Муаммо ва ечимлар республика илмий-амалий конференция материаллари инновационные подходы в повышении



Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/127
Sana20.04.2022
Hajmi6,57 Mb.
#566254
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   127
Bog'liq
конференция китоб-2019 168-bet

 
SHONAZAROVA N.I., Toshkent viloyati CHDPI magistranti, 
NURMETOV X.S., Toshkent viloyati CHDPI katta o‘qituvchisi,
FAYZIYEV V.B., Toshkent viloyati CHDPI dotsenti, b.f.n. 
 
Hozirgi kunda ta’lim tizimi bizdan raqobatbardosh, bilimli, yetuk, o‘z kasbining mutaxassisi 
bo‘lgan yosh kadrlar yetishtirib berishni talab etmoqda. Buning uchun esa yosh avloddan o‘zlari 
uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni faqatgina darsda emas, balki, darsdan tashqari mustaqil 
tarzda ham o‘zlashtirishlari talab etiladi. Ayniqsa hozirgi kundagi kuchga kirayotgan mustaqil 
ta’lim tizimi ham aynan shuni nazarda tutadi. Bunda esa elektron resurlardan foydalanish juda qo‘l 
keladi. Bunda mustaqil ish topshiriqlari fan o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilishi zarur bo‘lib 
o‘quvchilarning fikrlari va bilimlarini oshirishga yordam beradi. Hozirgi kunda darslarda 
zamonaviy texnologiyalardan foydalanib dars o‘tish zarur, jumladan, internet va lokal tarmoqlardan 
foydalanish. Lekin buning bir qancha qiyinchiliklari: cheksiz ma’lumotlar bazasi, keraksiz 
ma’lumotlar, o‘qituvchining shu ma’lumotlarni to‘g‘ri tanlay olmasligi yoki ma’lumotlardan 
foydalanishni bilmasligi bir qancha qiyinchiliklar tug‘diradi. 
Lekin shunga qaramay kompyuter texnologiyalaridan boshqa fanlar qatorida biologiya 
darslarida samarali va bir necha bosqichlarda foydalanish mumkin;
1­bosqich: mavzuni tushuntirish, bunda rangli rasmlar, animatsiyalar, interaktiv model va 
rasmlar, videodarslar, elektron prezentatsiyalar, dasturlardan foydalanish mumkin.
2­ bosqich: mavzuni mustahkamlash, topshiriqlar, ochiq testlar, trinajorlar, interaktiv 
topshiriqlar, virtual laboratoriyalardan foydalaniladi.
3­ bosqich: nazorat, bunda kompyuter testlaridan foydalaniladi. Shuning uchun umumta’lim 
maktablari o‘quvchilari uchun botanika fanini o‘qitish uchun kompleks elektron resurs yaratish 
bugungi kunning dolzarb masalalridan biri hisoblanadi. 
Hozirgi kundagi mavjud elektron resurslarni quyidagicha klassifikatsiyalash qulay: 
1. Oddiy elektron ta’lim resurslari – tekatografik ko‘rinishda. 
2. Gipertekst elektron resurslari –bunda tekst ichdagi maxsus ssilkalar yordamida shu 
mavzuga aloqador boshqa mavzulaga o‘tish mumkin. 
3. Video yoki ovozli elektron ta’lim resurslari. 
4. Multemediya elektron resurslari – o‘zida tekst, rasm, video, ovoz, va hokazolar tutgan 
resurs. “multimedia” inglizcha “ ko‘p yo‘l, usul” degan ma’noni anglatadi. 
5. Kompyuter elektron ta’lim resurslari tiplari bo‘yicha: elektron to‘plamlar, elektron kitoblar, 
kompyuter topshiriqlari, kompyuter laboratoriyalari, trinajor, modellari, test sistemalari.
Kompyuter elektron ta’lim resurslari funksiyalari bo‘yicha: ilmiy­metodik (o‘quv rejalari va 
programmalari), o‘quv­metodik, o‘qitish resurslari (kitoblar, to‘plamalr, ma’ruza matnlari, ma’ruza 
konspektlari), yordamchi resurslar (kompyuter amaliyoti, topshiriqlar to‘plami, mashqlar, kitoblar), 
kompyuter sistemalari va test bazalari. 
Kompyuter elektron ta’lim resurslari xarakteristikasi bo‘yicha: o‘quv reja, o‘quv dastur, 
metodik ko‘rsatmalar, metodik qo‘llanmalar, amaliyot dasturlari, amaliy mashg‘ulotlar, ma’ruzalar 
konspektlari, ma’ruza kurslari, amaliyotlar. 
Bugungi kungacha ishlab chiqilgan va ta’lim jarayonida joriy etilgan elektron resurslarning 
quyidagi turlari mavjud: elektron tarmoqlar va saytlar, elektron darsliklar, kitoblarning pdf varianti, 
ensiklopediyalar, video darslar, elektron konspektlar, elektron testlar, elektron masalalar va ularning 
yechimlari, slaydlar, maqola va qo‘lyozmalar, ilmiy ishlar, multimedialar, kompyuter, radio, 
televideniya, internet, qattiq disklarga, kameralarga saqlangan xilma­xil ma’lumotlar, katta
miqdorli to‘plamlarning qisqartma shakllari, elektron kutubxonalar, virtual laboratoriyalar .


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
55 
Yuqorida sanab o‘tilgan elektron resurslarning ayrim holda qo‘llanilayotganligi uning 
samaradorligini kamaytirmoqda. Shuning uchun bugungi kunda bir qator elektron resurslarni 
qo‘llab, yangi o‘quvchilarni jalb qila oladigan kompleks elektron resurslarni yaratish va o‘quv 
jarayonida qo‘llash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 
Bularning barchasi mustaqil ta’lim dasturining asosini tashkil etadi. Mustaqil ta’lim bu zarur 
bilimlarni o‘qituvchi ko‘magisiz o‘zi mustaqil egallashidir. Agar mustaqil ta’limni o‘qituvchi 
faoliyatida kuzatadigan bo‘lsak, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
­Aniq bir muammo ustida ishlash, muammoni o‘rganish, yetarlicha ma’lumot to‘plash.
­Kutubxona adabiyotlari, ilmiy­metodik qo‘llanmalarni va darsliklarni o‘qib o‘rganish.
­Ilmiy seminarlar, ilmiy metodik seminarlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etish. 
­O‘z hamkasblari ochiq darslarida ishtirok etish, dars jarayonini rejalashtirish bo‘yicha fikr 
almashinish. 
­Turli dars o‘tish shakllari, darsdan tashqari tadbirlar, dars materiallarini ishlab chiqish va 
amalda qo‘llash.
­Elektron resurslardan darsda to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish. 
Bularning barchasini biologiya darslarida qo‘llashdan maqsad ta’lim­tarbiyaning barcha 
darajalarini intensifikatsiyalash, o‘quvchini ko‘p qirrali rivojlantirish, bitiruvchilarni mustaqil 
information jamiyatga tayyorlashdir. 
Еlektron resurslar nafaqat biologiya darslari uchun balki, boshqa barcha darslar uchun ham 
ahamiyatli hisoblanadi. Masalan, video darslar orqali o‘quvchi darsdan tashqari o‘zi uchun zarur 
ma’lumotlarni tiniq va ravon tushinishi, elektron saytlardan shu fanga oid yangiliklarni qo‘lga 
kiritishi, elektron darsliklar, enseklopediyalar yordamida zarur axborotlarni oson topishi va 
foydalanishi, elektron testlar yordamida o‘z bilimlarini mustahkamlashi, elektron masalalar 
yechishni o‘rganishi, qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin. Bu ma’lumotlarni nafaqat 
o‘zbek tilida, balki, rus, ingliz va boshqa tillarda ham qo‘lga kirita olish imkoniyatiga ega. 
Bularning barchasi yordamida zamonaviy o‘qitish tizimida foydalanish va o‘quvchilarga 
yetkazib berish asosiy vazifa sanaladi. Bu ma’lumotlarni har qanday fan darslarida qo‘llash 
mumkin. Bularni barchasidan biologiya darslarida foydalanish ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarga 
zarur bilimni qiziqarli va ular tushunadigan holga keltirib berishda juda muhim hisoblanadi.
THE COMPETENCY-BASED LANGUAGE TEACHING 

Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish