a’zo bo‘lmagan 43 ta, jami 78 mamlakat va shaharlar ishtirok etgan. Har bir davlatdan 
ishtirok etuvchi o‘quvchilar soni mamlakatdagi jami 15 yoshli o‘quvchi­yoshlarning 2 foizi 
miqdorida saylanma tarzda shakllantiriladi. SHundan kelib chiqilganda har bir davlatdan 4500 
nafardan 10 ming nafargacha o‘quvchi ishtirok etgan. Sobiq ittifoq mamlakatlaridan Rossiya, 
Latviya, Litva, Estoniya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston qatnashdi. Ular orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkich 
estoniyalik o‘quvchilarga tegishli, garchi mazkur mamlakat yoshlari ilk marotaba ishtirok qilgan 
2006 yilda 516 ball jamg‘arib, 11­o‘rinni egallagan bo‘lsa­da, 2015 yilda bu ko‘rsatkich tegishli 
tartibda 534 ball va uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. 
Ma’lum bo‘ldiki, 2015 yilgi tadqiqotlardan keyin dunyo bo‘yicha birinchi, ikkinchi va 
to‘rtinchi o‘rinlarni qit’adoshlarimiz ­ Singapur, Yaponiya va Xitoy Taypeyi o‘quvchi­yoshlari 
egallagan. PISA xalqaro baholash dasturi testlari uch yilda bir marotaba o‘tkazilib, o‘quvchilar 
bilimi uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha, 1000 ballik tizimda baholanadi. Har galgi monitoring 
jarayonida yuqorida sanalgan uchta yo‘nalishdan biriga alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, 2000 
yilda tadqiqotning asosiy yo‘nalishi o‘qish savodxonligiga, 2003 yil matematik savodxonlikka, 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
48 
2006 yilda esa tabiiy fanlar savodxonligiga qaratilgan. Bu holat davriy takror bo‘lishini inobatga 
olganda, 2021 yil asosiy fan qilib matematika tanlanishi ayon bo‘ladi. Test savollari dasturga a’zo 
mamlakatlarning mutaxassislari bilan kelishilgan holda xalqaro konsulьtantlar guruhi tomonidan 
tuziladi. 
PISA dasturida mantiqiy fikrlash asosiy o‘ringa ko‘tariladi. Masalan, o‘quvchi matnda 
"aylana" so‘ziga duch kelinmasa­da, aynan mazkur ob’ekt haqida so‘z borayotganini anglab yetishi 
lozim. Demak, birinchi navbatda matematika darsliklarini o‘quvchi mantiqiy fikrlashiga 
undaydigan masalalar bilan boyitish vazifasi yuzaga keladi.
Dasturni Avstraliya pedagogik tadqiqotlar kengashi, Niderlandiya milliy pedagogika instituti, 
AQSHning Vestat va pedagogik test xizmatlari, shuningdek, Yaponiyaning ta’lim sohasidagi 
tadqiqotlar milliy instituti hamkorlikda o‘tkazadi. 
PISA xalqaro baholash tizimidan foydalanishning yana bir asosiy muhim jihatlaridan biri bu 
o‘quvchilarning savodxonligi hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini rivojlantirish, 15 
yoshli bolalarning bilim darajasi miqdoriy ko‘rsatkichini adolatli aniqlash va xalqaro miqyos bilan 
solishtirish hamda intellektual salohiyati yanada oshishiga xizmat qiladi. 
МАЛАКА ОШИРИШ ЖАРАЁНИНИ СИФАТЛИ ТАШКИЛ ЭТИШДА КАСБИЙ 
КОМПЕТЕНТЛИЛИКНИНГ ЎРНИ 

Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish