85
Sust xotin, Talabi boron (Yomg’r talab) qo’shiqlariqadimdan qolgan turli irimlar animistik tishunchalar bilan bog’langan.Qo’shiqda murojat, xitob oxanglari xalqimizning suv haqidagi qadimiy orzu armonlari o’ziga xos yo’sinda gavdalangan.
Sust xotin suzma xotin,
Ko’lankasi maydon xotin.
Yomg’ir yog’dir ho’l bo’laylik,
Biz ham senga jo’r bo’laylik.
Insoniyat yaralgandan beri o’z oilasi ehtiyoji uchun, biror yumush bilan hunarmandchilik, dehqonchilik, kasanachilik, chorvachilik kabi kasblar bilan shug’ullanib keladi. Mehnat qo’shiqlarining yaratilishi ham mahnat jarayoni bilan bog’liqdir. Dehqon, hunarmandlar ishlab turib qo’shiq aytganlar.Qo’shiq kishilar mehnatini yengillatgan,ayrin so’zlari undov, chaqiriq, nidolari nidolari ko’pchilikni barobar harakat qilishga undashgan.Shu sababdan qo’shiqdagi so’zlar, vazn, qofiyasi ixcham va aniq bo’lgan. Ayrim so’zlar vaqti vaqti bilan takrorlanib, xayqiriq, chaqiriq, shikoyat yoki mamanunlikni bildiruvchi nidolar aloxida aytilib turilgan. Qo’shiqlarda mehnatni yengillashtirishga qaratilgan ko’tarinki rux, xalq ijodiga mos aptimizim, xushchaqchaq kayfiyat doimo ustunlik qilib kelgan. Mehnat qo’shiqlari mazmunan dehqonchilik,bog’ va bog’dorchilik, chorvachilik va ovchilik, hunarmandchilik va boshqa kasblarga xos xususiyatlarni aks ettiradi. Dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlarga qo’shchi, o’rim, xirmon yanchish, yorg’ichoq kabi qo’shiqlar kiradi. Qo’shchi qo’shiqlari yolg’z qo’shchining o’zi tomonidan baland ovoz bilan, ba’zan xirgoyi qilib ijro etiladi. Bunda dehqonning hayoti,ish hayvoniga munosabati tasvirlangan.
Shoxlarim quloch -quloch,
Yo’q madorim qornim och.
Tepamda qo’ngan qaldirg’och,
Men qaytib qoshga yaramayman.
O'rim qo'shig'i -o’roq va o’roqchilar guruhi tomonidan o’rim paytida aytiladigan aytiladigan qo'shiq. Bunda dehqonning umidi ro’yobga chiqayogani, ko’tarinki ruh bilan ishga kirishayotgani bayon etiladi.Dehqonning yuragida kuch- ga'yrat jo sh uradi.
O'rog'im olmos ,
O'rishdan qolmas,
Sira ham tolmas,
O'rmasam bo'lmas.
Xirmon yanchish vaqtida dehqonlar tomonidan aytiladigan qo' shiqlar xo'p hayda yoki maydagul deb yuritiladi.
Ayri ayti tuyoqqa, mayda-yo, mayda,
Ayri na hol yarashar, mayda-yo, mayda,
Jivirlagan quloqqa mayda-yo, mayda,
Tilla sirg'a yarashar mayda-yo, mayda,
Yorg'ichoq qo'shiqlari bu Yorg'ichoq deb atalgan qo'l tegirmoni kuni bo'yi aylantirish mashaqqatli mehnatni, og'ir toshni to'ldirib bir joyda aylanib turushi ohangida to' qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |