88
qo' shiqchiligimizga yangi avlod kirib keldi.Bu ulug' avlod hofizlarimiz san' atimizning oltin merosiga o'zlarining mumtoz kuy va qo'shiqlari bilan boyitdilar.
An'anaviy qo'shiqchilik san'atimiz rivojiga o'zbek bastakorlari va sozandalaridan Yunus Rajabiy,To'xtasin Jalilov, Imimjon Ikomov,Komiljon Jabborov,Saidjon Kalonov,Muhammadjon Mirzayev,Muhtorjon
Murtoziyev,Abduhoshim Ismoilov, Faxriddin Sodiqov kabi yuzlab bastakorlar yaratgan qo'shiq va kuylari san'atimiz hazinasiga aylanib qolmoqda.An'anaviy qo'shiqchilik yalla, lapar,o'lan ijrochiligi rivojiga ayol hofizalarning qoshgan hissalari ham beqiyosdir.Ayollar ishtirokida o'tadigan yig'in va marosimlar da ayol hofizalarimiz hizmat qilgan.
Bu hususida mashhur roman 'Mehrobdan chayon' romanida ham muallif Abdulla Qodiriy Qo'qon xoni Hudayorxon saroyidagi hofizalar to'g'risida aytib o'tadi.Keyinchalik bu an'ana davom ettirilib,Lutfihonim,Adolatxon aya,Halima Nosirova,Tamaraxonim,Berta Davitova,Saodat Qabulova, Komuna Isroilova,Habiba Ohunova,Olmaxon Hayitova kabi ovozi qo'ng'iroqday hofiza ayollarimizning an'anaviy qo'shiqchilik tarixiga qo'shgan hissalari etirofga loyi Musiqa va yoshlar tarbiyasining rivojida an'anaviy qo'shiqlarning o'rni beqiyos bo'lib,ushbu yo'nalishga o'z hissasini qo'shayotgan mutahasslar qalbida milliy gurur va miiliy iftihor,ona zaminga mehr muhabbat tuyg'ulari kamol topadi.
Mustaqilligimizni qo'lga kititganimizdan keyin an'anaviy qo'shiqchilik san'timiz yanada rivoj topmoqda.Ayniqsa bugungi kunda kundan -kunga musiqa ijrochiligimizda asriy qadriyatlarni musiqiy merosimizni tiklash, o'rganish, rivolantirishga e’tiborni qaratilganligi quvonarlidir. ' O'zbekiston vatanim - manim'',''O'zbekiston seni kuylayman'', Maqom ijrochiligixalqaro ko'rik tanlovi, kabi respublika qo'shiqlar ko'rik tanlovlari, Boysun bahori xalqaro folklore festivali, Barhayot an'analar respublika ko'rik tanlovlari,ulug' ustozlar Komiljon Otaniyozov, Ma'murjon Uzoqov, Jo'raxon Sultonov nomlari bilan o'tkazilayotgan respublika ko'rik tanlovlari ' Sharq taronalari ' xalqaro anjumanlarining an'anaviy tarzda o'tkazilishi qo'shiqchilik san'atimizning yosh avlodlar qo'liga topshirishda ulkan ko'prik vazifasinida xizmat qilmoqda, shu bilan birga unitilib borilayotgan xalq durdonalari qaytadan dunyo yuzini ko'rmoqda.
Buyuk ajdodlarimiz bizgacha katta izlanishlar bilan e'zozlab unga sayqal va jilo berib, hamda katta mashaqqat bilan yetkazib kelayotgan oltin merosimiz bo'lgan an'anaviy qo'shiqchilik ijro usullarini keyingi avlodlarga yetkazib berishga bor imkoniyatimizni sarf etamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
M. Karimov, T . Usmonxo'jayev « Xoreografiya mashqlari, badiiy gimnastika va xalq harakatli o'yinlari». T., « Ilm-Ziyo» - 2005 yil 160 bet.
Olmaxon Xayitova « Xorazm qo'shiq ijrochilik an‘analari». T., « Cho'lpon». 2006 yil 144 bet. 95
M.Kamoldinov, B.Vaxobjonov. « Innovatsion pedagogik texnologiya asoslari». T., « Talqin» 2010 yil 128 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |